II.BOB. KARTOGRAFIK BELGILARNING XARITADAGI AHAMIYATI. NUQTALAR USULI




Download 68,84 Kb.
bet5/8
Sana14.05.2024
Hajmi68,84 Kb.
#231952
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
geografik xaritalar ing tematik belgilari

II.BOB. KARTOGRAFIK BELGILARNING XARITADAGI AHAMIYATI. NUQTALAR USULI
2.1.Xaritalarda tasvirlangan voqea va hodisalar absolyut va nisbiy miqdorlar
Voqea va hodisalarning geografik tarqalishini statistik ma’lumotlar asosida tasvirlashda nuqtalar usulidan foydalaniladi. Bu usulning miqdor va sifat ko’rsatkichlari nuqtalardan tarkib topgan. Nuqtalar soni katta - kichikligi bilan miqdor ko’rsatkichlari, ularning rangi bilan sifat ko’rsatkichlari tasvirlanadi. Xaritada bular orqali bir qancha voqea va hodisalarning geografik tarqalishini ko’rsatsa bo’ladi. Masalan, O’zbekistoning chorvachilik xaritasida 3 xil rangli nuqtalar bilan: qorako’l va jaydari qo’ylar: echkilarni qayerlarda oz-ko’pligini bilish mumkin. Ularning soni esa, har bir nuqta ko’magida aniqlab olinadi. Deylik, har 500 qorako’l qo’y bir nuqta, 100 joydari qo’y va echki bir nuqta deb kabul qilinadi. Qorakul qo’ylari qora rangli, jaydari qo’ylar sariq rangli, echkilar esa qizil rangli nuqtalar bilan belgilanishi tavsiya etiladi. Tematik xaritalarni tuzishda nuqtalar usuli ayniqsa muhim. Bu usul boshqa usullar bilan birga olib borilganida, xaritaning mazmuni boyiydi.
Bu usulda xaritalardagi hamma voqea va hodisalar shartli belgilar bilan ko’rsatiladi. Topografik va obzor topografik xaritalardagi, bu belgilar faqat mazmunni anglatadi, ammo miqdor ko’rsatkichlarga ega emas. Belgilar usulida voqea va hodisalarning geografik o’rni, ko’rsatkichi va sifati ham ko’rsatilib, ular shakliga ko’ra geometrik, harfli va ko’rgazmali bo’ladi.
Xaritada tasvirlanmoqchi bo’lgan voqea va hodisalarning nomlari kimyoviy bosh harflar, ifodalanadi: foydali qazilmadan alyuminiy, oltin, kaliy bilan yoziladi. Lekin harfli belgilarni ko’p ishlatib bo’lmaydi. Bu usul ko’proq qazilma boyliklari xaritalariga taalluqli. Ko’rgazmali belgilar voqea va hodisalarning rasmlaridan iborat bo’lib, xaritani o’qishni ancha osonlashtiradi. Lekin geometrik aniqlik yaxshi saqlanmaydi. Bu usuldan targ’ibot tashviqot xaritalarida, 5 yilliklarda xalq xo’jaligining rivojlanishini ko’rsatuvchi xaritalarda obyektni haqiqiy o’rin makonining markazi bo’lishi kerak. Lekin ba’zi xaritalarda belgilar usulini geografik xaritalarda qo’llash birmuncha murakkabroqdir. Belgilar usuli qo’llanilganda, masshtab asosi oldindan belgilab olinadi. Masalan, 1000 tonna ishlab chiqarilgan mahsulot 1mm uzunlikka teng deyilsa, masshtab asosi 1mm=1000 tonna bo’ladi. Agar voqea va hodisalarning miqdor ko’rsatgichlari orasidagi farq katta bo’lib, masshtab asosida olingan belgi juda kattalashib ketib territoriyaga sig’masa, unda boshqa variant, masalan, maydon o’lchami olinadi. Buning uchun ko’rsatkichlar ildiz ostidan chiqarilib aylana, to’rtburchak, kvadrat yoki uchburchak ko’rinishida tasvirlanadi. Agar bu variantda ham belgi territoriyani ko’p qismini egalab qo’ysa, yana boshqa variant olinadi: kub o’lchamida berilib, hajmi orqali ko’rsatiladi (bunda ko’rsatkich uch darajali ildizdan chiqariladi. Qaysi variantda bo’lmasin tasvirlanayotgan ko’rsatkich belgilarning kattaligiga proporsional bo’lsa, ya’ni aniq ko’rsatsa, absolyut