Kar’er suv chiqarish va compressor qurilmalari elektr jihozlari va elektr ta’minot




Download 117 Kb.
Sana04.03.2023
Hajmi117 Kb.
#44276
Bog'liq
karer suv chiqarish va compressor qur
3-Topshiriq, 11-mavzu kurs ishi

Aim.uz



Kar’er suv chiqarish va compressor qurilmalari elektr jihozlari va elektr ta’minot.
Kar’er chegarasidan yog’ingarchiliklar tufayli yig’ilgan suvlar yoki suvni uzanlaridagi suv yig’ilish kuchini kamaytirish uchun suv chiqarish qurilmalaridan foydalaniladi.
Kar’erni suvsizlantirishda 3 xil usuldan foydalaniladi.
1.Ochiq usulda nasos qurilmasi kar’er suv yig’gich hovuzi atrofiga joylashtirilib trubalar yordamida ustuplar orali kar’er chegarasidan chiqariladi. Bunda suv chiqarish bi yoki ko’p pog’onali bo’lishi mumkin.
2.Quduq usulda kar’er suv sathini kamaytirish uchun yig’ilish suvining dinamik sathidan past bo’lgan quduq qaziladi va unga (ПЭДВ turdagi) botirma nasos trubalar va boshqarish apparatlari bilan tushiriladi.Kabel suv itaruvchi trubalar kolonnasi bilan bir vaqtda tushiriladi.
Drenaj usulida erosti suv yig’lish komplekslari quriladi.Bunda suv qiya kanavalar orqali kar’er perimetri bo’ylab drenaj laxmlarga yig’iladi,undan esa markaziy suv yig’gichga kelib tushadi,undan esa stasionar suv chiqarish qurilmalari va stvolda joylashgan trubalar orali kar’er chegarasidan chiqarib yuboriladi.Bu usul murakkab elektrotexnik ko’rinishga va katta quvvatli dvigatellarga ega.Suv chiqarish qurilmalar elektrjihozlariga elektrodvigatellar,ishga tushirish apparatlari va avtomatizaciya priborlari kiradi.
Bu dvigatellar bir nechta talablarga berishi kerak:
-dvigatelga namlik tushganda himoya
-tok utuvchi chulg’amlarini namlikka chidamliligi
Ishlash sharoitidan kelib chiqqan holda dvigatellar yopiq,himoyalangan (А, АП, АТД, ДСП, ДАМ, ДАНТ, ДАМСОидр.) yoki portlashga havfsiz (ВАО, АЗП, ДАЗ, ДАПидр.) yasalishi mumkin.
Namligi yuqori bo’lgan atmosferada ishlaydigan dvigatellar uzoq vaqt dabomida tuxtab tursa chulg’am izolyasiyasi namlanishi mumkin.Shuning uchun bunday namlikni quritish uchun qo’shimcha transformatorlar ko’rib chiqilgan.
Bu transformatorlarning ikkilamchi chulg’amidagi kuchlanish dvigatel nominal kuchlanishining 6 — 8 % ni tashkil etadi.
Suv chiqarish qurilmalari uchun asosan 380 — 660 V yoki 6 кV ga ishlaydigan faza yoki qisqa tutashgan rotorli asinxron dvigatellar ,kamdan-kam hollarda sinxron dvigatellar qo’llaniladi.
Qisqa tutashgan rotorli asinxron dvigatellar releli kontaktor orqali ishga tushiriladiKuchlanish uzoq vaqt davomida nominal kuchlanishdan tushib (U< 0,8Uном) ketganda avariya uchirish ham nazarda tutilgan.
1 kV gacha bo’lgan nasos qurilmalari dvigatellarini boshqarishda magnit puskatel,kontaktor,himoya relelaridan foydalaniladi.! kVdan yuqori bo’lgan dvigatellarni boshqarish uchun esa shkaf ЯКНО-6, ПКРН-6В, 3КВЭ-10 dab foydalaniladi.
Dvigatellarni uzluksiz ishlashi kar’er elektrta’minoti sistemasidan kelib chiqqan holda belgilanadi.Kam quvvatli ko’chma komplekt transformator podstansiya(ПКТП) dan 6/0,4 кV КГ kabel orqali amalga oshiriladi
6 kV li nasoslarga esa elektrta’minot qo’shuvchi punkt orqali КГЭ kabeli bilan beriladi.
Elektr ta’minoti uzluksizligi jihatidan suv chiqarish qurilmalari II (ochiq usul va quduq usuli) va I(drenaj usuli) kategoriyaga kiradi. 0.4 kV li dvigatellar qisqa tutashuvdan va yuklanishdan himoya qilish uchun avtomatik uchirgichlardan foydalaniladi. Murakkab gidrogeologik sharoitli va suv yig’ilish ko’p bo’lganda yuqori quvvatli suv chiqarish qurilmalaridan foydalaniladi. Bu ko’chma suv chiqarish qurilmada 2 ta katta (9.3) quvvatli (250kVt) nasos mavjud bo’lib biri ishchi ikkinchisi zahirada turadi va 3 ta 0.4 kVga ishlovchi kam quvvatli avariyni nasoslardan iborat.6kV li asosiy dvigatellar kar’er ko’chma taqsimlovchi punkti (ПКРП)dan , avariya nasoslari esa 6/0.4 kVli ПКРП da o’rnatilgan transformatorlardan ta’minlanadi.6 kV li tomonda tokdan himoya (1ТТи 2ТТ) va bir fazali erga tutashuvdan himoya 3ТТ o’rnatilgan0.4 kV taqsimlovchi punkti elektrshit xonasiga joylashtirilgan.Bu suv chiqarish qurilma quvvati 1250 Kvt(6kV),75 kVt(0.4/0.13kV) ga teng.
Ishchi nasoslarni boshqarish uchun unifikasiyalangan apparaturadan (УАВ) foydalaniladi.Joydan boshqaruv shkafi vaУАВ apparatlari elektrshit xonasiga o’rnatiladi.

