AutoCAD dasturi dastlab ishga tushirilganda, ishchi muhitda kerakli panellarni tanlab ekran hududida joylashtirib chiqish tavsiya etiladi. Panellar ro‘yxatini “Standart asboblar paneli”dagi ixtiyoriy panelning
chetgi qismi ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosib chiqarish mumkin. Dastur interfeysi quyidagi tartibda jihozlanadi (5-rasm).
AutoCAD dasturining ishchi stoliga quyidagi elementlar kiradi:
Birinchi navbatda ekranning eng yuqorigi qismida joylashgan menyular qatori haqida umumiy ma’lumot beriladi (6-rasm).
6-rasm. Menyular qatori
“Файл” – fayllar bilan ishlash menyusi;
“Правка” – grafik maydon qismlarini tahrir qilish menyusi;
“Bид” – ekranni boshqarish buyruqlarining menyusi. Varaqdan modellar fazosiga o‘tish, monitor ko‘rsatkichlarini boshqarishda kerakli asboblar panelini va boshqa buyruqlarni o‘rnatadi;
“Bcтaвкa” – ilovadagi va tashqi obyektlarni bloklarga qo‘yishni ta’minlash menyusi;
“Формат” – qatlamlar bilan ishlashni, rang va chiziq turlari, matn va chiziqlar uslubini, o‘lchamlarini boshqarishni, chizmaning chegaralarini aniqlash kabi buyruqlarining menyusi;
“Инструменты” – ekrandan foydalanishda tizimlarni boshqarish buyruqlari menyusi. Ular yordamida muloqot oynasidan foydalanib, chizma ko‘rsatkichlarini o‘rnatish kabi buyruqlar bajariladi;
“Рисовать” – turli shakllarni chizish va hajmini o‘zgartirish kabi buyruqlarni bajaradi;
“Размер” – o‘lcham qo‘yish va ularning ko‘rsatkichlarini boshqarish buyruqlari;
“Изменить” – chizma elementlarini o‘zgartirish – chizmani va undagi yozuvlarni tahrir qilish buyruqlari;
“Express” – servis xizmatini ko‘rsatish;
“Окно” – bir vaqtda foydalanishda bo‘lgan axborotlarni fayldan faylga o‘tib ularni ochadi;
“Справка” – AutoCAD dasturi haqida yangi foydalanuvchilar uchun to‘liq ma’lumot olinadi.
Standart asboblar paneli asosiy menyu ostida joylashgan. Asboblarning standart panelida ko‘p foydalaniladigan menyu buyruqlarining maxsus tugmachalari joylashtirilgan (7-rasm).
7-rasm. Standart asboblar paneli
“Новый” – yangi varaq ochish buyruq tugmasi;
“Открыть (Ctrl+O)” – mavjud faylni ochish buyrug‘ i;
“Сохранить (Ctrl+S)” – faylni xotirada saqlash buyrug‘ i;
“Печать (Ctrl+P)” – chizmani qog‘ozga chop etish tugmasi;
“Настройки печати” – chizmani chop etishga sozlash;
“Публиковать” – “DWF” formatida chop etish;
“Поместить в буфер (Ctrl+X)” – chizmadan belgilab olinganlarning elementlarini buferga joylashtirish;
“Копировать в буфер (Ctrl+C)” – tanlab olingan elementlarning nusxasini olish;
“Вставить из буфера (Ctrl+V)” – olingan nusxani mo‘ljallangan joyga qo‘yish;
“Учитывать свойства” – obyekt xususiyatlarini inobatga olish;
“Отменить действие” – oxirgi amalni bekor qilish;
“Повторить действие” – oxirgi bekor qilingan amalni qayta tiklash;
“Панорама реального времени” – foydalanuvchiga model fazosini - chizmani qulay joyga siljitish;
“Масштаб реального времени” – ayni vaqtda ko‘rinishlarni kattalashtirish yoki kichiklashtirish;
“Масштаб окна” – ekran masshtabi;
“Прежний масштаб” – dastlabki masshtabga qaytish;
“Свойства (Ctrl+1)” – xususiyatlar;
“Дизайн-центр (Ctrl+ 2)” – dizayn-markaz;
“Палитры инструментов (Ctrl+3)” – uskunalar palitrasi;
“Справка” – ma’lumotnoma;
“Менеджер стилей текста” – matn uslublarini boshqaruvchisi;
“Управления стилями” – uslublar bilan boshqarish;
“Менеджер стилей размера” – o‘lcham uslublari boshqaruvchisi;
“Стили размеров” – o‘lchamlarning uslublari;
“Свойства объекта” – Obyekt xususiyatlari paneli (8-rasm).