ko’rsatkichda tasvirlansa, ularni aniq tasvirlash mumkin bo’ladi. Lekin miqdor ko’rsatkichlar farqi juda katta bo’lsa, absolyut miqdorda tasvirlab bo’lmaydi, bunday holatda shartli ko’rsatkichda beriladi. Bunda belgilar shartli ravishda, kichikdan kattaga shartli ravishda oshib boriladi. Bu usulda aniq ko’rsatkich berilmaydi va ularni, faqat shartli ravishda taqqoslash mumkin: Masalan, O’zbekistonning aholi xaritasini tuzadigan bo’lsak, eng kichik shahar aholisi ko’rsatkichi bilan, eng katta shahar aholisi orasidagi kursatkichda juda katta farq bo’lgani uchun ularni absolyut shkalada ko’rsatish qiyin. Shuning uchun shartli shkalada beriladi. Absolyut shkalada ham, shartli shkalada ham, ko’rsatkichlar ma’lum intervallarga bo’lib tasvirlanadi. Intervallarga bo’lish ikki xil bo’ladi: - uzluksiz shkala, - pog’onali shkala. Belgilar uzluksiz shkalada berilganda, miqdor ko’rsatkichlarni aniqroq tasvirlaydi. Lekin belgilar o’lchamidagi farq juda katta bo’lishi mumkin, chunki haqiqiy miqdorga to’g’ri keladi. Shuning uchun uzluksiz shkaladagi belgilardan ma’lumotnoma turidagi va oliy maktablar uchun chiqariladigan xaritalar tuzishda foydalaniladi. Pog’anali shkaladagi belgilarda miqdorlar ma’lum guruhlarga bo’lib tasvirlanadi, bunda belgilar o’lchami miqdorni aniq ko’rsatmaydi. Shuning uchun, bu usul o’quv xaritalari tuzishda qo’llaniladi. katta bo’lib, masshtab asosida olingan belgi juda kattalashib ketib territoriyaga sig’masa, unda boshqa variant, masalan, maydon o’lchami olinadi. Buning uchun ko’rsatkichlar ildiz ostidan chiqarilib aylana, to’rtburchak, kvadrat yoki uchburchak ko’rinishida tasvirlanadi. Agar bu variantda ham belgi territoriyani ko’p qismini egalab qo’ysa, yana boshqa variant olinadi: kub o’lchamida berilib, hajmi orqali ko’rsatiladi (bunda ko’rsatkich uch darajali ildizdan chiqariladi. Qaysi variantda bo’lmasin tasvirlanayotgan ko’rsatkich belgilarning kattaligiga proporsional bo’lsa, ya’ni aniq ko’rsatsa, absolyut ko’rsatkichda tasvirlansa, ularni aniq tasvirlash mumkin bo’ladi. Lekin miqdor ko’rsatkichlar farqi juda katta bo’lsa, absolyut miqdorda tasvirlab bo’lmaydi, bunday holatda shartli ko’rsatkichda beriladi. Bunda belgilar shartli ravishda, kichikdan kattaga shartli ravishda oshib boriladi. Bu usulda aniq ko’rsatkich berilmaydi va ularni, faqat shartli ravishda taqqoslash mumkin: Masalan, O’zbekistonning aholi xaritasini tuzadigan bo’lsak, eng kichik shahar aholisi ko’rsatkichi bilan, eng katta shahar aholisi orasidagi kursatkichda juda katta farq bo’lgani uchun ularni absolyut shkalada ko’rsatish qiyin. Shuning uchun shartli shkalada beriladi. Absolyut shkalada ham, shartli shkalada ham, ko’rsatkichlar ma’lum intervallarga bo’lib tasvirlanadi. Intervallarga bo’lish ikki xil bo’ladi: - uzluksiz shkala, - pog’onali shkala. Belgilar uzluksiz shkalada berilganda, miqdor ko’rsatkichlarni aniqroq tasvirlaydi. Lekin belgilar o’lchamidagi farq juda katta bo’lishi mumkin, chunki haqiqiy miqdorga to’g’ri keladi. Shuning uchun uzluksiz shkaladagi belgilardan ma’lumotnoma turidagi va oliy maktablar uchun chiqariladigan xaritalar tuzishda foydalaniladi. Pog’anali shkaladagi belgilarda miqdorlar ma’lum guruhlarga bo’lib tasvirlanadi, bunda belgilar o’lchami miqdorni aniq ko’rsatmaydi. Shuning uchun, bu usul o’quv xaritalari tuzishda qo’llaniladi.
