INTELLEKTUAL MAHSULOT SIFATIDAGI KEYSNING ASOSIY MANBALARI




Download 101,5 Kb.
bet2/3
Sana13.05.2024
Hajmi101,5 Kb.
#230205
1   2   3
Bog'liq
Keys-stadi metodi (Amaliy holatlarni o’qitish metodi)

INTELLEKTUAL MAHSULOT SIFATIDAGI KEYSNING ASOSIY MANBALARI
Sosium keyslarning manbaidir, degan fikr hech kimda shubha tug’dirmasligi aniq. Faqat uning keysning mazmuni va shaklini qay darajada oldindan belgilab berishi mumkinligi haqida turlicha fikrlar bo’lishi mumkin. Ijtimoiy hayot butun turli-tumanligi bilan keys syujeti, muammolari va faktologik bazasining manbai bo’ladi.
Ta’lim va tarbiyaning keysda jamlangan maqsadlari va vazifalari, shuningdek ta’lim texnologiyasini belgilaydigan ta’lim keysning yana bir manbaidir.
Fan keysning uchinchi manbaidir. U tahliliy faoliyat va bir tizimli yondashuv bilan belgilanadigan ikkita asosiy metodologiyani, shuningdek, keysni hal etish jarayonida qo’llaniladigan boshqa ilmiy uslublarni yaratib beradi.
…-sxemada keys determinastiyasi asosiy manbalarining o’zaro nisbati bir xilda va teng tomonli uchburchak sifatida taqdim etilgan. Bu barcha manbalarning teng ahamiyatli ekanligining ideal va ancha kam uchraydigan holati – determinantdir. Keyslarni qurishning real amaliyotida bunday holat ancha kam uchraydi. Ko’pincha manbalardan birining ustunlik qilishi kuzatiladi. Sxema shaklida olganda manba rolini uchburchak burchagining kattaligi tarzida tasavvur etish mumkin. Bunda burchak qanchalik to’mtoqroq bo’lsa, tegishli manba ta’siri shunchalik ko’proq bo’ladi. O’tkir qirralar tegishlicha manbaning minimal ta’sirini aks ettiradi.
Ushbu yondashuv keyslarni asosiy manbalari bo’yicha tasniflashga asos bo’lishi mumkin. Bu erda quyidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin:
hayotiy keyslar – mutlaqo real hayotiy vaziyatlarni aks ettiradi;
kabinetdagi keyslar – keysolog modellashtirgan amaliy vaziyatni o’z ichiga oladi;
ilmiy-tadqiqotchilik keyslari – tadqiqotchilik faoliyatini amalga oshirishga yo’naltirilgan.
Hayotiy keysning asosiy vazifasi hayotiy vaziyatni batafsil va to’liq aks ettirishdan iborat. O’z mohiyatiga ko’ra, bunday keys vaziyatning amaliy, ya’ni «harakatdagi» modelini yaratadi. Bunda bunday keysning o’quv maqsadi ta’lim oluvchilar treningi, ushbu vaziyatdagi bilimlar, qobiliyatlar va fe’l-atvor (qarorlar qabul qilish) ko’nikmalarini mustahkamlashdan iborat bo’ladi. Bunday keyslar maksimal ko’rgazmali va batafsil bo’lishi kerak. Ularning asosiy mazmuni hayotni bilish va optimal faoliyatga doir qobiliyatlarni hosil qilishdir.
Garchi har bir keys ta’lim beruvchi funkstiyani bajarsa-da, lekin ularning barcha qirralarining turli keyslarda aks etishi darajasi turlichadir. Ko’proq ta’lim beruvchi funkstiyani bajaradigan, hayotni biroz boshqacharoq aks etgiradigan keys kabinetdagi keys deyiladi.
