• FLRW metrikasi
  • Katta portlash Vikipediya, ochiq ensiklopediya




    Download 179.14 Kb.
    bet3/5
    Sana13.10.2022
    Hajmi179.14 Kb.
    #27191
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Katta portlash
    1 Teylor qatori Makloren qatori Elementar funktsiyalarni dara (2), 1-8-lab(urolov shohruh)
    Negiz farazlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
    Katta portlash nazariyasi ikkita asosiy faraz: fizik qonunlar universalligi va kosmologik prinsipga tayanadi. Kosmologik prinsip olam katta miqyoslarda bir xil va izotropikdir, deydi.
    Ushbu gʻoyalar avvaliga postulat sifatida olingan edi, biroq bugunda ularni tekshirishga harakatlar qilinmoqda. Masalan, birinchi faraz kuzatuvlar bilan tekshirilib, yupqa tuzilma doimiysining olam yoshi davomida eng katta ilojli ogʻishi 10−5 tartibida boʻlishi mumkinligi koʻrsatilgan.[32] Shuningdek, umumiy nisbiylik nazariyasi ham Quyosh tizimi va qoʻshaloq yulduzlar miqyosidagi talabchan sinovlardan oʻtgan.
    Agar katta miqyosli olam Yerdan qaralganda izotropik koʻrinsa, kosmologik prinsip afzal koʻrilgan maxsus kuzatuv nuqtasi yoʻqligini taʼkidlovchi soddaroq Kopernik prinsipidan keltirib chiqarilishi mumkin. Hozirda kosmologik prinsip qoldiq nurlanish kuzatuvlari yordamida 10−5 tartibgacha tasdiqlangan.[ilova 2] Olam eng katta miqyoslarda 10% darajada bir xil ekanligi oʻlchangan.[33]
    FLRW metrikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
    Asosiy maqola: Friedmann–Lemaître–Robertson–Walker metrikasi
    Umumiy nisbiylik fazo-vaqtni bir-biriga yaqin nuqtalarni ajratuvchi masofalarni aniqlovchi metrika orqali taʼriflaydi. Bunday nuqtalar galaktika, yulduz yoki boshqa jism boʻlishi mumkin, ular butun fazo-vaqtga yotqizilgan xayoliy toʻr yoki koordinatalar grafigi bilan belgilanadi. Kosmologik prinsip bu metrika katta miqyoslarda bir xil va izotropik boʻlishini taʼkidlab, Friedmann–Lemaître–Robertson–Walker metrikasi (FLRW metrikasi) deb ataladigan metrikani yaqqol ajratadi. Ushbu metrika olam hajmi vaqt oʻtishi bilan qanday oʻzgarishini taʼriflovchi miqyos koeffitsientini oʻz ichiga oladi. Bu hamroh koordinatalar deb ataluvchi qulay koordinatalar tizimini tanlashga imkon beradi. Bu koordinatalar tizimida toʻr olam bilan birga kengayib, faqatgina olam kengayishi tufayli koʻchayotgan jismlarning toʻrdagi qoʻzgʻalmas nuqtalarda qolishini taʼminlaydi. Ularning koordinata masofasi (hamroh masofa) sobit qolar ekan, hamroh koʻchayotgan shunday ikki nuqta orasidagi fizik masofa olamning miqyos koeffitsientiga mutanosib kengayadi.[34]
    Katta portlashni boʻm-boʻsh fazoni toʻldirib boruvchi materiya portlashi, deb tushunish kerak emas. Aksincha, fazoning oʻzi kengaya borib, ikki hamroh nuqta orasidagi fizik masofani kattalashtiradi. FLRW metrikasi massa va energiyaning bir tekis tarqaladi, deb hisoblagani uchun u olamimizga faqat katta miqyosda tadbiq etilishi mumkin; materiyaning mahalliy jamlanmalari, jumladan bizning galaktikamiz, gravitatsiyaviy bogʻlangan boʻlib, bunday katta miqyosli fazo kengayishini boshidan kechirmaydi.
    Ufqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
    Asosiy maqola: Kosmologik ufq
    Katta portlash fazo-vaqtining muhim xususiyati zarracha ufqlari mavjudligidir. Olam chekli yoshda va yorugʻlik chekli tezlikda ekan, oʻtmishda yorugʻligi bizgacha yetib kelishga vaqti boʻlmagan hodisalar boʻlgan boʻlishi mumkin. Bu kuzata olish mumkin jismlargacha masofaga chegara yoki oʻtmish ufqini qoʻyadi. Va aksincha, fazo kengayayotgan va uzoq jismlar yanada tezroq uzoqlashayotgan ekan, bizdan bugun chiqqan yorugʻlik ham u jismlarga hech qachon yetib bormasligi mumkin. Bu kelajak ufq boʻlib, biz taʼsir qilishimiz mumkin hodisalarga boʻlajak chegara qoʻyadi. Bu ikki ufqning mavjudligi olamimizni taʼriflaydigan FLRW modeli tafsilotlariga bogʻliq. Olamning ilk vaqtlariga oid tushunchamizdan oʻtmish ufqi boʻlgan boʻlishi mumkinligi xulosasi kelib chiqadi, biroq amaliyotda bu nazarimiz olam ilk vaqtlaridagi xiralik bilan cheklangan. Shuning uchun, ufq fazoda surilsa ham, bizning nazarimizni vaqt boʻylab ortga choʻza olmaymiz. Olam kengayishi tezlanishda davom etsa, kelajak ufqlari ham bor boʻlishi tayin.[35]
    Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]
    Asosiy maqola: Katta portlash nazariyasi tarixi
    Shuningdek qarang: Kosmologiya silsilasi

    Download 179.14 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 179.14 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Katta portlash Vikipediya, ochiq ensiklopediya

    Download 179.14 Kb.