8-rasm. Obyekt xususiyatlari paneli
“Менеджер свойств слоя” – qatlam xususiyatlarini boshqarish;
“Создать слой” – qatlam yaratish;
“Сделать слой объекта текущим” – obyekt qatlamini joriy qatlamga aylantirish;
“Предыдущий слой” – dastlabki (oldingi) qatlam;
“Цвета” – qatlamga rang berish;
“Типы линей” – chiziqlarning turlari;
“Толщина линии” – chiziq qalinligi.
Dastur ishchi hududining eng pastgi qismida holat qatori joylashgan (9- rasm).
9-rasm. Xolat qatori
Unda kursorning joriy koordinatalari hamda chizish rejimlarini yoqish/o‘chirish tugmalari mavjud. Tugmalarning qisqacha vazifalari bilan tanishib chiqiladi:
“Snap Mode” (Шаговый режим) (qadamli rejim) bog‘lanish rejimini o‘chirib/yoqadi. Bu amalni klaviaturadagi “F9” tugmasi yordamida ham bajarish mumkin;
“Grid Display” (Отображение сетки) (to‘rni tasvirlash) ekrandagi to‘rning tasvirni o‘chirib, yoqadi. Bu amalni klaviaturadagi “F7” tugmasi yordamida ham bajarish mumkin;
“Ortho Mode” (Ортогональный режим) (ortogonal rejim) ortogonal rejimni o‘chirib/yoqadi. Bu rejim yoqilganda kursorning gorizontal va vertikal yo‘nalishlarda surilishi chegaralangan. Bu amalni klaviaturadagi “F8” tugmasi yordamida ham bajarish mumkin;
“Polar Tracking” (Полярное отслеживание) (qutbli kuzatish) – qutbli kuzatish rejimini o‘chirib/yoqadi. Qutbli kuzatish kursor yo‘nalishini belgilangan burchak ostida surilishini chegaralaydi, berilgan biror bir qutbli burchaklarni xayoliy chiziqda yotuvchi nuqtalar tanlanishini osonlashtiradi. Ana shu tugmaning bosilishi “F10” tugmaning bosilishiga mos keladi;
“Object Snap” (Объектная привязка) (obyektli bog‘lanish) – ular bilan ishlashda har xil obyektlarning nuqtalarini tanlash imkonini beradi, grafikli kursorni aniq harakatini osonlashtiradi. Bu amalni klaviaturadagi “F3” tugmasi yordamida ham bajarish mumkin;
“Object Snap Tracking” (Объектное отслеживание) (obyektli kuzatish) – obyektli kuzatish rejimini o‘chirib/yoqadi. Obyektlarni ma’lum burchaklar ostida yoki boshqa obyektlar bilan ma’lum nisbatda chizishga yordam beradi. Yoqilgan rejimlarda maxsus vaqtinchalik chiziqlarni avto kuzatishlar, ko‘rishni aniq bajarishga yordam beradi. Bu amalni klaviaturadagi “F11” tugmasi yordamida ham bajarish mumkin;
“Allow/Disallow Dynamic UCS” (Включить/выключить динамическую систему координат) (dinamikali koordinatalar sistemasini o‘chirib/yoqish) – dinamik koordinatalar sistemasini o‘chirib, yoqish. Dinamik koordinatalar sistemasi uch o‘lchovli obyektlar bilan ishlashga mo‘ljallangan va u biror bir mavjud yuzada vaqtinchalik X, Y yuzasini tekislash imkonini beradi;
“Dynamic Input” (Динамический ввод) (dinamikli kirish) – dinamik xulosa rejimini o‘chirib, yoqadi. Dinamik xulosa funksiyasi buyruqlarni kiritish va buyruqlar qatoridan foydalanilgan holda kursor hududida ularning ko‘rsatkichlarini tanlash imkonini beradi. Dinamik kiritish qachon yoqilsa, ma’lumot, kursor yonidagi tasvirlanadigan bildirib turuvchi, qanchalik qo‘zg‘alishiga ko‘ra dinamik yangilanadi. Qachon buyruq faol bo‘lsa, bildirib turuvchi foydalanuvchiga ko‘rsatkich qiymatlarini kiritish uchun joyini ta’minlaydi;
