4 - ILOVA
Mavzu:Dastur interfeysi.Raqamli axborot va matnni qayta ishlashning asosiy
tamoyillari
REJA:
1.Dastur interfeysi.
2.Raqamli axborot.
3.Matnni qayta ishkashning asosiy tamoyillari.
Dastur interfeysu.Raqamli axborot va matnni qayta ishlashning asosiy tamoyillari
— matnli raqamli ma’lumotlarni qayta ishlash ko‘nikmalariga ega, dasturiy
ta’minot paketlari bilan ishlashga qodir, avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini
yaratish asoslari ustasi, shaxsiy kompyuterlar uchun apparat va dasturiy ta’minot,
serverlar; periferik uskunalar, audio-vizual axborot manbalari, multimediyali audio
video uskunalarda mukammal ishlash.
116
Yaxshi va aniq ko‘rish barqarorligi, qo‘llar va barmoqlarning yetarlicha
harakatchanligi, harakatlarning aniqligi va muvofiqlashtirilishi, diqqatning yuqori
konsentratsiyasi, aniqlik, yaxshi eshitish, diqqat barqarorligi.
Dastur Interfeys (ing. pIyeggase) — texnik va programmalash vositalari majmui;
hisoblash, boshqarish yoki oʻlchash tizimlari (mas, EHM ning opera-tiv va tashqi
xotira qurilmasi)dagi turli funksional qurilmalarning oʻzaro taʼsirini taʼminlaydi.
Uzatilayotgan axborotlarni kodlash va sin-xronligiga nisbatan belgilangan qoida
hamda kelishuvga muvofiq tayyor modullardan sistemani, qurilmalarning mexanik
va elektr birikmalarini sig-nad koʻrinishida (axborotlar va boshqa shaklida)
toʻplashga imkon beradi.
Kompyuter ishlashi uchun apparatli (Hardware) ta’minotdan tashqari dasturiy
(Software) ta’minot ham muhim ahamiyatga egadir. Kompyuter tizimini tashkil
etuvchi bu ikki vositaning oʻzaro aloqasi interfeys deyiladi. Interfeys bir necha
turga boʻlinadi, ya’ni: apparatli interfeys; dasturiy interfeys; apparatli-dasturiy
interfeys. Apparatli interfeysni kompyuter qurilmalarini ishlab chiqaruvchilar
ta’minlaydi. Dasturiy ta’minot bilan apparatli ta’minot oʻrtasidagi mutanosiblikni
operatsion sistema boshqaradi. Kompyuterli tizim samarali ishlashi uchun apparatli
va dasturiy ta’minotdan tashqari foydalanuvchi qatnashadi. kompyuterda ishlashi
jarayonida uning apparatli ta’minoti bilan ham, dasturiy ta’minoti bilan ham
aloqada boʻladi. Insonning dastur bilan va dasturning inson bilan muloqatga
kirishish usuli foydalanuvchi interfeysi deyiladi. Dasturlar xilma-xil boʻlgani
uchun ularning interfeysi ham turlicha boʻladi. Foydalanuvchi interfeysini
xususiyatlariga koʻra bir nechta turga ajratish mumkin. Dasturning ishlash
muhitiga qarab, dastur nografik yoki grafik interfeysga ega boʻladi.
Biz hozirgacha kompyuterlarning tuzilishi, texnik ta’minoti (ichki va tashqi
qurilmalari) va dasturiy ta’minoti bilan tanishib chiqdik. Umumlashtirib shuni
aytish mumkinki, kompyuterning texnik va dasturiy ta’minoti o‘zaro uzviy aloqada
bo‘ladi hamdabirgalikda foydalanuvchi uchun xizmat qiladi. aziyatga qarab
foydalanuvchi kompyuterning texnik va dasturiy ta’minotini boshqaradi, o‘zining
maqsadidan kelib chiqib bu qismlar bilan aloqada bo‘ladi, boshqacha aytganda,
o‘zaro ta’sirlashadi. Bu o‘zaro munosabatni informatikada interfeys atamasi bilan
ifodalashadi. Interfeys (ing. – interface) – bu o‘zaro ta’sir, aloqa, birlashtirish,
muvofiqlashtirish
vositasidir.Bu
atama
informatikada keng
hunchalar
doirasidaifodalanadi: apparatli interfeys (elektron qismlar darajasida),dasturiy
interfeys (dasturiy modullarni tutashtirish haqidagi qoida va kelishuvlar
majmuasi), dasturlarning qurilmalar bilan o‘zaro munosabati apparatli-dasturiy
interfeys va nihoyat, dastur va kompyuterning inson bilan muloqoti hamda o‘zaro
117
ta’sir vositasi sifatidagi foydalanuvchi interfeysi. Hozirgacha foydalanuvchi
interfeysi bilan qisman tanishgan edingiz, masalan, Paint yoki MS
Word dasturlarining muloqot oynasi, bu dasturlarning asosiy elementlaridan:
menyular, ishchi maydoni va uskunalar paneli. Interfeys vositalarning o‘zaro
umumiy protokolga (qonun-qoidalarga) rioya qilinishini talab etadi. Aks holda, bu
vositalar o‘zaro bog‘lana olmaydi. Masalan, elektr lampochkani elektr manbayiga
ulash uchun quyidagi shartlar (moslik) bajarilishi kerak. Elektr lampochka
patronga mos bo‘lishi kerak. Elektr lampochka elektr manbayidagi kuchlanishga
mo‘ljallangan bo‘lishi kerak. Keltirilgan misolda interfeys protokoli ikkitagina
shartdan iborat bo‘lib, ikkalasi ham apparatli interfeysga mansub. Agar bu shartlar
bajarilmasa, elektr lampochkani elektr manbayiga ulab bo‘lmaydi. Bu holni
lampochkani manbaga ulash interfeysi o‘zgacha protokolga ega, deyish mumkin.
