Mineralogik tekshirishlarning sanoatdagi ahamiyati
Reja:
Kirish
Asosiy qism
Mineralogik tekshirishlar.
Minerallar va mineralogik tadqiqotlarning sanoatdagi ahamiyati
Mineralogik tekshirishlarning sanoatdagi ahamiyati.
Xalq xo‗jaligida ishlatilishi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Inson hayotida bezak toshlar ham katta rol o‗ynaydi. Ko‗pincha bezak va badiiy buyumlar ishlanadigan qimmatbaho toshlardan boshqa juda ko‗p rangdor toshlar ham bor, ular devorlarni bezash uchun ishlatiladi. Mamlakatimizdagi eng yaxshi inshootlar pushti rangli rodonit, rang-barang yashma, marmar, kvarsit bilan bezatiladi. Kvars, island shpati, sirkon va boshqa minerallardan soatlar va boshqa aniq mexanizmlar uchun podshipniklar tayyorlanadi. Olmos (karbonado), korund, granat, kvarslar abraziv material sifatida bumlarni edirish va ularga jilo berishda ishlatiladi. YUmshoq va yog‗langandek unnaydigan minerallar (talk, grafit) to‗ldiruvchilar sifatida mexanizmlarning ediriluvchi qismlarini moylash uchn ishlatiladigan moylarga aralashtirib ishlatiladi.
Minerallarning va ulardan qayta ishlash yo‗li bilan olinadigan mahsulotlarning ishlatilishi haqida yuqorida keltirilgan qisqacha ma‘lumotlardan mineral xom ashyolarning xalq xo‗jaligida qanchalik muhim ahamiyatga ega ekanligi ko‗rinib turibdi.
Xalq xo‗jaligining o‗sib borayotgan talablarini qondirish maqsadlarida xom ashyo bazamizni bundan buyon ham uzluksiz ravishda kengayib borishini ta‘minlash zarurligi munosabati bilan geologlar oldida hali katta vazifalar turibdi.
Ularning oldida faqat yangi konlarni topish va yangisi sanoat rayonlarida kam uchraydigan foydali qazilmalar zapaslarini ko‗paytirishgina emas, balki topilgan mineral boyliklarini o‗zlashtirishda qatnashish vazifasi ham turibdi. Bunda mineral xom ashyodan kompleks foydalanish, ya‘ni xom ashyo tarkibidagi asosiy foydali qazilma bilan bir qatorda qolgan boshqa qimmatli komponentlarning hammasini ham ajratib
olish masalasi muhim ahamiyatga sazovor bo‗lmoqda. Bu vazifani esa rudalarni batafsil mineralogik tekshirmasdan va ishlatayotgan xom ashyoning texnologiyasi xossalarini hisobga olmasdan turib bajarish mumkin emas.
Minerallar va mineralogik tadqiqotlarning sanoatdagi ahamiyati. Sanoatning bironta ham sohasi yo‗kki, unda biron foydali qazilma yo bevosita xom holicha, yoki qaytadan to‗plangan mahsulot sifatida qo‗llanilmasin. Inson uchun temir rudalarini qazib, undan metallurgiya yo‗li bilan tayyorlangan turli navli cho‗yan va po‗latning muhim ahamiyatiga ega ekanligi hammaga ma‘lum. Temir-sanoatning asosiy asab tomiridir. U metallurgiya, mishinasozlik, kemasozlik, temir yo‗l, ko‗priklar, temir-beton inshootlari, kon asbob-uskunalari, keng iste‘mol mollari va h.q uchun asosdir. O‗z navbatida, faqat birgina temir metallurgiyasining o‗zi qazib chiqarilayotgan qattiq mineral yoqilg‗ining-koksa aylantiriladigan toshko‗mirning 40% ga yaqinini talab qiladi. Sanoat taraqqiyotida suyuq mineral yoqilg‗i-neft va uning qayta ishlangan mahsulotlari ham nihoyatda katta rol o‗ynaydi. Yonuvchi gazlarning ahamiyati ham kundan-kunga ortib bormoqda.