Suv chiqarishqurilmasi ta’minot tarmog’I kabel orqali bajariladi.Nasos xonasida 2 ta pasaytiruvchi transformator 380/127 V , 380/36 V bo’lib birinchisi ishchi yoritish uchun ikkinchisi tamir vaqtida yoritish uchun xizmat qiladi.


Perforator va pnevmatik bolg’alarda birlamchi va ikkilamchi burg’ilash,ayrim kon mashinalari organlarini ishga tushirishda siqilgan havo energiyasidan fodalaniladi.Bu energiyani olish uchun kar’erda ko’chma va stacionar compressor qurilmalaridan foydalaniladi.Odatda vintli va porshenli kompressorlardan foydalaniladi.Siqilgan havodan foydalanuvchi ko’p sonli istemolchisi mavjud kar’erlarda stasionar compressor stansiyalari karer bortidan chetda quriladiva trubalar orqali etkaziladi.Kam sonli istemolshi karerlarda esa kochma kompressorlardan foydalaniladi.Ko’p hollarda tog’kon transportlari individual kompressorlar bilan jihozlanadi.
Kompressor ishlash rejimi o’zgarmas yuklamali doimiy.Odatda kompressorlar salt holatda ishga tushiriladi.Stasionar kompressorlar elektrodvigatellari sinxron yoki faza rotorli asinxron dvigatellar bo’ladi.
Ko’chma yoki individual kompressorlar dvigatellari esa 100 kVt gacha bo’lgan qisqa tutashgan rotorli asinxron dvigatel bo’ladi.
Kompressor dvigatellari magnitli puskatel, kontaktor, avtomat , КРУ lar bilan boshqariladi.Har qanday sonli 10 m3 /min dan 100m3 /min gacha ishlab chiqarish quvvatiga ega bo’lgan kompressorlar avtomatik boshqariladi.Kompressorlar elektr ta’minoti suv chiqarish qurilmalari kabi amalga oshiriladi.

Download 117 Kb.




Download 117 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kar’er suv chiqarish va compressor qurilmalari elektr jihozlari va elektr ta’minot

Download 117 Kb.