• Qarshi – 2017 O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI F. MALLAEYVA. QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
  • 5111600-Milliy g`oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” yo`nalishi uchun kurs ishi yozish va uni himoya qilish bo`yicha uslubiy ko`rsatma
  • Taqrizchilar
  • Kafedrasi




    Download 23.61 Kb.
    bet1/6
    Sana13.05.2022
    Hajmi23.61 Kb.
    #21062
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    kurs ishi tayyorlash yozish va uni himoya qilish
    Maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy tayyorgarligini oshirish pedagogik muammo sifatida, ЛИЦЕВАЯ ДУГА, Д.Хажикулова ShKSPUATXKfani, Kirish, Лабараторная работа 1, 1708321991, Mustaqil ish - 1, 1709640672, OLIMPIADA MASALALARI 2018-2019



    O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
    QARSH DAVLAT UNIVERSITETI
    MILLIY G‘OYA, MA’NAVIYAT ASOSLARI
    VA HUQUQ TA’LIMI” KAFEDRASI
    5111600-milliy g`oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” bakalavriat ta’lim yo`nalishi uchun kurs ishlarining yozish va uni himoya qilish bo`yicha metodik tavsiyanoma


    Qarshi – 2017
    O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA
    MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
    F. MALLAEYVA.
    QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
    “MILLIY G‘OYA, MA’NAVIYAT ASOSLARI VA HUQUQ TA’LIMI” KAFEDRASIDA
    O`QITILADIGAN FANLARDAN
    KURS ISHI TAYYORLASH
    5111600-Milliy g`oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” yo`nalishi uchun kurs ishi yozish va uni himoya qilish bo`yicha
    uslubiy ko`rsatma


    F. MALLAEYVA. Kurs ishi tayyorlash. “5111600-Milliy g`oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” yo`nalishi uchun kurs ishi yozish va uni himoya qilish bo`yicha uslubiy ko`rsatma -: QDU, 2017. 24 b.
    Taqrizchilar:
    X.MAXMANOVA – F. fanlar nomzodi
    N.O’ROQOVA – F. fanlar nomzodi
    Uslubiy ko`rsatmada “Milliy g`oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” kafedrasida o`qitiladigan fanlar bo`yicha kurs ishlari (loyihalar)ni bajarish tartibi, mazmuni va metodikasi ifodalangan.
    Uslubiy ko`rsatma Qarshi davlat universiteti “Milliy g`oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” kafedrasining 2017 yil yig`ilishida ko`rib chiqildi va chop etishga ruxsat etildi.
    © Qarshi 2017-y.
    KIRISH
    O`zbekiston Respublikasidagi demokratlashtirish hamda tubdan yangilanish jarayonlari ijtimoiy-siyosiy hayotning barcha jabhalarini qamrab olgan.
    Yoshlarni yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo`ljalni to`g`ri ola bilish mahoratiga o`rgatish, istiqbol vazifalarni ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirish ta’lim tizimi xodimlari oldida turgan ulkan vazifadir.
    Bugungi kunda ilmiy-tadqiqotchilik faoliyati XXI asr fani muvaffaqiyatining garovidir. Qadimgi davrlardan to bugungi kungacha fan umuman jamiyatga va alohida har bir kishiga xizmat qiladi. Bizni o`rab turgan jamiki narsalar – bu inson ilmiy faoliyatining amaliy shakllari bo`lib hisoblanadigan texnologiyalar va ishlab chiqarish jarayoni orqali moddiy boyliklarda mujassam bo`lgan aqliy ish mahsulidir.
    Ilmiy tadqiqot ish sifatida talabalar tomonidan tayyorlanadigan mustaqil ish, keys, loyiha texnologiyasi, referat, kurs ishi, bitiruv malakaviy ishi, magistrlik dissertatsiyalari o`zining xususiyatlari, talablari bilan bir-biridan ajralib turadi.
    Kurs ishi talabaning fanni o`qitish jarayonida talab etilgan mustaqil ish shaklidagi topshiriqlarning davomi sifatida bajariladi.
    Ushbu ko`rsatmada talabaning mustaqil ilmiy ijodiy ishi sifatida kurs ishini yozish va uni himoya qilish tartibi, mazmuni ifodalangan bo`lib, u huquq sohasiga doir fanlarning nazariy asoslari va mohiyatini chuqur o`zlashtirish, aniq amaliy material va manbalarni tadqiq etish, davlat-huquq hodisalarini tahlil qilish va umumlashtirish ishlarini amalga oshiradi.
    Kurs ishi bu avvalo qat’iy rejali faoliyatdir. Zamonaviy vositalar bilan puxta qurollangan ilmiy tadqiqot tabiat va jamiyatdagi ob’ektiv qonuniyatlarni ochish va teran bilishga imkon beradi. Shundan keyin avval-boshdagi fikrning aniq maqsadni ko`zlab ishlanishini davom ettirish, oldindan mo`ljallangan 5

