Kirish I. Bob. Lunix operatsion tizimi




Download 92,19 Kb.
bet1/3
Sana16.05.2024
Hajmi92,19 Kb.
#238830
  1   2   3
Bog'liq
Kirish I. Bob. Lunix operatsion tizimi


Mundarija:
Kirish……………………………
I.Bob.Lunix operatsion tizimi……………………..
1.1 Lunix operatsion tizimi imkoniyatlari……………
II.Bob. Local tarmoq turlari………………………..
2.1 Local kompyuter tarmoqlari…………………….
2.2 Tarmoq server………………………………….
2.3.Konsentrator……………………………………..
Xulosa……………………………………………….

Adabiyotlar………………………………………….


Kirish
Linux operastion tizimi haqida gapirilganda uni Nan Linux, ba'zida GNU/Linux deb nomlashadi. Aslini olganda Linux bu operatsion tizimning yadrosidir. Ushbu operatsion tizimni ishlashini ta'minlovchi ko'pgina dasturlar GNU dasturiy ta'minoti hisoblanadi. GNU bu Unix emas degan ma'noni beradi va u Linux uchun foydalanish mumkin bo'lgan barcha dasturiy ta'minot, tahrirlovchi dasturlar, kompilyatorlar, ishlab chiqarish vositalari, utilitlar, paketlar va boshqa barcha yangiliklar mutlaqo bepul bo'lishi kerak deganidir. Shunday ekan operatsion tizimni GNU/Linux deb nomlash to'g'riroq bo'ladi, Linuks termini esa uning yadrosiga nisbatan ishlatish mumkin.
Linuks operastion tizimi boshqa operatsion tizimlar kabi uzoq o'tmishga ega bo'lmasada, ochiq tizimli operatsion tizimlar ichida eng ommabopi hisoblanadi. EHM ning birinchi davrida operatsion tizim hali ishlab chiqilmagan davrda katta va qimmat hisoblash mashinalarini faqatgina bitta odam(foydalanuvchi) foydalana olgan. Unga misol qilib, IBM 701, Fortran Monitor System uchun yaratilgan General Motors Operating System(GMOS) va IBM 709 uchun ishlab chiqilgan North American Aviation ni keltirishimiz mumkin. 1960 yilda Massachusets texnologiya universitetida GE-645 mashinasi uchun eksperemental operatsion tizim — Multics (Multiplexed Information and Computing Service) yaratildi. Ushbu operatsion tizimni yaratuvchilaridan biri AT&T kompaniyasi loyihadan ajralib chiqib, 1970 yilda o'zining shaxsiy Unix operatsion tizimini yaratdi va uni ishlashi uchun C dasturlash tilidan foydalanadi.
Yigirma yildan so'ng Endru Tannenbaum shaxsiy kompyuterlarda ishlovchi Unix ning MINIX (minimal Unix) deb nomlanuvchi mikroyadroli versiyasini ishlab chiqadi. Ochiq kodli MINIX operatsion tizimi Xelsinki universiteti talabasi Linus Torvalds ni ilxomlantirib yubordi va 1990 yillar boshida Linux yadrosini yaratishga olib keldi.
1991 yil 25 avgusta USENET nomli konferenstiyada Linus Torvalds o'zining Linux nomli operatsion tizimini e'lon qilib, bu unchalik katta loyiha emasligini ta'kidlab o'tdi. Bir necha oylardan so'ng Tarvalds barchani bu loyiha ustida ishlashga taklif etdi. Shundan so'ng C dasturlash tilidan xabardor juda ko'p foydalanuvchilar o'z kodlarini jo'natib, operatsion tizimni mukammal ko'rinishga olib kelishga xarakat qilishdi. Operatsion tizimning ishlovchi yaxshi varianti 1995 yilda shakllandi. Shunday bo'lishiga qaramasdan, 1997 yilga borib 6 millinga yaqin shaxsiy kompyuter va serverlarga GNU/Linux operatsion tizimi o'rnatildi.
Bu operatsion tizimni foydalanuvchilarini aniq hisoblab bo'lmaydi, chunki bu operatsion tizimni istalgan foydalanuvchi, istalgan kompyuteriga o'rnatish mumkin, eng asosiysi hech qayerda ro'yxatdan o'tish shart emas.
Hozirgi kunda Linux operatsion tizimini asosan server kompyuterlariga o'rnatishmoqda. Chunki bu tizim xavfsizlik jihatidan juda kuchli hisoblanadi. Bu tizimni juda ko'p distributivlari(Mandriva, Gentoo, Redhat,.. )mavjud bo'lib, ularning versiyalari ham juda tez suratda yangilanib bormoqda.
Linux operatsion tizimiga dastur o’rnatish usullari
Linux operatsion tizimida dasturlarni o’rnatishning 3 xil usuli mavjud:

  • Source kod orqali;

  • Paket orqali;

  • Repozitoriya orqali.

