Kirish Asosiy qism




Download 2.6 Mb.
bet1/5
Sana15.04.2022
Hajmi2.6 Mb.
#19820
  1   2   3   4   5
Bog'liq
sARDOR
ПИСЬМОДЛЯ ЖУРНАЛИ, ПЛАТА С АСПИРАНТУ НЕ БЕРУТ ¹1 2023, 3 laboratoriya, elektr, Mis ruh galvanik elementlari

Mundarija
2…………………………………………………………………….. Kirish

4……………………………………………………………………Asosiy qism


12……………………………………………………….Hisob qismi


18……………………………………………………..Xulosa


19……………………………………………………Foydalanilgan adabiyotlar




KIRISH
Neft-gaz va yoqilg‘i energetikasi O‘zbekistonning zamonaviy ishlab chiqarish sanoati yirik og‘ir industriya tarmoqlaridan biri bo‘lib, vatanimizning muhim energetik bazasidir. O‘zbek mutaxassislari neft bo‘yicha 100 yildan ortiq, gaz bo‘yicha yarim asrlik ilmiy va amaliy bilim tajribalarga egalar. Bu tarmoqda sezilarli darajada ilmiy - texnik potensial yaratilgan va uni rivojlantirishda yuqori yutuqlarga erishilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 24-25 fevral


kunlari Qashqadaryo viloyatiga tashrifida neft va gaz sohasiga keng to‘xtalib o‘tdi.
Qashqadaryo viloyatining iqtisodiy salohiyati ulkan. Bugungi kunda
mamlakatimizda qazib chiqarilayotgan tabiiy gazning 70 foizi, neftning qariyb 78
foizi, gaz kondensatining 80 foizi ushbu viloyat hissasiga to‘g‘ri keladi.
Viloyatda sanoat izchil rivojlanmoqda. Yalpi hududiy mahsulotda bu sohaning
ulushi 38 foizni tashkil etayotgani ham shundan dalolat beradi. “Sho‘rtanneftgaz” ,
“Muborakneftgaz” korxonalari, “Sho‘rtangazkimyo” majmuasi, Muborak gazni qayta ishlash zavodi, Qorovulbozor, Farg‘ona, Oltiariq neftni qayta ishlash zavodlari kabi yirik ishlab chiqarish korxonalari mamlakatimiz sanoatida salmoqli o‘rin tutadi.

Davlatimiz rahbari tashrifi mobaynida “Sho‘rtangazkimyo” majmuasining


tozalangan metan negizida sintetik suyuq yoqilg‘i (GTL) ishlab chiqarishni tashkil
etish va “Sho‘rtangazkimyo” majmuasining ishlab chiqarish quvvatlarini
kengaytirish” loyihalari bilan tanishdi.

“Sho‘rtangazkimyo” majmuasining tozalangan metani negizida sintetik suyuq


yoqilg‘i (GTL) ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi gaz-kimyo sanoati
yo‘nalishida dunyoning ilg‘or texnologik yechimlarini o‘zida aks ettirgan. Ushbu
loyiha MDH doirasida eng yirik mega-loyihalardan biridir.
Loyiha “O‘zbekneftgaz” kompaniyasi ta’sischiligida amalga oshirilishi
mamlakatimizning yoqilg‘i-energetika xavfsizligini ta’minlashda katta ahamiyatga
ega bo‘lishi barobarida, sohaning jadal sur’atlarda taraqqiy etayotganidan dalolat
beradi.

Asosiy qism

Quvur —diametri uzunligiga nisbatan ancha kichik bo'lgan ichi bo'sh buyum; bino, inshoot va mashinalarning naysimon shaklli qismi. Asosan, suyuqlik, bug', gaz, ayrim hollarda sochiluvchan qattiq jismlarni bir joydan ikkinchi joyga tashish uchun ishlatiladi.
Quvur mashinasozlik, asbobsozlik, qurilish, kon sanoati, gidrotexnika inshootlarida keng qo’llanadi. Quvur qora va rangli metall, beton va temirbeton, sopol, asbotsement, yog'och, plastmassa, shisha, chinni (farfor) va boshqa materiallardan tayyorlanadi. Po'lat va cho'yan quvurlar keng tarqalgan.
Cho'yan quvur quyish yo'li bilan, po'lat quvur esa prokatlab yoki payvandlab tayyorlanadi. Quvurlarning kesimi aylana, to'rtburchak, oval va b. shakllarda bo'ladi. Aylana (doyra) kesimli quvurlar ko'proq ishlatiladi. Quvurlar choksiz va chokli qilib ishlab chiqarilishi mumkin. Quvur diametri: d — po'lat quvurlar (tashqi diametri) — kichik (114 mm gacha), o'rta (114—480 mm) va katta (480—2500 mm va bundan katta); b— cho'yan quvurlar (ichki diametri) — 65 — 1000 mm va bundan katta.

