• 5.1. Umumiy tushunchalar
  • Ekstrakstiya
  • Kristallanish
  • Кимёвий технология асосий жараён ва курилмалари




    Download 1.29 Mb.
    bet1/19
    Sana18.09.2022
    Hajmi1.29 Mb.
    #26045
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
    Bog'liq
    Масса алмашиниш жараёни
    MAktuba, 21. Xususiy tadbirkorlik va kichik biznes (1), 6-sinf 18 mavzugacha imtihon, Sanoat ekologiyasi



    5 – bob. MASSA ALMASHINISH JARAYONLARI



    Massa almashinish asoslari

    Bir yoki bir necha komponentlarni binar yoki murakkab aralashmalarda bir fazadan ikkinchi fazaga o’tishida ro’y bergan jarayonlar massa almashinish jarayoni deb yuritiladi (masalan, gazdan gazga, suyuqlikdan gazga, qattiq jismdan suyuqlik yoki gazga). Odatda, komponentlarning bir fazadan ikkinchisiga o’tishi molekulyar yoki turbulent diffuziya orqali sodir bo’ladi. Shuning uchun, bu jarayonlar diffuzion jarayonlar deb ataladi.


    Massa almashinish jarayonlari faol komponent va inert tashuvchi fazalar bilan xarakterlanadi. Faol komponent – bu fazadan fazaga o’tuvchi massa, inert tashuvchilarning miqdori esa, jarayon davomida o’zgarmaydi.
    Massa almashinish jarayonini harakatga keltiruvchi kuch – konstentrastiyalar farqi.
    5.1. Umumiy tushunchalar

    Sanoat texnologiyalarida ishlatiladigan absorbstiya, ekstrakstiya («suyuqlik - suyuqlik», «qattiq texnologiya jism – suyuqlik sistemalarida), adsorbstiya, quritish, kristallanishlarda massa almashinish jarayonlari sodir bo’ladi.


    Absorbstiya – bu gaz aralashmasidan biror moddaning suyuq fazaga selektiv ravishda yutilish jarayonidir. Ya’ni, bu jaraenda modda bug`yoki gaz fazadan suyuq fazaga o’tishini kuzatishimiz mumkin.
    Moddani o’ziga yutuvchi faza absorbent deb nomlanadi. Absorbstiya 2 xil bo’ladi: fizik absorbstiya – bu gazning suyuqlikda oddiy yutilishi; xemosorbstiya - bu gazning suyuqlikda yutilishi davrida kimyoviy birikma hosil bo’lishi.
    Absorbstiyaga teskari jarayon, ya’ni yutilgan komponentlarni suyuqlikdan ajratib olish desorbstiya deb ataladi.
    Suyuqliklarni haydash va rektifikastiya – bu suyuq va bug`fazalar orasida komponentlar o’zaro modda almashinish yo’li bilan suyuq aralashmalarni komponentlarga ajratish jarayonidir. Ushbu jarayon issiqlik ta’sirida olib borilib, komponentlarning qaynash temperaturasi har xil bo’lishiga asoslanadi. Bu jarayon 2 xil bo’ladi: oddiy haydash (distillash) va murakkab haydash (rektifikastiya). Shu alohida ta’kidlash kerakli, bunda modda suyuq fazadan bug`ga va bug`dan suyuq fazaga o’tadi
    Ekstrakstiya – bu eritma yoki qattiq jismdan erituvchi yordamida bir yoki bir necha komponent ajratib olish jarayonidir («suyuqlik-suyuqlik» sistemasida faol komponent bir suyuq fazadan ikkinchisiga o’tadi. «Qattiq jism – suyuqlik» sistemasida modda qattiq jismdan suyuq fazaga o’tadi. Bunday sistemada komponentning suyuq fazaga o’tishi eritish jarayoni deb nomlanadi.
    Adsorbstiya – bu gaz, bug` yoki suyuq aralashmalardan bir yoki bir necha komponentlarni qattiq, g`ovakli jism bilan yutilish jarayonidir. Juda katta faol yuzaga ega qattiq jismlar adsorbentlar deb ataladi. Ushbu jarayon sanoatning turli sohalarida ishlatiladi va gaz, bug` yoki suyuq aralashmalardan u yoki bu komponentni ajratib olish uchun xizmat qiladi.
    Adsorbstiya jarayonida suyuq yoki gaz fazadagi komponent qattiq jismga o’tadi.
    Quritish – bu qattiq materiallar tarkibidagi namlikni bug` shaklida ajratib olish jarayonidir. Ushbu jarayonda faol komponent - namlik qattiq fazadan gaz yoki bug` fazasiga o’tadi.
    Kristallanish – bu suyuq eritmalar tarkibidagi qattiq fazani kristall shaklida ajratib olish jarayonidir. Ushbu jarayonda suyuq fazadan moddaning qattiq fazaga o’tishi ro’y beradi.
    Yuqorida keltirilgan jarayonlardan ko’rinib turibdiki, ularning hammasi uchun bir fazadan ikkinchisiga massa o’tishi yoki massa o’tkazish xos.
    Moddaning bir fazadan ikkinchiga, ajratib turuvchi yuza orqali o’tishi massa o’tkazish jarayoni deb nomlanadi.
    Bir faza ichida, fazadan ajratib turuvchi yuza yoki ajratib turuvchi yuzadan fazaga moddaning o’tishiga massa berish jarayoni deyiladi.

    Download 1.29 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




    Download 1.29 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Кимёвий технология асосий жараён ва курилмалари

    Download 1.29 Mb.