Rangli metallurgiya, elektr sanoati, kemasozlik, samalyotsozlik, mashinasozlik va bshqa sanoat tarmoqlarining rivojlanishida rangli metallar deb ataluvchi mis, rux, qo‗rg‗oshin, alyuminiy, nikel, kobalt rudalaridan ajratib olinadigan metallar muhim rol o‗ynaydi. Nodir metallar: volfram, molibden, shuningdek, titan, kobalt va boshqalar juda katta mudofaa ahamiyatiga egadir.
Qishloq xo‗jaligining rivojlanishi mineral o‗g‗itlar kaliy minerallari (kaliy tuzlari), fosforli mineralla (aptit, fosforit), azotli minerallar (selitra) va boshqalardan keng foydalanishga bog‗liqdir. Masalan, sulfat kislota oltingugurtiga boy kolchedan (pirit)dan olinadi; juda ko‗p minerallar sof tug‗ma oltingugurt, selitra, plalarning minerallari kimyoviy preparatlar tayyorlashda ishlatiladi; rezina sanoatida oltingugurt, talk, barit; kislotalar
bilan o‗tga chidamli mahsulotlar ishlab chiqarishda asbest, kvars, grafit va boshqalar;
Mineralogiyani bilish razvedka ishlarini, ayniqsa qidiruv ishlarini olib borishda muhim ahamiyatga ega. SHu vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish uchun avvalo, minerallarni batafsil aniqlay olish, ularning tabiatda topilish sharoitlarini, bir-biri bilan birga bo‗lish qonuniyatlarini va hokazoni bilish zarur. SHunday voqealar ham bo‗lganki, qidiruvchilar u yoki bu minerallarni to‗g‗ri aniqlay almaganliklari tufayli sanoat uchun muhim ahamiyatga ega bo‗lgan konlarini topa olmasdan o‗tib ketganlar. Er yuziga chiqib turgan konlarni qidirishda ruda konlarining oksidlanish zonasining mineralogiyasi xossalarini bilish va shularga qarab er osti suvlari sathidan pastda yotgan birlamchi rudalar tarkibini aniqlashni o‗rganish ham muhim.
Bundan tashqari, minerallarning bir qator xususiyatlari (magnit tortuvchanligi, elektr o’tkazuvchanligi, solishtirma og’irligi va boshqalar) foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilishning geofizika usullarini (magnitometrik, elektrorazvedka, gravimetrik va boshqalar) ishlab chiqish uchun katta ahamiyatga ega.
Sanoat resurslari (minerallar) — tijorat qiymati uchun qazib olinadigan, yoqilgʻi (yoqilgʻi minerallari yoki mineral yoqilgʻi) boʻlmagan va metallar (metall minerallar) manbai boʻlmagan, ammo sanoatda jismoniy va/yoki kimyoviy xossalari uchun ishlatiladigan geologik materiallar. Ular tabiiy holatda yoki boyitilgandan soʻng xom ashyo sifatida yoki keng koʻlamli qurilishlarda qoʻshimchalar sifatida ishlatiladi.
Sanoat jinslari va minerallarning tipik misollariga ohaktosh, gil, qum, shag'al, diatomit, kaolin, bentonit, silika, barit, gips va talk kiradi. Sanoat minerallari sifatida qoʻllash qurilish, keramika, boʻyoqlar,
elektronika, filtrlash, plastmassa, shisha, yuvish vositalari va qogʻoz sohalarida kuzatiladi.
Baʼzi hollarda, hatto organik materiallar (torf) va sanoat mahsulotlari yoki qoʻshimcha mahsulotlar (sement, shlak, kremniy) sanoat minerallari, shuningdek, asosan metall boʻlmagan shaklda ishlatiladigan metall birikmalar toifasiga kiradi (masalan, titanning koʻpchiligi Ti metalidan koʻra TiO2 oksidi sifatida koʻproq ishlatiladi).
Xom ashyoni sanoat foydali qazilmalari sifatida foydalanishga yaroqliligini aniqlash uchun baholash texnik sinov ishlarini, minerallarni qayta ishlash boʻyicha sinovlarni va yakuniy mahsulotni baholash ishlarini oʻtkazish talab qilinadi.
