|
REZBALI BIRIKMALAR TURLARI VA ULARNING ISHLATILISH SOHALARI
|
bet | 9/12 | Sana | 29.12.2023 | Hajmi | 1,68 Mb. | | #129046 |
Bog'liq Kirish I. Bob. Boltli va shipilkali birikmalar va ularning ishla (1)
Ma’lumki, mashinalar detal va uzellardan tashkil topib birikmalar vositasida yig’iladi. Birikmalar esa ajraladigan va ajralmaydigan turlarga bo’linadi.
Ajralmaydigan birikmalar, bu shunday birikmalarki, bunda mashina uzellarini ayrim qismlarga ajratish uchun, birikma elementlarini sindirish va yig’ish jarayonida bu ish yuzasini qayta ishlash kerak bo’ladi. Parchin mixli, payvand hamda detallari uzaro tig’izlik bilan o’tkazilgan birikmalar shunday birikmalar Hisoblanadi.
Rezbali, shponkali, shilitsli birikmalar ajraladigan birikmalar bulib, bunda uzellar detallarga ajratilganda detalning ishchi qismiga shikast yetkazilmaydi.
Mashinalarning yaxshi ishlamasligi, muddatdan oldin ishdan chiqishi, ishlash jarayonida shovqinning oshib ketishiga undagi birikma sifatining pastligi (sifatli mahkamlanmaganligi, payvandlanmaganligi, birikma uchun material noto’g’pi tanlanganligi va x.k.) sabab buladi.
Birikma elementlari asosan mustahkamlikka Hisoblanadi. Bunda birikma elementlarining mustahkamligi biriktirilayotgan detallarning mustahkamligi bilan bir xilda bulishiga erishish kerak.
Ajraladigan birikmalar turlari
Ajraladigan birikmalarning eng ko’p tarqalgan turi rezbali birikmalardir. Bolt, vint, shpilka xususiy xollari bulib, mashinalarning ular vositasida yig’ilgan uzellari kerak bulgan vaqtda ayrim detallarga ajratilishi va yana qayta yig’ilishi mumkin.
Rezbali birikmalarning afzalliklari shundan iboratki, ular nisbatan katta yuklanish ta’sirida yetarli darajada ishonchli ishlaydi; ularni ajratish va yig’ish oson; nisbatan arzon, barcha o’lchamlari standartlashtirilgan.
Rez’ba haqida umumiy ma’lumot. Rezbaning xamma o’lchamlari
standartlashgan bo’lib rezbalar silindirsimon va konussimon sirtlarda kesiladi. Asosan silindirsimon rezbalar ishlatiladi, jips birikmalar hosil qilish uchun konussimon sirtlarda kesiladi. Rezbalar shakliga ko’ra uchburchakli (a), trapesiya (b), tirak (v), to’g’riturt burchakli (g) va aylanasimon (d) shakllarda bo’lishi mumkin. Rezbadagi o’ramlarning yo’nalishi chapdan ung tomonga yo’nalgan bo’lsa ung rezba a-rasm ungdan chap tomonga yo’nalgan bo’lsa chap rezba deb ataladi brasm
Rezbalarni kirim soni bir, ikki va kup kirimli bo’lishi mumkin, masalan rasmda bir kirim (b) va uch kirimli (a) rezbani chizmasi berilgan.
Rezbaning o’lchamlari. d-rezbaning tashqi diametri; d1-rezbaning ichki diametri; d2-rezbaning o’rtacha diametri; N1-rezba ishchi shaklini balandligi;
N-rezbaning umumiy balandligi; R-rezbaning qadami; α-rezba shakl burchagi; φ-rezba o’ramining ko’tarilish burchagi. tgφ=P/(πd2).
Rezbaning asosiy turlari. Metrik rezba.
Mashinasozlikda eng ko’p tarqalgan rezba metrik rezba bo’lib, uchburchak shaklida bo’ladi va burchagi 600ga teng. Metrik rezbalar asosan mahkamlash uchun ishlatilib rezba qadami yirik yoki mayda bo’lishi mumkin.
Rezbani shartli belgisi M harfi bilan belgilanadi, yonidagi son uning tashqi diametrini bildiradi. Masalan, M24 demak, metrik rezba d=24mm. Agarda rezba mayda qadamli bo’lsa, qadam o’lchami ko’rsatiladi, masalan M24x1,5, bunda metrik rezba tashqi diametri d=24mm, qadami ρ=1,5mm.
Trapesidal rezba. Bir kirimli va ko’p kirimli bo’lib trapesiya burchagi α=300.
Harakat revers bilan bo’lganda ishlatiladi. Ishda ishonchli, mustahkam asosan vintgayka uzatmalarda ishlatiladi. Shartli belgisi Tr40x6, bunda rezba trapesiodal, diametri 40mm, qadami 6mm.
