• Oʻzbekiston milliy banki Oʻzbekiston miliy banki
  • Kafedrasi




    Download 29.25 Kb.
    Sana26.03.2022
    Hajmi29.25 Kb.
    #18956
    Bog'liq
    Документ Microsoft Word (5)-3
    BIR JINSLI JISMLARNING OG\'IRLIK MARKAZINING KOORDINATALARI, 222222222, акбаралиев т

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
    TOSHKENT MOLIYA INSTITU
    BANK ISHI” KAFEDRASI
    Bank ishi” fanidan
    MUSTAQIL ISH
    Mavzu:Milliy bank.

    Bajardi: BI-50-2 guruh talabasi
    G’ofurova Shohista.


    TOSHKENT – 2021
    Oʻzbekiston milliy banki
    Oʻzbekiston miliy banki (National bank of Uzbekistan) Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki mamlakatimiz Prezidenti I.Karimov 1991-yil sentabr oyida chiqargan Farmon bilan tashkil etilgan. Bank oldiga mamlakatimiz kompaniyalarining tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha xalqaro andozalar darajasida xizmat koʻrsata oladigan, Oʻzbekiston iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni, ilgʻor texnologiyalarni jalb etishga qodir boʻlgan moliya muassasasi yaratish vazifasi qoʻyilgan.
    Mohiyatan, bugungi kunda Oʻzmilliybank mamlakatimiz bank tizimining xalqaro moliya bozorlaridagi „tashrifnoma“si boʻlib qoldi. Konservativ, puxta oʻylangan siyosatga tayanib, Bankni boshqarishning samarali mexanizmlarini, oʻsish strategiyasini ishlab chiqdi. Bu holat unga dadil va joʻshqin rivojlanib, professional moliya muassasasi, oʻz mijozlarining ishonchli sherigi sifatida mustahkam obroʻga ega boʻlish imkonini berdi.
    Bank bozor oʻzgartishlarini amalga oshirishda faol yetakchilik qilib kelmoqda. Loyihalarni moliyalash, universal tijorat, investitsiya va jamgʻarma banklari funksiyalarini eng maqbul tarzda uygʻunlashtirib ishlayotgan Oʻzmilliybank Oʻzbekiston bozor iqtisodiyotiga muvaffaqiyatli kirib borishiga yordam bermoqda.
    Mamlakatimiz mustaqillik yillarida iqtisodiy rivojlanishi dinamikasi Bank tarixida aks etgan. Oʻzmilliybank mamlakatimiz bank xizmatlari bozorida peshqadamlik qilayotgani, barqaror rivojlanayotgani, uning depozit bazasi betoʻxtov oʻsib borayotgani, xorijiy kredit yoʻnalishlari keng koʻlamda jalb etilayotgani Oʻzmilliybank Oʻzbekiston iqtisodiyotining amalda barcha tarmoqlariga mansub investitsiya loyihalarini moliyalashda faol qatnashishida yordam berdi.
    Mustaqillik yillarida Bank iqtisodiyot tarkiban chuqur qayta qurilishini taʼminlovchi loyihalarni moliyaladi. Bular, neft va metallarni qazib olish hamda qayta ishlash, qishloq xoʻjaligi mashinasozligi, kimyo sanoati hamda mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarish, toʻqimachilik sanoati, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash, sayyohlik, havo va temir yoʻl transporti, aloqa, kichik va oʻrta biznesni rivojlantirish loyihalari va Oʻzbekiston iqtisodiyotining yangi qiyofasini shakllantiruvchi boshqa koʻplab loyihalardir.
    1993-yildan buyon „The Banker“ jurnali reytinglariga koʻra, Milliy bank jahondagi eng katta bank muassasalarining obroʻli birinchi mingligiga kirgan va hozir unda 862-oʻrinni egallab turibdi.
