68
tirqishini sozlash hisoblanadi.
O’qning bo’ylama siljishini sozlash uchun rul chambaragi o’q bo’ylab oldinga tortib
ko’riladi. Agar siljish sezilsa, uni zichlagichlar sonini (2.60a-rasm) kamaytirish yo’li bilan
sozlanadi.
Chervyakning rolik bilan ilashish tirqishini sozlash uchun chegaralovchi gayka bo’shatiladi
va buragich yordamida sozlovchi vint orqali tirqish sozlanadi. Bu, o’z navbatida rul chambaragining
erkin yurish yo’li me’yoriy qiymatga ega bo’lishini ta’minnlaydi.
Reykali rul mexanizmlarida reyka va vint tishlari orasidagi tirqish sozlanadi. Buning uchun
chegaralovchi gayka bo’shatilib, sozlovchi tiqin qotiriladi. So’ngra
rul chambaragining erkin
aylanishi va salt yurish yo’li tekshiriladi.
Rul boshqarmasi tortqilarining texnik holatini aniqlash uchun rul chambaragi o’ng va
chapga aylantirib, tortqining sharli barmog’i holati tekshiriladi. Agar barmoq erkin harakatlansa
yoki birikmalarda liqillash sezilsa, engil avtomobillarda sharli torqilar rostlanmasdan yangisiga
almashtiriladi. Yuk avtomobillari va avtobuslarda hamda tortqini tuzilishida
sharli barmoqning
holatini sozlash nazarda tutilgan bo’lsa, sharli barmoqning erkin harakatlanishi
yo’qotiladi(rastlanadi). Buning uchun sozlovchi tiqin shplinti olinadi, so’ng mahsus buragich bilan
tiqin ohirigacha buraladi va shplint to’g’ri kelguncha orqaga qaytarilib, shplint joyiga tiqiladi.
Gidrokuchaytirgichli
ml boshqarmalarida, mexanizm karteri va gidrokuchaytirgich
bakchasidagi moy sathi navbatdagi TXK paytida tekshiriladi va me’yoriga keltiriladi.
Gidrokuchaytirgich bakchasi, uning filtrlari hamda karter
benzin bilan yuvilib, moyi almashtiriladi
(yilda, kamida bir marta yoki mavsumiy xizmat ko’rsatishda). Gidrokuchaytirgichga moy dvigatel
salt ishlab turganda quyiladi. Rul mexanizmiga uzatmalar qutisi uchun mo’ljallangan Tap-10, Tap-
15L va DEXRON-II moylari yoki transmission moy quyiladi. Gidrokuchaytirgichli rul
mexanizmiga yozda turbina moyi (markasi 22), qishda AU-urchuq(veretyon) moyi quyiladi. MAZ-
500 rul mexanizmiga TM-16P va gidrokuchaytirgichiga yozda industrial-20 va qishda industrial-12
moyi quyiladi. KamAZ avtomobiuining gidrokuchaytirgichiga
"R
" markali moy quyiladi. Rul
tortqilarining sharnirli birikmalari 1200... 1800 km yurilgandan so’ng,
navbatdagi TXK paytida US-
2 yoki US-3, shuningdek USs-1, Uss-2 yoki Uss solidoli bilan moylanadi.