Bir joyga yoki ma’lum maydonga tegishli voqea va hodisalar bir nuqtaga tegishli diagrammalar usuli yordamida tasvirlanadi. Bu usulda tuzilgan xaritalarda voqea ko’rsatilishi mumkin. Miqdorlar har xil diagrammalar, shkalalarga bo’lingan grafiklar yordamida tasvirlanadi. Masalan, biror joyning yillik xavo harorati (maksimal va minimal), oylar bo’yicha yog’in-sochin miqdori, qor qoplami, daryolarning yillik suv sarfi, shamolning kuchi, yo’nalishi va boshqalar. Diagrammalarda miqdor ko’rsatkichlarning o’zgarishini ham tasvirlash mumkin. Biror joyga tegishli diagrammalar ma’lumoti asosida, shu joy to’g’risida muayyan ma’lumotni olish mumkin. Masalan. Toshkent oblastida joylashgan metereologik stansiyalarning ko’rsatkichlari diagrammasini o’rganib, shu territoriyaning iqlimi to’g’risida ma’lumotga ega bo’lishi mumkin. Bu joyga tegishli diagrammalar usuli yordamida Geometrik belgilarga sodda geometrik shakl (aylana, kvadrat, to’rtburchak, uchburchak, rumb, sektor, paralelegramm va boshqa)lar kiradi. Xaritalarda tasvirlangan voqea va hodisalar absolyut va nisbiy miqdorlarda ko’rsatilishi mumkin. Miqdorlar har xil diagrammalar, shkalalarga bo’lingan grafiklar shaklida ifodalanadi Masalan, biror joyining o’rtacha yillik havo harorati, oylik yog’in-sochin miqdori, qor qoplami qalinligi, daryolarning yillik suv sarfi, shamolning kuchi, yo’nalishi va boshqalar shular jumlasidandir. Diagrammalarda miqdor ko’rsatkichlarning o’zgarishini ham berish mumkin. Bir joyga tegishli diagrammalar asosida shu joy to’g’risida zarur ma’lumot olish mumkin. Kartografik belgilarsiz xarita bo’lmaydi. Shuning uchun kartografik belgilarni xaritaning tili deyiladi. Kartografik belgilar yordamida xaritaning mazmuni, ya’ni haqiqiy mujassamlangan ma’lumot beriladi. Xaritadagi belgilar asosiy vazifasi tasvirlanayotgan voqealarning o’rni, turi. Tarqalish harakterini (aholining –zichligi, shamollar,) ko’rsatishdan iborat. Kartografik belgilar orqali, ularning ma’nolari anglanadi. Ilgari xaritalarda voqea va hodisalar rasmlar orqali berilib, o’qish birmuncha oson bo’lsa ham, ularning sifat va miqdor ko’rsatkichlarini aniqlash ancha qiyin bo’lgan. Shuning uchun perespektiv belgilar o’rniga predmetlarning haqiqiy planli, holatini ko’rsatuvchi shartli belgilar ishlatila boshlandi. Lekin xaritada hamma predmetlarning aniq o’rnini Geometrik belgilarga sodda geometrik shakl (aylana, kvadrat, to’rtburchak, uchburchak, rumb, sektor, paralelegramm va boshqa)lar kiradi. Masshtabi asosida tasvirlash mumkin emas, chunki ularni egallangan maydoni juda kichik bo’lib, masshtab asosida tasvirlansa, o’qish mumkin bo’lmay qoladi. Shuning uchun, bunday predmetlar masshtabsiz belgilar bilan ko’rsatiladi: temir yo’llar, elektrostansiyalar va boshqalar Chiziqli obyektlar (chegaralar, aloqa yo’llari, daryolar, boshqalar) chiziqli belgilar tasvirlanayotgan obyektlar shaklini tasvirlab borsada, chiziqlar yug’onligi haqiqiy ko’rsatkichni bo’rtirib yuboradi. Masalan: 1:2500000 masshtabli xaritalarda tasvirlangan 20m kenglikdagi aerosuratda 0,5mm yo’g’onlikdagi chiziq bilan tasvirlanib, haqiqatda 1225 metrga to’g’ri keladi. Agar geografik obyektlar maydonli deb, masshtab asosida tasvirlansa, ya’ni chegarasi chiziqlar bilan ko’rsatilsa, maydonli belgilar deyiladi. Masalan: o’rmonzorlar, botqoqliklar, qishloq xo’jalik ekinlari ekiladigan joylar, sug’oriladigan territoriyalar va hokazolar. Shartli belgilar shakli, kattaligi, tasvirlanish holati, rangi va tuzilishi bilan birbirlaridan farq qiladi. Chiziqli shartli belgilar chiziqning yug’onligi, shakli, sodda-murakkabligi bilan farq qiladi.