Mineralogiya (lotincha: minera «ruda» + qadimgi yunoncha: λόγος
«taʼlim, fan») — minerallar haqidagi fan boʻlib, minerallar, ularning tarkibi, xossalari, fizik tuzilishi (strukturasi)ning morfologiyasi va qonuniyatlari, shuningdek, tabiatda hosil boʻlish jarayonlari va oʻzgarish sharoitlarini hamda sunʼiy yoʻl bilan (sintez) olish va amalda foydalanish yoʻllarini oʻrganadi. Mineralogiyaning asosiy vazifasi — foydali qazilma konlarini qidirish va baholash, xom ashyoni amaliyotda qoʻllash uchun boyitishning ilmiy asoslarini yaratishdan iborat. Mineralogiyadan 19-asrda kristallografiya va petrografiya, 20-asr boshlarida foydali qazilmalar haqida taʼlimot, geokimyo, soʻngra kristallokimyo ajralib chiqdi. Mineralogiya hozirgi zamon fizikasi, kimyosi qonuniyatlaridan keng foydalanadi.
Mineralogiyani urganishniig asosiy yoʻnalishlari. Tavsifiy Mineralogiyaning asosiy vazifasi minerallarning sistematikasi masallari; morfologiyasi, konstitutsiyasi, fizik xususiyatlari, kimyoviy tarkibi, geografik tarqalishi haqidagi maʼlumotlarni umumlashtirishdan iborat. Tavsifiy Mineralogiyada hozirgi vaq-tda minerallar fizikasi eng muhim boʻlimni tashkil etadi.
Genetik Mineralogiya muayyan mineral turi va minerallar assotsiatsiyasi — foydali qazilma konlarini hosil boʻlishiga sabab boʻlgan sharoit, qonuniyat va jarayonlarni aniqlaydi; minerallarning hosil boʻlish jarayonini tavsiflovchi fizikkimyoviy oʻlchamlari (tra, bosim, mineral hosil boʻluvchi muhitning kimyosi)ni belgilaydi. Genetik Mineralogiya minerallar tipomorfizmi haqidagi taʼlimotni; ontogenetik va kristallomorfologik taxlilni; qattiq va gazsuyuklik kiritmalarni ta-dqiq qilish va boshqalarni oʻz ichiga oladi.
Eksperimental Mineralogiya tabiatda minerallarning vujudga kelish sharoitlarini aniqlash maqsadida tabiiy jarayonlarni modellashtirish va fizikkimyoviy sistemalarni urganish bilan shugʻullanadi. Minerallarni (olmos, pyezokvars kristallari, optik flyuorit, laʼl, granat va boshqalar) sintez qilish ham shu sohaga yaqin turadi.
Amaliy va texnik-iqtisodiy Mineralogiya mineral xom ashyodan kompleks foydalanishga qrragilgan va undan olinadigan foydali qismlarini koʻpaytirish uchun yangi mineral turlarini mineralogik tadqiq qilib, sanoatda foydalanish muammolari bilan shug-ullanadi; minerallarning texnologik xususiyatlari ularning tarkibi va strukturasiga bogʻliqligini, rudani boyitish jarayonida minerallarning uzgarishi, erishi va boshqa ni oʻrganadi, qidirishning maxsus mineralogik metodlarini ishlab chikadi.
Regional Mineralogiya mineral va ular as sotsiatsiyalarining taqsimlanish qonuniyatlarini aniqlash maqsadida muayyan hududlar va ruda provinsiyasining mineralogik oʻrganishni umumlashtiradi.
Kosmik jismlar Mineralogiyasi Oy jinslaridan namunalar olingandan keyingina rivojlandi. Shuningdek, meteoritlarning mineral tarkibini oʻrganish ham katta ahamiyatga ega.
Bu yoʻnalishlarning birortasi minerallarni tadqiq qilishning yangi metodlarni yaratmay va mavjudlarini takomillashtirmay turib Samara bermaydi.