Source kod orqali dastur o’rnatish afzallik va kamchiliklari:
+ Dastur kodini o’zgartirish imkoniyati mavjud. Misol uchun sizda Java tilida yozilgan dastur bo’lsa uni o’zgartirib uni kompilatsiya qilish imkoniyati mavjud.
+ Administrator huquqisiz tizimga o’rnatish mumkin. Home katalogiga kompilyatsiya qilish orqali dasturni ishlatish mumkin.
– Kerakli bo’lgan kutubxonalarni qidirib topish juda uzoq vaqt talab qiladi. Zarur kutubxonani aniqlash zarur, keyin uni qidirib topib dastur ishlashi uchun uni bog’lash zarur. Bu source kodni mashin kodga o’tkazib chiqish orqali amalga oshiriladi.
– Dasturni o’rnatishni boshqarish mavjud emas. Dastur tarkibida nimalar o’rnatilganligini qanday ishlar amalga oshirilganligini bilish imkoniyati yo’q.
Paket orqali dastur o’rnatish afzallik va kamchiliklari:
+ Paket bu kompilatsiya bo’lgan barcha zarur kutubxonalari joylangan arxivdir. Buni o’rnatish jarayoni arxiv ochiladi va kerakli kataloglarga fayllar joylanadi.
+ Dastur o’rnatishni boshqarish moduli mavjud. Package manager orqali qanday versiya o’rnatilgan, qanday modullardan tashkil topgan va hokozo ma’lumotlarni boshqarish mumkin.
– O’rnatish uchun administrator huquqi talab qilinadi.
– Paket bu aniq operatsion tizim distrubitivi uchun yaratiladi.
Repositoriya orqali dastur o’rnatish afzallik va kamchiliklari:
Repostory bu joy bo’lib, u yerda dastur uchun zarur barcha ma’lumotlar fayl ko’rinishida saqlanadi va tarmoq orqali unga murojaat qilish imkoniyati mavjud bo’ladi.

  • AppStore (Apple)

  • Play Market (Google)

  • Market (Microsoft)

