• Kurs ishining amaliy ahamiyati
  • I BOB ASALARILARNING BIOLOGIYASI 1.1Asalarilarning marfalogiyasi va rivojlanishi. Asalarilar oilasi (
  • Kirish I bob. Pardaqanotlilar turkumining biologiyasi




    Download 316.62 Kb.
    bet2/13
    Sana28.10.2022
    Hajmi316.62 Kb.
    #28369
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
    Bog'liq
    KURS ISHI Z
    Dif amaliy 2##, 9.Shartsiz o\'tish operatori, маъруза 3.1
    Kurs ishining maqsadi: Respublikamizda tarqalgan asalarilarning bioekologiyasini va o’simliklar uchun ahamiyatini o’rganish.
    Kurs ishining vazifalari:Asalarilarga oid ma’lumotlarni yig’ish va to’plash, kuzatishlar orqali olingan ma’lumotlarni tahlil qilish va xulosalash.
    Kurs ishining amaliy ahamiyati. Asalarilar haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilish, Respublikamiz hududida uchraydigan asalarilarning taksonomik holatini va o’simliklar uchun ahamiyatini ochib berish. Bu bilan asalarilarning tabiatdagi va o’simliklar hayotidagi ahamiyatini o’rganish haqida ma’lumotlar to’planadi. Mavzu asalarilar ustida ilmiy kuzatishlar va ilmiy izlanishlar olib boorish, ilmiy tekshirish metodlarini o’zlashtirish, to’plangan ma’lumotlarni tahlil etish, xulosalar yozish ko’nikmasini hosil qilish kata amaliy ahamiyatga ega.

    I BOB ASALARILARNING BIOLOGIYASI
    1.1Asalarilarning marfalogiyasi va rivojlanishi.
    Asalarilar oilasi (Jamoa bo’lib yashovchi pardaqanotlilar) - Asalarilar jamoa bo’lib yashovchi hasharot hisoblanadi.
    Asalari oilasi 10 000—50 00 ba’zan 100 000 gacha ishchi, bitta ona (malikasi), bir necha yuz erkak arilar — trutenlardan tashkil topgan. Oilada barcha arilar bitta onaning nasli hisoblanadi. Ona, ishchi va erkak arilar tuzilishiga ko’ra bir-biridan farq etiladi. Ona ari va erkaklari ishchi arilarga nisbatan ancha yirik bo’ladi, ona arining qorin qismi yaxshi rivojlangan, qanotlari kalta. Ona ari bilan ishchi arilarning qorin qismining uchida chaquvchi nayzasi bor. Erkak arilarning mo’ylovi va ko’zlari yirik bo’lib, bu ularga ona arining hidi va ko’rinishiga qarab uni oson topishga imkon beradi. Erkak arilarda zaxar bezlari va nayzasi rivojlanmagan.
    Ishchi arilar jinsiy jihatdan voyaga yetmagan urg’ochi arilardir. Ularning butun tanasi va boshi kalta tuklar bilan qoplangan. Boshining ikki yonida fasetkali ikkita murakkab ko’zi, ular orasida esa uchta oddiy ko’zchalari joylashgan. Boshining oldingi tomonida joylashgan bir juft mo’ylovi hid bilish organi hisoblanadi. Ishchi arilar gul hidi va rangini ajrata oladi. Ularning murakkab ko’zlari sariq va ko’k ranglarni, shuningdek, odam ko’zi ajrata olmaydigan ultrabinafsha nurlarni ham yaxshi ajrata oladi, lekin qizil rangni farqlay olmaydi. Ishchi arilarning yuqorigi jag’lari kemiruvchi tipda bo’lib, ari ular yordamida mum katakchalar tayyorlaydi va changdonlardagi gul changini oladi. Pastki labi va pastki jag’lari nayli uzun xartum hosil qiladi. Ular yordamida arilar gul nektarini so’radi. Ishchi arilar orqa oyoqlaridagi maxsus chuqurcha — savatchaga cho’tkachasi yordamida gul changini yig’ib oladi. Ishchi arining qorin qismida zaxar bezlari va nayzasi joylashgan. Ari chaqqanda uning nayzasi teri ostida uzilib qolib, o’zi shikastlanadi va nobud bo’ladi.

    Download 316.62 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 316.62 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kirish I bob. Pardaqanotlilar turkumining biologiyasi

    Download 316.62 Kb.