Tarixi. Mineralogiya odamlarning amaliy ehti-yojidan kelib chiqqan holda juda qadimda vujudga kelgan. Oʻsha davrlarda toshdan keng koʻlamda foydalanilgan. Dastlabki maʼlumotlar qad. hind diniy kitoblari va dostonlari, miloddan avvalgi 4—2asrlarda yashagan yunon olimi
Teofrastning "Toshlar haqida" va Katta Pliniy asarlarida berilgan. Oʻrta ayerda Sharkda M.ga Abu Ali ibn Sino, Al-Kindi, Abu Rayhon Beruniy, Jobir ibn Xayyom, Roziy, Mahmud ibn Vali, Muhammad ibn Mansur va boshqa hissa qoʻshgan. Beruniy "Kitob aljamohir fi maʼrifat aljavohir" ("Qimmatbaho toshlarni bilib olish boʻyicha maʼlumotlar toʻplami" — qisqacha "Mineralogiya") asarida 300 dan ziyod mineral va ular turlarining xususiyati, qoʻllanishi, vujudga kelish sharoitlari, rangi, qattikligi va zichligini taʼriflaydi. Mahmud ibn Vali ham "Bahr ul-asror" ("Sirlar dengizi") asarida (17-asrning 1-yarmi) M. rivojiga salmokli hissa qoʻshdi. Bu asarlarda qimmatbaho metall va minerallarning sifatini tekshirish usullari haqida maʼlumotlar bor.
Konchilikning Yevropada (6—13-asrlar) rivojlanishi (temir, qalay, muskovit, tosh tuzi, kahrabo, kumush va boshqa ni qazib olish) rudalarni oʻrganishga turtki boʻldi. 13-asrda Yevropada mineral haqida maxsus risola yozildi. Pekin u vaqtda mineral, togʻ jinslari va rudalar oʻzaro farq qilinmagan, ularning tasnifi juda sodda boʻlgan. M.ni oʻrganish alkimyo bilan bogʻliqholda olib borilgan. Mineralogiya Uygʻonish davridan boshlab fan sifatida shakllandi. G. Agrikola "Konchilik va metallurgiya" asarida (1550) birinchi marta mineralni togʻ jinsidan aniq farqladi, dastlabki tasnifni qoʻlladi. "Mineralogiya" termini fanga italyan tabiatshunosi Bernard Seziy tomonidan 1636-yilda kiritilgan. 17-asrda Yevropada kristallarning geometrik qonunlari va ularning optik xususiyatlari oʻrganildi. Kristallarning kirrali burchaklarini tadqiq qilish Mineralogiya va kristallografiya rivojiga katta hissa qoʻshdi. Rus olimi M. V. Lomonosov minerallarning asosiy belgisi sifatida uning kimyoviy tarkibini olgan. 19-asrda mi-nerallarning tarkibi va fizik xossalarini oʻrganish
natijasida izomorfizm va polimorfizm tushunchalari paydo boʻldi. 19-asr
oxirida turli xom ashyoga boʻlgan ehtiyojning kuchayishi bilan tavsifiy M.ning eski usullari talabga javob bermay qoʻydi. M.ga rus olimlaridan V.
Dokuchayev, A. S. Fyodorov, V. I. Vernadskiy, A. Ye. Fersman, D. S. Korjinskiy, shveysariyalik P. Niggli, amerikalik N. L. Bouen, gollandiyalik Ya. X. Vant-Goff va boshqa salmokdi hissa qoʻshdilar. Oʻzbekistonda M.ni oʻrganish va mineralog kadrlar tayyorlash 20-asrning 20-yillaridan boshlangan. Bir qancha minerallarning toʻliq tasnifi berildi. Toshkentda yangi mineralogikgeokimyoviy yoʻnalish vujudga keldi. Hozirgi Oʻzbekiston milliy universiteti geologiya fakultetida, Tosh-TU ning konchilik-geologiya fakultetida, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi H.M. Abdullayev nomidagi Geol. va geofizika institutida, Oʻzbekiston Geol. va mineral resurslar Davlat qoʻmitasi Mineral resurslar institutida mineralogik, geokimyoviy tadqiqotlar olib borilmoqda. Oʻzbekiston hududidan jahonda ilgari nomaʼlum boʻlgan yangi minerallar topildi.
