Kiberxavfsizlik asoslari fanida mustaqil ishi




Download 125,65 Kb.
Pdf ko'rish
Sana08.12.2023
Hajmi125,65 Kb.
#113616
Bog'liq
kiber



621.22 GURUH TALABASI OXUNJONOV OLIMJONNING
KIBERXAVFSIZLIK ASOSLARI FANIDA
MUSTAQIL ISHI 
 
Mavzu:
Axborot tizimlari va resurslaridan ruxsatsiz foydalanishlarni aniqlash 
uslubiyati. 
1.Axborot tizimlari 
2.Axborot tizimlari va ularning boshqarishning axamyati 
3.Axborotlashtirish 
4.Xulosa 
1
. YAngi XXI asrda mamlakatlarning milliy iqtisodi globallashib, 
axborotlashgan iqtisod shakliga aylanmoqda. YA’ni milliy iqtisoddagi 
axborot va bilimlarning tutgan o’rni tobora yuksalmokda va ular 
strategik resursga aylangan. Dunyoda jamg’arilgan axborot va 
bilimlarning 90 % i so’nggi 30 yil mobaynida yaratilgan. Axborot va 
bilimlar hajmining kundan-kunga ortib borishi milliy iqtisodning barcha 
sohalarida, jumladan, ta’limda ham axborot-kommunikatsiyalar 
texnologiyalaridan keng ko’lamda samarali foydalanishni talab 
etmoqda. Axborot xuddi an’anaviy resurslar kabi izlab topish, tarqatish 
mumkin bo’lgan resursga aylandi. Ushbu resursning foydalanadigan 
umumiy hajmi kelgusida davlatlarning strategik imkoniyatini, 
shuningdek mudofa qobiliyatini ham belgilab beradi, deyishga jiddiy 
asos bor [`13,18,19]. Axborot, kompyuterlashtirish, hisoblash texnikasi, 
zamonaviy axborot texnologiyasi, modellash, ma’lumotlar manbai, 
dasturlashtirish, shaxsiy kompyuterlar, dastur bilan ta’minlash va 
boshqa shu kabi ilmiy tushunchalar jamiyatni axborotlashtirishning eng 
muhim xususiyatlarini ifoda etadi. Axborot - ijtimoiy, iqtisodiy tabiiy 
fanlarning, tafakkur ilmining taraqqiyoti natijasida yuzaga kelgan bilim 
va ma’lumotlar, kishilarning amaliy faoliyati davomida to’plagan 
tajribalari majmui demakdir. Inson axborot oqimi ichra yashar ekan, 
turli-tuman voqea, xodisalar va jarayonlarning bir - biriga aloqadorligini, 


o’zaro munosabati mohiyatini tahlil etish, mushohada va mulohaza qilib 
ko’rish maqsadida ko’pdan ko’p dalil va raqamlarga murojaat qiladi. 
Axborot tufayli nazariy bilimlar amaliyot bilan birlashadi. Hozirgi zamon 
fan-texnika taraqqiyoti axborot oqimining juda ham kengayishiga olib 
keldi. Axborot oqimining tobora kengayib borganidan shu narsa ham 
dalolat bera oladiki, o’tgan asrning 70-yillar o’rtalariga keliboq ishlab 
chiqarish kuchlari taraqqiyoti shunday darajaga etgan ediki, ulardan 
oqilona foydalanish, ijtimoiy ishlab chiqarishni jadallashtirish uchun 
yiliga 1016 arifmetik amalni bajarish kerak bo’ladi. Tabiiyki, bunday 
murakkab hisob - kitobni cho’t qoqib amalga oshirib bo’lmaydi. 10 
milliard kishi bir yil davomida tinmay ishlagan taqdirdagina shuncha 
arifmetik amalni echa olishi mumkin. Axborot resurslarini oqilona 
tashkil etish va foydalanishda ular mehnat, moddiy va energetik 
resurslar ekvivalenti sifatida namoyon bo’ladi. Ayni paytda axborot — 
bu boshqa barcha resurslardan oqilona va samarali foydalanish hamda 
ularni asrab-avaylashga ko’maklashuvchi yagona resurs turidir. XXI 
asrga kelib insoniyat tarixida ilk bor sanoati rivojlangan mamlakatlar 