    tadqiqot sxemasini aniqlashtirish, o`zgartirish, unga qo`shimchalar qilish jarayoni kechadi. Kurs ishi fan bo`yicha o`quv faoliyati turi sifatida qaraladi va uni o`rganishga ajratilgan soat chegarasida amalga oshiriladi. Huquq, Ma’naviyat, milliy g’oya targ’ibot texnologiyalar, dinshunoslik, Ma’naviyatshunoslik sohalari bo`yicha yoziladigan kurs ishining maqsadi talabalarda davlat-huquq hodisalarga taalluqli dolzarb mavzu va masalalar borasida tasavvur hosil qilish va ularni o`rganishga yo`naltirish, ularga davlat va huquq fanidan olgan nazariy bilim va ko`nikmalarni mustahkamlash, ularda davlat-huquq hodisalarini ilmiy nuqtai-nazardan bayon etish va ularni amaliyotga joriy etish malakasi va tajribasini shakllantirish, davlat-huquq hodisalariga oid muammolar qo`yish va ularning yechimini topish bo`yicha iqtidorini rivojlantirish, nazariy va amaliy faoliyat bilan bog`liq ilmiy adabiyotlarni, tahliliy materiallarni o`rganish va tasniflash ko`nikmasini hosil qilish, amaliy ma`lumotlar va statistik materiallar bilan ishlash hamda ulardan ilmiy asosda foydalanishga ko`nikma hosil qilishdan iborat.


    Kurs ishi bo`lajak mutaxassisning shakllanishida muhim va hal qiluvchi bosqichlardan biri bo`lib, fandan olgan amaliy mustaqil bilimni egallashning muhim tadbiri hisoblanadi.
    Kurs ishining asosiy vazifasi talabada tanlab olgan mavzusi bo`yicha bugungi holatni tahlil qilish, ilmiy-amaliy muammolarni yoritib berish va ularni yechish borasida tavsiyalar ishlab chiqish bo`yicha ko`nikmalar hosil qilishdir. Shu bois, kurs ishining darajasi talabaning ilmiy nazariy tayyorgarligining muhim ko`rsatkichlaridan biri hisoblanadi.
    Kurs ishi yozishda talaba:
    ilmiy dunyoqarash tavsifidagi bilimlar tizimini egallagan bo`lishi;
    gumanitar va ijtimoiy iqtisodiy fanlar asosini, davlat siyosati masalalarini bilishi;
    ijtimoiy muammolar va jarayonlarni mustaqil tahlil etishi;
    mavzuga doir tarixni bilishi;

    milliy, ma’naviy masalalar va umuminsoniy qadriyatlar bo`yicha o`z nuqtai nazarini bayon etishi va ilmiy asoslay olishi;


    milliy g`oya asosida faol hayotiy o`rinni egallashi;
    tabiat va jamiyatda yuz berayotgan jarayonlar, hodisalar haqida yaxlit tasavvurga ega bo`lishi;
    tabiat va jamiyat rivojilanishi haqidagi bilimlarni egallashi;
    zamonaviy ilmiy asoslarda ulardan hayotda va kasbiy faoliyatda foydalana olishi;
    insonlar orasidagi jamiyatga, atrof muhitga bo`lgan munosabatini tartibga soluvchi huquqiy va ahloqiy me’yorlarni bilishi;
    ularni kasbiy faoliyatda hisobga olishi;
    axborotni to`plash, tahlil qilish, saqlash, ishlab chiqish va ulardan unumli foydalana olishi;
    mustaqil fikrlash va kerakli takliflar keltirishi lozim.
    Kurs ishlari mavzu jihatdan xilma-xil bo`lsa ham uslubining bir-biriga o`xshash tomonlari bor. Bunda har bir huquq sohalarining o`ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, kurs ishi yoziladi.

    Download 23.61 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 23.61 Kb.