Mineral so'zi lotincha mineralis so'zidan kelib chiqqan bo'lib, yer qobig'idan olinadigan moddani anglatadi. Umumiy ma'noda minerallar erdagi toshlarni tashkil etuvchi tarkibiy qismlardir. Geologiya - bu yer qobig'ini tashkil etuvchi jinslarni o'rganadigan fan va mineralogiya geologiyaning quyi tarmog'i sifatida rivojlangan. Mineralogiya fanini yaxshi tushunish uchun fizika va kimyo-matematika bilan bir qatorda geofizika, geokimyo va petrografiyani yaxshi bilish kerak. Petrografiya fani shuningdek tabiatda uchraydigan minerallarni, kimyoviy tarkibni, tabiatda paydo bo'lish shakllarini va jinslarning strukturaviy xususiyatlarini o'rganadi. Bu tog 'jinslarini aniqlash va tasniflashga qaratilgan fan.
Yuqori aniqlikdagi mineralogiya - tadqiqot namunalarini qayta
ishlash
Foydali qazilmalar tabiiy ravishda yuzaga keladigan moddalardir, ular qattiq, bir hil va kristalli tuzilishga ega, noorganik tabiiy jarayonlar natijasida hosil bo'ladi, ma'lum fizik xususiyatlarga ega va beqaror kimyoviy tarkibga ega. Qattiq, suyuq va gazsimon bo'lishi mumkin bo'lgan minerallardagi ionlar, atomlar va molekulalarning joylashuvi o'ziga xos, muntazam va davriydir. Bu xususiyat minerallarni aniqlashda juda muhim omil.
Minerallar aniqlangan kimyoviy tarkibga ega. Ushbu kompozitsiyalar kimyoviy formulalar bilan ifodalanadi. Har bir mineral turiga nom berilgan. Bugungi kunda uch mingdan ortiq mineral turlari aniqlangan va har bir mineral o'zining formulasi, kristalli tuzilishi va fizik xususiyatlariga ega. Foydali qazilmalar birinchi joylashgan joyiga ko'ra, rangi bo'yicha, uni birinchi marta topgan odamning ismi, tashqi ko'rinishi, shakli yoki odatiy fizik xususiyatlari bo'yicha nomlanadi.
Miqdoriy yuqori aniqlikdagi mineralogiya tadqiqotlari zamonaviy avtomatlashtirilgan usullardan foydalangan holda zamonaviy laboratoriyalarda olib boriladi.
Bizning tashkilot, shuningdek, yuqori aniqlikdagi mineralogiya xizmatlari doirasida tadqiqot namunalarini qayta ishlash bo'yicha xizmatlarni taqdim etadi. Ushbu xizmatlar tufayli korxonalar yanada samarali, yuqori samaradorlik va sifat bilan xavfsiz, tezkor va uzluksiz ishlab chiqarishmoqda.
Mineralogiya laboratoriyasi 1938 yilda tashkil etilgan. Birinchi rahbari – akademik А.S.Uklonskiy (1938-1972) Oʼzbekiston va qoʼshni hududlar mineralogiyasi va geokimyosini oʼrganishga asosiy hissa qoʼshgan katta mineraloglar maktabini yaratdi. Keyinchalik laboratoriya M.I.
Baskakov, M.I. Ismoilov, E.А. Dunin-Barkovskaya, M.S.Karabaevlar
tomonidan boshqarildi. Hozirda kunda laboratoriyaga geologiya- mineralogiya fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD) E.M.Аmirov rahbarlik qilmoqda. Laboratoriya tarkibida 7 ta xodim boʼlib, ulardan 1 tasi geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor, 1 tasi geologiya- mineralogiya fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD).