Maydonli belgilar esa rangi, tuzilishi, maydonni qoplagan belgilari va nihoyat, maydonni shtrixlash harakteri bilan bir-birlaridan farq qiladi. Hozirgi vaqtdagi xaritalar voqea va hodisalarning geografik joylanishigina emas, balki ularning harakati, ekspedidyalar harakati, aholi migrasiyasi, shamollar, oqimlar va boshqalar) ham tasvirlanadi. Kartografik tasvirlash usullari asosan 10 ta: areallar usuli, sifatli rang, chiziqlar, nuqtalar, belgilar, bir joyga tegishli diagrammalar, kartogramma, kartodiagrammalar, chiziqli belgilar, harakatdagi belgilar.
Xaritalarni tuzishda har xil miqdor ko’rsatkichlaridan foydalaniladi. Bunday miqdor ko’rsatkichlar asosan statistik ma’lumotlar bo’lib, birorta hududga tegishli bo’ladi. Voqea va hodisalar miqdor ko’rsatkichlar bilan tasvirlanganda ba’zan shkalalardan foydalaniladi. Shkalalarni tanlashda tuzilayotgan xaritani mazmuniga, ishlatilayotgan usulga, statistik ma’lumotlarga, xaritaning maqsadiga va tasvirlanayotgan hududga e’tibor beriladi. Shkalalar pogonali bo’lib, birorta joyga yoki maydonga tegishli bo’lishi mumkin. Har ikkalasida ham pogonalar orasidagi farq har xil bo’ladi. Masalan, aholi xaritalarida aholi yashaydigan joylarni aholisining soniga qarab shkala tanlanadi. O’zbekistonni iqtisodiyijtimoiy atlasidagi (2000) «Aholi xaritasi»da shaharlarni tasvirlashda ishlatilgan pog’onali shkala o’rinli foydalanilgan, ya’ni aholisi 2 mln.dan ortiq, shahar-qishloqlar aholisi 300000-400000, 200000-300000, 100000-200000, 50000-100000 va 50000 mingdan kam aholi yashaydigan joylar. Bu shkalada respublika shaharlarini aholisining soni e’tiborga olingan. Lekin aholi zichligini ko’rsatishda ishlatilgan kartogrammalardagi pog’onali shkalani to’g’ri tuzilgan deb bo’lmaydi, chunki 1 km.kv. ga 500 dan ortiq kishi to’g’ri keladi degan shkalaga Farg’ona va Andijon viloyatlari kiritilgan. Bu noto’g’ri. Undan tashqari, Toshkent viloyatini tog’li hududlari 1 km.kv.ga 100-200 kishi to’g’ri keladigan shkalada tasvirlanib noto’g’ri ko’rsatilgan. O’zbekistonning geografik atlasidagi (1999) xuddi shunday xarita, ya’ni Aholi xaritasida shaharlarni tasvirlash uchun qabul qilingan shkalani ham to’g’ri deb bo’lmaydi. Chunki bu yerdagi shkalada 2 mln.dan ortiq kishi, so’ng 100 000 dan 500 000 gacha bo’lgan aholi yashaydigan joylar deb ko’rsatilganda, yirik shaharlar Namangan, Samarqand, Andijon va Buxoro aholisi soni jihatidan ulardan ancha kichik bo’lgan Jizzax, Termiz, Navoiy shaharlari bilan bir shkalaga kiritilgan, natijada pog’onalar orasidagi farq katta bo’lganligi sababli yirik shaharlar deyarlik ko’zga tashlanmaydi. Kartogramma bilan tasvirlanadigan voqea va hodisalar shkalalar soni yettitadan oshib ketsa, o’qilishi qiyin bo’ladi.