Lekin lampochkani elektr manbayiga ulash bilan kompyuter sistemasini taqqoslab
bo‘lmaydi, albatta.
Ma’lumki, kompyuterli tizimda o‘nlab qurilmalar bir-biri bilan bog‘lanishi va
minglab dasturlar ular bilan mutanosib ishlashi kerak.Kompyuterda apparatli
interfeysni uning qurilmalarini ishlab chiqaruvchilar ta’minlaydi. Ular
qurilmalarning bir-biri bilan bog‘lanishi (ulanishi)ning mosligi va bir xil
kuchlanish bilan ishlashini kuzatib boradilar. Lekin dasturlar bilan qurilmalarning
o‘zaro munosabati (apparatli-dasturiy interfeys) yoki dasturlarning o‘zaro aloqasi
(dasturiy interfeys) hech kim tomonidan kuzatilmaydi. Chunki, birinchidan,
dasturchilar har bir kompyuterda qanday qurilmalar o‘rnatilganini va qanday
dasturlar borligini avvaldan bilishmaydi. Ikkinchidan, kompyuter qurilmalarini
ishlab chiqaruvchilar bu qurilmalarni qanday dasturlar bilan ishlashiga to‘g‘ri
kelishini avvaldan bilishmaydi. Shu sababli dasturiy ta’minot bilan apparatli
ta’minot o‘rtasidagi uvofiqlashtirishni maxsus dastur – operatsion sistema o‘z
zimmasiga oladi.Foydalanuvchi kompyuter bilan muloqoti jarayonida o‘zi
sezmagan holda kompyuterning apparatli ta’minoti bilan ham, dasturiy ta’minoti
bilan ham aloqada bo‘ladi. Ammo kompyuterda minglab dasturlar mavjud bo‘lib,
ularning har biri bilanturlicha muloqot qilishga to‘g‘ri keladi. Ba’zi
dasturlar klaviatura yordamida ishlashga, boshqalari sichqoncha bilan ishlashga,
yana birlari joystik yoki boshqa biror boshqarish qurilmalari bilan ishlashga
mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, ma’lum bir dasturlar
ma’lumotlarni ekranga matn shaklida chiqarsa, boshqalari grafik tasvir shaklida,
yana birlari esa umuman ekrandan foydalanmasdan tovush yoki nutq ko‘rinishida
ma’lumot berishi mumkin. Dasturlar xilma-xil bo‘lgani kabi ularning interfeysi
ham turlicha bo‘ladi. Foydalanuvchi interfeysi xususiyatlariga ko‘ra bir necha
turga ajratilishi mumkin. Agar dastur bilan muloqot qilish juda qulay
bo‘lib,oydalanuvchi uchun qiyinchilik tug‘-dirmasa, bunday dastur qulay
foydalanuvchi interfeysiga ega deyiladi. Agar dastur bilan turli xil usullarda
ishlash mumkin bo‘lsa, bunday dastur yumshoq interfeysga ega deyiladi. Shunday
dasturlar ham bo‘ladiki, ular bilan ishlashda ma’lum talab va ko‘rsatmalardan
tashqariga chiqib bo‘lmaydi. Bu holda dastur qattiq interfeysga ega deyiladi.
118
Dasturning ishlash muhiti (holati)ga qarab, dastur nografik (grafik bo‘lmagan yoki
matnli – A rasm) yoki grafik (B rasm) interfeysga ega deyish mumkin.Dastur
matnli interfeysga ega deyilishi dastur bilan ishlashda faqat klaviaturadan
foydalanilishi yoki ma’lumotlar ekranda faqat matn ko‘rinishida aks ettirilishi
bilan bog‘liq. Agar dastur ishlashijarayonida ekranda grafik tasvirlar aks ettirilsa
va uni sichqoncha yordamida boshqarish mumkin bo‘lsa, u holda bunday dasturlar
grafik interfeysga ega deyiladi.
|