    Mamlakatimiz bank shoʻ’basi jadal rivojlanayotgan sharoitda Milliy bank Oʻzbekistonda va Markaziy Osiyoda birinchi boʻlib hisob yuritish xalqaro andozalariga mos keladigan yangi hisobvaraqlar rejasidan foydalanishga oʻtdi. Hozirgi vaqtda Milliy bankda joriy etilayotgan eng yangi „Globus“ avtomatlashtirilgan bank tizimi Bankka oʻz biznesini maksimal darajada kengaytirish imkonini beradi.

    Oʻzmilliybank „Reuters“, „Dow jones Telerete“, „Swift“ kabi nufuzli xalqaro moliya kommunikatsiyalari tarmoqlariga, „VIZA“ hisob-kitob tizimiga aʼzo boʻlgan, jahondagi eng katta emitentlar chiqargan, jumladan „Ameriken Ekspress“ yoʻl cheklarini toʻlovga qabul qilayapti va sotayapti.


    Mamlakatimizning iqtisodiy muhim hisoblanuvchi barcha mintaqalarida joylashgan 96ta filial va boʻlim Milliy bankning 603 mingdan ziyod korporativ va xususiy mijozlariga keng doiradagi xizmatlar koʻrsatilishini taʼminlamoqda.
    Shuningdek, Milliy bank Moskva shahrida oʻzining „Asia-Invest Bank“ shoʻ’ba bankiga ega. U 2001-yil yakunlariga koʻra Rossiyaning 200ta eng yirik banki safiga qoʻshildi.
    Xalqaro aloqalar faol rivojlanmoqda. Hozirgi kunda Milliy bank vakillik tarmogʻi jahonning 67 mamlakatidagi 570 bankni oʻz ichiga olgan.
    Bank 2004-yilda oʻzining respublika moliya bozoridagi mavqeini mustahkamlab, rivojlanishda ijobiy dinamikaga erishdi. Milliy bankning jamlama balansi hajmi ekvivalentda 2.929 mln. AQSh dollarini tashkil etdi. Hisobot yilida Bank sarmoyasi 11 mln. AQSh dollariga koʻpayib, 01.01.2005 yildagi holatga koʻra 485 mln. AQSh dollarini tashkil etdi. 2005-yil 1-yanvardagi holatga koʻra, kredit portfeli hajmi 2.418,4 mlrd. soʻmni tashkil etdi (2004-yil 1-yanvarda 2.312,3 mlrd. soʻm edi).
    Milliy bank keng doirada yuritayotgan faoliyat ichki va xalqaro bank operatsiyalarining amalda barcha sohalarini qamrab olgan. Endi u xalqaro andozalar darajasida bank xizmatlari koʻrsatish imkonini beruvchi zamonaviy bank texnologiyalarini rivojlantirmoqda. Bank xalqaro moliya tashkilotlari, xorijiy banklar va eksport-import agentliklari ajratayotgan kredit yoʻnalishlaridan foydalanish maqsadida korporativ xizmatlar koʻrstib, ular bilan aloqalarni kengaytirish hamda mustahkamlash borasida aniq maqsadli siyosat yuritmoqda. Xususan:
    ashqi savdo faoliyati
    Milliy bank Oʻzbekistondagi butun tashqi savdo oborotining 70 %dan ortigʻi boʻyicha xizmat koʻrsatmoqda. Bunda eksport-import boʻyicha kreditlashning boʻnak toʻlovlari qaytarilishi, kontraktlar ijro etilishi yuzasidan kafolatlar berish, veksellarni diskontlash, forfeyting, faktoring, oʻzbekistonlik eksportchilarga bevosita bank kreditlari berish, loyihalarni moliyalash, eksport-kredit agentliklari ishtirokida eksport-importni moliyalash kabi mexanizmlari qoʻllanilayapti. Toʻlov muddati suriladigan akkreditivlar qoʻllanilmoqda, mijoz tovarni yetkazib berayotganda va sotayotganda mablagʻlarni konsignatsiya shartlarida bir martalik konvertatsiyalash ishlari amalga oshirilayapti;
    loyihalarni moliyalash
    Milliy bank loyihalarni moliyalashda yangi korxonalar qurish, ishlab turganlarini modernizatsiyalash yoki texnik qayta qurollantirish (jumladan, mashina-uskunalar sotib olish, qurilish-montaj va boshqa ishlarni bajarish), shuningdek ishlab
