• O‘tilgan mavzu bo‘yicha o‘quvchilar bilimini tekshirish.
  • Kichik guruhlarga bo‘lib, ishlash qoidagi bilan tanishirish
  • O‘tilgan mavzular bo‘yicha o‘quvchilar bilimini tekshirish




    Download 22.46 Kb.
    bet2/3
    Sana22.02.2022
    Hajmi22.46 Kb.
    #17939
    1   2   3
    Bog'liq
    METODLAR
    Arxiv manbalarning o\'lka tarixini o\'rganishdagi axmiyati, Islom dini tarixi ва falsafasi, Экспер хулосами Г.Авалова, 86-90, 30-34
    O‘tilgan mavzular bo‘yicha o‘quvchilar bilimini tekshirish
    “Issiq kartoshka” usuli
    Issiq kartoshka didaktik usulining mohiyati shundan iboratki, bunda o‘quvchilarga o‘qituvchi tomonidan kichik hajmdagi koptokchani (masalan, tennis koptokchasi va hokazo) uloqtirib, savol tashlaydi va o‘yinni boshlab beradi. Koptokchani ilgan o‘quvchi uni qo‘lida uzoq vaqt saqlamay, tezkorlik bilan savolga javob berishi zarur bo‘ladi. Savolga javob bera olsa o‘zi ham koptokchani xohlagan bir o‘quvchiga savol bergan holda uzatadi. Agarda savolga javob beramasa, bunday holatda koptokchani navbatdagi o‘quvchiga o‘tkazib yuborishi lozim bo‘ladi. Shu tariqa o‘yin davom etadi. O‘qituvchi o‘quvchilarning darsda faolligi va savollarga aniq javob bera olishini kuzatib turadi. Ko‘proq savollarga javob bergan o‘quvchilar baholanadi.
    O‘tilgan mavzu bo‘yicha o‘quvchilar bilimini tekshirish.
    “Alfavit” usuli
    O‘quvchilar parta atrofiga aylana bo‘lib tik turishadi.
    Parta ustiga (A,B,S,D va hakoza) har xil rangdagi qog‘ozlar yoyib joylashtirilib chiqiladi.
    Qozog‘dan yasalgan kubik o‘qituvchi tomonidan uyga vazifani qanday o‘zlashtirilganligini bilish lozim bo‘lgan o‘quvchiga beriladi va ana shu parta ustidagi alvafit harflari bilan belgilangan rangli qog‘oz ustiga kubikni qurra tarzida tashlash taklif etiladi. Kubik qaysi rangdagi qog‘oz ustiga tushsa, o‘qituvchi qo‘lidagi rangli qog‘ozga yozilgan savollar beriladi.
    O‘quvchi ana shu savolga javob beradi. Xato va kamchiliklari qolgan o‘quvchilar tomonidan to‘ldiriladi so‘ngra o‘qituvchi tomonidan taklif etilgan keyingi o‘quvchi kubikni oladi va uni rangli qog‘ozlar ustiga tashlab shu tariqa o‘yinni davom ettiradi. Shu tarzda 5-6 ta o‘quvchining uyga berilgan vazifani qay darajada o‘zlashtirilganligi aniqlanadi.


    Kichik guruhlarga bo‘lib, ishlash qoidagi bilan tanishirish
    “Ajurli arra” metodi
    Ajur frantsuzcha «ajour» so‘zidan olingan bo‘lib, «bir yoqdan ikkinchi yoqqa o‘tgan, ikki tomoni ochiq» degan ma’noni anglatadi.
    Bu metoddan foydalanish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
    -talaba-o‘quvchilardan 4-5 kishilik kichik guruhlar tashkil etiladi
    -talaba-o‘quvchilarga beriladigan topshiriq va ularni bajarishda foydalaniladigan matnli materiallar bir nechta asosiy qismlar (masalan, reja asosida bir nechta mavzuchalar)ga qirqiladi;
    -mavzuchalar va ularga doir matnli materiallar paketi kichik guruhlarning har bir a’zosiga tarqatiladi;
    -kichik guruh a’zolari matnli materiallardan foydalanib topshiriqni bajarishga kirishadilar;
    -kichik guruhlarning yaxshi o‘zlashtiruvchi a’zolaridan ekspert guruhi tashkil etiladi;
    -ekspert guruhi a’zolari qo‘llaridagi topshiriqlarni hamkorlikda muhokama qilishib, boshqalarga o‘rgatish rejasini egallashadilar;
    -ekspertlar o‘zlarining dastlabki kichik guruhlariga qaytishib o‘rganganlarini boshqa sheriklariga o‘rgatishadi.
    O‘qitishga bunday yondashilganda talaba-o‘quvchilarning hamkorlikda ishlashlariga va katta hajmdagi o‘quv materiallarining o‘zlashtirilishiga erishiladi.
    Bu metoddan foydalanuvchi pedagog talaba-o‘quvchilarga taqdim etilgan topshiriqni bajarishga doir materiallarni qunt bilan o‘rganishni, birgalikda muhokama etishni, savol-javob qilishni, o‘rganganlarini boshqalarga o‘rgatishlari zarurligini oldindan aytadi.

    Download 22.46 Kb.
    1   2   3




    Download 22.46 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘tilgan mavzular bo‘yicha o‘quvchilar bilimini tekshirish

    Download 22.46 Kb.