-modda. Ish va o‘qish vaqtiga rioya qilish




Download 69.67 Kb.
bet5/14
Sana14.10.2022
Hajmi69.67 Kb.
#27225
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
KT1 Odob axloq qoidalari
Kompyuter taqdimotlari PowerPoint taqdimotga grafiklarni joylashtirish, O\'zbekiston tarixi. 11-sinf (2018,N.Jo\'rayev, A.Zamonov)
15-modda. Ish va o‘qish vaqtiga rioya qilish
Xodim, talaba va doktorantlar dars mashg‘ulotlari va ishga o‘z vaqtida kelishlari, mehnat hamda o‘qish intizomiga rioya qilishlari shart.


16-modda. Institutda g‘ayri axloqiy va nojo‘ya xatti-harakatlarni sodir etishga yo‘l qo‘yilmasligi
Talaba va doktorantning o‘qishiga, xodimning esa institutda mehnat faoliyatini yuritishiga to‘sqinlik qiladigan quyidagi g‘ayri axloqiy va nojo‘ya xatti-harakatlarni sodir etishi qat’iyan taqiqlanadi:
har qanday huquqbuzarlik yoki jinoyat sodir etish, jumladan, tuhmat qilish, haqoratlash;
giyohvand moddalar, psixotrop vositalar va ularning analoglari, alkogol va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish va tarqatish;
tinchlik yoki osoyishtalikka qarshi tajovuz qilish, janjallashish, qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlar o‘ynash;
institutga moddiy va uning ishchanlik obro‘siga salbiy ta’sir etuvchi ma’naviy zarar yetkazish;
xodim, talaba va doktorantlarga jismoniy, ma’naviy yoki moddiy zarar yetkazish;
institut atrof-muhitini har qanday ko‘rinishda ifloslantirish;
institut binolari va hovlisida, shuningdek, institut binolariga tutashgan hududda spirtli ichimliklar ichish va tamaki yoxud boshqa turdagi mahsulotlarni chekish hamda mast holda bo‘lish, tashqi ko‘rinishga va ushbu Kodeksda belgilangan qoidalarga zid ravishda
soch-soqoli o‘sgan, to‘zg‘igan va kiyinish talablariga rioya qilmagan holda kelish;
institutga tegishli kompyuterlarda institutga tegishli bo‘lmagan ma’lumotlarni, shuningdek, turli kinofilmlar, noqonuniy ma’lumotlar, behayo surat va filmlar, milliy, irqiy, etnik, diniy adovatni targ‘ib qiluvchi, ekstremistik, separatistik va fundamentalistik kayfiyatdagi har qanday materiallarni tayyorlash, ko‘rish, saqlash, tarqatish va ularga da’vat etish;
o‘quv mashg‘ulotlari va ishga hamda xodim va talabalarning osoyishtaligiga xalaqit beradigan xatti-harakatlar sodir etish (radiouzatgich, televizor, multimedia va ovoz chiqaruvchi moslamalardan maqsadsiz foydalanish);
umumbashariy va milliy qadriyatlarga xos bo‘lmagan yoki institut, uning xodimlari nufuziga putur yetkazadigan materiallarni Internet tarmog‘i va boshqa ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish yoki ulardan turli nomuvofiq maqsadlarda foydalanish.
Xodimlar, talabalar va doktorantlar tomonidan institutning ishchanlik obro‘si, qadr-qimmati va nufuzini tushiradigan, ta’lim jarayonining ma’naviy buzilishiga olib keladigan agressiya, odamlarning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitadigan, zo‘rlash va vahshiylik, vandalizm, millatlararo nizo qo‘zg‘atadigan, diniy yo‘nalishdagi, terrorizm, ekstremizm, va fundamentalizm, shuningdek, behayo va ishqiy sahnalarni namoyon qiladigan fotosuratlar, video va audioyozuvlardan foydalanish va ularning tarqatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Shuningdek, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari va institut faoliyati, uning xodimlari hamda talabalari sha’ni va qadr qimmati hamda ishchanlik obro‘siga salbiy ta’sir qiluvchi haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan, asossiz va tekshirilgan dalillarga asoslanmagan turli xil ko‘rinishdagi ma’lumot, fikr, mulohaza va munosabatlarni Internet, ijtimoiy tarmoqlar, shuningdek, boshqa ommaviy axborot manbalarida, tarqatuvchilarda, tashuvchilarda paydo bo‘lishi (oshkor etilishi) hamda shunday ma’lumotlarga ijobiy munosabat bildirish (“layk” bosish, repost qilish) mazkur talaba va doktorantning o‘qishiga, xodimning esa oliy ta’lim muassasasida mehnat faoliyatini yuritishiga to‘sqinlik qiladigan g‘ayriaxloqiy va nojo‘ya xatti-harakat hisoblanadi.



Download 69.67 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Download 69.67 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-modda. Ish va o‘qish vaqtiga rioya qilish

Download 69.67 Kb.