Tirak rezba. Rezba nosimmetrik bo’lib ishchi bo’lmagan yuzasini qiyalik burchagi 300. Ishchi qismning qiyalik burchagi 30. Yuklanish katta bo’lgan (vintli press, domerat va boshqalar) birikmalarda ishlatiladi. Rezbaning shartli belgisi S80x10, bunda S-tirak rezba; 80-diametri, mm; 6-rezba qadami, mm.
Aylanisimon rezba. Rezba shaklini burchagi α=300. Asosan dinamik yuklanish bo’lgan birikmalarda ishlatiladi.
Yuqorida ko’rsatiogan rezbalarning eng ko’p tarqalgan 24etric rezba bo’lib asosan maxkamlash uchun ishlatiladi.
Maxkamlash uchun ishlatiladigan detallarning asosiylari bu bolt, vint, shpilka.
Bolt – qalinligi nisbatan katta bo’lmagan detallarni maxkamlash uchun ishlatiladi, bunda bolt kallagini hamda gaykani joylashtirish hamda o’z o’q atrofida burash uchun joy bo’lishi kerak.
Bolt bir uchi kalit yoki otvyortka uchun muljallangan kallagi, ikkinchi uchidan esa gayka burab kiritiladigan rezbasi bulgan sterjendir (rasm, a)
Vint – qalinligi nisbatan katta, mustahkamligi ta’minlangan, birikmani bikrligini taminlash massasini kamaytirish kerak bo’lgan xollarda ishlatiladi. Boltning gayka uchun muljallangan rezbali uchiga gayka buralmay, bu uchi biriktirilishi lozim bulgan detalga buraladigan bulsa bunday bolt vint (rasm, b) deyiladi.
Shpilka- vint ishlatilgan xolatlarda rezba material yetarli darajada mustahkamligi ta’minlanmagan bo’lib, hamda bunda birikmani vaqti-vaqti bilan ajiratib, biriktirish kerak bo’lgan xollarda ishlatiladi.
Agar sterjenning ikki uchi rezbali qilib yasalgan bulsa, u shpilka deb ataladi (8rasm, v) yeyilishga chidamli, FIK yuqori bulishi uchun ishqalanish kuchi nisbatan kam bulishi kerak.
1 – bolt; 2 – shayba; 3 – gayka; 4 – vint; 5 – shpilka.
O’zgaruvchan kuch va moment ta’sirida rezbali birikmalar uz-uzidan buralib bo’shashi mumkin. Buning sababi titrash natijasida rezbalardagi ishqalanish kamayadi va buning oqibatida uz-uzidan tormozlanish xususiyati yo’qoladi.
Shuning uchun o’zgaruvchan kuchlar ta’sirida birikmalardagi rezbalarning o’zo’zidan buralmasligiga quyidagi usullar yordamida erishish mumkin :
1.Kontrogayka va prujinalovchi shayba qo’yish yo’li bilan (rasm,a). Bunda qo’shimcha detallar Hisobiga rezbadagi umumiy qarshilik oshadi.
Shplint yoki simdan foydalanib (rasm, b). Bunda gayka bolt sterjeniga shplint yoki sim vositasida maxkamlab ko’yiladi.
Gaykani detalga maxsus planka yoki shayba yordamida maxkamlash yo’li bilan (rasm,v).
Rezbali birikmalarni ishlashini o’ziga xos xususiyatlari. Rezbali birikma bu rezbali sterjen va bu sterjenga burab kiritalgan gaykadan iborat bo’ladi.
Buning uchun kalitga qo’yilgan Fk kuch yordamida hosil bo’lgan burovchi moment rezbadagi ishqalanish hamda gaykaning detalga tegib turgan sirtidagi ishqalanish kuchlaridan hosil bo’lgan momentni yengish kerak bo’ladi, ya’ni
Tб Тр ТT
bunda: Tr- rezbadagi moment; Tt- gaykaning detalga tegib turgan sirtida hosil bo’lgan ishqalanish kuchning momenti.
Tr, Tt moment qiymatlari quyidagicha aniqlanadi, bunda rezbadagi moment:
Tp Fz 0,5d2 F tg()0,5d2
bunda: - rezbaning ko’tarilish burchagi; 1 – ishqalish burchagi.
Gaykaning detalga tegib turgan sirtida hosil bo’lgan moment o’rtacha diametr bo’yicha aniqlandi.
TT f F 0,5dyp
bunda: dyp Dd0 ; D – gaykani detalga tegib turgan diametri; d0 – vint uchun 2
mo’ljallangan teshikchaning diametri.
Burovchi momentini umumiy qiymati
Tб Тр ТТ F tg()0,5d2 f1F0,5dyp 0,5d2Ftg() f1 ddyp2
Formula (1) dagi standart qiymatlarni olsak, ya’ni l=15d metrik rezbalar uchun =2,50; d2≈0,9d; dyp≈1,4d; f=0,1÷0,2. Bu qiymatlarni (1) formulaga qo’ysak
F=(60-100)Fk ya’ni kalitga qo’yilgan 1N kuch yordamida (60-100) N kuchdan yutiladi.
|
| |