Kirish. Grafik foydalanuvchi interfeysi va oddiy hisob-kitoblar

Download 48,41 Kb.
Sana27.07.2024
Hajmi48,41 Kb.
#268777
Bog'liq
1 tema uzb

Kirish. Grafik foydalanuvchi interfeysi va oddiy hisob-kitoblar

Oxirgi 20-30 yilda matematika va informatikaning chegarasida yangi fundamental ilmiy yo‘nalish - kompyuter matematikasi paydo bo‘ldi va rivojlana boshladi. Ilmiy texnik hisoblashlarni avtomatlashtirishda ilk qurollar programmalashtirilgan mikrokalkulyatorlar bo‘ldi. Shaxsiy kompyuterlarninng paydo bo‘lishi bilan sonli hisoblashlar uchun yuqori bosqichdagi programmalashtirish tillari, masalan, Fortran, Beysik, Paskal, Si va boshqalar, foydalanilib boshlandi. Ammo natijalarni faqat sonli ko‘rinishda emas, balkim analitik ko‘rinishda olish zarurligi ham tug‘ilib qoldi.

Matematik sonli hisoblashlar uchun dastlabki maxsus programmalar MS DOS OS muhitida ishlaydigan bo‘ldi. Eureka, Mercury, Mathcad, Matlab va h.k. programmalari bunga misol bo‘la oladi. Bu o‘tgan asrning 90-yillari boshlarida paydo bo‘ldi. Kompyuter matematikasi rivojlanishi natijasida yangi programmalar - simvol matematik sistemalar yoki kompyuter algebrasi sistemasi (KAS) ishlab chiqildi. Ular orasida Windows uchun Mathcad, Derive, Mathematica, Maple va boshqalarni ko‘rsatish mumkin.
MATLAB tizimi - kompyuterda turli yo`nalishdagi: matematika, fizika, mexanika, boshqaruv va muhandislik masalalarini yechish, turli xil energetik, mexanik va dinamik tizimlarni modellashtirish, loyihalash, tavsiflash va tahlil qilish masalalarining aniq, tez va samarali hal etish uchun mo`ljallangan tizim va turli xil sohali foydalanuvchilarga mo`ljallangan dasturlash tilidir.
MATLAB tizimining yaratilishi professor Kliv B.Mouler (Clive B.Mouler) va MathWorks firmasi prezidenti Djek Litl (Jack Little) lar faoliyati bilan bog’liq. Bir necha yillar Nyu-Mexiko, Michigan va Stenford universitetlarining matematika kafedrasi va kompyuter markazlarida ishlagan Kliv Mouler, keyinchalik faoliyatini MathWorks firmasida davom ettirgan. 1984-yilda u, Fortran tizimida matritsali hisoblashlar va chiziqli algabra masalalarini yechish paketlarini yaratish ishlarida qatnashgan va birinchi marta "MATLAB" atamasini kiritgan.
“MATLAB” so’zi inglizcha “Matrix Laboratory” so’zlarining qisqartirilgan ifodasidir. MATLAB tizimi XX asrning 70-yillarida katta EHMlarda foydalanish uchun Moler (C.B.Moler) tomonidan ishlab chiqildi. 80-yillarning boshlarida Djon Litl (John Little) o’zining Math Works, Inс. firmasida IBM PC, VAX va Macintosh tipli shaxsiy kompyuterlar uchun bu tizimni modernizatsiya qildi. MATLAB turli fan va texnika muammolari masalalarini yechishda boshqa shunga o’xshash tizimlarga nisbatan yuqori saviyadagi tizim deb tan olindi. Modellashtirish vositasi sifatida ham kuchli vosita hisoblanadi. Dastlab, MATLAB paketi matritsali hisoblashlar, dasturlar kutubxonasi uchun qulay qobiq sifatida qo’llanilgan bo’lsa, keyinchalik yuzlab yuqori malakali matematiklar va injener-texnik dasturchilar tajribasida, o’ziga xos laboratoriya sharoitida uning imkoniyatlari ancha kengaydi va hozirga kelib, ilmiy-texnikaviy dasturlash tili sifatida kompyuter algebrasi tizimlarining ilg’or vakillaridan biriga aylandi.
Operatorlar. Ta`riplewler a`piwayi arifmetikaliq a`meller orinlawda qollaniladi.
 qosiw \ keri bo`liw
 aliw ^ da`reje
 ko`beytiw ' kompleksli transponirlew
 bo`liw () esaplaw izbe-izligin aniqlaw
Download 48,41 Kb.

Download 48,41 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa

Kirish. Grafik foydalanuvchi interfeysi va oddiy hisob-kitoblar

Download 48,41 Kb.