Kiber jinoyat: texnologiya yutuqlarini gÊ arazli maqsadlarga yoÊ naltirayotganlar Jamiyat TanlashRo‘yxatdan o‘ting Chop etish 12: 00 / 04. 08




Download 9.69 Kb.
Sana20.12.2022
Hajmi9.69 Kb.
#36270
Bog'liq
cybr
ПФ-5953 02.03.2020, английский, 944 23.11.2019, -Raqamli iqtisodiyot asoslari дарслик, Axborot xavfsizligini ta`minlash masalalari, O’quv ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari Sh. Xaydarov “ ” 2022, Tashqi sarlavha, 613-Текст статьи-2549-1-10-20210429, Axborot, 15-amaliy, Ta\'lim metodlari, amaliy-dasturlar-paketi-kursini-o-qitishda-innovatsion-texnologiyalar, 1, 633ad666ada23

Kiber jinoyat: texnologiya yutuqlarini gʻarazli maqsadlarga yoʻnaltirayotganlar... Jamiyat TanlashRo‘yxatdan o‘ting Chop etish 12:00 / 04.08.2020 Bu borada axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish esa har bir jabhada soha takomiliga zamin yaratadi. Keyingi yillarda dunyo mamlakatlari tomonidan raqamlashtirilgan texnologiyalarni ishlab chiqarish, qoʻllash, ular orqali kommunikativ integratsiyalashuvga erishish, shuningdek koʻplab moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish orqali oʻzlarining ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy-maʼrifiy maqsadlarini roʻyobga chiqarmoqda. Bu borada axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish esa har bir jabhada soha takomiliga zamin yaratadi. Biroq oʻtgan davr mobaynida dunyo axborotlashtirish maydonida zamonaviy texnologiya yutuqlaridan gʻarazli jinoiy maqsadlarda foydalanish, axborotlashtirish qoidalarini buzish, maʼlumotlarni modifikatsiyalashtirish, kompyuter sabotaji hamda zararli dasturlar yaratish orqali maʼlumotlarni qasddan yoʻq qilib yuborish bilan bogʻliq holatlar koʻplab qayd etildi. Shu oʻrinda statistik maʼlumotlarga murojaat qiladigan boʻlsak, dunyo axborot maydonida eng koʻp zararli dasturiy taʼminot qurollari Xitoy tomonidan tarqatilib boriladi. Bu borada Alliance.com nashrining taʼkidlashicha, Xitoy tomonidan tashkil qilinayotgan kiber hujumlar asosan qoʻshma shtatlarga qaratiladi. Jahon davlatlari miqyosida kiber jinoyatchilikning eng past koʻrsatkichi Niderlandiyada (14%)ni, eng yuqori koʻrsatkichi esa, Indoneziyada (59%)ni tashkil etadi. Shuningdek, “Securitymagazine” saytining maʼlumotlariga koʻra, bugun dunyoda har 39 daqiqada xakkerlik hujumlari uyushtiriladi va bundan har yili 30% amerikaliklar zarar koʻrishadi. Shu munosabat bilan bu sohada sodir qilinayotgan yoki sodir etilishi rejalashtirilayotgan jinoiy qilmishlarni oʻz vaqtida oldini olish, ularni sodir etilishiga olib kelgan omillarni chuqur tahlil qilish, amalga oshirilgan kiber tahdidlar va axborotlashtirish qoidalarini buzish holatlari boʻyicha tergov amaliyotini tubdan takomillashtirish dolzarb masala sanaladi. Qolaversa, ushbu masalada mamlakatimizning moddiy va protsessual qonunchilik tizimida ham muammoli masalalar yetarlidir. Taʼkidlash joizki, kiber jinoyatlar tushunchasi negizida- kompyuter hamda dasturiy taʼminot jinoyatchiligi, informatsion texnologiyalar jinoyatchiligi, jahon internet tarmogʻi jinoyatchiligi, kompyuter axborotlarini modifikatsiyalashtirish bilan bogʻliq jinoyatlar tarmogʻi yotadi. Shu munosabat bilan, mamlakatimizning tergov hamda sud amaliyotida bu turdagi jinoiy qilmishlarga toʻgʻri baho berish, ularni oʻz vaqtida tez va malakali fosh etish masalalari huquqni muhofaza qiluvchi organlar oldidagi aktual vazifa sanaladi. Albatta, bu boradagi vazifalarni amalga oshirish uchun sohaga yuqori malakali kadrlar tizimi zarurdir. Keyinchalik raqamli texnologiyalarni yana-da takomillashuvini inobatga olgan holda sohada tezkor xodimlarni oʻqitish va