• Umumiy qoidalar
  • Portlash-yonish xavfi bor kimyo, neft-kimyo va neft-gazni qayta ishlash korxonalari uchun portlash xavfsizligining umumiy qoidalari




    Download 59.36 Kb.
    bet3/7
    Sana26.05.2022
    Hajmi59.36 Kb.
    #22031
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Kimyo sanoatida yong\'inlarni o\'chirishni tashkil qilish
    Elementar hodisalar fazosi. Hodisalarning erkliligi va eng soda , Bug, seXFX2WmNi0tANHupKyegonftd3BGfaicBRRfVu4
    1.2. Portlash-yonish xavfi bor kimyo, neft-kimyo va neft-gazni qayta ishlash korxonalari uchun portlash xavfsizligining umumiy qoidalari

    Ushbu Umumiy Qoidalar, O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 28-sentabrdagi “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-iyuldagi 323-sonli “Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori asosida ishlab chiqilgan.


    Qoidalar “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi nazorati ostida va sanoat xavfsizligi sohasida faoliyatni amalga oshirayotgan, ularning tashkiliy-huquqiy va mulkiy shaklidan qat’iy nazar, korxonalar, tashkilotlar va jamiyatlarda qo‘llanishi uchun mo‘ljallangan.
    Umumiy qoidalar
    Ushbu “Portlash-yonish xavfi bor, kimyo', neft-kimyo va neft-gazni qayta ishlash korxonalari uchun portlash xavfsizligining umumiy qoidalari” PXUQ (keyinchalik — Qoidalar) sanoat xavfsizligini ta’minlashga, avariyalarni, kimyo, neftkimyo va neft-gazni qayta ishlash sanoatining xavfli ishlab chiqarish obyektlarida ishlab chiqarishdagi jarohatlanish holatlarini oldini olish (ogohlantirish)ga qaratilgan, shuningdek bug‘-, gaz- va chang-havo portlash-yonish xavfi bor aralashmalar hosil bo‘ladigan moddalar foydalanishidagi boshqa xavfli ishlab chiqarish obyektlariga nisbatan talablarni o‘rnatadi.
    Qoidalar quyidagi holatlarda qo‘llash uchun mo‘ljallangan:
    a) xavfli ishlab chiqarish obyektlarini loyihalashtirishda, qurilishida, foydalanishida, quvvatini oshirishda, qayta ta’mirlashda, texnikaviy qayta ta’mirlashda, konservatsiya qilishda va tugatishda;
    zaharlovchi va oksidlovchi moddalarni, shuningdek bug‘-, gaz- va chang-havo portlash-yonish xavfi bor aralashmalar hosil qilish xossasiga ega moddalarni saqlash va ular bilan muomala qilish bilan bog‘liq neft va gazni qayta ishlash, kimyo va neftkimyo sanoatida va boshqa korxonalarda;
    neft mahsulotlari bilan ta’minlashda;
    portlash xavfi bor moddalarni, shu jumladan vodorod, ammiak, suyultirilgan uglevodorod gazi va tez alangalanuvchi suyuqliklarni kiritgan holda, ularni qabul qilishda, saqlashda (to‘kish-quyish) va foydalanishda;
    b) “a” bandida ko‘rsatilgan obyektlarda foydalanilayotgan texnik qurilmalarni tayyorlashda, montaj qilishda, sozlashda, xizmat ko‘rsatishda va ta’mirlashda;
    v) “a” bandida ko‘rsatilgan xavfli ishlab chiqarish obyektlarida bino va inshootlarni loyihalashtirishda, foydalanishda, konservatsiya qilishda va tugatishda;
    g) “a” bandida ko‘rsatilgan xavfli ishlab chiqarish obyektlarida sanoat xavfsizligi ekspertizasini olib borishda.
    Avariyalarni va ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlarni oldini olish bo‘yicha ishlarni tashkil qilish maqsadida, o‘z tarkibida portlash-yonish xavfi bor obyektlarga ega tashkilotlar sanoat xavfsizligini boshqarish bo‘yicha me’yoriy-texnik hujjatlarni ishlab chiqadilar va ularning samarali ishlatilishga va talablariga rioya qilinishini ta’minlaydilar,
    Loyihalash faoliyatini, hamda montaj qilish, asbob-uskunalarni va inshootlarni ta’mirlash, xodimlarni o‘qitish bo‘yicha faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar ishlarni xavfsiz olib borilishini ta’minlash bo‘yicha me’yoriy-texnik hujjatlarni ishlab chiqadilar va samarali ishlatilishini ta’minlaydilar.

    Download 59.36 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 59.36 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Portlash-yonish xavfi bor kimyo, neft-kimyo va neft-gazni qayta ishlash korxonalari uchun portlash xavfsizligining umumiy qoidalari

    Download 59.36 Kb.