• Telefon raqami
  • Kirish. Elektr montaj ishlarini tashkil qilish




    Download 332.09 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/4
    Sana05.10.2022
    Hajmi332.09 Kb.
    #26742
      1   2   3   4


    Fan nomi: Elektr ta‟minoti tizimini montaji va ishlatilishi 
    Ma’ruza mashg’ulotini olib boradi: dotsent T.X.Xakimov 
    Lavozimi: ToshDTU “Elektr ta‟minoti” kafedrasi dotsenti 
    Telefon raqami: +998946205472 
    E-mail: xakimov@gmail.com 
     
    MA’RUZA №1 
    KIRISH. ELEKTR MONTAJ ISHLARINI TASHKIL QILISH 
     
    Reja: 
    1. Elektr montaj ishlarini bajarishning umumiy prinsiplari 
    2. Elektr montaj ishlarni bajarishga tayyorlash 
    3. Elektrmontaj ishlarini bajarishda texnika xavfsizligi 
     
    1.1. Elektrmontaj ishlarini tashkil qilinishining umumiy prinsiplari 
    Elektr montaj ishlari- qurilish ishlari tizimining bir qismi hisoblanadi va 
    qurilish shartnomasi tarkibiga mos ravishda qurilish shartnomasida bajarilishi 
    o„rnatilgan muddatda ishni bajarish bo„yicha pudratchi shartnomada belgilangan 
    muddatda ishni bajarish tashkil qilinadi. Ish bajaruvchi ishni bajarishni o„z 
    zimmasiga oladi, buyurtmachi esa pudratchi ishni bajarishi uchun kerakli shart-
    sharoit yaratib beradi, bajarilgan ishlarni qabul qiladi va haq to„laydi. 
    Buyurtmachi bo„lib yuridik shaxs (korxona, tashkilot), moliya vositasiga ega 
    bo„lgan (investorlar) tashkilotlar hisoblanadi. Elektr montaj ishlarini 
    moliyalashtirish, kengaytirish, qayta qurish va elektrtermik ob‟ektlarini qayta 
    texnik jihozlash yangi qurliishga mo„ljallangan kapital harajatlar bo„limi 
    hisobidan olib boriladi. Elekt rmontaj ishlarini bajarishda pudratchi bo„lib, odatda 
    elektr montaj tashkilotlari va shaklidan qatiy nazar, o„rnatilgan tartibda soliq 
    tashkilotlari va elektr montaj ishlarini bajarish litsenziyasiga ega va boshqa 
    hujjatlari, tashkilotning mutaxassisligini tasdiqlovchi va sifatini kafolatlovchi 
    hujjatlar bo„lishi yetarli hisoblanadi. 
    Yirik hajmli elektr mntaj ishlarida ishni bajarishni xohlaganlar ko„p va bir 
    necha talabgorlar raqobat bo„lganida ularni tanlashda buyurtmachi raqobat 
    (konkursli) tender tashkil qiladi. 


    Elektr montaj tashkilotlari ish faoliyati davrida qurliish-montaj 
    maxsulotlari, iste‟molchilar qiziqishini va ularning huquqini himoya qilish 
    maqsadida litsenziyalanadi. Kafolatlar buyurtmachi tomonidan bajaruvchiga 
    shikoyat muddati bajarish shartnomasida aniqlanadi va elektr montaj ishlari 
    bo„yicha odatda 1-2 yilni tashkil qiladi. 
    Bajarish shartnomasi asosiy qonuniy hujjat bo„lib xizmat qiladi, pudratchi va 
    buyurtmachi orasida munosabatlarni rostlovchi hisoblanadi. 
    Bunday shartnoma ayrim hollarda ish bajarilishi, inshootni to„la 
    tayyorlanganligi bilan tugaydi. Bunda to„la investitsiyali to„la bajariladigan davrli 
    loyihalashga (ulash) kiritilishi, quriliish, elektr montaj, ishlarini rostlash ishlari va 
    ob‟ektni ishlatishga topshirish ko„zda tutilgan. 
    Tizimli yoki alohida qurliish ish turlari bajarilishi uchun, misol: ishga 
    tushirish rostlash ishlari, bajaruvchi boshqa-maxsus mutaxassis yollanma ish 
    bajaruvchi tashkilotlarni (subnaryadchilarni) jalb qilishi mumkin. Bu holatda 
    pudratchi bosh bajaruvchi lavozimini egallaydi. Asosiy elektr montaj ishlari 
    bajarilish bosqichlari 1.1. rasmda ko„rsatilgan. 
    Elektr montaj ishlarini olibborishga tayyorlash, ko„pincha ob‟ekt qurliish 
    bo„lim jihozlari montaj ishlarini bajarishga qabul qilishda, buyurtmachi qarshisida 
    barcha ishlar turlari o„z vaqtida bajarilishi, shartnomada ko„zda tutilgan, va kerakli 
    sifatda bajarilishi bosh pudratchiga yuklanadi. 
    Pudratchi, ishlarni loyiha-smetasiga mos ravishda rejalashtiradi va 
    kelishilgan narxda va ishlarning bajarilish, hajmini aniqlovchi, ish tartibi va 
    narxida olib boriladi. Loyiha hujjatlari elektr montaj ishlarini bajarilishini 
    belgilovchi me‟yoriy hujjatlar talablariga mos kelishi kerak: 

    qurilish me‟yorlari va qoidalari (QMvaQ);

    qurilish sohasiga oid Davlat texnik standartlari (GOST); 

    elektr jihozlar tuzilish qoidalari (EQTQ); 

    iste‟molchi elektr jihozlarini texnikaviy ishlatilishi qoidalari (IEQTIQ). 


    1.1 rasm. Elektr montaj ishlari bajarilishining asosiy bosqichlari 
    Bundan tashqari, bajaruvchi vazifasiga tabiiy, atrof-muhit himoyalari 
    qonunlariga rioya qilishi va ishni bajarishda mexnat muhofazasini tashkil qilish 
    kiradi. 
    Ish bajarish davrida buyurtmachi va ish bajruvchi, loyihalash tashkiloti bilan 
    o„zaro munosabatda bo„lgan holda ish bajarilishi shartnomada ko„rsatilgan tartibi 
    o„zgartirilmasligi inobatga olinib texnik hujjatlarga, yoki shartnomada ko„rsatilgan 
    talablarga o„zgartirish kiritish mumkin va yana ishga tushirish to„plamini umumiy 
    loyiha hajmi ishlaridan ajratish mumkin. 
    Asbob-anjomlar to„plami bilan elektrmontaj ishlarini ta‟minlash, to„plamli 
    Jihozlarni, materallarni va konstruksiyalarni olib kelinish vazifasi va ma‟suliyati, 
    odatda, pudratchiga yuklanadi. 
    Buning uchun pudratchi loyihlash tashkilotidan kerakli asosiy jihozlar va 
    asbob-anjomlar to„rlari, materiallar, konstruksiyalar haqidagi hisob-kitoblar, 
    maxsuslashtirilgan hujjatlarni (spetsifikatsiyasini) oladi. 

    Download 332.09 Kb.
      1   2   3   4




    Download 332.09 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kirish. Elektr montaj ishlarini tashkil qilish

    Download 332.09 Kb.
    Pdf ko'rish