qayta tayyorlash maqsadga muvofiqdir. Tergov amaliyoti shuni koʻrsatadiki, kompyuter texnikasi yordamida sodir etilgan jinoyatlarni fosh qilish, ular yuzasidan dastlabki tergov harakatlarini amalga oshirishda kriminalistik ekspertizalar tarmogʻida jiddiy kamchiliklar mavjuddir. Bu kamchiliklarning oqimi bevosita kompyuter va dasturiy taʼminot bilimlariga yoʻnaltirilgan boʻlib, sohada yetarli tajriba va bilimga ega boʻlmasdan koʻzlangan maqsadga erishib boʻlmaydi. Shu maqsadlarni inobatga olgan holda quyidagi tashkiliy vazifalarni: Birinchidan, tergov amaliyotida muntazam ravishda kiber jinoyatchilik tahlilini yuritish; Ikkinchidan, axborot-kommunikatsiya jabhasidagi jinoyatlarning muntazam profilaktikasini yoʻlga qoʻyish; Uchinchidan, kompyuter hamda axborotlashtirish sohasidagi jinoyatlarga nisbatan “Kiber tahdidga qarshi Kiber mudofaa” korpusini tashkil qilish; Toʻrtinchidan, sohada malakali kadrlarga boʻlgan ehtiyojdan kelib chiqib, zudlik bilan yetuk mutaxassis xodimlar tarmogʻini yaratish; Beshinchidan, eng avvalo mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, barcha korxona, tashkilot, muassasalardagi kompyuter va dasturiy taʼminot qurilmalari uchun kuchli parollar va shifrlar tizimini yoʻlga qoʻyish; Oltinchidan, mavjud parollar tizimini har 3 oyda yangilab turish mexanizmlarini joriy etish; Yettinchidan, axborotlashtirish hamda dasturlash sohasi yuzasidan chetdan mutaxassis jalb etish anʼanalaridan bosqichma-bosqich voz kechib, tergov idoralari tizimida mustaqil ekspertlar tizimini shakllantirish bilan bogʻliq tadbirlarni mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib amalga oshirish zarurdir. Yuqorida qayd etilgan takliflarni oʻz vaqtida amaliyotga tatbiq etilishi, kelgusida IT-sohasida qonunlarga hurmat ruhi shakllanishiga va mazkur munosabatlar tizimida huquqiy intizomni tashkil topishiga zamin yaratadi. Kiber jinoyatlarni tergov qilish, ular bilan bogʻliq ish yuritish masalalariga toʻxtaladigan boʻlsak, mazkur jarayonlarni amalga oshirishda mavjud kamchiliklarni alohida qayd etish maqsadga muvofiqdir. Maʼlumki, kiber jinoyatlar sodir etilganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar aniqlanganda, shuningdek holat yuzasidan jinoyat alomatlari mavjudligi hamda dastlabki tergov harakatlari oʻtkazilishi majburiyligini inobatga olib, tergovchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi JPKning 15-moddasi, 321-moddasi, 322-moddasi, 330-modda 1-bandi, 331, 326-moddalarini qoʻllagan holda jinoyat ishini qoʻzgʻatish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi. Ushbu qaror qabul qilingandan soʻng, tergovchi tomonidan aniqlangan maʼlumotlar va dalillar asosida shaxsni JPKning 361-moddasiga asosan ayblanuvchi tariqasida jalb qilib, qabul qilingan qarorda shaxsning Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan qilmish yuzasidan harakatlarini yuridik tavsiflab berishi lozim boʻladi. Bunday vaziyatda tergovchi tomonidan JPKning 172, 173, 174, 180-moddalariga asosan kompyuter ekspertizasini tayinlash toʻgʻrisidagi qaror va qaror asosida taqdim etilgan ekspertning xulosasi muhim ahamiyat kasb etadi. Masalaning mohiyati shundaki, ekspertiza tayinlash toʻgʻrisidagi qarorda tergovchi ish holatidan kelib chiqib, ekspert oldiga zarur savollarni qoʻyadi. Ushbu vaziyatda ekspertiza uchun ahamiyatsiz savollarni qoʻyilishi yoki umuman kechikib ekspertiza tayinlanishi mavjud dalillarning yoʻqolib ketishiga olib keladi. Shu munosabat bilan tergovchilarda kompyuter hamda dasturiy taʼminot vositalari haqida bazaviy bilim shakllanishi zarurdir. Bu bevosita shaxsning qilmishini tavsiflab berishda