Shuning uchun tasvirlanayotgan voqea va hodisalarning mazmuniga va tarqalish xususiyatiga qarab shkalalar pogonasini to’g’ri tanlash kerak. Masalan O’zbekiston geografik atlasidagi Paxtachilik xaritasida paxta hosildorligini ko’rsatuvchi kartogrammada tanlangan shkala ancha o’rinli chiqqan. Shu bilan birga shkalalar tanlanganda statistik ma’lumotlarning bir yilligi olinganda shu soha to’g’risida to’liq ma’lumot olish qiyin, shuning uchun ko’p yillik ma’lumot olib, ularning o’rtachasi qabul qilinsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Buni Paxtachilik xaritasida ko’rish mumkin. Shuni ham unutmaslik kerakki, shkalalar orasidagi farq (interval) imkoni boricha bir xilda bo’lsa, tasvirlanayotgan voqea-hodisalarni o’qib tushunish va taqqoslash imkoniyati oshadi. Natijada tasvirlanayotgan voqea-hodisalarning tarqalish qonuniyatlarini aniqlash imkoniyati oshadi. Shkalalar orasidagi farqlar iloji boricha kasr sonlar bo’lmaslgi kerak.
Yozuvlar geografik xaritalarning juda zarur elementlaridan hisoblanadi. Geografik obyektlar izohlar yordamida aniqlanadi, ya’ni xaritadagi turli shakllarga ularning nimaligi (masalan, ko’l, dengiz, daryo va hokazolar) yozib qo’yiladi. Obyektlarning miqdor va sifat ko’rsatkichlari izohlarda beriladi, masalan, ko’l, dengiz va okeanlarning chuqurligi, tog’larning balandliklari va cho’qqilari, daryolarni oqim tezligi, ko’l suvning sho’rligi, o’rmonlardagi daraxt turlari, tuproqlar turlari va boshqa izohlar keltiriladi. Xaritadagi yozuvlarning shriftlari ham muayyan ko’rsatkich o’rnini bosadi. Xaritalardagi yozuvlarning shakli, kattaligi va rangi ham xarita mazmunini o’qishga yordam beradi.
