• 3-bob. Korrupsiyaga qarshi kurashish 10-modda. Korrupsiyaning har qanday shakl va ko‘rinishini qabul qilmaslik
  • 4-bob. Xodim, talaba va doktorantlar yurish-turish va rasmiy muloqotiga oid talablar 11-modda. Institutda kiyinish va tashqi ko‘rinishga oid qoidalar
  • -modda. Samaradorlik va tejamkorlik prinsipi




    Download 69.67 Kb.
    bet3/14
    Sana14.10.2022
    Hajmi69.67 Kb.
    #27225
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
    Bog'liq
    KT1 Odob axloq qoidalari
    Kompyuter taqdimotlari PowerPoint taqdimotga grafiklarni joylashtirish, O\'zbekiston tarixi. 11-sinf (2018,N.Jo\'rayev, A.Zamonov), Css elments, file, Gift template
    9-modda. Samaradorlik va tejamkorlik prinsipi
    Institut xodim, talaba va doktorantlari o‘z faoliyati samaradorligini innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish va boshqa yo‘llar bilan doimiy ravishda oshirib boradilar.
    Institut xodim, talaba va doktorantlari, o‘z navbatida institutning mulkiga, o‘zining va boshqa shaxslarning vaqtiga mas’uliyat va ehtiyotkorlik bilan yondashadilar.


    3-bob. Korrupsiyaga qarshi kurashish


    10-modda. Korrupsiyaning har qanday shakl va ko‘rinishini qabul qilmaslik
    Institut xodim, talaba va doktorantlari korrupsiyaning har qanday shakli va ko‘rinishini qabul qilmaydilar va uning biror-bir tarzda namoyon bo‘lishiga qarshi hamjihatlikda qonuniy choralarni ko‘radilar.
    Xodim, talaba va doktorantlar korrupsiyaga qarshi kurashishlari va uning profilaktikasiga faol ko‘maklashishlari, shuningdek, institut korrupsiyaga qarshi kurashish Dasturi va Toshkent kimyo-texnologiya instituti xodim, talaba, o‘quvchi va doktorantlari tomonidan korrupsiyaviy huquqbuzarliklar sodir etishga og‘dirish maqsadida murojaat qilish holatlari haqida xabardor qilish to‘g‘risida Nizom talablarini so‘zsiz bajarishlari, o‘z faoliyatlarini oshkora va adolatli amalga oshirishlari, yuqori axloqiy qadriyatlar va prinsiplarga sodiq qolgan holda qonun ustuvorligiga qat’iy rioya etishlari shart.


    4-bob. Xodim, talaba va doktorantlar yurish-turish va rasmiy muloqotiga oid talablar


    11-modda. Institutda kiyinish va tashqi ko‘rinishga oid qoidalar
    Institut xodim, talaba va doktorantlari o‘z o‘qish va kasbiga mos bo‘lgan zamonaviy kiyimda bo‘lishlari lozim.
    Institut xodimi, talabasi va doktoranti bo‘lgan xotin-qizlari diqqatni tortadigan, xususan, tanani shaffof ko‘rsatib turadigan, yelka, ko‘krak va qorin, tizzadan yuqori qismlari ochiq qoladigan hamda haddan ziyod tor kiyimda, shuningdek, quloqchinlar, quloq va barmoqlardan tashqari tananing turli qismlariga turli zirak yoki metall buyumlar bilan, tanasining ko‘rinib turadigan qismida pirsing yoki tatuirovkada oliy ta’lim muassasasiga kelishlari mumkin emas. Shuningdek, turli din va konfessiyalar hamda submadaniyatlarga mansub libos, shu bilan birga sport kiyimi va poyabzallarida (institut tomonidan tasdiqlangan uniforma bundan mustasno) kelish ham taqiqlanadi.Institut xodimi, talabasi va doktaranti bo’lgan xotin-qizlarga ortiqcha pardoz (makiyaj) qilishga va ro’mol o’rashga (yaqin insonlari vafot etganligi yoki sog’lig’i bilan bog’liq holatlar bundan mustasno) yo’l qo’yilmaydi.
    Talaba-qizlar institutga och rangli va yorqin rangda bo‘lmagan bluzkalarda, tizzani yopib turadigan yubka yoki kostyum va to‘q rangdagi poyabzalda kelishlari lozim,hamda soqol o’stirlgan holda institut hududiga kirish taqiqlanadi. Bunda talabalar o‘zlari bilan zaruriy o‘quv vositalarini olib kelishlari shart.
    Institut xodimi, talabasi va doktoranti bo‘lgan erkaklar oq, havorang, och jigar rang yoki och kulrang ko‘ylakda, klassik uslubdagi shim yoki kostyum, galstukda va to‘q rangdagi poyabzalda kelishlari lozim. Bunda, talabalar o‘zlari bilan zaruriy o‘quv vositalarini olib kelishlari shart.
    Xodim, talaba va doktorantlarning auditoriya va xizmat xonalarida ustki kiyim (plash, palto, kurtka kabilar)da yurishlari taqiqlanadi.
    Xodimlar, talabalar va doktorantlarning tashqi qiyofasi va kiyimlari ozoda, pokiza bo‘lishi lozim.



    Download 69.67 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




    Download 69.67 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Samaradorlik va tejamkorlik prinsipi

    Download 69.67 Kb.