Asalarilar oilasining hayoti




Download 316.62 Kb.
bet3/13
Sana28.10.2022
Hajmi316.62 Kb.
#28369
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
KURS ISHI Z
Dif amaliy 2##, 9.Shartsiz o\'tish operatori, маъруза 3.1
Asalarilar oilasining hayoti. Asalarilar oilasida qat’iy mehnat taqsimoti mavjud. Erkak va ona arilar faqat ko’payish vazifasini bajaradi. Oiladagi hamma yumushlarni esa ishchi arilar bajaradi. Erkak va ona arilarning og’iz organlari rivojlanmaganligi sababli ular mustaqil oziqlana olmaydi. G’umbakdan chiqqan yosh ishchi arilar dastlab uya ichini tozalashga, keyin ona, erkak arilar va qurtlarni oziqlantirishga kirishadi. Ular maxsus bezlarining «asalari suti» deb ataladigan suyuqligi bilan ona arini boqishadi. Keyinchalik ular boshqa ishchi arilar yig’ib kelgan oziq zapasini qabul qilishga o’tadi 18 kunlik ishchi arilarda mum bezlari to’liq rivojlanadi va ular kataklarni qurishga kirishadi. Uyadagi so’nggi kunlarda ishchi arilar uyani qo’riqlash vazifasini bajaradi. Faqat hayotining oxirgi 2—3 kunida ishchi arilar uyadan uchib chiqib, nektar yig’ish bilan shug’ullanadi. Arilar guldan-gulga qo’nganida butun tanasi gul changiga belanadi. Ular havoga ko’tarilib, tanasiga yopishgan chang zarralarini oyoqlari yordamida keyingi oyoqlari savatchasiga tushiradi. Keyin gul changi uyadagi katakchalarga joylanadi, changning usti asal bilan yopiladi va mum bilan shuvab tashlanadi. Mavsum davomida bitta asalari oilasi 25—30 kg gul changi yig’adi. Bir kunda bitta oila 30—40 mln gulni changlantirishi aniqlangan. Shu bilan birga bitta asalari jig’ildonida 30—40 mg nektar olib keladi. Jig’ildonda nektar asalari so’lagi bilan aralashadi, so’ngra jig’ildonda va mum kataklarda fermentlar ta’sirida parchalanib, oddiy shakarli moddalarga, ya’ni asalga aylanadi. Bitta asalari oilasida mavsum davomida 100—120 kg asal to’planadi. Ana shu asaldan har uyadan 40—50 kg dan olinadi, qolgan 60—70 kg ari oilasining o’ziga sarf bo’ladi. Ishchi arilarning umri qisqa bulib, 25—40 kun yashaydi. Erkak arilar esa uyada faqat yoz mavsumida paydo bo’ladi. Kuzda ularni ishchi arilar uyadan haydab chiqaradi, ular tabiatda nobud bo’lib ketadi. Urg’ochi arilar 7 yilgacha yashaydi, yoz mavsumida 2000—2500 tagacha tuxum qo’yadi.Uchinchi yildan boshlab urg’ochi arilarning pushti kamaya borali. Shuning uchun ko’rsatilgan muddat o’tgach, asalarichilar ona arini almashtiradilar.

Download 316.62 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Download 316.62 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Asalarilar oilasining hayoti

Download 316.62 Kb.