Molekulalararo va ichki molekulalyar ta'sir




Download 117.29 Kb.
bet3/3
Sana10.05.2022
Hajmi117.29 Kb.
#20703
1   2   3
Bog'liq
sabo2
Yo’nalishga kirishish 7, KIMYOVIY MUVOZANATNING SILJISHI, Mavzu, 6-tajriba, 1-Maruza, металларга босим остида ишлоу бериш, avtomatika1, Joba KOMPYUTER SISTEMALARI, 3 mustaqil ish I (3), 1-курсларга Оз бетинше жумыслар (2), 12-mustaqil ish, 5-o\'z betinshe 1a EE Djanabayev Diyorbek, sultan (2), Bеta-yemirilish turlari
Molekulalararo va ichki molekulalyar ta'sirVodorod bog'lanish. Yuqorida ko'rib o'tilgan ion, kovalent, metall, donor–akseptor kabi bog'lanishlar kimyoviy bog'lanishning asosiy turi hisoblanadi. Atom va molekulalar orasida bu xil bog'lanishlardan tashqari yana ikkinchi darajali bog'lanish xili–vodorod bog'lanish hamda molekulalar aro tortishish kuchlari (Vander–Vals kuchlari) ham mavjud. Oriyentasion, dispersion va induksion kuchlar ham shular jumlasiga kiradi. Vodorod bog'lanish–kimyoviy bog'lanishning o'ziga xos turidir. U molekulalararo va ichki molekulyar bo'lishi mumkin. Molekulalararo vodorod bog'lanish tarkibiga vodorod hamda kuchli elektromanfiy element – ftor, kislorod, azot, xlor va oltingugurt atomlari kiradigan molekulalar orasida vujudga keladi. Bunday molekulalarda umumiy elektron juft vodorod atomidan elektromanfiy element atomi tomoniga siljigan bo'ladi. Bunda musbat vodorod ioni kichiq bo'lganligi uchun boshqa atom yoki ionning bo'linmagan elektron jufti bilan o'zaro ta'sirlanib kuchsizroq bog'ni hosil qiladi. Bu bog'lanish vodorod bog'lanish deyiladi. Masalan: Donor-akseptor boglanish ikki xil molekula orasida xam yuzaga chiqishi mumkin. Masalan, H3N: + BF3 ---------> H3N:BF3 Bu yerda NH3 elektron juftli donor bo’lib, BF3 bu elektron juft uchun akseptordir. CO molekulasida xam ichki donor-akseptor boglanish mavjuddir. Bunda uglerod akseptor, kislorod donor vazifasini utaydi. Odatda vodorod bog’lanish nuqtalar bilan belgilanadi va bu bilan uning kovalent bog’lanishdan ancha kuchsizroqligi ko’rsatiladi. Shunga qaramay, molekulalarning assosilanishi ana shu bog’lanish tufayli vujudga keladi.

XULOSA Kimyoviy reaksiya sodir bo'lishi uchun zarrachalar o'zaro to'qnashishi kerak, lekin har qanday zarrachalarning o'zaro to'qnashuvlari reaksiya sodir bo'lishiga olib kelavermaydi. Faqat ortiqcha energiyaga ega bo'lgan aktiv zarrachalar orasidagi to'qnashuvlargina kimyoviy reaksiyani vujudga keltiradi. Passiv zarrachalarni aktiv holatga o'tkazish uchun zarur bo'lgan qo'shimcha energiya aktivlanish energiyasi deyiladi. Kimyoviy reaksiya tezligi reaksiyada ishtirok etayotgan qattiq moddalarning sirt yuzasiga va maydalanish darajasiga bog'liq bo'ladi. Agar reaksiyaga kirishuvchi qattiq moddaning sirt yuzasi qanchalik katta yoki maydalanish darajasi yuqori bo'lsa, reaksiya tez, aksincha bo'lsa, sekin boradi. Kimyoviy reaksiyalarda gaz moddalar ishtirok etadigan hollarda jarayonning tezligiga bosimning o'zgarishi katta ta'sir ko'rsatadi. Bosimning o'zgarishi bilan reaksiyaga kirishuvchi gazlarning konsentrasiyasi o'zgaradi, demak reaksiya tezligi ham o'zgaradi. Katalizator, katalitik jarayonlar. Kimyoviy reaksiya tezligi jarayonda katalizatorning ishtirok etish-etmasligiga ham bog'liq. Kimyoviy reaksiyalar tezligini o'zgartirib reaksiya mahsulotlari tarkibiga kirmaydigan moddalar katalizator deyiladi. Kimyoviy reaksiyalar tezligini oshirish yullaridan biri – reaksiyaning aktivlanish energiyasini kamaytirishdir. Reaksiyaning aktivlanish energiyasini katalizator yordamida kamaytiriladi. Ko'pchilik katalizatorlar reaksiyasining tezligini minglab marta oshiradi. Lekin, shunday katalizatorlar ham borki, ular kimyoviy reaksiya tezligini kamaytiradi. Kimyoviy reaksiya tezligini oshiradigan moddalar musbat katalizatorlar, reaksiya tezligini kamaytiradigan moddalar esa manfiy katalizatorlar yoki ingibitorlar deyiladi. Qaytar jarayonlarda katalizatorlar to'g'ri va teskari reaksiyalar tezligini bir xil darajada o'zgartiradi. Demak, kimyoviy muvozanat konstantasi kattaligini o'zgartirmagani holda muvozanatning qaror topishini tezlashtiradi. Reaksiya tezligini katalizatorlar ta'sirida o'zgarishi kataliz deyiladi. Gomogen va geterogen kataliz. Adsorbsiya. Barcha katalitik jarayonlar gomoogen va geterogen kataliz bo'linadi. Gomogen katalizda reaksiyaga kirishadigan moddalar ham, katalizator ham bir xil fazada (gaz holatida yoki eritmada) bo'ladi.


Download 117.29 Kb.
1   2   3




Download 117.29 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Molekulalararo va ichki molekulalyar ta'sir

Download 117.29 Kb.