sohasidan mehnat resurslarining og’ishmay axborot sohasiga o’tib 
borishi tendentsiyasi tobora yaqqol sezilmoqda. Buning asosiy sababi 
shundaki, ishlab chiqarish sur’ati o’sishi va rivojlanishi jarayonida 
qarorlar qabul qilish hamda boshqarish uchun zarur bo’lgan axborot 
hajmi oshib bormoqda. Bu o’sish avvalo, iqtisodiy, texnik, ilmiy, 
texnologik va ijtimoiy tizimlar va jarayonlarda namoyon bo’lmoqda. 
Axborot hajmining ortishi va uni qayta ishlash vositalarining 
rivojlanmaganligi insonning u to’g’risida ta’savvurga ega bo’lishi va 
ulardan foydalanishini qiyinlashtiradi. Ko’plab vaqt axborotni qidirishga, 
ajratishga va foydalanishga ketadi. Axborot fondlari har bir insonga 
xizmat qilishi uchun yangi, zamonaviy vositalar kerak bo’ladi. SHuning 
uchun XX asr o’rtalariga kelib axborotni ishlash sohasida ko’p odamlar 
shug’ullana boshladi. Axborot bilimlar manbai sifatida jamiyat uchun 
strategik resursga aylandi. Bu resurslardan samarali foydalanish esa 
jamiyatni axborotlashtirish jarayoni bilan bog’liq. Axborotlashtirish 
jarayoni deganda – inson faoliyatining muxim yo’nalishlarida olingan 


bilimlardan samarali foydalanish uchun ko’rilgan kopleks chora-
tadbirlar tushuniladi. Zamonaviy va samarali echimlar topish uchun 
ko’plab, struktura jihatidan murakkab axborot tizimi yaratilmoqda
natijada, axborotlashtirish jarayonida ishtirok etuvchilar soni kun sayin 
ortib bormoqda. Bu jamiyat va moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarining 
ko’plab mablag’larini shu sohaga jalb qilishga olib kelmoqda. Bu o’z 
navbatida insonlarni axborot resurslaridan ratsional foydalanish 
yo’llarini qidirishga majbur qilmoqda. Zamonaviy sharoitda yangi 
axborot oqimi qanchalik tez ko’paysa shu bilan birga ularning eskirish 
muddatlari ham tezlashmoqda, bu o’z navbatida, axborotni tanlash, 
unga erishish qiyinchiliklarini keltirib chiqarmoqda. Har bir injener, 
xizmatchi, rahbar o’z faoliyati davomida ko’plab qog’ozlarga bitilgan 
axborotni tahlil qilishiga to’g’ri keladi. Bu esa axborotga erishish uchun 
ko’plab vaqt sarflashga to’g’ri kelib, ishni tashkil qilish unumdorligiga 
salbiy ta’sir qiladi. Bunday muammolarni samarali echish jamiyatni 
axborotlashtirish masalasini ko’ndalang qilib qo’ymoqda. Jamiyatni 
axborotlashtirish – yuridik va jismoniy shaxslarning axborotga bo’lgan 
ehtiyojlarini qondirish uchun axborot resurslari, axborot texnologiyalari 
hamda axborot tizimlaridan foydalangan holda sharoit yaratishning 
tashkiliy ijtimoiyiqtisodiy va ilmiy-texnikaviy jarayonidir2 . Jamiyatni 
axborotlashtrish jarayoni quyidagi qator muammolarni hal etilishini 
talab etadi: 1
Hisoblash texnika vositalarini jamiyat faoliyatining barcha 
tarmoqlariga tadbiq qilish. 2. Jamiyat a’zolarini hisoblash texnikasi 
vositalaridan samarali foydalanishga o’rgatish. 3. Jamiyat a’zolarining 
turli xil extiyojlarini qondirishda axborot resurslaridan to’la va samarali 
foydalanishlarini ta’minlash. Axborotlashgan jamiyat – ko’pchilik 
ishlovchilarning axborot, ayniqsa uning oliy shakli bo’lmish bilimlarni 
ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va amalga oshirish bilan band 
bo’lgan jamiyatidir. Axborotlashtirish soxasidagi davlat siyosati, axborot 
resurslari, axborot texnologiyalari va axborot tizimlarini rivojlanish va 
takomillashuvining zamonaviy jahon tamoyillarini hisobga olgan holda 
milliy axborot tizimlarini yaratishga qaratilgan. 
Huquqni muhofaza qilish faoliyatining axborot ta`minotini jadallashuvi, 