Laboratoriya asoschisi А.S.Uklonskiy oʼz tadqiqotlarida kimyoviy elementlar paragenezisi, elementlarning tabiiy izomorf qatorlari, ularning yer qobigʼida, minerallar va togʼ jinslaridagi harakati; izotoplarning tabiiy suvlar geokimyosidagi ahamiyati haqidagi nazariyalarni rivojlantirgan. Uning oltingugurtni sanoatbop toʼplamlari bilan bitumlar orasidagi paragenetik bogʼliqlik toʼgʼrisidagi nazariyasi Gazli hududida uglevodorodlar toʼplamini bashorat qilishga asos boʼldi va keyinchalik bu yerda yirik gaz koni ochildi.
Laboratoriyada koʼplab foydali qazilma boylik konlarida, maʼdanli maydonlarda, katta hududlarda va alohida genetik turdagi konlarda muntaeam rejali tadqiqotlar utkazildi. Xususan, qoʼrgʼoshin-rux (M.I.Moiseeva), mis-porfir (S.T.Badalov, I.M.Golovanov), oltin (M.I. Moiseeva, G.M.Chebotarev, S.K. Smirnova, M.S.Karabaev, E.M.Аmirov va b.), vismut va flyuorit (E.А. Dunin-Barkovskaya), volьfram (M.I.Ismoilov, O.А.Bobojonov, M.S.Karabaev, E.M.Аmirov) maʼdanlari. Epigenetik mineral hosil boʼlish jarayoni va uning choʼkindi togʼ-jinslari ichida maʼdan toʼplamlari hosil qilish (M.P. Baskakov, S.K. Smirnova) masalalari oʼrganildi.
А.S.Uklonskiy
Mineral hosil boʼlish jarayonining bosqichma-bosqichlik masalalari, minerallarning joylashish qrnuniyatlari, tipomorfizmi, paragenetik assotsiatsiyalari va boshqa masalalar tadqiq qilindi. Bu tadqiqotlar maʼdan
konlarini mineralogik bashorat qilish, qidirish va baholash usullarini yaratishda asos boʼldi va maʼdan hosil boʼlishining nazariy masalalarini yechishga salmoqli hissa qoʼshdi.
Mis konlari minerallarining paragenezisini oʼrganish keyinchalik Oʼrta Osiyo sanoatbop mis-porfir konlari maʼdan turlarini tasniflash va Garbiy Tiyon-Shonning mis konlarini rayonlashtirish sxemasini yaratishga olib keldi (I.M.Golovanov). Chodak maʼdan maydonida minerallar hosil boʼlishining yangi ketma-ketlik sxemasi yaratildi va shu asosda yangi oltin maʼdani zahiralari bashorat qilindi (S.K.Smirnova, M.M.Mansurov). Oʼrta Osiyoning Markaziy kismini vismut va vismutli maʼdanlar uchun rayonlashtirish sxemasi yaratildi va vismut maʼdanlarini qidirish omillari ishlab chiqildi (E.А.Dunin-Barkovskaya).
Genetik mineralogiyaning nazariy asoslaridan biri — minerallarning tipomorfizmi boʼyicha keng tadqiqotlar oʼtkazildi (M.I.Moiseeva, M.I.Ismoilov, O.А.Bobojonov, S.K.Smirnova, M.S.Karabaev, E.M.Аmirov va b.). Minerallarni turli darajada — mikroskopik xususiyatlaridan tortib to ularning kristall panjarasidagi oʼzgarishlarigacha boʼlgan tadqiqotlar natijasida minerallarning kompleks tipomorfik xususiyatlari aniqlandi. Ular oltin, volьfram, mis, polimetall va boshqa maʼdanlarni qidirish va bashorat qilishning mineralogik omillarini yaratishga olib keldi.
M.I.Moiseeva Qoʼrgʼoshinkon koni (Olmaliq maʼdan maydoni) polimetall maʼdani boʼyicha sanoat ahamiyatiga ega ekanligini asoslab berdi va shu bashorati uchun unga ―Pervootkrыvatelь mestorojdeniya‖ unvoni berildi. Volьfram maʼdanlarini bashorat qilishning kompleks mineralogik omillarini yaratish va uni Qoʼytosh konida oʼtkazilgan geologiya-qidiruv ishlarida qoʼllash natijasida ijobiy natijalar olingani
uchun laboratoriya xodimlari M.I.Ismoilov, O.А.Bobojonov Аbu Rayhon
Beruniy nomidagi Oʼzbekiston Respublikasining Davlat mukofoti bilan taqdirlangan.