    chiqarish hamda xizmat koʻrsatish sohasi obyektlari normal faoliyat yuritishini taʼminlash uchun zarur xom ashyo va materiallarning bir qismini sotib olish koʻzda tutilgan investitsiya loyihalarini moliyalashni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan. Kreditlar iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida tarkibiy oʻzgartishlarni taʼminlovchi eng muhim investitsiya loyihalarini moliyalash uchun moʻljallangan. YTTB, OTB, XMK kabi va boshqa yirik xalqaro moliya muassasalari kredit yoʻnalishlarining aksariyat qismi tijorat asosida, bevosita hukumat kafolatlari taqdim etmasdan jalb qilinmoqda;
    investitsiyalashga doir bank ishi
    Oʻzmilliybank investitsiya banki sifatida mamlakatimizda infrastrukturasi rivojlangan, Oʻzbekistondagi iqtisodiy islohotlarni faol qoʻllab-quvvatlayotgan, moliya hamda sanoat shoʻ’balari rivojlanishiga yordam berayotgan eng katta bank hisoblanadi. Bankning investitsiya portfeli aviasozlik, toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoati, qurilish, agrobiznes, transport va sayyohlik, moliya shoʻ’basi korxonalarining aksiyalarini qamrab olgan. Kichik va oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlash, uning investitsiya loyihalarini moliyalash — bank faoliyatidagi shubhasiz ustuvor yoʻnalishdir;
    Chakana xizmatlar:
    Omonatlar
    Aholiga koʻrsatiladigan xizmatlar doirasini kengaytirish siyosatiga qatʼiy amal qilib, Bank aholining jalb etilgan mablagʻlari va xususiy omonatlar boʻyicha mamlakatimiz moliya bozorida yetakchilar safiga qoʻshildi. Hozirgi kunda Bank chakana xizmatlarning 70dan ziyod turini taqdim etmoqda. Oʻzmilliybank boʻlim va filiallari orqali koʻrsatiladigan elektron xizmatlar doirasi kengayishi, aholining bankka ishonchi ortishi, omonatlar shartlarini maqbullashtirish, yangi depozitlarni ishlab chiqish va joriy etish, xizmatlar sifatini oshirish borasida aniq maqsadli ishlar olib borilishi natijasida mijozlar soni ancha koʻpaydi. Amalga oshirilgan ishlar Oʻzmilliybankka aholining jalb etilgan depozitlari boʻyicha Oʻzbekistonda peshqadamlik mavqeini egallash imkonini berdi;
    Plastik kartochkalar
    Bank aholiga koʻrsatiladigan xizmatlarni rivojlantirish borasida plastik kartochkalarning har xil turlariga katta ahamiyat berib qaramoqda. Ularni joriy etishda Oʻzmilliybank eng zamonaviy texnologiyalardan dadil foydalanib, chinakam novatorlik qilayapti. Yil davomida kartochka egalari soni 190 ming kishidan oshdi. Oʻzmilliybank kartochkalari boʻyicha toʻlovni qabul qiladigan savdo-servis korxonalari tarmogʻi kengayishi bu kartochkalar aholi orasida yanada ommalashib ketishiga yangi turtki berdi. Savdo va xizmat koʻrsatish sohasining 540dan ortiq eng katta korxonalari Bank bilan soʻm kartochkalari boʻyicha xizmat koʻrsatish toʻgʻrisida shartnomalar tuzdi. Oʻzmilliybank milliy valutada hisob-kitoblar qilish uchun moʻljallangan soʻm kartochkalari, Visa Classic va Visa Electron xalqaro kartochkalari, IAPA hamda Priority Pass diskont kartochkalari chiqarayapti, shuningdek xorijiy banklar chiqargan VISA, Evrocard/Mastercard, American Express kartochkalari boʻyicha xizmat koʻrsatmoqda. Bank, shuningdek, IAPA, Priority Pass va DSO diskont kartochkalarini ham taklif etayapti.