+ Kerakli barcha kutubxonalarga bog’lanishlar mavjud;
+ Dasturni o’rnatish boshqaruvi mavjud;
+ Qoidalar to’plami bo’lib, barcha jarayonlar repositoriya orqali avtomatik amalga oshiriladi.
Tavsiya qilinadigan variati bu – paket orqali o’rnatish bo’lib, unda versiyasi qanday modullar mavjudligini ko’rish mumkin. Agarda mavjud operatsion tizim uchun paket fayli mavjud bo’lsa, uni yuklab olib o’rnatgan ma’qul hisoblanadi.
Lekin ideal datur o’rnatish usuli bu – repositoriya orqalidir.
GNU’s Not UNIX so’zlarini qisqartmasi bo’lib, bu abviatura hisoblanadi.
1983-yilda Richard Stolman – GNU loyihasini yurg’izadi. Loyiha nomi – “GNU is Not Unix” so’zlaridan olingan abbreviatura hisoblanadi va “GNU – Unix Emas” ma’nosini beradi. Bu loyihadan maqsad: UNIX kodlaridan foydalanmasdan, mutlaqo bepul UNIX’simon OT yararish edi. GNU loyohasida ko’plab dasturlar yaratiladi, lekin ularning yadrosi – ya’ni OT’ning o’zi bo’lmaydi.
1991-yilda Linus Torvalds yangi UNIX’simon OT’ni taqdim etadi. Uning do’stlari hazil tariqasida Linus va UNIX so’zlarini qo’shib, bu tizimni Linux deb atay boshlashadi. Bu nom hozirgacha saqlanib qolgan.
Linux ham “ochiq kodlik” bo’lganligi uchun, Linux OT’i va GNU dasturlaridan foydalanib istagan odam Linux distributivini yaratishi mumkin edi. Shuning uchun ham dunyoda minglab Linux distributivlari mavjud. Distributiv aslida alohida OT, lekin ular shunchalik ko’p va bir-birga o’xshashki – ularni Linux distributivi deyishadi. Debian, Ubuntu, Fedora, Kali kabi mashhur distributivlarning o’zi 300 dan ortiq.
Opеratsion tizim Intеrnеt tarmog’iga joylashtirishi natijasida tеz orada o’z foydalanuvchilari va muxlislariga ega bo’ldi va ko’pgina dasturchi (programmist)larni o’ziga jalb qilishi Linux opеratsion tizimining kеskin rivojlanishi uchun katta omil sifatida xizmat qildi.
Bugungi kunda dunyo miqyosidagi opеratsion tizimlar ichida o’ziga xos o’riniga egadir. Buning asosiy sabablaridan biri shuki, Linux erkin tarqatiladigan ta’minotlardan biridir, ya’ni har bir foydalanuvchi dastlabki tizim kodlarini Intеrnеt tarmog’i orqali yoki bo’lmasa kompakt-diskdagi nusxasini sotib olish imkoniyatiga ega. Bu opеratsion tizimning 2 ta ishlash uchun mo’ljallangan intеrfеyslari bo’lib, ular GUI (Graphic User Interface) - grafikali intеrfays hamda CLI (Command Line Interface) konsol ya’ni komandalar qatoridan iboratdir.
Linux OTining ishchi stoli ko’rinishi.
Linux — bu shaxsiy kompyuterlar va ishchi stansiyalar uchun Unix — turkumli operatsion sistema. Bu tarmoqli darchali grafik sistemasiga ega bo’lgan X Window System sistemasi bo’lib, ko’p qo’llaniladigan, yaxshi himoyalangan tarmoqli operatsion sistema hisoblanadi.
Linux ОT Internet tarmog’idagi ochiq sistemalar va protokollar standartlarini qo’llab-quvvatlaydi hamda Unix, Dos, MS Windows sistemalariga mos keladi. Sistemaning barcha komponentiari, dastlabki matnlar bilan birgalikda chegaralanmagan holda barcha foydalanuvchilarga ochiq nusxa olish va o’rnatish uchun litsenziya bilan birga tarqatiladi.
Linux ОT Internet PC Pentium Pro platformalarida keng tarqalgan va qator boshqa platformalarda ham joy egallamoqda (DEP AXP, Power Macintosh va h.k.).
Linux ОT Xelsinki universitetida Linus Torvalds (Linus Torvalds) tomonidan va Internet tarmog’idan foydalanuvchi minglab odamlar, tadqiqot markazlarining xodimlari, fondlar, universitetlar va h.k. lardan tashkil topgan hamda son-sanog’iga yetib bo’lmaydigan juda keng miqyosdagi jamoa tomonidan ishlab chiqilgan.
Foydalanuvchilarning ko’p qismi GNU/Linuxni o’rnatish uchun distributivlar bilan foydalanishadi. Distributiv – bu nafaqat programmalar to’plamidir, balki foydalanuvchilarning bir qator masalalarining yechimi, birlashtirilgan yakka sistemalar markaziy o’rnatgichi, boshqarish va yangilash paketlari, moslashtirishlar va texnik yordamlar majmuasidir. Dunyoda eng ko’p tarqalgan distributivlar:
amerikaliklarning Red Hat va uninig bepul vorisi Fedora Core;
nemislarning SuSE;
frantsuzlarning Mandriva (eski nomi Mandrake);
ayni bir xalqqa ta’luqli bo’lmagan Debian GNU/Linux;
keksa distributivlardan biri bo’lmish Slackware;
nisbatan yosh va aktiv rivojlanuvchu Gento
Tarmoqdan foydalanganda axborotni saqlash ishonchliligi ortadi, chunki juda oddiy usulda qimmatli axborotlarni qayta nusxalash mumkin va alohida foydalanuvchilar o’rtasida axborot almashish engillashtiriladi. Tarmoq foydalanuvchilar so’rovini mujassamlashtiradi, bir vaqtning o’zida axborotdan ko’plab mijozlar foydalanish imkonini beradi. 
Apparat qurilmalari va tarmoq dastur ta’minoti orqali o’zaro bir-birlari bilan hamohang ishlay oladigan kompyuterlar majmuiga tarmoq deyiladi.
Tarmoqlarni turli juda yosh, lekin istiqbolli Ubuntu Linux.me’yorlarga ko’ra sinflarga ajratish mumkin. Bular:
1) o’tkazish qobiliyati, ya’ni ma’lumotlarni tarmoqqa uzatish tezligiga muvofiq:
- past 100 Kbit/ s gacha;
- o’rta 0,5-10 Mbit/s gacha;
- yuqori 10 Mbit/s dan ortiq. 
2) uzoq kommunikatsiya tarmoqlari bilan ishlash tezligi, ularning fizik o’lchoviga muvofiq:
- LAN ( Local-Area Network) lokal tarmoq (bir ofis, bino ichidagi aloqa);
- CAN (Campus-Area Network) - kampus tarmoq, bir-biri bilan telefon yoki modemlar bilan ulanish, ammo etarlicha bir-birlaridan uzoqda joylashgan kompyuter lokal tarmoq;
- MAN (Metropolitan-Area Network) katta tezlik bilan aloqa uzatish (100 Mbit/s) imkoniyatiga, katta radiusga (bir necha o’n km) axborot uzatuvchi kengaytirilgan tarmoq;
- WAN (Wide-Area Network) keng masshtabli (mintaqaviy) maxsus qurilma va dasturlar bilan ta’minlangan alohida tarmoqlarni birlashtiruvchi yirik tarmoq;
- GAN (Global-Agea Network) global (xalqaro, qit’alararo) tarmoq;

