Kimyoviy elementlar valentligi. Birikmalardagi element atomlarining valentligi va oksidlanish darajasi




Download 117.29 Kb.
bet2/3
Sana10.05.2022
Hajmi117.29 Kb.
#20703
1   2   3
Bog'liq
sabo2
Yo’nalishga kirishish 7, KIMYOVIY MUVOZANATNING SILJISHI, Mavzu, 6-tajriba, 1-Maruza, металларга босим остида ишлоу бериш, avtomatika1, Joba KOMPYUTER SISTEMALARI, 3 mustaqil ish I (3), 1-курсларга Оз бетинше жумыслар (2), 12-mustaqil ish, 5-o\'z betinshe 1a EE Djanabayev Diyorbek, sultan (2), Bеta-yemirilish turlari
Kimyoviy elementlar valentligi. Birikmalardagi element atomlarining valentligi va oksidlanish darajasi. Atomning (elementning) valentligi ham kimyoning asosiy tushunchalari qatoriga kiradi. U elementlar atomlarining kimyoviy bog'lanishlar hosil qilish xususiyatini ko'rsatadi. Atom massa yo ekvivalentga teng bo'ladi yoki ekvivalentdan bir necha marta ortiq bo'ladi. Atom massaning ekvivalentdan necha marta ortiq ekanligini ko'rsatuvchi son valentlikdir, valentlik V harfi bilan belgilanadi. Valentlik quyidagicha ta'riflanadi: Elementnnng bnr atomiga necha atom vodorod birikishi yoki almashinishini ko'rsatadigan son shu elementning valentligi deb ataladi. Bir atom kislorod ikki atom vodorod bilan birikadi, demak kislorod ikki valentlidir. Elementlarning valentliklarini faqat vodorod orqali emas, kislorod orqali ham aniqlash mumkin. Vodorod va ishqoriy metallar hamisha bir valentli, kislorod va ishqoriy yer metallar esa ikki valentli, alyuminiy hamisha uch valentli bo'ladi. Bu elementlar o'zgarmas valentli elementlar deyiladi.
Ammo ba'zi elementlar borki, ularning valentliklari birikuvchi elementlarning tabiatiga va reaksiya sharoitiga qarab o'zgaradi. Masalan: Mis qizdirilganda, sharoitga qarab ba'zan bir valentli bo'lib Cu2O hosil qiladi, ba'zan esa ikki valentli bo'lib SuO hosil qiladi. Demak, mis bir valentli ham, ikki valentli ham bo'lishi mumkin, yana N, P, As va galogenlar va boshqa ko'pgina metallar o'zgaruvchan valentli elementlardir. Azot o'z birikmalarida 1, 2, 3, 4, 5 valentli bo'la oladi. Davriy sistemaning VIII-guruhidagi inert gazlarning valentliklari nolga teng. Ya'ni ular bir-biri bilan va boshqa elementlar bilan birikmaydi. Atom hosil qila oladigan bog'lanishlar soni uning juftlashmagan elektronlari soniga teng. Eng oddiy hollarda element atomining valentligi ham unda umumiy elektronlar jufti hosil qilishga ketadigan juftlashmagan elektronlar soni bilan aniqlanadi. Bunda hosil bo'lgan bog'lanishlar qutbliligi e'tiborga olinmaydi, shu sababli valentlikning ishorasi bo'lmaydi. Bog'lanishlar soni sifatida aniqlanadigan valentlik manfiy bo'lishi ham, nolga teng bo'lishi ham mumkin emas. Buni azot – N2, gidrazin – N2H2, nitrat kislota – HNO3, ammiak – NH3 misolida ko'rib chiqamiz. Azot atomi elektronlarning kvant katakchalarida joylashuvi quyidagicha:

Download 117.29 Kb.
1   2   3




Download 117.29 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kimyoviy elementlar valentligi. Birikmalardagi element atomlarining valentligi va oksidlanish darajasi

Download 117.29 Kb.