ahamiyatlidir. Dastlabki tergov faoliyatida kompyuter-kriminalistik ekspertizalar tizimini yangi bosqichga koʻtarib, bu borada sudga qadar ish yuritish bosqichini takomillashtirish maqsadga muvofiq sanaladi. Endilikda kiber jinoyatlarning amaliyotda latentlik darajasi oshib borayotganligini inobatga olib, holat yuzasidan hodisa joyini koʻzdan kechirish bilan bogʻliq boʻlgan kechiktirib boʻlmas tergov harakatlarini laborator kriminalistik tahlillar asosida tashkil qilish joizdir. Bunda dalilning faktik holatlarini bayonnomada yoki video tasvirga qayd etishda ham kiber-kriminalistik bilim asosida zaruriy qismlarni toʻgʻri joylashtirishni bilish muhimdir. Holat yuzasidan jabrlanuvchi va guvohlarni soʻroq qilish tergov harakatlarini amalga oshirishda texnik qurilmalarning doimiy foydalanuvchisi boʻlgan jabrlanuvchini koʻrsatmalarini alohida eʼtiborga olish, ish yuzasidan dalillar tarmogʻini toʻgʻri aniqlashga imkon yaratadi. Misol uchun, foydalanuvchiga qarashli boʻlgan mavjud axborotlarni modifikatsiyalovchi yoki ularni zararlovchi dasturiy viruslar aynan qay tariqa vujudga kelganligi, mavjud himoya dasturlarini joylashgan oʻrni, yetkazilgan zarar darajasi haqidagi maʼlumotlar bevosita jabrlanuvchilar tomonidan beriladi. Bu borada Kasperskiy laboratoriyasining maʼlumot berishicha, bugungi kunga kelib har kuni xalqaro internet tarmogʻida 310 mingdan ziyod zararlangan dasturiy viruslar tarqatilmoqda. 2006-yillarda ushbu koʻrsatkich 1,4 mingtani tashkil qilar edi. Bu esa xalqaro internet tarmogʻidagi kiber hujumlar diapazoni oʻtgan oʻn yil ichida kamida 200-marta oshganidan dalolat beradi. Ayni paytda viruslar orqali amalga oshirilayotgan kiberhujumlar juda xatarli tus olmoqda. Tarqatilayotgan viruslarning aksariyati bank xizmatlarini koʻrsatadigan jahon axborot tarmogʻini zaiflashtirish orqali, u yerdan moliyaviy maʼlumotlarni oʻgʻirlashni koʻzlaydi. Joriy yilning 7-fevral kuni Moskva shahrida boʻlib oʻtgan Kiber xavfsizlik boʻyicha xalqaro forum (Cyber Security Forum-2017)da kiber jinoyatlar olamida bugun eng koʻp tarqalgan uchta xuruj qayd etildi. Ekspertlarning fikricha, fishing orqali maʼlumotlarni oʻgʻirlash, maxfiy maqsadga ega mobil ilovalar orqali elektron qurilmalarga kirib borish va aloqaning himoya qilinmagan kanallarini tomosha qilish orqali bugun koʻpchilik internet foydalanuvchilari kiber jinoyatlarning qurboniga aylanmoqda. Yuqorida taʼkidlangan fikr-mulohazalarni inobatga olib shuni aytish mumkinki, axborotlashtirish maydonida sodir etilayotgan jinoyatlarni tegishli idoralar tomonidan yangi metodlar asosida tahlil qilish, ularni oʻz vaqtida oldini olish sohada kutilgan natijaga erishish imkonini beradi. Ushbu jinoyatlarga qarshi kurashda kadrlarning zamonaviy tarmogʻini shakllanishi hamda kompyuter-kriminalistik ekspertizasini optimallashuvi kiber jinoyatlarni tergov qilish amaliyotini mutlaqo yangi bosqichga olib chiqadi. Shu munosabat bilan bu turdagi jinoyatlar yuzasidan sudga qadar ish yuritishni takomillashtirish masalalari bugungi protsessual qonunchilik oldidagi asosiy vazifa boʻlmogʻi darkor. Zero, zamon talablari asosida takomillashgan tizim, oʻz navbatida qonunchilik tarmogʻining ham takomiliga sabab boʻladi. Jahongir Ergashev , Ohangaron shahar tergov boʻlinmasi surishtiruvchisi. Shohrux Mingboyev , Jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent tuman sudi sudya yordamchisi
Download 9.69 Kb.




Download 9.69 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kiber jinoyat: texnologiya yutuqlarini gÊ arazli maqsadlarga yoÊ naltirayotganlar Jamiyat TanlashRo‘yxatdan o‘ting Chop etish 12: 00 / 04. 08

Download 9.69 Kb.