2011 yil - Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori
«KIChIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIK YILI» DAVLAT DASTURI TO'G'RISIDA
(O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2011 y.Dastur - 1) biron-bir faoliyat, ishning mazmuni va rejasi; 2) siyosiy partiyalar, tashkilotlar, alohida arboblar faoliyatining asosiy qoidalari va maqsadlari bayoni; 3) oʻquv fani mazmunining qisqacha izohi; 4) teatr, konsertlar va b. Respublika (lot. respublica, res - ish va publicus - ijtimoiy, umumxalq) - davlat boshqaruvi shakli, unda bar cha davlat hokimiyati organlari saylab qoʻyiladi yoki umummilliy vakolatli muassasalar (parlamentlar) tomonidan shakllantiriladi, fuqarolar esa shaxsiy va siyosiy huquqlarga ega boʻladilar. , 6-son, 47-modda)
Mulkdorlarning o'rta sinfini shakllantirish, ichki bozorni raqobatbardosh va sifatli mahsulotlar bilan to'ldirish, yangi ish o'rinlari yaratish va shu asosda aholi daromadlarini ko'paytirish va farovonligini oshirishning muhim omili, mamlakat taraqqiyoti yo'lidagi faol harakatlantiruvchi kuch sifatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish bo'yicha aniq maqsadga yo'naltirilgan keng chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish maqsadida, shuningdek, 2011 yil O'zbekiston Respublikasida «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili» deb e'lon qilinganligi munosabati bilan:
1. Mahsulot - iqtisodiy faoliyatning ashyolar va xizmatlarda mujassam etilgan natijasi. Uning moddiy-buyum shakli moddiy M. koʻrinishiga ega. Maʼnaviyat sohasida gʻoya, ixtiro va kashfiyotlar, yangi texnologiyalar, i.t. Quyidagi yo'nalishlarga asoslangan «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili» Davlat dasturi ilovaga*muvofiq tasdiqlansin:
*Ilova berilmaydi.
mamlakatimiz va uning hududlarida yanada qulay biznes-muhit yaratish, xususiy mulkchilikning ustuvorligini mustahkamlashga yo'naltirilgan qonun hujjatlarini takomillashtirish va bu borada ishonchli kafolatlarni ta'minlash, tadbirkorlikka ko'proq erkinlik berish, davlatning boshqaruv funktsiyalari va ruxsat beruvchi normalarni qisqartirish, byurokratik to'siq va g'ovlarni olib tashlash, kichik biznes sub'ektlarining moliya-kredit va xom ashyo resurslaridan, ular ishlab chiqaradigan mahsulotlarga davlat buyurtmalari berilishidan keng foydalanishini ta'minlaydigan bozor vositalari va mexanizmlarini tatbiq etish;
davlat va nazorat organlarining tadbirkorlik sub'ektlari moliya-xo'jalik faoliyatiga aralashuvini keskin qisqartirish;
kichik korxonalar tashkil qilish hamda kichik korxonalar va tadbirkorlarni ro'yxatdan o'tkazish tartib-qoidalarini yanada soddalashtirish, kichik biznes sub'ektlarini qurish va ularni muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash, noturarjoy xonalari va zarur er uchastkalarini ajratib berish borasidagi masalalarni hal etish bo'yicha aniq chora-tadbirlarni qabul qilish;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi uchun soliq va boshqa to'lovlar bo'yicha yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, imtiyoz va preferentsiyalar berish, hisobotlar tizimi hamda moliya, soliq va statistika organlariga hisobotlar topshirish mexanizmini takomillashtirish va unifikatsiyalash;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlariga kreditlar berish mexanizmini yanada takomillashtirish va ularning hajmini oshirish, birinchi navbatda, investitsiya maqsadlariga, boshlang'ich sarmoyani shakllantirishga kreditlar ajratish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish hamda texnologik yangilash uchun o'rta va uzoq muddatli kreditlar berish;
kichik biznesni rivojlantirishga xorijiy investitsiyalarni, avvalambor, xalqaro moliya institutlarining kreditlarini hamda to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalarni keng jalb etish va yo'naltirish;
sanoat tarmoqlarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish hamda yuqori texnologiyaga asoslangan zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish uchun keng imkoniyatlar yaratish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan ishlab chiqarishga innovatsion texnologiyalar joriy etilishini rag'batlantirish;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarining tashqi iqtisodiy faoliyatdagi ishtirokini kengaytirish masalalarini tubdan hal etish, ularning eksport salohiyatini oshirishga, eksportga mo'ljallangan mahsulotini jahon va mintaqaviy bozorlarga olib chiqishga ko'maklashish;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarini axborot bilan ta'minlash, shuningdek, kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish masalalarida ularga konsulьtativ ko'mak berish tizimini yanada rivojlantirish.
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 14 dekabrdagi F-3539-son farmoyishiga muvofiq tuzilgan Respublika komissiyasi zimmasiga «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili» Davlat dasturining bajarilishini tashkil etish va uning monitoringini olib borish vazifasi yuklansin.
Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlarda Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari boshchiligida tegishli hududiy komissiyalar tashkil etilsin, ularning zimmasiga Dasturda ko'zda tutilgan tadbirlar respublika hududlarida belgilangan muddatlarda so'zsiz va sifatli amalga oshirilishi uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin. Vazir (arab. - yuk koʻtaruvchi) - oʻrta asrlarda Yaqin va Oʻrta Sharq davlatlarida, shu jumladan Oʻrta Osiyo xonliklarida hukumat idorasi yoki kengashi (devon) boshligʻi. V. lar vaziri aʼzam rahbarligida davlatni idora etish vazifalari bilan shugʻullangan. V. Hokim ( Oʻzbekiston)da - viloyat, tuman, shaharda oliy mansabdor shaxs. U mahalliy vakillik va ijro etuvchi hokimiyat boshligʻi. H. lavozimining joriy etilishi oʻzbek milliy davlatchiligi anʼanalari va tarixiy tajribalarga asoslangandir.
Bunda quyidagilarga:
tadbirkorlarning o'z ishini ochishi bilan bog'liq masalalarda sodir bo'layotgan aniq o'zgarishlarga;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarining muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari — energiya va gaz ta'minoti, suv va issiqlik ta'minoti hamda boshqa tarmoqlarga ulanishi bo'yicha shart-sharoitlarning yaxshilanishi va muddatlari qisqartirilishiga;
tadbirkorlik sub'ektlariga er uchastkalari, shuningdek, noturarjoy xonalar ajratib berish bilan bog'liq holat qanchalik yaxshilanganiga;
kichik biznes sub'ektlari faoliyatini tekshirish va boshqa ortiqcha cheklashlarni, davlat va nazorat organlarining tadbirkorlar moliya-xo'jalik faoliyatiga aralashuvini qisqartirish borasidagi ishlarning ahvoli qay tarzda o'zgarayotganiga;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlariga tijorat banklari tomonidan kreditlar ajratilishi bilan bog'liq ishlarning ahvoli qanchalik o'zgarganiga alohida e'tibor qaratilsin.
3. «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili» Davlat dasturini amalga oshirish bo'yicha Respublika komissiyasi (Sh. M. Mirziyoev):
ikki hafta muddatda respublika davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, boshqa tashkilotlar tomonidan har bir vazirlik va idora, mintaqa, shahar, tuman va aholi punkti bo'yicha «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili»ning hududiy va tarmoq dasturlari ishlab chiqilishi hamda qabul qilinishini ta'minlasin;
«Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili» Davlat dasturi bo'limlari va bandlarini to'liq, sifatli va o'z vaqtida bajarish bo'yicha respublika davlat va xo'jalik boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar darajasida ishlar muvofiqlashtirilishini tashkil etsin, Dasturga kiritilgan tadbirlar amalga oshirilishi ustidan tizimli nazorat o'rnatsin; Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish - q. Mansabdorlik jinoyatlari, Xizmat mansabini suiisteʼmol qilish.
Dasturning amalga oshirilishi to'g'risidagi materiallarni yilning har choragida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlislarida ko'rib chiqsin;
har chorak yakunlari bo'yicha «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili» Davlat dasturida nazarda tutilgan tadbirlar bajarilishi to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga axborot berib borsin.
4. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar eksporti hajmi o'sishiga muhim ahamiyat berilgani holda O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat bojxona qo'mitasi bilan birgalikda:
tovarlar va xizmatlar eksporti hamda importi bo'yicha statistik hisobot shakllariga kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan ishlab chiqarilgan tovarlar hamda ko'rsatilgan xizmatlar eksporti ko'rsatkichlari bo'yicha alohida bo'lim kiritsin;
har chorakda Vazirlar Mahkamasiga kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan ishlab chiqarilgan tovarlar va ko'rsatilgan xizmatlar eksporti hajmlari hamda tarkibi to'g'risidagi hisobotni taqdim etib borsin.
5. O'zbekiston matbuot va axborot agentligi, O'zbekiston Milliy axborot agentligi, O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, ommaviy axborot vositalari:
aholi, ayniqsa, tadbirkorlik sub'ektlari o'rtasida «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili» Davlat dasturining maqsad va vazifalari keng ko'lamda tushuntirilishini;
respublika davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarning Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirishga qo'shgan aniq hissasini aks ettirgan holda, Dasturning amalga oshirilishi muntazam yoritib borilishini ta'minlasinlar. Pay - biriktiruvchi toʻqimadan iborat pishiq tuzilma. Shakli va uzunligi (lenta yoki plastinka) har xil; muskullar P. yordamida suyaklarga birikadi. P.ning pishiq yoki choʻziluvchanligi, qayishqokligi u paydo boʻlgan biriktiruvchi toʻqimaga bogʻliq. P.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. M. Mirziyoev zimmasiga yuklansin.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2011 yil 7 fevral,
PQ-1474-son
|