VI. Kurs ishini tayyorlash bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar




Download 67.42 Kb.
bet9/13
Sana31.10.2023
Hajmi67.42 Kb.
#92266
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
МуМ . фан дастури 2023-24r
Microsoft PowerPoint Presentation, 1 mavzu, 1129969, 1-мавзу, 1 - Mustaqil ish
VI. Kurs ishini tayyorlash bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar.
«Matematika o‘qitish metodikasi» fani bo‘yicha bajariladigan kurs ishi talabalarda tanlagan mavzusi bo‘yicha adabiyotlarni, ya’ni darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, ilmiy maqolalarni izlab topish va ular bilan ishlash zaruriyatini yuzaga keltiradi. Bu jarayon talabaning ilmiy metodik tayyorgarligini oshiradi va mustaqil ijodiy ishlash faoliyatini rivojlantiradi. SHuningdek, olgan nazariy bilimlarini qo‘llashda amaliy ko‘nikmalar hosil qilish tayyorgarligin oshiradi va mustaqil ijodiy ishlari faoliyatini rivojlantiradi. SHuningdek, olgan nazariy bilimlarini qo‘llashda amaliy ko‘nikmalar hosil qilish, hamda bevosita pedagogik jarayonda uni qo‘llay olishdan iborat.
Kurs ishi mavzulari bevosita ishlab chiqarish ya’ni, umumumiy o‘rta ta’lim maktablarida pedagogik jarayonga bog‘liq holda ishlab chiqiladi va har bir talabaga alohida shaxsiy topshiriq beriladi
SHuning uchun ham o‘qituvchi kurs ishini taqsimlash va tushuntirish uchun o‘quv rejasida ajratilgan 4 soat ichida kurs ishining mohiyati, tadqiqot olib borish usullari va adabiyotlar bilan ishlash, ya’ni ularda masalaning qo‘yilishi, nima ish qilinganligi, ularning mavjud ishlardan farqi, taklif yoki tavsiya qilinayotgan usullarni ajrata olish haqida batafsil tushuntirish nazarda tutiladi.


Kurs ishi:
talabada tanlangan mavzu bo‘yicha o‘z nazariy bilimini chuqurlashtirishi:
psixologik-pedagogik, metodik va o‘quv materiallarini tahlil qilish malakasini o‘zlashtirshi;
pedagogik eksperimentni rejalashtirishi, tayyorlashi va o‘tkazishi;
eksperiment natijalariga ishlov berish malakasini egallashi;
nazariy va eksperiment natijalarini umumlashtirish malakasini egalashga imkon yaratadi.
Kurs ishi talaba tomonidan bajarilgan kichik ilmiy tadqiqot ishi hisoblanadi, shuning uchun ham mavzuning dolzarbligi va bajarilgan ishning sifatiga qarab talabalarning ilmiy anjumanlariga tavsiya etilishi yoki bo‘lg‘usi diplom ishiga asos qilib olishiga maslahat qilinishi mumkin.
Kurs ishi mavzulari kafedra tomonidan ishlab chiqiladi va o‘quv yilining boshida shu o‘quv yili uchun tasdiqlanadi. Talaba o‘zini qiziqtirgan mavzuni tanlab olgandan so‘ng, bu mavzu bo‘yicha ish rejasini tuzadi va uni tasdiqlash uchun kafedraga taqdim etadi. Talabaning tanlagan kurs ishi mavzusi tasdiqlangandan so‘ng kafedra unga ilmiy rahbar tayinlaydi. Talaba kurs ishini o‘z ilmiy rahbarining bevosita rahbarligida bajaradi.

Download 67.42 Kb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Download 67.42 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



VI. Kurs ishini tayyorlash bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar

Download 67.42 Kb.