STARS International University
337
moliyaviy ahvolidan qat’i nazar, aholining barcha qatlamlari uchun qulaylik, ya’ni
“hamma joyda” ta’lim olish imkoniyatidir [3].
Z.K.Bekturova va N. N. Vagapovalarning fikriga ko‘ra smart ta’lim
muhitini yarat-
ish uchun bir qator muhim omillar zarur hisoblanadi. Ular jumlasiga: yangi bilim
va texnologiyalardan foydalangan holda innovatsion usullar orqali o‘rganish; tex-
nologiyalarning yaqinlashuvi, ta’lim sharoitlarini optimallashtirish; individual o‘quv
maqsadlariga, mavjud bilim va ko‘nikmalarga, ijtimoiy
muhitga avtomatik moslash-
ish kabilar kiradi [3].
O‘quvchilar uchun smart-muhit har bir o‘quvchi uchun individual ta’lim muhiti,
amaliy yo‘nalish, bilim, ko‘nikma va malakalarni rivojlantirishda mustaqillik - ijti-
moiy muhitga muvaffaqiyatli moslashishga imkon beruvchi barcha omillar; uzluksiz
ta’limning smart, fanlararo, talabalarga yo‘naltirilgan ta’lim tizimlari (maktab, oliy
o‘quv yurti, korporativ o‘qitish); moslashtirilgan o‘quv
dasturlari, portfolio; ham-
korlikda o‘qitish texnologiyalari; ko‘p miqdordagi odatiy
funktsiyalarni avtomat-
lashtirish; amaliyotchilarni o‘quv jarayoniga jalb qilish kabilar orqali ifodalanishi
mumkin.
SMART - (aqlli, aql-idrokli, texnologik) qisqartma so‘zini dastlab1954-yili Avstri-
yadan chiqqan amerikalik olim,
iqtisodchi, publitsist, pedagog, XX asr menejment
nazariyachilaridan biri Piter Ferdinand Druker (19.11.1909- 11.112005 y.y.) kiritgan.
So‘ngra 1965-yili
Paul J Meyer, 1981-yilda esa George T. Doran o‘z ilmiy ishlarida
qo‘llaganlar.
SMART - menejment va loyihaviy boshqaruvda maqsadni aniqlash va masalalar-
ni qo‘yish uchun foydalaniladigan mnemonik abbreviaturadir.
SMART quyidagi so‘zlarning bosh harflaridan tashkil topgan:
SMART so‘zini tashkil etuvchi harflar va ul arning ma’nol arini ko‘rib chiqayl ik.