Masalan, shahar-qishloqlarning ma’muriy jihatdan qaramligi, ularning nomi yozilgan shriftlarga qarab aniqlanadi. Shuningdek, deyarli hamma rangli xaritalarda suv obyektlarining nomlari xavo rang yoki ko’k rangda yoziladi. Xaritadagi yozuvlar xaritamazmunini boyitadi, lekin ortiqcha bo’lsa, xaritaning o’quvchanligini qiyinlashtiradi. Xaritadagi yozuvlar geografik obyektlarning o’rnini ham ko’rsatadi. Masalan, dengiz, ko’l va cho’l nomlari ular egallagan hududiga yoyib yozilishi kerak. Xaritalardagi yozuvlar ma’lum qoidaga binoan yoziladi. Chunonchi shaharlar nomi ularning shartli belgisidan o’ng tomonda, xaritaning parallellariga yoki janubiy ramkasiga parallel holda yoziladi. Agar o’ng tomonda joy bo’lmasa, chap tomonga yoki yuqoriroqqa yozilishi mumkin. Xarita tuzishda geografik nomlarning to’g’ri yozilishiga, ya’ni transkripsiyasiga alohida e’tibor beriladi. Yirik kartografik tashkilotlarda maxsus transkripsiya bo’limlari bo’ladi. Ular xaritadagi geografik nomlarning to’g’ri yozilishiga javob beradi va ma’lumotnoma hamda suratlar chop etadi. Xaritalardagi yozuvlar ana shu ma’lumotnoma va suratlar asosida yozilishi shart. Xaritalarda beriladigan geografik nomlar aniq va to’g’ri yozilishining ahamiyati kattadir. Agar geografik nomlar to’g’ri yozilmasa o’quvchilarda xaritaga nisbatan ishonchsizlik tug’iladi. Geografik nomlarning kelib chiqishi, mazmuni, o’zgarishi va tasnifini maxsus fan toponimika o’rganadi. Biz kartografiyada faqat toponimikaning bir qismi geografik nomlarning to’g’ri yozilishi to’g’risida qisqacha to’xtalib o’tamiz. Ba’zi mamlakatlarda har xil tilda gapiradigan millatlar bo’ladi. Bunday mamlakatlarda geografik nomlar har xil yoziladi. Agar geografik obyekt bir qancha mamlakat hududidan o’tsa yoki har bir mamlakat doirasida joylashgan bo’lsa, uning nomini har bir mamlakat o’z tilida yozadi. Masalan, Dunay daryosini bolgarlar va yugoslavlar Dunav, ruminlarDunzrya, vengerlar-Duna, nemislar-Donau deb yozadilar. Dajla va Furot daryolari arablarda Naxr-Dajla va Al-Furat deb, turklarda Dijle va Firat deb yoziladi. Vaqt o’tishi bilan o’zgargan nomlar hozirgi shaklida yoziladi. Masalan, Skoblev-Farg’ona, Avliyoota-Djambul-Taraz, Kaufmanskoye-Yangiyul, Leningrad-Sankt-Peterburg va boshqalar. Geografik nomlar xaritalarda asosan to’rt xil shaklda beriladi: maxalliy rasmiy shaklda, fonetik, an’anaviy shakllar va tarjima qilib yoziladi. Maxalliy rasmiy shakldaobyekt qaysi mamlakat hududda joylashgan bo’lsa, shu davlatning tilida va qabul qilingan alifbosida yoziladi. Maxalliy rasmiy shaklda yozilgan nomlar to’g’ri yozilgani bilan ba’zan noto’g’ri talaffuz qilinishi mumkin. Masalan, Vengriya davlatining poytaxtiBudapest (Budapesht) shahrini, inglizlar bilan fransuzlar noto’g’ri Budapest deb talaffuz qilishadi. Fonetik shaklda talaffuz qilish boshqa, yozilishi boshqa bo’ladi. Masalan, Fransiyaning poytaxti Parij Pari deb, xuddi shunday Rossiyadagi Oryol shahri Aryol deb talaffuz qilinadi. An’anaviy shaklda nomlar an’ana bo’lib qolgan nomlar bilan yuritiladi. Masalan, Fransiya poytaxti o’z mamlakatida Paris deb yuritilsada bizda Parij deb, Suomi davlatini bizda Finlandiya deb yuritiladi. Geografik nomlar ba’zan aynan tarjima qilinadi. Masalan, ruschada Ognennaya Zemlya-Olovli Yer, Zelyonыy mыs-Yashil burun, Chernoye more-Qora dengiz, Beloye more-Oq dengiz va hokazolar. Bizda ko’proq chet tilidagi nomlarni yozishda ko’proq fonetik va an’anaviy shakllaridan foydalaniladi. Deyarli hamma mamlakatlarda geografik nomlarning yozilish tartibi bilan maxsus muassasa shug’ullanadi. O’zbekistonda yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastrlari davlat qo’mitasi qoshidagi transkripsiya bo’limiga yuklatilgan edi. Bu yerda respublika va xorijiy mamlakatlarning geografik nomlarini yozish uchun maxsus qoidalar va instruksiyalar (yo’l-yo’riqlar) nashr qilinib turiladi.