    Shuningdek, Oʻzmilliybank Oʻzbekistonning oʻzida ham, undan tashqarida ham xizmatlar va mahsulotlarning quyidagi yangi turlarini taklif qilishi mumkin:
    Elektron banking
    Bankning boʻlim va filiallari mamlakatimizning iqtisodiy jihatdan muhim ahamiyatga ega boʻlgan barcha mintaqalarida joylashgan. Ular mijozlarga bank xizmatlarining butun kompleksini taqdim etayapti, elektron banking tizimi, yaʼni bankomatlar, savdo va servis korxonalaridagi terminallar orqali zamonaviy bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini taʼminlayapti;
    „Bank-mijoz“ tizimi
    „Bank-mijoz“ dasturiy kompleksi bank bilan mijoz avtomatlashtirilgan tarzda oʻzaro hamjihat ishlashi uchun moʻljallangan, pul mablagʻlarini real vaqt rejimida tezkor boshqarish imkoniyatini oshirishda yordam beradi. 2002-yilning may oyida AFIRATOning 25-yillik konferensiyasi va Bosh assambleyasi oʻtkazilayotganda bank ilgari surgan „Mijozlarga masofadan elektron xizmatlar koʻrsatish tizimi“ mahsuloti uchun „Texnologiyalarni rivojlantirish“ nominatsiyasida Milliy bankka AFIRATO mukofoti taqdim etildi.
    „Zamonaviy mulkdor“ bank mahsuloti
    Keng doiradagi, jumladan oʻrta va kichik investorlarni qimmatli qogʻozlar bozoriga jalb etish maqsadida Bank „Zamonaviy mulkdor“ yangi bank mahsuloti — qimmatli qogʻozlar bilan savdo qilish elektron tizimini joriy etdi hamda rivojlantirmoqda. Bu tizim mamlakatimizning barcha mintaqalarini qamrab olgan. Oʻzmilliybank mamlakat fond bozorini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun „Zamonaviy mulkdor“ Osiyo va Tinch okeani mamlakatlari bank kongressining 2001-yildagi yigʻilishida „Eng yaxshi innovatsiya mahsuloti“ nominatsiyasida gʻolib deb topilgani bilan haqli ravishda faxrlanadi. Yangi bank mahsuloti aholining pul mablagʻlari fond bozoriga kirib kelishi koʻpayishini va bu pullar mazkur bozorda muomalada boʻlishini ragʻbatlantiradi. Bunda aholiga oʻzining boʻsh mablagʻlarini yuqori daromadli hamda eng likvid qimmatli qogʻozlarga yoʻnaltirish orqali qoʻshimcha daromad olish imkoni beriladi.
    Shunisi muhimki, bank mijozlari buyurtmanomalar qabul qilish punktlari ixtisoslashgan tarmogʻi orqali birjadan tashqari savdo elektron tizimi yordamida aksiyalar va boshqa qimmatli qogʻozlar sotib olish yoʻli bilan pul mablagʻlarini ishga solishning zamonaviy shakllaridan foydalanish imkoniga ega boʻldilar. Bank xizmatlarining yangi turi qimmatli qogʻozlarni erkin sotib olish va sotish, korxonalar aksiyalariga pul mablagʻlarini investitsiyalash masalalari yuzasidan maslahatlar olish, uyushgan fond bozorida qimmatli qogʻozlarning narxlari toʻgʻrisida zarur maʼlumotga ega boʻlish imkoniyatini yaratadi.