“Show/Hide Lineweight” (Показать/cкрыть толщину линий) (chiziq qalinligini ko‘rsatish/yashirish) – chiziq tasvirini ularning qalinligiga mos ravishta o‘chirib, yoqish rejimi;
“Quick Properties” (Краткие свойства) (qisqa xususiyatlar) – tanlangan obyekt xususiyatlarini tasvirlovchi panelni o‘chirib, yoquvchi rejim;
“Model or Paper space” (Модель) (model) – varoq va modelni fazolari oralig‘ida o‘tishga imkon beradi;
“Quick View Layouts” (Быстрый просмотр слоев) (qatlamlarni tezda ko‘rsatish) – uncha katta bo‘lmagan alohida oynalarda hamma qatlam chizmalarini darhol tasvirlaydi;
“Quick View Drawins” (Быстрый просмотр чертежей) (chizmalarni tezda ko‘rsatish) – chizmalarni ko‘rsatishni o‘chirib/yoqadi;
“Pan” (Панорамирование) (panoramalashtirish) – rasmni panoramalashtirish;
“Zoom” (Зумирование) (yaqin, uzoqlashtirish) – tasvirni uzoqlashtirish yoki yaqinlashtirish;
“SteeringWheel” (Управление колесиком) (g‘ildirak bilan boshqarish) – “Wheel” g‘ildirak uskunasi yoqiladi;
“ShowMotion” (Показать движение) (harakatni ko‘rsatish) – “Motion” (harakat) uskunasini yoqadi;
“Workspace switching” (Изменение рабочей области) (ishchi hududni o‘zgartirish) – ishchi hududni tasvirlash uchun kontekstli menyuni paydo qiladi;
Uskunalar panelining holatini va oynasini bloklash uchun tugma;
Holat qatorida chizish rejimini o‘chirib yoqish tugmalarining tasviri kontekstli menyuda o‘rnatiladi (10-rasm);
10-rasm. Qator holatini sozlash kontekstli menyusi
“Clean Screen” (Очистка экрана) (ekranni tozalash) – ekranni tozalaydi. Uni bosganda barcha uskunalar paneli g‘oyib bo‘ladi, shu bilan grafik ekranining hududi kattalashadi. Bu funksiya kichik diagonalli ekranlarda ishlashda foydalidir.
Chizish panelidagi “Точка” – nuqta uskunasining tugmasi yuklangach, muloqotlar darchasida “Nuqtani kiriting” so‘rovi paydo bo‘ladi. Unga javoban nuqtani ekranda “Sichqon” yordamida kursor nishoni bilan ixtiyoriy joyga kiritiladi yoki X1va Y1 koordinatalari, masalan, 55 va 77 kiritib, “Enter” bilan qayd etiladi va ekranda nuqta belgilanadi. Shunda, nuqta piksel ko‘rinishida bo‘lgani uchun ko‘zga tashlanmaydi. Shuning uchun, tushuvchi menyular qatoridagi “Формат” menyusi va undagi “Отображение точек” – nuqta qiyofasi uskunalari yuklanadi, shunda ekranda nuqtalarning qiyofasi oynasi paydo bo‘ladi (11- rasm, 12-rasm).
rasm. Nuqta qiyofasiga kirish 12-rasm. Nuqta qiyofasi uskunalari Undan birortasi masalan, aylana ko‘rinishi taklif qilingan 5% da
tanlanadi va “OK” tugmasi yuklanadi. Shunda, ekranda koordinatalari bilan kiritilgan nuqtalar aylana ko‘rinishida tasvirlanib qoladi. Nuqtani istalgan qiyofasini keltirilgan oynadan tanlab olish mumkin. Unga rang berish va o‘rnini o‘zgartirish kesma kabi bo‘ladi.
Chizish panelidagi “Otrezok” – kesma chizish tugmasi yuklangach, muloqotlar darchasida “Boshlang‘ich nuqtasini kiriting” so‘rovi paydo bo‘ladi.
Unga javoban, sichqon yordamida kursor nishoni bilan ekranning ixtiyoriy joyida kesmaning birinchi nuqtasi kiritiladi. Shunda, navbatdagi, keyingi nuqtasini kiriting so‘rovi paydo bo‘ladi (13- rasm).