Pirit va oltinning kristallomorfologik alomatlari asosida maʼdan tomirlarini yuvilish darajasini aniqlash usuli yaratildi va u oltin konlarida yopiq maʼdanlarni bashorat qilishda ishlatildi (S.K.Smirnova). Laboratoriya xodimi G.M.Chebotarev oltin va u bilan birgaliqdagi mineraplarning strukturasidagi va tarkibidagi holatlarni mikrozond analizi orqali oʼrganish natijasida yangi yoʼnalish – mikromineralogiyaga asos soldi.
Mineralogik tadqiqotlar yangi turdagi maʼdanlar va ularning noanʼanaviy turlarini aniqlashga, Olmaliq va Muruntov konlarining maʼdanlaridan turli elementlarni kompleks ravishda ajratib olish toʼgʼrisida tavsiyalar ishlab chiqishga olib keldi. 3 ta yangi mineral — berunit, jozeit va vismutning telluridi va 4 ta yangi turdagi minerallar – vannadiyli turmalin, vannadiyli granat, ruxli serpofit va tarkibida ruxli feruza aniqlandi. 6 jildli fundamental monografiya ―Mineralы Uzbekistana‖ (1975- 1989) minerallarning tasnifini ishlab chiqishga va tipomorfologik tadqiqotlarni rivojiga katta hissa boʼldi. Uning masʼul muharriri va tuzuvchisi M.I.Moiseevadir.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda, Qazib olinayotgan rudalarning sifat xususiyatlarini o‗rganish kon geologlarining asosiy vazifalaridan biridir. Mineralogiyani bilmasdan turib bu vazifani ham hal etib bo‗lmaydi. Kon geologi har kuni yangidan-yangi qazilgan joy devorlari bo‗ylab rudasi bor jinslar holatini kuzatar ekan, rudalar mineralogik tarkibining fazoviy o‗zgarishlari qonuniyatlarini boshqa birovdan ko‗ra yaxshiroq biladi, bu esa qazib chiqarish ishlarini boshqarishda ham juda muhim ahamiyatga egadir.
Qazib chiqarilgan rudalar ko‗p hollarda eritishdan avval yoki texnologik jihatdan ishlanmasdan avval maxsus fabrikalarda mexanik yo‗l bilan boyitiladi, ya‘ni bo‗sh jinslardan ajratiladi yoki rudalar har xil yanchib boyitish maxsus joylarda, shu bilan birga ularning har xil xususiyatlarini: solishtirma og‗irligi, magnit tortuvchanligi, elektr o‗tkazuvchanligi, flotatsiyalovchi reagentlarga munosabati va boshqa xususiyatlarini hisobga olgan holda olib boriladi. Rudalarni tashkil etuvchi mineral donalarini katta- kichikligi bilan ularning bir-biri bilan yopishib o‗sish xarakteri ham katta ahamiyatga ega. Mana shu hamma masalalarni hal qilishda, foydali qazilmalarni boyitish ilmiy tekshirish institutlarining mineragrafiya laboratoriyalarida olib boriladigan maxsus mineralogik tekshirishlar katta rol o‗ynaydi. Biroq mineralogik tekshirish usullarini bilgan har qaysi geolog rudalarining mineralogik tarkibi bilan tuzilishini maqsadga muvofiq ravishda tekshirib borar ekan, boyitish paytida qaysi rudalarning qanday holatda va qaerda bo‗lishi haqida to‗g‗ri xulosalar chiqara olishi va boyitishning qaysi usulida qanday komponentlari qancha miqdorda yo‗qoladi va uning qaysi sababdan ekanligini oldindan aytish mumkin.
SHunday qilib foydali qazilma konlarini mineralogik tekshirish, ularni qidirish va razvedka ishlaridagina emas, balki sanoatning konlari qazib chiqarish va rudalarni ishlash bo‗yicha tarmoqlarida ham juda muhim ahamiyatga egadir.
|