Kasallikning namoyon bo'lishi




Download 41.88 Kb.
bet2/5
Sana19.10.2022
Hajmi41.88 Kb.
#27503
1   2   3   4   5
Bog'liq
epilepsiya
Pisa test ona tili 2-sinf [uzsmart.uz], 1. Anketa (o\'quvchilar), materialovedenie kurs lektsiy (1), Axborotlashgan jamiyat va uning rivojlanish istiqbollari-fayllar.org
Kasallikning namoyon bo'lishi
Tutqanoq (xuruj) - epilepsiyaning asosiy belgisidir. Kasallik belgilari tutqanoq turiga qarab farq qiladi.
Xurujlar 2 xil bo`ladi:

  • tarqalgan

  • parsial.

Tarqalgan xurujlarda miyaning barcha qismi ta'sirlanadi va fokal (o`choqli) simptomlar bo`lmaydi. Tarqalgan xurujlarning quyidagi shakllari bor:

  • tonik-klonik xurujlar

  • absanslar (ongning qisqa vaqt mobaynida o`chib qolishi)

  • aralash shakllar.

Agar xurujlar miyaning faqat bitta sohasidagi g'ayritabiiy faoliyat natijasida yuzaga kelsa, ular parsial yoki o'choqli (fokal) xurujlar deb ataladi. Deyarli barcha holatlarda, xurujdan oldin aura – epilepsiya xabarchisi kuzatiladi. Xurujlar boshlanishiga bir necha soat qolganda, ba’zan esa bir-ikki kun oldin bemorning uyqusi qochadi, xavotir paydo bo‘ladi, jahldor bo‘lib qoladi, yuzi yoki tanasining ba’zi joylarida uvishishlar paydo bo‘ladi, lab burchaklari titray boshlaydi. Odatda, mana shu belgilardan so‘ng katta tutqanoq xurujlari boshlanadi. Parsial (fokal) xurujlar:

  • oddiy

  • murakkab

  • ikkilamchi tarqalgan bo`lishi mumkin.

Oddiy parsial xurujlarda hushdan ketilmaydi va quyidagi turlarga bo'linadi:

  • motor fokal xurujlar: davomiyligi uzoq emas, tonik yoki klonik, xurujdan so`ng mushaklar kuchsiz bo`lib qoladi;

  • sensor fokal xurujlar: bunday xurujlarning xususiyatlari - gallyutsinatsiyalar, tananing ayrim qismlarida uvishish;

  • vegetativ fokal xurujlar: limbik tuzilmalar shikastlanganda kuzatiladi, belgilari: – terlashning kuchayishi, ko'ngil aynishi, yurakning tez urishi, "tovuq terisi" sindromi, hissiy reaksiyalar.

Murakkab fokal xurujlar odamlarning ongiga ta'sir qiladi va hushdan ketishga olib kelishi mumkin. Murakkab fokal xurujga duchor bo'lgan bemorlar, odatda, xuruj sodir bo'layotgan vaqtda yon atrofda sodir bo`layotgan voqealarni anglab yetmaydilar. Ular xuruj paytida boshqa odamlarga yoki atrof-muhitga munosabat bildirmaydilar va nima sodir bo'lganini eslay olmaydilar. Ular bo`shliqqa uzoq tikilib qolishlari, xayolparast bo'lib ko'rinishi yoki to'satdan uyg'onib ketishlari mumkin.
Katta epileptik tutilish yoki tonik-klinik tutilish kasallikning eng xarakterli ko'rinishidir. U quyidagi belgilar bilan tavsiflanadi:

  • hushni yo'qotish

  • baqirish

  • mushaklarning beixtiyor qisqarishi

  • tez-tez silkinish

  • sianoz va so`lak oqishi

  • nafas olishning to'xtashi

  • tilni tishlash

  • beixtiyor peshob va axlat chiqarish

Bunday xurujlar odatda 1-3 daqiqa davom etadi. Xurujdan keyin bemor odatda uxlab qoladi yoki sokin holatga tushadi, mushaklarida og'riq paydo bo'ladi va xotirasi ishdan chiqadi.
Epileptogen o`choqning joylashuvi va sababiga qarab, epilepsiya quyidagi turlarga ega:

  • chakka epilepsiyasi (tez-tez hushni yo'qotish, xurujlarsiz, vegetativ ko'rinishlarsiz, aura mavjud, 75% hollarda faqat aura bilan o`tadi, EEG EEGda o'zgarishlar kuzatilmaydi);

  • peshona epilepsiyasi (xurujlar, hushni yo'qotish, oyparastlik, aurasiz, to'satdan, davomiyligi bir daqiqadan kam, har doim bir xil);

  • parietal epilepsiya (kamdan-kam holat, og'riqlar, paresteziyalar, harorat sezuvchanligining o'zgarishi, tana sxemasining buzilishi va boshqalar).

  • ensa epilepsiyasi (kamdan-kam holat, gallyutsinatsiyalar, ko'rish doirasining cheklanishi, kipriklarni pirpiratish va ko'z olmasi sohasidagi turli sezgilar, g`ilaylik).

Kichkina yoshdagi bolalarda ko`pincha rolandik epilepsiya tashxisi qo`yiladi va barcha bolalar epilepsiyalarining taxminan 15% ni tashkil qiladi. Ushbu xurujlar o'rtacha 6 yoshdan 8 yoshgacha bo`lgan bolalarda uchrashi mumkin, ammo 3 yoshdan 13 yoshgacha bo'lgan bolalar ham rolandik epilepsiya qurboniga aylanishi mumkin. Bunday kasallik turi ko`proq o`g`il bolalarda va epilepsiya bilan og'rigan yaqin qarindoshlari bo'lgan bolalarda tashxis qilinadi. Alomatlari:

  • til, lablar, yuz mushaklari, qo'l va oyoqlarning titrashi;

  • nutqning buzilishi;

  • ko'p miqdorda so'lak oqishi;

  • hush yo`qotilmaydi;

  • tungi xurujlar.

Epilepsiya belgilari
Bolalardagi belgilar kattalarnikiga juda o'xshash. Boladagi kasallikning birinchi belgilari neonatal davrda paydo bo'lishi mumkin. Tajribasiz onalar ko'pincha konvulsiv harakatlarni oddiy harakatlardan ajrata olmaydilar, shuning uchun 0 dan 3 yoshgacha bo'lgan yosh bolalarda epilepsiyani aniqlash juda qiyin. Farzandingizda quyidagi belgilarni kuzatsangiz, darhol shifokorga murojaat qiling:

  • qo'l va oyoqlarning qaltirashi yoki taranglashishi;

  • qisqa vaqt davomida shovqin yoki so'zlarga javob reaksiyasi yo'qligi;

  • nafas olishning qiyinlishuvi yoki nafas olishdan to'xtash;

  • beixtiyor peshob va axlat chiqarish;

  • kipriklarni tez-tez pirpiratish, bir nuqtaga tikilib qolish, ko`zini yuqoriga qaratish.


Download 41.88 Kb.
1   2   3   4   5




Download 41.88 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kasallikning namoyon bo'lishi

Download 41.88 Kb.