tezkor vaziyatni tavsiflovchi, ishonchli ma`lumotlarni muntazam yig`ib 
borilishi, uning o`z vaqtida va sifatli tahlil qilinishi hozirgi sharoitda 
jinoyatchilikka qarshi kurashni tashkil etishning muhim shartlaridan bir 
hisoblanadi. Axborot jarayonlarini avtomatlashtirish 
kompyuter texnikasini joriy etishga, ma`lumotlarni yig`ish, saqlash, 
qayta 
ishlash va uning asosida ma`lumotlarni berish avtomatlashtirilgan 
tizimlarini yaratishga bevosita bog`liqdir. Huquqni muhofaza qilish 
faoliyati axborot ta`minotining jadallashtirish masalasini muvaffaqiyatli 
hal etish uchun axborot texnologiyalaridan foydalanish amaliy 
ko`nikmalariga ega kadrlar tayyorlash talab etiladi. Yuksak axborot 
madaniyati faqat chuqur maxsus bilimlar orqali ta`minlanadi.
Inson va 
kompyuterning axborotni qabul qilishdagi prinsipial farqqa qaramasdan 
ikkalasida ham axborot jarayoni ma`lumotni qabul qilish va uni 
ajratishdan boshlanadi. Axborotning o`zi — elektr, akustik, 
optik va shular kabi fizik kanallar orqali uzatish uchun qulay bo`lgan 
signal mazmunidir. 
Axborotni qabul qilish — uni boshqa subyekt yoki qabul qilish qurilmasi 
tomonidan ikkilamchi qabul qilinishidir. Axborotlarga ishlov berish inson 
yoki texnik qurilma, jumladan kompyuter tomonidan amalga oshiriladi. 
Kompyuterda axborotlarga ishlov berishning ma`nosi - qat`iy dastur 
yoki algoritm bo`yicha kelayotgan ma`lumotlarni raqamli yoki analogli 
qilib o`zgartirishdir. Ma`lumotlarga ishlov berish va biror masalani 
yechish uchun kompyuterda uncha ko`p bo`lmagan o`zgaruvchilar 
to`plami bo`lishi kerak. Kompyuterdan farqli o`laroq, inson 
ma`lumotlarni fikran va mantiqan qayta ishlash qobiliyatiga ega. 
Axborot jarayoni iste`molchiga axborotni taqdim etish, ya`ni turli 
ko`rinishdagi tasvirlarni namoyish va qaror qabul qilish bilan 
tugallanadi. Ma`lumotlarni saqlash muhim bosqich bo`lib, u boshqa 
bosqichlar oralig`idagi holatni egallaydi va axborot jarayonining ixtiyoriy 
etapida amalga oshirilishi mumkin. 
Shunday qilib, kompyuter ma`lumotni qabul qilishdan boshlab to unga 
ishlov berishning tugallanishigacha bo`lgan axborot jarayonining 


ixtiyoriy bosqichida qo`llaniladi. Har bir axborot jarayonining mazmuni 
ushbu axborotga ishlov berilayotgan soha faoliyati bilan aniqlanadi. 
Axborot jarayonlari murakkablik darajasi bilan farqlanadi. 
Axborot jaryonining ancha sodda bo`lgan ko`rinishi – ma`lumotlardan 
nusxa olishdir.

Download 125,65 Kb.




Download 125,65 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kiberxavfsizlik asoslari fanida mustaqil ishi

Download 125,65 Kb.
Pdf ko'rish