13-rasm. Chiziqning bog‘lanish nuqtasi
Bu so‘rovga ham dastlabki nuqtaning koordinatalarini kiritgan kabi kursorni ekranning istalgan joyiga qo‘yib ixtiyoriy o‘lchamdagi chizma yoki X2, Y2 yoki X2i, U2i koordinatalarini kiritilsa (masalan, 100 mm) ekranda kesma paydo bo‘ladi.
Muloqatlar darchasida ikkinchi to‘g‘ri chiziqni chizish uchun navbatdagi nuqtani kiritishni so‘raydi. Bunday nuqtalarni ketma-ket kiritib, ko‘plab kesmalarni ketma-ket o‘tkazish mumkin. Kesma chizish buyrug‘idan chiqish uchun “Enter” yoki “ESC” tugmasini ketma-ket ikki marotaba yuklanadi. Ikkinchi va uchinchi kesmalarni o‘tkazgach, keyingi so‘rovda, qavs ichida “Замкнуть” – “Birlashtirish” yoki “Отменить” – “Bekor qilish” qo‘shimcha buyruqlari paydo boladi (14-rasm).
“Замкнуть” – “Birlashtirish” so‘zining bosh harfini terib, “Enter” yuklansa, oxirgi kesma uchi birinchi kesmaning boshlang‘ich nuqtasi bilan birlashib qoladi.
14-rasm. Chiziqni bekor qilish yoki birlashtirish
Birinchi “По слою” rang berish tugmasi yuklanadi: Shunda standart ranglar ro‘yxatini taklif qiluvchi darcha paydo bo‘ladi (15-rasm). Agar, ulardan bo‘lak boshqa rang tanlash lozim bo‘lsa, “Выбор цвета” tugmasi yuklanadi va boshqa ranglarni o‘ziga jamlagan “Rang tanlash” darchasi paydo bo‘lib, unda jamlangan turli xildagi ranglar taklif qilinadi (16-rasm).
Bu darchadan tanlangan rangni kursor yordamida yuklab, ketma-ket ikkita “OK” tugmalari yuklanib, uni standart ranglar ro‘yxatiga o‘tkaziladi. Shunda, “По слою” o‘rnida yangi rang tartib raqamining yozuvi paydo bo‘ladi.
rasm. Ranglar ro‘yxati 16-rasm. Ranglar raqami Shunda, kesma chizig‘i tanlab olingan yo‘g‘onlikda tasvirlanib
qoladi. Agar, tanlab olingan yo‘g‘onlik qiymati uchinchi “По слою” so‘zi o‘rnida yozilgan bo‘lsa, keyingi chiziladigan chiziqlar yo‘g‘onligi tanlab olingan yo‘g‘onlikda chiziladi. Bu yo‘g‘onlikdan chiqish uchun, tanlab olingan yo‘g‘onlik yuklanadi va ro‘yxatdan “По слою” so‘zi yuklanadi. Natijada, ekrandagi chiziqlar kompyuterda o‘rnatilgan standart yo‘g‘onlikka o‘tib qoladi.
Ikkinchi “По слою” (Типы линии) chiziq turlari tugmasi yuklanadi. Bu buyruqdagi chiziq turlarining ro‘yxati taklif etiladi (17-rasm). Agar, chiziqlarning boshqa turlari kerak bo‘lsa, ro‘yxatning eng pastida joylashgan “Другой” tugmasi yuklanadi. Shunda, ekranda “Chiziq turlari dispetcheri”ning darchasi paydo bo‘ladi. Undagi yuqori o‘ng tomonda joylashgan “Загрузить” qo‘shimcha buyrug‘i yuklanadi. Natijada, darcha o‘rtasida kompyuterga kiritilgan chiziq turlarining nomi va tasviri taklif qilinadi (18-rasm).
Undan istalgan chiziq turini, masalan “Dosh doot” yoki “Dosh doot 2” “Sichqon” bilan yuklanadi va “OK” tugmasi bosiladi.
rasm. Chiziq turlari 18-rasm. Chiziq nomi
Shunda, derazaning dastlabki ko‘rinishi paydo bo‘ladi va yana undagi “OK” tugmasi yuklanadi;
Kesma ajratiladi;
“По слою” – chiziq turlari tugmasi yuklanadi va ro‘yxatdan chiziq turi tanlanib yuklanadi, shunda ekrandagi ajratilgan kesma tanlangan chiziq turida chizilib qoladi.
|