Birinchidan, u hayotda ko’proq uchraydigan va mutaxassis o’zining kasbiy faoliyatida duch keladigan tipovoy vaziyatlarni aks ettiradi. Ikkinchidan, ta’lim beruvchi keysda o’quv topshiriqlari birinchi o’rinda turadiki, bu unda aks etadigan hayotning ancha shartlilik elementiga ega bo’lishini oldindan belgilaydi. Bu erdagi vaziyat, muammo va syujet hayotda bo’ladigani kabi tus kasb etadi. Ular sun’iyligi bilan tavsiflanadi va eng muhim va haqiqiy hayotiy detallar konglomeratidan iborat bo’ladi. Bunday keys vaziyatlardagi tipiklikni ko’rishga imkon beradi va ta’lim oluvchida vaziyatni amaliyotdagi shunga o’xshagan variantni qo’llash orqali tahlil qilish qobiliyatini shakllantirib boradi.
Ilmiy-tadqiqotchilik keysi uchun ham shunday xususiyatlar xosdir. Uning asosiy mazmuni shundaki, u vaziyat va undagi fe’l- atvor haqidagi yangi bilimni olish uchun model bo’lib xizmat qiladi. Uning ta’lim beruvchi funkstiyasi modellashtirish uslubini qo’llash orqali ilmiy tadqiqotchilik malakalarini shakllantirishdan iborat. Ushbu keys tadqiqotchilik modelini yaratish tamoyillari bo’yicha quriladi. Shuning uchun uni ko’proq magistraturada, mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimidagi ta’limda qo’llash ma’kuldir.
Bunday keysda tadqiqotchilik funkstiyasining ustunlik qilishi uni ilmiy-tadqiqotchilik faoliyatida ancha samarali qo’llashga imkon beradi.
Keysning yuqorida ajratib ko’rsatilgan manbalarinn asosiy, bazaviy yoki birlamchi manbalar deb atash lozim, chunki ular keyslarga ta’sir ko’rsatishning eng mohiyatli omillarini belgilaydi.
Keyslarni shakllantirishning ikkilamchi manbalarini ham ajratib ko’rsatiladi. Ular bazaviy manbalardan hosil bo’ladigan tusga egadir. Quyida ularga to’xtalamiz.
Xorijiy tajribalardan ko’rinib turganidek, mahsulotlari tinglovchilar uchun muayyan shaxsiy ahamiyat kasb etadigan korxonalar faoliyati ko’rib chiqilgan ida yoki axborot «mahalliy» materialga asoslanganida keyslar muhokamasi ancha mazmunli va qiziqarli kechadi. Lekin bu keyslarda faqat mamlakatdagi korxonalar tajribasi yoritilishi kerakligini bildirmaydi. Bunda u yoki boshqa sifati bilan milliy bozorda mavjud bo’ladigan korxonalar va tovarlar yoki xizmatlar nazarda tutilayapti.
Agar tinglovchilar keyslarda bayon qilingan hodisalar bilan bog’liq bo’lgan muhit va sohani yaxshi bilsalar, ular o’zlarini ancha ishonchliroq his etadilar. Ularning, masalan, amerikalik yoki boshqa xorijiy iste’molchilar fe’l-atvori va motivlarini muhokama qilishi ancha qiyin kechadi. O’qituvchi ham o’zi sub’ektini yaxshi biladigan keys muhokamasiga mohirona rahbarlik qiladi. Har qanday holda ham bunday keyslar muhokamasida korxona — keys ob’ekti vakilini taklif qilishdek noyob imkoniyat mavjud bo’ladi.
Statistik materialpar, bozor ahvoli haqidagi ma’lumotlar, korxonaning ijtimoiy-iqtisodiy tavsifnomalari va shu kabilar keysga ilmiylik va oddiylik baxsh etadi. Bunda mazkur materiallar vaziyatni tashxis qilish vositasi rolini bajarishi, vaziyatni tushunish uchun juda muhim bo’lgan ko’rsatkichlar hisob-kitobi uchun axborot vazifasini o’tashi mumkin.