3) tarmoq tugunlari turi bo’yicha (tugun - hisoblash tarmoqlari va ularning alohida elementlari ulangan joyi). Boshqacha aytganda, tugunga shaxsiy, mini- va katta kompyuterlar, alohida tarmoq ham kiradi. Masalan, umumiy foydalanish tarmoqlaridagi alohida kompyuterlar (boshqachasiga ularni stantsiyalar deb ham yuritishadi) tugunlarga misol bo’la oladi. Unchalik katta bo’lmagan alohida tarmoqlar kampus tarmog’i uchun tugun bo’ladi.


4) tugunlar munosabatiga ko’ra:
- bir xil rangli (peer-to-peer), uncha katta bo’lmagan, bir xil mavqega ega kompyuterlar (bu erda hamma kompyuterlar ham «mijoz», ya’ni tarmoqning oddiy foydalanuvchisi, ham «server», ya’ni tarmoq foydalanuvchilariga xizmat ko’rsatishni ta’minlovchi bo’lishi mumkin). Macalan, WINDOWS 95 OS tarmog’i tarqatilgan (Distributed) tarmoqlar. Bunda serverlar tarmoq foydalanuvchilariga xizmat ko’rsatadi, biroq tarmoqni boshqarmaydi;
-server (Server based) yoki markazlashgan boshqarishga ega tarmoqlar. Bu erda tarmoqning bosh elementi serverdir. Qolgan tugunlar serverning resurslaridan foydalanishi mumkin (masalan, Novell NetWare, Microsoft LAN Mananger va boshqalar).
5) tarmoq operatsion sistemalarini ishlatish bo’yicha (tarmoq OS):
gomogenli - hamma tugunlarda bir xil yoki yaqin operatsion sistemalardan foydalaniladi (masalan, WINDOWS OS tarmog’i);
geterogenli - bir vaqtning o’zida bir nechta tarmoq operatsion sistemalari ishlatiladi (masalan, Novell NetWare va WINDOWS).
TARMOQ SERVISI
Tarmoqda bir necha xil serverlar bo’lishi mumkin. Kompyuter tarmog’i o’z mijozlariga qanday xizmatlar turkumini taklif etishi, ularning servisi qanday bo’lishi juda muhimdir. Ular bilan tanishamiz:
-fayl - server - mijozga axborot saqlash qurilmalarida saqlanuvchi fayllardan foydalanish imkonini beradi. Bunda server barcha ishchi stantsiyalaridan fayllarga kirish imkonini berishi zarur. Shunigdek, axborotlarni himoya qila olish vazifasi ijobiy hal etiladi;

Download 92,19 Kb.
  1   2   3




Download 92,19 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kirish I. Bob. Lunix operatsion tizimi

Download 92,19 Kb.