• KIRISH Kurs ishining dolzarbligi
  • Kirish kurs ishining dolzarbligi




    Download 64.9 Kb.
    bet1/12
    Sana17.03.2022
    Hajmi64.9 Kb.
    #18769
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    Deviant xulq ijtimoiy pedagogika muammo sifatida
    ochiq dars, Документ Microsoft Office Word, Кафедра информатики



    Mundarija




    1

    Kirish

    3

    2

    I. Asosiy qism

    6

    3

    1.1. Deviant xulq – ijtimoiy-pedagogik muammo sifatida

    6

    4

    1.2. Deviant xarakterlarning asosiy sabablari

    11

    5

    1.3. Deviant bolalar va o’smirlar, ularni reabilitastiya qilish yo’llari.

    20

    6

    1.4. Deviant xulq-atvorli bolalar bilan ijtimoiy-pedagogik amaliyot yuritish.

    25

    7

    Xulosa

    36

    8

    Foydalanilgan adabiyotlar

    38



    KIRISH
    Kurs ishining dolzarbligi: O`zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” dagi yetakchi vazifalaridan biri ta`lim-tarbiya sifatini ko`tarish, ta`lim mazmunini yangilash, yosh avlodni aqliy intellektual taraqqiyotini ta`minlashga yo`naltirilgan uzluksiz ta`lim tarbiyaning yangi modelini ilmiy-pedagogik jihatdan ta`minlangan holda muntazam takomillashtib borishdan iboratdir.
    O'zbekiston Respublikasi Prezdenti Sh.M.Mirziyoyev mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2017-yilga mo'ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma'ruzasida ta'lim va ilm-fan, davlatning yoshlarga doir siyosatini amalga oshirish, ta'limnin yangi, zamonaviy usullarini jumladan, axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish sohasidagi ishlarni amalga oshirish yoshlarimiz, jamiyatimiz va mamlakatimiz kelajagi uchun strategik ahamiyatga ega ekanligini ta'kidlaydilar.
    O`zbekiston Respublikasi Oliy majlisining IX sessiyasi(1997-yil 29-avgust) qabul qilingan hamda bugungi kunda g`oyalari amaliyotga keng ko`lamda muvaffaqiyatli tadbiq etilayotgan O`zbekiston Respublikasining “Ta`lim to`g`risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” mazmunida “o`quv-uslubiy majmualarning hamda ta`lim jarayonini didaktik va axborot ta’minotining yangi avlodini ishlab chiqish va joriy etish” “… ta`lim muassasalarining moddiy texnik bazasi axborot bazasini mustahkamlashni davom ettirish, o`quv tarbiya jarayonini yuqori sifatli o`quv adabiyotlari va ilg`or pedagogik texnologiyalar bilan ta`minlash “ hamda “… ta`lim muassasalarining resurs kadrlar va axborot bazalarini yanada mustahkamlash o`quv tarbiya jarayoni yangi o`quv uslubiy majmualar ilg`or pedagogik texnologiyalar bilan to`liq ta`minlash ” kabi dolzarb vazifalar ijobiy hal etish lozimligi alohida ta`kidlab ko`rsatilgan.
    Mazkur vazifalar muvaffaqiyatli hal etilishida yana bir omilning mavjudligi ya`ni uzluksiz ta`lim tizimni xodimlari, pedagog o`qituvchilar tomonidan zamonaviy ta`lim texnologiyalar mohiyatidan xabardorliklari hamda ularni ta`lim jarayonida samarali qo`llay olishda, shuningdek ta`lim jarayonida tashkil etishga nisbatan ijodiy yondashuvning qaror topishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bo`lajak o'qituvchi-pedagoglarining xususiy fanlari asoslarini o`qitishga yo`naltirilgan mashg`ulotlar jarayonini noan`anviy shakllarda tashkil etish, ta`lim jarayonini mukammal andoza asosida loyihalashga erishish, mazkur loyihalarda oqilona foydalana bilish ko`nikmalariga ega bo`lishi ta`lim oluvchilar tomonidan nazariy bilimlarni puxta, chuqur o`zlashtirilishi, ularda amaliy ko`nikma va malakalarning hosil bo`lishini kafolati bo`la oladi.
    O`zbekiston Respublikasining “Ta`lim to`g`risida”gi Qonuni hamda Boshlang`ich ta`lim konsepsiyasida ta`kidlanganidek, o`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatuvchi, ijodiy tafakkurni rivojlantiruvchi usullarni qo`llab, ularga fan asoslaridan chuqur bilim berish hozirgi zamon boshlang`ich talimining asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Mazkur vazifani amalga oshirish uchun esa yangi pedagogik texnologiyalarni ta`lim jarayoniga olib kirish lozim. Yangi pedagogik texnologiyalar boshlang`ich sinf o`quvchisining rivojlanishi va kamol topishida muhim ahamiyat kasb etadi.
    Ta'limning asosiy vazifalaridan biri insoniyat hozirgacha erishgan ilmiy bilimlar va fan-texnikaning yutuqlari bilan yosh avlodni qurollantirishdir. Yosh avlodda shunday bilimlar tizimini yaratish lozimki, bu bilimlar ularning keyingi rivoji uchun asos bo'lib xizmat qilsin. Hozirgi kunda bilimlar hajmi, axborotlar hajmi tobora oshib borayotgan bir davrda ta'lim tizimi talabalarga berishili kerak bo'lgan bilimlar, malaka va ko'nikmalar hajmini belgilash hamda bu jarayonda qaysi omillarni hisobga olish kerak degan masalalarni echimini topish ustida bosh qotirmoqda.

    Download 64.9 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 64.9 Kb.