Statistik materiallardan foydalanishda tinglovchi bu materiallarni idrok etishi, quyidagi kabi bir nechta savollarga javob berishi kerak: «Ushbu materiallar vaziyatni tavsiflashda qanday rol o’ynaydi?», «Materiallarning o’zidagi qaysi narsalar vaziyatni bevosita tavsiflaydi?», «Bunday tavsifnomalar qanday hisoblab chiqiladi yoki ajratib ko’rsatiladi?» va hokazo.
Statistik materiallar keys matnida yoki ilovada joylashtiriladi. Ilmiy manbalar, publististika va badiiy adabiyot asarlari -bular ham keysni yozish uchun yana bir manbadir. U yoki boshqa muammoga bag’ishlangan ilmiy maqolalar, monografiyalar va ilmiy hisobotlarni tahlil etish orqali ham keys uchun yaxshi materiallarni olish mumkin. Yaxshi ilmiy maqola odatda, kandaydir masalani teran tushuntirishi bilan tavsiflansa, ilmiy monografiya tadqiqot predmetining bir tizimli, har yumonlama tavsifnomasini beradi. Ilmiy hisobotning o’ziga xos xususiyati esa, materialning dolzarbligi va yangiligidadir. Bunday fan mahsulotlari har doim ham vaziyatni bayon qilavermaydi va izohlab bermaydi. Shuning uchun ularni keysolog vaziyat nuqtai nazaridan maxsus mushohadadan o’tkazishi kerak bo’ladi.
Eng qiziqarli ilmiy maqolalar keys-stadi metodida ikkita funkstiyani bajarishi mumkin. Birinchisi shundan iboratki, ilmiy maqolalar va ularning qismlari ularni matnga kiritish orqali keyslarning tarkibiy qismiga aylanishi mumkin, ikkinchysi shundaki, ular keysni tushunish uchun zarur adabiyotlar ruyxatiga kushilishi mumkin.
Agar ilmiy manbalar keysga kat’iylik va oddiylik bersa, unda publististika va badiiy adabiyot asarlari emostional to’liqlik va predmetli izohlilikni yaratadi.
Internet va uning resurslari – keyslar uchun tuganmas material manbaidir. Ushbu manba keng miqyosliligi, tezkorligi, qulayligi bilan ajralib turadi.
Keyslarning syujetliligi bo’yicha turlari. Syujet mavjudligiga qarab keyslar:
-syujetli;
-syujetsiz bo’ladi.
Syujetli keys, odatda, bo’lib o’tgan voqealar haqidagi hikoyani, shaxslar va korxonalar harakatlarini o’z ichiga oladi.
Syujetsiz keys, odatda, yaqqol ifodalangan syujetga ega bo’lmaydi, chunki syujetning aniq ifodasi ko’p jihatdan yechimni ochib beradi. Sirtdan qaraganda vaziyat tashxisiga, syujetni yana qayta tiklashga yordam berishi kerak bo’lgan statistik materiallar, hisob-kitoblar, ishlanmalar majmuidan iborat bo’ladi.
Keysda bayon qilingan vaziyat syujetining vaqtdagi izchilligi bo’yicha keysning turlari. Keysda bayon qilinadigan vaziyat syujetining vaqtdagi izchilligi ham keysning tasnifiy o’ziga xos xususiyatlariga o’z ta’sirini o’tkazadi. Ushbu belgiga ko’ra keyslarning uch turini farqlashadi:
O’tmishdan hozirgi kelish rejimidagi keys;
Vaqt orqaga qaytariladigan keys-xotira;
Bashorat keys.
O’tmishdan hozirga kelish rejimidagi keys bayon qilinadigan hodisalarning vaqtdagi tabiiy izchilligi bilan tavsiflanadi, sabab-oqibatli aloqalarni yaxshi aniqlashga imkon beradi.