    Milliy bank Oʻzbekiston kredit bozorida peshqadamlik qilmoqda. Bank sanoatning barcha tarmoqlariga hamda mulkchilikning har qanday shakliga mansub korxona va tashkilotlarga milliy va xorijiy valutada kreditlar berayapti. Bank oborot sarmoyasini moliyalash, eksport va importni moliyalash, loyihalarni moliyalash uchun kreditlar ajratmoqda.
    Kichik va oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlash, uning investitsiya loyihalarini moliyalash — Bank faoliyatining soʻzsiz ustuvor yoʻnalishidir.
    Oʻzbekiston bilan Rossiya Federatsiyasi oʻrtasida eksport-import operatsiyalarini bajarish, yagona bank fazosini shakllantirish uchun ishonchli moliya tuzilmasi boʻlishini taʼminlash maqsadida tashkil etilgan „Aziya-Invest Bank“ shoʻ’ba banki Rossiya moliya bozorida mustahkam mavqeni egallab turibdi.
    Hozirgi vaqtda mamlakatimiz bank tizimi jami aktivlarining 70 %dan ortigʻi va bank tizimi jami sarmoyasining 57 % Milliy bank ulushiga toʻgʻri keladi.
    Hozirda bankning asosiy kuch-gʻayrati ustuvor tarmoqlarga xorijiy investitsiyalarni faol jalb etish, kichik va oʻrta biznes loyihalarini amalga oshirish, korporativ va chakana mijozlar doirasini kengaytirish, fond bozoridagi ish samaradorligini oshirish, Oʻzmilliybankni institutsional rivojlantirish va xususiylashtirish dasturini ishlab chiqish kabi vazifalarga yoʻnaltirilmoqda.
    Oʻzmilliybank tuzilishida keng maʼnodagi investitsiya bankini rivojlantirish eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Bank investitsiyalaridan koʻzlangan maqsad, hozirgi kunda ham, uzoq muddatli istiqbolda ham bankning tijorat manfaatlari iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari, mijozlar manfaatlari bilan eng maqbul darajada uygʻunlashuviga erishishdan, aktivlarni diversifikatsiyalash, xatarni minimallashtirish hamda resurslar samaradorligini oshirishdan iboratdir. Qimmatli qogʻozlar bozoriga keng doiradagi investorlarni, jumladan oʻrta va kichik investorlarni jalb etish maqsadida Bank oʻzining „Zamonaviy mulkdor“ deb nomlangan bank mahsuloti — mamlakatimizning barcha mintaqalarini qamrab olgan boʻlim hamda filiallar orqali qimmatli qogʻozlar bilan savdo qilish elektron tizimini rivojlantirish borasida jonbozlik koʻrsatmoqda. Oʻzmilliybank mamlakat fond bozorini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun „Zamonaviy mulkdor“ Osiyo va Tinch okeani mamlakatlari bank kongressining 2001-yildagi yigʻilishida „Eng yaxshi innovatsiya mahsuloti“ nominatsiyasida gʻolib deb topilgani bilan faxrlanishga haqli.
    Milliy bank yangi bank va moliya mahsulotlarini taklif etish, oʻzaro manfaatli hamkorlikka yordamlashish, mijozlar iqtisodiy rivojlanishi va ularning farovonligi oʻsishida koʻmaklashish orqali Oʻzbekiston bank xizmatlari korporativ va chakana bozorlaridagi oʻz mavqeini mustahkamlash, tashqi bozorlarda oʻz mijozlari manfaatlarini izchillik bilan himoya qilish niyatidadir.
