Kelishilgan” Ch




Download 26,42 Kb.
bet3/8
Sana29.11.2023
Hajmi26,42 Kb.
#107564
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1.Ob’yekt FM tuzilmalarini tashkil etish bo’yicha nizom

qutqaruv xizmati - faoliyati bo’yicha yagona tizimga birlashtirilgan, asosini professional qutqaruv tuzilmalari tashkil etgan, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etishga doir vazifalarni hal qilish uchun mo’ljallangan boshqaruv organlari, kuchlar va vositalar majmui;
fuqaro muhofazasi tuzilmalari – belgilangan fuqaro muhofazasi tadbirlarini bajarish uchun o’z xodimlari hisobidan tashkilot tomonidan tashkil etiladigan shtatdan tashqari tuzilmalar;


II – Bob. Ob’yekt fuqaro muhofazasi tuzilmalarining
turlari va vazifalari


3. Fuqaro muhofazasi tuzilmalari (keyinchalik - tuzilmalar) tinchlik
va harbiy davrdagi favqulodda vaziyatlarda hamda boshqa fuqaro muhofazasi tadbirlarida qutqaruv ishlarini olib borish uchun tashkil etiladi.
4. Fuqaro muhofazasi tadbirlarini (keyinchalik - tadbirlar) tuzilmalar mustaqil yoki qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari, shuningdek harbiy davrda Toshkent harbiy okrugi qo’mondonlik organlari bilan hamkorlikda bajaradi.
5. Tuzilmalar bo’linadi:
vazifasiga ko’ra – umumiy yo’nalishdagi (shikastlanish o’chog’ida qutqaruv ishlarini olib borish uchun) hamda xizmatlarning maxsus tadbirlarni (razvedka, tibbiy yordam ko’rsatish, yong’inni chegaralash va o’chirish, jamoat tartibini saqlash
va h.k.) bajaruvchi tuzilmalariga;
tayyorgarlik muddatiga ko’ra – yuqori tayyorgarlik (signal olingandan so’ng
6 soatdan kechikmay shay holtga keladigan) va kundalik tayyorgarlik (signal olingandan so’ng 24 soatdan kechikmay shay holatga keladigan) tuzilmalariga.
6. Umumiy yo’nalishdagi tuzilmalar odamlarni qutqarish va qidirish, uyumlarni tozalash, ulardan o’tishni, bosib qolgan muhofaza inshootlarini ochish
va jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko’rsatish va ularni tibbiyot punktlariga yoki saqlanib qolingan davolash-profilaktika muassasalariga evakuatsiya qilish, shuningdek energetika-kommunal tizimlaridagi avariyalarni bartaraf etish bo’yicha alohida ish turlarini bajarish uchun mo’ljallangan.
7. Ob’yekt tuzilmalari bevosita o’z ob’yektlarida, shuningdek ob’yektda
yuz bergan favqulodda vaziyatlar natijasida yuzaga kelgan zararlanish zonasida qutqaruv va boshqa kechiktirib bo’lmaydigan ishlarni amalga oshirish uchun mo’ljallangan. Yuqori turuvchi fuqaro muhofazasi boshlig’ining qaroriga ko’ra
ular qonunchilikda belgilangan tartibda boshqa ob’yektlardagi tadbirlarni bajarish uchun ham jalb etilishi mumkin.
8. Ob’yekt tuzilmalari quyidagilarga bo’linadi:
qutqaruv guruhlari.
b) xizmatlar tuzilmalari:
razvedka o’tkazish zvenolari, radiatsion, kimyoviy nazorat postlari);
aloqa (guruhlari, zvenolari);
tibbiy (sanitar drujinalar, sanitar postlar);
yong’inga qarshi zvenolari;
jamoat tartibini saqlash (guruhlari, zvenolari);
9. Tuzilmalar doimiy asosda faoliyat olib boradi. Zaruriyat tug’ilgan xolatlarda Toshkent viloyati fuqaro muhofazasi boshliqlarining qarori bilan ob’yekt miqyosida vaqtinchalik (10 kundan ortiq bo’lmagan muddatga) faoliyat ko’rsatadigan tuzilmalar tashkil etiladi. Ularning tarkibi va tuzilishi tegishli fuqaro muhofazasi boshlig’i tomonidan belgilanadi.



Download 26,42 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 26,42 Kb.