1.Joyni obyektni va hodisalarni bir–biriga nisbatan joylashishida, oriyentirlanish xaritaning asosiy vazifasi yoki maqsadi hisoblanadi.
2.Geografik xarita turli xil katta-kichik territoriyada joylashgan hodisa va obyektlarni bir tekislikda ko’rsatib to’liq tushuntirish xususiyatiga ega.
3. Geografik xarita joydagi hodisa va obyektlarni bir-biriga nisbatan kattaligi, maydoni, uzunligi, hajmi va sifati bo’yicha taqqoslash imkonini beradi.
4. Geografik xarita ko’zga ko’rinmaydigan hodisa va obyektlarni ko’rinadigan tarzga keltirish xususiyatiga ega. Geografik xarita, Yer yuzasini har qanday tasviridan, eng avval, o’zining uch xususiyati bilan farq qiladi:
a) geografik xaritalar matematik qonuniyat asosida tuziladi;
b) geografik xaritalar uzgacha grafik uslubda tuziladi;
v) geografik xaritada hodisa va obyektlar saralash va umumlashtirish yo’li bilan tuziladi
Butun Yer yuzasini yaxlit tekislikka keltirib, geografik xarita tuzish, ikki bosqichda bajariladi. Birinchidan Yer yuzini murakkab shakli, yoki ko’rinishi ortogonal proyeksiyalash yo’li bilan tasavvurli yuzaga tushiriladi. Bunday tasavvurli yuzani faqat matematik qonunga asoslanib topish mumkin. Ortogonal proyeksiyalashda Yer yuzasi Yer ellipsoidini sirtiga tushiriladi. Xaritada bitta sohaning birgina ko’rsatgichi tasvirlansa tarmoq (soha) xaritasi deb yuritiladi. Bu ko’proq ijtimoiy-iqtisodiy xaritalarga tegishlidir. Masalan, paxtachilik, g’allachilik, chorvachilik, avtomobil transporti, uy-joy qurilishi xaritalari va boshqalar. Tasvirlanayotgan voqea-hodisalarni tadqiqot usuli bo’yicha xaritalar taxliliy va sintetik tiplarga bo’linadi. Taxliliy xaritalarda voqea-hodisalarning alohida tomonlari yoki xususiyatlari ko’rsatilib, ular orasidagi bog’liqlik ko’rsatilmaydi, bu esa o’zaro munosabatlarni aniqlashga qiyinchilik tug’diradi. Masalan, xavoning harorati, shamollar, yog’insochin, 1 tonna paxtaning tannarxi, 1 ga paxta maydoniga solingan o’g’it miqdori, transport mashinasozligi va boshqalar. Bazan taxliliy xaritalarda bir-biriga yaqin bo’lgan 2—3 voqea va hodisalar birgalikda ham tasvirlanadi. Sintetik xaritalarda biror soha to’g’risida to’liq va mukammal ma’lumot berilib, voqea-hodisalar orasidagi o’zaro bog’liqlik saqlanadi, masalan, landshaft, agroiqlim, rayonlashtirish, qishloq xo’jaligi xaritalari va boshqalar. Kompleks xaritalar deb ataladigan maxsus xaritalarda bir-biriga bog’liq bo’lgan bir qancha voqea va hodisalar yoki voqea-hodisalarning bir qancha xususiyatlari birgalikda tasvirlansada, lekin mazmunning har bir ko’rsatkichi alohida beriladi. Masalan, umumiqtisodiy xaritalarda sanoat, qishloq xo’jaligi, aholi va transport alohida tasvirlanadi, lekin ular orasidagi o’zaro bog’liqlik saqlanadi. Ob-havo xaritalarda, hamma meteorologik elementlar: bosim, shamol, harorat, yog’in-sochin, bulutlik alohida-alohida ko’rsatilib, ular orasida bog’liqlik saqlanib qoladi. Topografik xaritalarni ham kompleks xaritalar qatoriga kiritish mumkin.

Download 68,84 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 68,84 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II.BOB. KARTOGRAFIK BELGILARNING XARITADAGI AHAMIYATI. NUQTALAR USULI

Download 68,84 Kb.