Vaqt orqaga qaytariladigan keys-xotirada vaqt orqaga qaytariladi: unda harakat qiluvchi shaxslar nimalarnidir eslashadi, xotiraning o’zi uzuk-yuluq, ko’pincha bir tizimsiz va fragmentar bo’ladiki, bu vaqt zanjirini qayta tiklashni qiyinlashtiradi. O’z mohiyatiga ko’ra, keys tahlili vaziyat rekonstrukstiyasi, uning biror-bir bilish paradigmasi jihatidan idrok qilinishidan iborat bo’ladi. Bashorat keys yaqin o’tmishdagi va hozirgi voqealarning ancha batafsil bayonini beradi, undagi ob’ektning kelgusidagi holatining eng yaxshi variantini ishlab chiqish vazifasini qo’yadi.
Vaziyat ob’ektiga qarab keyslar turlari. Vaziyat ob’ektiga qarab keyslar shartli ravishda uch guruhga bo’linadi:
Shaxslarga oid keys, unda aniq sub’ektlar: menejerlar, siyosatchilar, rahbarlar amal qiladilar.
Tashkiliy-institustional keys – uning ob’ekti institustional tizimlar: tashkilotlar, firmalar, kompaniyalar, korxonalar va ular bo’linmalari bo’lishi bilan farqlanadi.
Ko’p ob’ektli keys – odatda bir nechta harakat qiluvchi ob’ektlarni o’z ichiga oladi.
Materialni bayon qilish usuliga ko’ra keyslar turlari. Materiallarni etkazishning janrga xos xususiyatlariga qarab keys quyidagi turlardan biri shaklida taqdim etilishi mumkin:
hikoya;
esse;
tahliliy yozishma;
jurnalist tergovi;
hisobot;
ocherk;
faktlar majmui;
statistik materiallar majmui;
xujjatlar va ishlab chiqarish namunalari majmui.
Kattaligiga qarab keyslar turlari. Keyslar kattaligiga qarab uch turli bo’ladi:
qisqa(lo’nda)keys;
O’rtacha miqdordagi keys;
katta (uzun) keys.
Keysning kattaligi uning hajmiga bog’liq bo’ladi va uni tahlil etish uchun zarur o’quv vaqtini belgilaydi.
Qisqa keys – shuningdek «yevropacha», qisqa keys deb ham ataladi. Uning hajmi bir necha jumladan bir-ikki sahifagacha bo’ladi. Uning yechimi ikki soatlik amaliy mashg’ulotning bir qismini band qilishga mo’ljallangan, O’rtacha miqdordagi keys – uning ko’rib chiqilishi odatda ikki soatlik mashg’ulotni band qiladi. Katta keys («amerikacha», uzun) – o’nlab sahifalarni o’z ichiga oladi, bir necha amaliy mashg’ulotlar davomida va hatto butun o’quv kursi mobaynida qo’llanilishi mumkin.
Tarkibiy tuzilishi bo’yicha keyslar turlari. Tuzilmaviy xususiyatlariga qarab keyslarning ikki turi farqlanadi:
tuzilmaga keltirilgan;
tuzilmaga keltirilmagan.
Tuzilmali keys o’zining tuzilmali shakli jihatidan vaziyatning idrok etilishi va fikrlanishini engillashtiradigan axborotni o’z ichiga oladi.
Tuzilmaga ega bo’lmagan keys, odatda, muammoni batafsil (ba’zan, hatto haddan ortiq tafsilotlari bilan) yoritadigan katta hajmdagi tuzilmalanmagan axborotni o’z ichiga oladi.
O’quv topshirig’ini taqdim etish usuliga ko’ra testlar turlari. Ushbu tasniflash asosiga ko’ra keyslar ikki turda bo’ladi:
Savolli keys – uning echilishida tinglovchilar vaziyat bayon qilinganidan keyin qo’yiladigan savollarga javob berishi kerak.
Keys-topshiriq – keysni hal qilish jarayonida bajarilishi lozim bo’lgan vazifa yoki topshiriq, odatda vaziyat bayonigacha qo’yiladi.
