• Gaz turbinalarda
  • Kombinatsiyalashgan ichki yonu dvigatellari
  • Kirish ichki yonuv dvigatellarining xususiyatlari




    Download 19.64 Kb.
    Sana14.02.2023
    Hajmi19.64 Kb.
    #42130
    Bog'liq
    27e6a67af6d KIRISH
    Reja Media va axborot savodxonligi talablari va afzalliklari, кушаева, 44 2-lab, RAVISHDOSH VA UNING TURLARI, Маъруза 6,7, Shpargalka 2, Миришкор ТТБ ПҚ-215-сон қарор, 1000 ta eng kerakli fe llar lug ati 5254, trafaret-zebra-s-plyami, (E va S) 11 15 laboratoriya (2), Calendar plan-Nutqning ontogenezda rivojlanishi, @Your Articles (1) (2), Temurbek Rakhmonov, АХБОРОТ ХАТИ (узб) 2024

    KIRISH
    Ichki yonuv dvigatellarining xususiyatlari. Issiqlik dvigatellarini asosiy ikki guruhga bo’lish mumkin: tashqi va ichki yonuvchi.
    Tashqi yonuvchi dvigatellarga bug’ mashinalari, bug’ turbinalari, Stirling dvigatellari va boshqalar kiradi.
    Ichki yonuvchi dvigatellarga porshenli dvigatellar va kombinatsiyalashgan dvigatellar, gaz turbinalari va reaktiv dvigatellar kiradi. Ularda yoqilg’ini yoqish jarayoni, issiqlik ajralib chiqishi va bir qismini mexanik energiyaga aylantirib berish jarayonlari dvigatelning ichki qismida amalga oshiriladi. An’anaga muvofiq ichki yonuv dvigatellari termini ostida porshenli dvigatellar tushuniladi.
    Ichki yonuv dvigatellarining asosiy qismlari: silindr, silindr qopqog’i, karter, porshen, shatun, tirsakli val, so’ruvchi va chiqaruvchi klapanlar. Yoqilg’i va uning yonishi uchun kerakli bo’lgan havo qopqoq bilan cheklangan hajmdagi silindr devorlari va ostki qismiga kiritiladi. Yonish jarayonidan ajralib chiqadigan yuqori temperaturali gaz va bosim porshenga ta’sir qiladi va uni silinr Ichida harakatlantiradi. Porshenning ilgarilama harakati karterda joylashgan shatundan tirsakli val orqali ta’minlanadi. Porshenning ilgarilama – qaytma harakati yoqilg’ining yonishidan ketma – ket ulushlarda ta’minlanishidan davriy harakatlanadi va har bir ulushdagi yonishda o’zidan oldingi tayyorlov jarayonlari mavjud bo’lishi kerak.
    Gaz turbinalarda yonish jarayoni maxsus kameralarda amalga oshiradi. Yoqilg’i forsunka orqali nasosdan beriladi, yonish uchun kerakli havo esa gaz turbinasining ishchi g’ildiragi bilan birga mahkamlangan valdagi compressor orqali yetkazib beriladi.
    Yonish mahsulotlari yo’naltiruvchi apparat orqali gaz turbinasiga yetkaziladi.
    Diskda joylashgan va ishchi organi maxsus shaklga ega kuraklardan tashkil topgan gaz turbinasi katta aylanish chastotasi bilan ishlashi mumkin. Bir nechta ketma – ket joylashga ishchi kurakchalar qo’llanilishi issiq gazlarning energiyalaridan to’la foydalanishga yordam beradi. Biroq gaz turbinalari iqtisodiy tarafdan porshenli dvigatellardan past samara beradi, ayniqsa yuklamaning bir qismi bilan ishlaganda, va bundan tashqari ishchi kuraklarining yuqori darajada issiqlik muhitida ishlashi ta’sir qiladi. Ishchi kuraklarning ishonchliligini oshirish maqsadida turbinaga kiruvchi gazlarning temperaturasining pasaytirilishi turbinaning iqtisodiy ko’rsatkichlari pasayishiga olib keladi.
    Gaz turbinalari reaktiv dvigatellarda va porshenli dvigatellarda yodamchi agregatlar sifatida va bundan tashqari mustaqil kuch qurilmalari sifatida ham qo’llaniladi. Yuqori haroratga chidamli materiallardan foydalanish va kuraklarni sovutish, gaz turbinalari termodinamik sxemalarini takomillashtirish uning ko’rsatkichlarini yaxshilashga hamda qo’llanilish ko’lamini kengaytirishga yordam beradi.
    Kombinatsiyalashgan ichki yonu dvigatellari deb porshen qismidan va bir nechta compressorlar va kengaytuvchi qismlardan iborat, bundan tashqari issiqlik kirituvchi va chiqaruvchi qurilmalardan iborat dvigatellarga aytiladi. Kombinatsiyalashgan dvigatellarning porshen qismi sifatida ichki yonuv dvigateli qo’llaniladi.
    Bunday qurilmada energiya iste’molchiga porshen qismidagi val orqali yoki boshqa bir kengaytuvchi mashina vali oraqali yoki ikkala val orqali bir vaqtda uzatiladi. Kompressor va kengaytuvchi qurilmalar soni, ularning tiplari va konstruksiyalari, porshen qismi va o’zaro bog’liqligi kombinatsiyalashgan dvigatelning qo’llanilishidan, sxemasi va ekspluatatsiya shartlaridan kelib chiqadi. Eng kompakt va iqtisodiy samarali dvigatel bu kombinatsiyalashgan dvigatel bo’lib, chiqish qismi porshendagi chiquvchi gazlarning kengayishi gaz turbinasida davom etadi, dastlabki yoqilg’ini siqish jarayoni esa markazdan qochma yoki o’qiy kompressorlarda amalga oshiriladi (bu turdagi dvigatel deyarli keng tarqalmagan) negaki, iste’molchiga energiya porshen qismining tirsakli validan uzatiladi.
    Kombinatsiyashgan dvigatellarda porshenli dvigatel va gaz turbinasi bir-birini yaxshi to’ldiradi: Ichki Yonuv Dvigatellari yuqori bosim ostida kichik hajmdagi gazlarni mexanik energiyaga yaxshiroq aylantirib beradi, gaz turbinalarida esa katta temperaturadagi gazni kichik bosim ostida mexanik energiyaga aylantirib beradi.
    Kombinatsiyalashgan dvigatel Ichki Yonuv Dvigateli, gaz turbinasi va kompressordan tashkil topgan. Yuqori harorat va bosimga ega bo'lgan porshenli dvigateldan chiqadigan gazlar gaz turbinasi ishchi g’ildirakning kuraklarini aylanishga olib keladi, bu esa momentni kompressorga uzatadi. Kompressor atmosferadan havoni so'radi va ma'lum bosim ostida porshenli dvigatel silindrlariga haydaydi.
    Download 19.64 Kb.




    Download 19.64 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kirish ichki yonuv dvigatellarining xususiyatlari

    Download 19.64 Kb.