Vodoprovod quvuri po'lat, cho'yan, temirbeton, asbotsement va plastmassadan turli diametrlarda ishlab chiqariladi. Qaysi materialdan tayyorlangan quvurni tanlash vodoprovodning qanday sharoitda ishlashiga, ichki bosimga, tashqi yuklar va b. omillarga bog'liq. Po'lat va cho'yan quvurdan shaxobchalar ajralib chiqishi yoki yo'nalishini o'zgartirish uchun troyniklar (uch tarmoqlar), krestlar (xochlar), otvod va shakldor qismlardan foydalaniladi.


Metall quvur zanglamasligi uchun sirtiga qora moy (gudron) surkaladi. Bug', gaz va havo o'tkazuvchi quvur, asosan, po'latdan tayyorlanadi.
Kanalizatsiya quvuri cho'yan, sopol, asbotsement, beton, temir-beton, g'isht va yog'ochdan ishlanadi. Tutun quvuri (murilar) g'isht, temirbeton va metalldan ishlanadi. Plastmassa quvurlar, asosan, suv bilan ta'minlash va kanalizatsiya tizimlarida qo'llanadi. Asbotsement va temirbeton quvurlar sug'orish va quritish tizimlarida ham ishlatiladi. Shisha va chinni quvur (nay)lar kimyo, oziq-ovqat, farmatsevtika sanoatlarida qo'llanadi.
Ko’mir, metallurgiya va energetika sanoatlari tarmoqlarida toshdan quyib tayyorlanadigan quvurlar ishlatiladi. Burg'ilash ishlarida po'lat quvurlar qo'llanadi.

Neft va neft mahsulotlarini quvurlarining texnologik hisoblarida quyidagi


hisob-kitoblar amalga oshiriladi:

- quvurning gidravlik hisobi;


- jixozlarni tanlash;
- mexanik va issiqlik hisoblari;
- optimal quvur diametrini tanlash texnik – iqtisodiy hisoblar.

Quvurlarning texnologik hisobi uchun birlamchi ma‘lumotlar quyidagilardan iborat:


- quvurning yillik mahsulot o`tkazuvchanligi (mln. m3/yil) hisoblash ishlarida
uni m3 /soat va m3/sekundga aylantiriladi;
- quvur yotqiziladigan chuqurlikdagi tuproqning o`rtacha oylik harorati;
- neft va uning mahsulotlarining 20oС dagi zichligi hamda 20oС va 50oС
haroratdagi kinematik qovushqoqligi;
- quvur yasalgan metallning mexanik ko`rsatkichlari;
- ishlatishdagi xarajatlarni hisoblash uchun texnik – iqtisodiy ko`rsatkichlari;
- quvur trassasini profil chizmasi.

Quvurlarni gidravlik hisobi tarkibiga quvur uzunligi bo`yicha umumiy bosimni yo`qolishini aniqlash, haydovchi nasos stansiyasi sonini aniqlash va ularni trassa bo`yicha joylashtirishlar kiradi.


Quvurlarni gidravlik hisoblash quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:


- quvurning o`tkazuvchanlik qobiliyati va qovushqoqligi bo`yicha quvur
diametri va suyuqlikning oqish rejimi aniqlanadi;
- quvur uzunligi bo`yicha bosim yo`qotilishini va gidravlik nishablik
qiymatlarini aniqlanadi.
Trassa profil chizmasi bo`yicha dovon nuqtasigacha bo`lgan trassa uzunligi va geodezik nuqtalar farqi (ΔZ) aniqlanadi.
Yuqorida aniqlangan ma‘lumotlarga asoslanib nasos stansiyalari soni
aniqlanadi.

Keltirib o`tilgan ma‘lumotlarga asoslanib, neft va neft mahsuloti quvurlarini


texnologik hisobining mazmuni bilan tanishamiz. Yillik mahsulot o`tkazuvchanligi bo`yicha quvurning soat yoki sekund davomidagi o`tkazadigan neft yoki neft mahsulotini miqdorini aniqlaymiz.


bu yerda Qy - quvurning yillik mahsulot o`tkazuvchanligi, t/yil; 350 – quvurning bir yildagi ish kuni; ρ – neft yoki neft mahsulotining zichligi, t/m3; 24-soat, 3600 sekund.

Aniq o`tkazuvchanlik qobiliyati va suyuqlikning qabul qilingan tezligi


bo`yicha (1.5-2.5 m/s) quvur diametri aniqlanadi:

bu yerda qsek – quvurning sekunddagi o`tkazuvchanlik qobiliyati, m3/s;
W –suyuqlikning oqish tezligi m/s.
Aniqlangan quvur diametrini GOST bo`yicha yaxlitlanadi.
Suyuqlikning quvur ichidagi harakatini quyidagi tenglama orqali tasavvur
qilishimiz mumkin:




bu yerda P – bosim; ρ suyuqlik zichligi; λ – gidravlik qarshilik koeffitsiyenti; D –quvur diametri; ω – suyuqlik oqimi harakatining o`rtacha tezligi; g – erkin tushish tezlanishi; z – nevilir balandlik.





Download 2.6 Mb.
  1   2   3   4   5




Download 2.6 Mb.