• Tabiiy fanlar: biologiya, fiziologiya, ximiya, fizika va b.q.
  • Kasbiy faoliyat psixologiyasi




    Download 1,72 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet9/107
    Sana12.02.2024
    Hajmi1,72 Mb.
    #155085
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   107
    Bog'liq
    Kasbiy faol psix Darslik
    giologiya, Mavzu 3d- max dasturida obyekt yaratish-fayllar.org, Xasanova Gulyoraxon algoritmlash
    3. Pedagogika bilan kasbiy psixologiyaning o‗zaro hamkorligi va aloqasi 
    an‘anaviy va azaliy bo‗lib, ularning yosh avlod tarbiyasini zamon talablari ruhida 
    amalga oshirishdagi roli va nufuzi o‗ziga xosdir. Respublikamizda amalga 
    oshirilayotgan yangi «Ta‘lim to‗g‗risidagi Qonun» hamda «Kadrlar tayyorlashning 
    milliy Dasturi»ni amalga oshirish ham ikki fan hamkorligi va o‗zaro aloqasini har 
    qachongidan ham dolzarb qilib qo‗ydi. Milliy dasturda e‘tirof etilgan yangicha 
    modeldagi shaxsni kamol toptirish, uning chuqur bilimlar sohibi bo‗lib yetishishi, 
    barkamolligini 
    kafolatlovchi 
    shart-sharoitlar 
    orasida 
    yangi 
    pedagogik 
    texnologiyalarini ta‘lim va tarbiya jarayonlariga tadbiq etishda pedagogikaning o‗z 
    uslub va qoidalari yetarli bo‗lmaydi. Shuning uchun ham kasbiy psixologiya u 
    bilan hamkorlikda yosh avlod ongining ta‘lim olish davrlaridagi rivojlanish 
    tendensiyalaridan tortib, toki yangicha o‗qitish texnologiyalarini bola tomonidan 
    o‗zlashtirilishi va undagi aqliy hamda intellektual qobiliyatlarga nechog‗lik ta‘sir 
    ko‗rsatayotganligini o‗rganish asosida ta‘lim-tarbiya ishini tashkil etish kasbiy 
    psixologiyadagi metodlarni didaktik metodlar bilan uyg‗unlashtirishni taqozo 
    etadi. Ayniqsa, ma‘naviy barkamollik tamoyillarini o`quv yurtida va yangi tipdagi 
    ta‘lim muassasalarida joriy etish ham shaxs psixologiyasini teran bilgan holda 
    o‗qitishning eng ilg‗or va zamonaviy shakllarini amaliyotga tadbiq etishni nazarda 
    tutadi. 
    4. Tabiiy fanlar: biologiya, fiziologiya, ximiya, fizika va b.q. psixik xodisalar 
    va jarayonlarning tabiiy fiziologik mexanizmlarini tushunish va shu orqali ularning 
    kechishi qonuniyatlarini ob‘ektiv o‗rganish uchun material beradi. Ayniqsa, bosh 
    miyaning hamda markaziy asab tizimining psixik faoliyatlarini boshqarishda va 
    ularni muvofiqlashtirishdagi rolini e‘tirof etgan holda kasbiy psixologiya fani 


    21 
    tabiiy fanlar erishgan yutuqlar va ulardagi tadqiqot uslublaridan omilkorona 
    foydalanadi. Masalan, shaxs qobiliyatlarini diagnostika qilish uning tug‗ma 
    layoqatlari hamda orttirilgan sifatlarini bir vaqtda bilishni taqozo etgani sababli
    o‗sha tabiiy layoqatning xususiyatlarini aniqlashda psixofiziologiyaning qator 
    usullaridan (miya assimetriyasi qonunlari, miya bioritmlarini yozib olish
    neyrodinamik xodisalarni aniqlash, qon aylanish va tana haroratini o‗lchash 
    metodlari) o‗z o‗rnida foydalanadi va biologiya, anatomiya, fiziologiya, 
    neyrofiziologiya kabi fanlarning shu kungacha erishgan yutuqlaridan foydalanadi. 
    Shuning uchun tabiiy fanlar sohasida erishilgan barcha yutuqlar psixologiyaning 
    predmetini mukammalroq yoritishga o‗z hissasini qo‗shgan. 

    Download 1,72 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   107




    Download 1,72 Mb.
    Pdf ko'rish