• 13-modda. Binolarda yurish-turish qoidalariga amal qilish
  • 14-modda. Xodim, talaba va doktorantlarning rasmiy muloqot me’yorlari
  • -modda. Majlis va yig‘inlarda ishtirok etish




    Download 69.67 Kb.
    bet4/14
    Sana14.10.2022
    Hajmi69.67 Kb.
    #27225
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
    Bog'liq
    KT1 Odob axloq qoidalari
    Kompyuter taqdimotlari PowerPoint taqdimotga grafiklarni joylashtirish, O\'zbekiston tarixi. 11-sinf (2018,N.Jo\'rayev, A.Zamonov), Css elments, file, Gift template
    12-modda. Majlis va yig‘inlarda ishtirok etish
    Institut xodim talaba va doktorantlari turli tadbirlar (majlislar, tantanali yig‘ilishlar, uchrashuvlar, bayramlar)dagi ishtiroki jarayonida so‘zga chiquvchilarga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lishlari, tadbir davomida tinchlik va osoyishtalikni saqlashlari shart bo‘lib, raislik qiluvchi va moderatorning ruxsatisiz luqma tashlash va so‘zga chiqish mumkin emas. Zarurat tug‘ilganda nutqlar o‘rtasida majlislar zalidan chiqib-kirish mumkin.


    13-modda. Binolarda yurish-turish qoidalariga amal qilish
    Binolarga kirish va chiqish joylarida, shuningdek, yo‘laklarda talabalar xodimlarni, erkaklar ayollarni, yoshlar esa kattalarni o‘zlaridan oldin o‘tkazib yuborishlari lozim.
    Binoga kirayotgan har bir shaxs binolarga kirib-chiqishni nazorat qilish uchun tayinlangan mas’ul shaxs yoki navbatchiga o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatni (xizmat yoki talabalik guvohnomasi, pasport va h.k.) ochiq holda ko‘rsatishlari yoki maxsus berilgan ID-karta orqali turniketlardan o‘tishlari shart.
    Xodim, talaba va doktorantlar institut hududida yo‘lning o‘ng tomonidan yurishlari, shuningdek, yo‘lak va xollarda mobil aloqa vositalari orqali baland ovozda gaplashmasliklari kerak. Bir-birlariga duch kelganda salomlashishlari, bunda: talabalar xodimlarga, yoshlar kattalarga birinchi bo‘lib salom berishlari tavsiya etiladi.


    14-modda. Xodim, talaba va doktorantlarning rasmiy muloqot me’yorlari
    Institut xodim, talaba va doktorantlari, ommaviy axborot vositalari hamda fuqarolar bilan o‘zaro munosabatga kirishganda quyidagi rasmiy muloqot me’yor va qoidalariga amal qilishlari kerak:
    o‘z harakatlarini institut manfaatlarini ko‘zlab amalga oshirish, uning imijini saqlash va oshirish, institutning xodimlari, talabalari va doktorantlari nomi va manfaatlariga ziyon yetkazadigan harakatlarni amalga oshirmaslik, shuningdek, ular bilan muloqot qilganda hamda ijtimoiy tarmoqlardagi yozishmalarida o‘zlarining namunali xulq-atvori bilan institut haqida yuksak ijobiy taassurot uyg‘otish;
    xotin-qizlar bilan munosabatlar amaldagi qonunchilik hujjatlari talablari, milliy an’analar va o‘zaro hurmat tamoyillariga asoslanishi shart;
    Institut, uning xodim, talaba va doktorantlari haqida haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan yoki noto‘g‘ri talqin qilingan, noto‘g‘ri talqin qilish uchun imkon beradigan ma’lumotlarni tarqatmaslik, bunday ma’lumotlar tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek, jamoat oldida va ijtimoiy tarmoqlarda bu mavzuda chiqishlar qilmaslik;
    xodim, talaba va doktorantlarning roziligisiz ularning shaxsiy hayotiga oid ma’lumotlarni oshkor qilmaslik;
    xodim, talaba va doktorantlar haqida ularning kasbiy va o‘quv faoliyatiga oid bo‘lmagan ma’lumotlarni aniqlashtirmaslik;
    xizmat axborotlarini taqdim etish qoidalariga amal qilish;
    so‘ralgan axborotni yetarlilik (haddan tashqari qisqa shu bilan birga o‘ta keragidan ortiq) va ishonchlilik (qayta tekshirishni talab qilmaydigan) talablariga muvofiq holda taqdim etish;
    o‘z xizmat vazifalarini bajarish jarayonida olingan ma’lumotlardan maqsadga muvofiq bo‘lmagan tarzda foydalanmaslik, shuningdek, ularni institut rahbariyati ruxsatisiz tarqatmaslik;
    xodim, talaba va doktorantlarning ta’lim jarayonidagi faoliyati va kasbiy harakatlarini asossiz tanqid qilmaslik, jamoat oldida chiqishlar, shunindek, ommaviy axborot vositalari va turli xil ijtimoiy tarmoqlarda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari va institut faoliyati, uning xodimlari harakatlarini haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan, asossiz va aniq dalillarga asoslanmagan holda muhokama qilmaslik va ular haqida baho berib, fikr-mulohazalar bildirmaslik.



    Download 69.67 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




    Download 69.67 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Majlis va yig‘inlarda ishtirok etish

    Download 69.67 Kb.