• Erta olam
  • Komponentlari
  • Ijtimoiy taʼsiri
  • Katta portlash Vikipediya, ochiq ensiklopediya




    Download 179.14 Kb.
    bet1/5
    Sana13.10.2022
    Hajmi179.14 Kb.
    #27191
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Katta portlash
    1 Teylor qatori Makloren qatori Elementar funktsiyalarni dara (2), 1-8-lab(urolov shohruh)

    Katta portlash
    Vikipediya, ochiq ensiklopediya
    Navigatsiya qismiga oʻtishQidirish qismiga oʻtish

    Katta portlash modeliga binoan olam oʻta zich va issiq holatdan kengayib, bugunda ham kengayishda davom etmoqda. Fazoning kengayib, oʻzi bilan galaktikalarni surishini shishirilayotgan pufakdagi dogʻlarga qiyoslash mumkin. Yuqoridagi grafik tarxda tekis olam qismining kengayishi koʻrsatilgan.

    Kosmologiya



    • Olam


    • Katta portlash


    • Olam yoshi


    • Olam xronologiyasi

    Erta olam [koʻrsat]

    Kengayayotgan olam [koʻrsat]

    Tuzilma shakllanishi [koʻrsat]

    Olam kelajagi [koʻrsat]

    Komponentlari [koʻrsat]

    Tarixi [koʻrsat]

    Tajribalar [koʻrsat]

    Olimlar [koʻrsat]

    Ijtimoiy taʼsiri [koʻrsat]

    • v

    • t

    • e

    Katta portlash (inglizchaBig Bang) nazariyasi amaldagi kosmologik model boʻlib, olam rivojlanishining erta bosqichlarini tasvirlaydi.[1] Bu nazariyaga binoan Katta portlash taxminan 13,798 ± 0.021 milliard yil oldin sodir boʻlgan;[2][3][4][5][6][7] bu koʻrsatkich olam yoshi deb hisoblanadi.[8][9][10][11] Bundan keyin olam oʻta issiq va zich holatda boʻlib, keskin kengayishni boshlagan. Boshlangʻich kengayishdan soʻng olam energiyaning turli subatom zarrachalar, jumladan protonneytron va elektronlarga aylanishi uchun yetarli darajada sovugan. Sodda atom yadrolari tezda shakllangan boʻlishi mumkin, biroq birinchi elektrik neytral atomlar yuzaga kelishi uchun minglab yillar kerak boʻlgan. Kimyoviy unsurlardan birinchi boʻlib vodorod, keyin geliy va litiy mahsul boʻlgan. Ushbu ibtidoiy unsurlarning ulkan bulutlari keyinchalik gravitatsiya orqali yulduz va galaktikalarni shakllantirish uchun yigʻilgan; ogʻirroq unsurlar esa yulduzlarda yoki oʻta yangi yulduzlar portlashlarida sintezlangan.
    Katta portlash sinchiklab tekshirilgan ilmiy nazariyadir va ilmiy hamjamiyat tomonidan keng qabul qilingan. U yengil unsurlar koʻpligi, qoldiq nurlanish, koinot tuzilishi va Ia tipli oʻta yangi yulduzlarning Hubble diagrammasi kabi kuzatiladigan turli fenomenlarni batafsil izohlaydi.[12] Katta portlashning negiz gʻoyalari — kengayish, erta issiq holat, geliy va galaktikalar shakllanishi - bu va boshqa kuzatishlardan kelib chiqib, har qanday kosmologik modeldan mustaqildir. Galaktika toʻplamlari orasidagi masofalar hozirda kattalashib borishidan oʻtmishda hamma narsa bir-biriga yaqinroq boʻlgani haqidagi xulosaga olib kelgan. Bu gʻoya ekstremal zichlik va haroratlargacha olib borilib,[13][14][15] bunday holatlarda tajribalar olib borish uchun katta zarracha tezlatgichlari qurilgan, natijada bu ilmiy model toʻliqroq ishlab chiqilgan. Boshqa tomondan, bu tezlatgichlarning juda baland energiyalar fizikasini tadqiq qilish uchun qobiliyatlari cheklangan. Kengayishning mutlaq ilk lahzasiga oid dalillar juda kam. Shunday qilib, Katta portlash nazariyasi bu ilk holatni izohlay olmaydi; biroq u olamning shu lahzadan keyingi umumiy evolutsiyasini tasvirlaydi va tushuntiradi.
    Katta portlash nazariyasi ildizlari Georges Lemaître tomonidan oʻrtaga tashlangan „ibtidoiy atom gipotezasiga“ borib taqaladi. Vaqt oʻtishi bilan olimlar uning gʻoyalari asosida zamonaviy sintez nazariyasini qurishdi. Katta portlash modeli Albert Einstein'ning umumiy nisbiylik nazariyasi va fazoning bir xilligi va izotropiyasi kabi tushunchalarga tayanadi. Asosiy tenglamalar Aleksandr Fridman tomonidan taʼriflangan. 1929-yili Edwin Hubble uzoq galaktikalargacha masofalar ularning qizil surilishiga mutanosib ekanini aniqladi - bu gʻoya Lemaître tomonidan 1927-yili olgʻa surilgan edi. Hubble'ning kuzatuvi barcha uzoq galaktika va klasterlar kuzatuv nuqtamizdan qochayotgan koʻrinma tezlikka ega ekanini koʻrsatdi: galaktika qancha uzoq boʻlsa, koʻrinma tezligi shunchalik yuqori.[16]
    Ilmiy hamjamiyat bir vaqtlar Katta portlash va Sobit olam nazariyalari tarafdorlariga ajralgan boʻlsa,[17] 1964-yil qoldiq nurlanish kashfiyoti va ayniqsa uning spektri (yaʼni, har toʻlqin uzunligida oʻlchangan nurlanish miqdori) mutlaq qora jism termal nurlanishiga mos kelishi aniqlanganidan keyin koʻpchilik olimlar kuzatuvlarga Katta portlash ssenariylaridan biri eng mos kelishiga iqror boʻlishdi. Shundan buyon Lambda-CDM modeli zamonaviy nazariy kosmologiya tadqiqotlari tuzilmasi boʻlib xizmat qilgani uchun astrofiziklar Katta portlash modeli va uning parametrizatsiyasiga keng koʻlamli kuzatuv va nazariy qoʻshimchalar qilishdi.

    Mundarija

    • 1Umumiy axborot

      • 1.1Katta portlash silsilasi

      • 1.2Negiz farazlar

      • 1.3FLRW metrikasi

      • 1.4Ufqlar

    • 2Tarixi

      • 2.1Etimologiyasi

      • 2.2Ishlab chiqilishi

    • 3Ilovalar

    • 4Manbalar

    • 5Havolalar

    Umumiy axborot[tahrir | manbasini tahrirlash]

    Download 179.14 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 179.14 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Katta portlash Vikipediya, ochiq ensiklopediya

    Download 179.14 Kb.