    Milliy bank daromadliligi darajasi yuqori ekani olib borilayotgan kredit va tijorat faoliyatiga puxta oʻylab yondashilayotgani hamda oqilona konservativ siyosat yuritilayotgani bilan uygʻunlikda unga keyingi besh yil mobaynida BIS ishonchlilik reytingi boʻyicha jahonning eng ishonchli banklari orasida yetaksi mavqeni egallab turish imkonini bermoqda. Bank xorijiy sheriklar oldida oʻz zimmasiga olgan barcha majburiyatlarni toʻla hajmda va belgilangan mudatlarda bajarib kelayapti. Bank faoliyat yuritayotgan butun davr mobaynida hali biror marta ham tashqi toʻlovlar bajarilmagan va Hukumat kafolatlariga murojaat qilingan holatlar yuz bermadi. Aksincha, Oʻzmilliybank kredit tarixiga baho bergan yetakchi eksport-import agentliklari kredit yoʻnalishlari hajmini davlat kafolatlarisiz oshirayaptilar.
    Kredit yoʻnalishlari hisobidan hujjatli operatsiyalar boʻyicha Oʻzmilliybank majburiyatlarini qabul qiladigan xorijiy banklar soni koʻpayib borayotganligi ham Milliy bankning amaliy obroʻ-eʼtibori balandligidan dalolat beradi. Xorijiy vakil banklar ochgan shunday yoʻnalishlar umumiy hajmi 500 mln. AQSh dollarini tashkil etadi.

    • Hozirgi vaqtda Milliy bank oldida quyidagi asosiy vazifalar turibdi:

    mavjud va potensial mijozlar maqsad guruhlarining ehtiyojlari hamda talablariga javob beruvchi faol marketing siyosatini shakllantirish; korporativ mijozlar bilan ishlarni kuchaytirish. Mumkin qadar koʻproq birinchi darajali mijozlarni bankka jalb etish va uzoq muddatli asosda biriktirib olish; mijozlar bilan ishlashning andozaviy texnologiyalarni har bir mijozga alohida yondashuv bilan uygʻunlashtirishga asoslangan yangi ideologiyasini joriy etish; mamlakat chakana bozoridagi peshqadamlikni saqlab qolish; investitsiya dasturini, kichik va oʻrta biznesni rivojlantirish dasturini amalga oshirishda davlatga maksimal darajada yordam berilishini, respublikamiz eksporti qoʻllab-quvvatlanishini taʼminlash; mijozlar keng doirasiga tayanib, aktivlar va passivlar strukturasining muvozanatli holatini taʼminlash, ularni boshqarishning zamonaviy usullarini joriy etish; resurs bazasini diversifikatsiyalash, jumladan bunda tashqi moliyalashdan foydalanish; bankning xorijiy investorlar oldidagi katta obroʻsidan, xalqaro andozalar boʻyicha bank ishonchliligining yuqori koʻrsatkichlaridan foydalanib, xalqaro bozorlarda bank uchun maqbul narxlarda sarmoya jalb etish borasidagi ishlarni faollashtirish; daromadlilik, likvidlikni oshirish, valuta va bozorga oid xatarlarni kamaytirish maqsadida investitsiya portfeli tuzilishini maqbullashtirish; bankni boshqarishning moslashuvchan tuzilishini barpo etish. Bunda boshqaruvning iqtisodiy vositalariga hamda vakolatlarni taqsimlashning maqbul tizimiga asoslanish.
    Mamlakatimiz hukumatining qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston bank tizimini isloh etish dasturida Milliy bank aksiyalarining 49 %ni investorlarga sotish va bankni xususiylashtirish koʻzda tutilgan[1].
    Bankimiz xususiylashtirilishi uning yanada shaffofroq boʻlishini taʼminlash, ilgʻor texnologiyalarni jalb etish, menejment darajasini oshirish, xalqaro sarmoya bozorlariga chiqish imkonini beradi, mijozlarga xizmat koʻrsatish sifatini oshiradi, Bankning muhtoriyati va mustaqilligini kengaytiradi, oʻz faoliyatining pirovard natijalari uchun aksiyadorlar oldidagi javobgarlikni oshiradi.
    Bu vazifalar muvaffaqiyatli hal etilishi Bankning strategik maqsadlariga erishish garovidir
    Download 29.25 Kb.




    Download 29.25 Kb.