Didaktik maqsadlariga ko’ra keyslar turlari. Ushbu tasniflash asosiga ko’ra keyslarning besh turi farqlanadi:
Muammo, yechim yoki konsepsiyani izohlovchi keys. Taniqli va muvaffaqiyat bilan ishlaydigan korxonalar (kompaniyalar)ning uzoq muddat davomidagi ish faoliyatini bayon qiladi (maqsadlari, strategiyalari, mahsulot modifikasiyalari, turli bozorlardagi ishi va boshqalar).
Bunday keysning ta’limiy maqsadi – misol orqali o’qitish. Rejalashtiriladigan o’quv natijalari – to’g’ri qabul qilingan qarorlarni eslab kolish, taniqli va muvaffaqiyat bilan ishlaydigan korxonalar va tarmoqlarning amaliyoti bilan tanishish.
Treningli, o’quv fani, mavzu bo’yicha malaka va ko’nikmalar orttirishga mo’ljallangan keys. Uning ta’limiy maqsadi – tinglovchilarga biror-bir harakatlarni bajarish algoritmini o’rgatish.
Tinglovchi quyidagilarni o’rganishi kerak: muayyan model, formula, hisob-kitob algoritmini qo’llash, berilgan odatiy vaziyatda yagona to’g’ri qarorni qabul qilish.
Tahlil va baholashga o’rgatuvchi keys. Bunday keysda aniq vaqt davridagi vaziyat bayon qilingan, vaziyat sub’ekti oldida turgan muammolar aniqlangan va aniq ifodalangan bo’ladi.
Tinglovchi vaziyatni tushunishi, tahlil qilishi va baholashi, qo’yilgan muammo yuzasidan qaror qabul qilishi lozim.
Muammoni ajratish va yechish, boshqaruvchilik qarorlari qabul qilishga o’rgatuvchi keys. Murakkab shaklda bayon qilingan vaziyatga ega. Muammo vaziyatga kiritiladi-yu, lekin aniq namoyon bo’lmaydi. U statistik ma’lumotlar, korxona hisobotlari, bo’linmalar rahbarlari nutqlari va shu kabilarda taqdim etilgan.
Tinglovchilar muammoni aniqlashi va ifodalashi, uni hal etish usullari va vositalarini ko’rsatishi kerak.
Vaziyat sub’ekti rivojining yangi strategiyalari va yo’llari, yangicha baholash uslublari va shu kabilarni ishlab chiqishga rag’batlantiruvchi keys. Bunday keysning o’ziga xos xususiyati shundaki, boshqaruvchilik muammosi korxona faoliyatining muayyan turiga, muayyan asosiy shart-sharoitlarga bog’lab bayon qilinadi.
Tinglovchidan vaziyat sub’ektini rivojlantirishning yangi strategiyasi va yo’llarini topish talab qilinadi. Bunday keysdagi vaziyatda axborotning bir qismi bo’lmasligi mumkin. Axborotga extiyojni aniqlash va uni topish – tinglovchining yana bir vazifasidir.

Bezatish usuliga qarab keyslar turlari. Keyslar tinglovchilarga turli shaklda taqdim etilishi mumkin: bosma, elektron, video-keys, audio-keys, multimedia-keys.


O’qitish amaliyotida, odatda, bosma shakldagi va elektron tashuvchilardagi keyslar qo’llaniladi – bunday shakldagi axborot bilan ishlash audio yoki video variantlardagiga nisbatan qulay va tahlil qilish osonroq. Bundan tashqari, ko’p martalab interfaol kuchdan kechirish imkoniyatlarining cheklanganligi birlamchi axborotning buzilishi va xatolarga olib kelishi mumkin. Multimedia – keyslarning imkoniyatlari yuqorida ko’rsatilgan qiyinchiliklarning oldini olishga imkon beradi va o’zlarida matnli axborot va interaktiv video tasvir ustunliklarini mujassam etadi.

Download 101,5 Kb.
1   2   3




Download 101,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



INTELLEKTUAL MAHSULOT SIFATIDAGI KEYSNING ASOSIY MANBALARI

Download 101,5 Kb.