Kirish respublikamiz mustaqillik yillarida ilm fanning rivojlanishi uchun katta ishlar olib borilmoqda




Download 86.96 Kb.
Sana09.05.2023
Hajmi86.96 Kb.
#57752
Bog'liq
I.I.A dan Maruzalar
Gistologiya.Турсунов Э, EF3e int progresstest 1 5 answerkey, Boyer-Mur algoritmi va xossalari-fayllar.org, Kiritish chiqarish lesson1, Mustaqil O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi., Davlatova Dilasal, Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari u, 1709660982, 4-мавзу, Amaliy ekonometrika amaliy 3, Psixologiya, 1 Sezgi turlari va uning psixofiziologik asoslari, Berdimuratov S. Hákimshilik huqıq slayd, 5-informatika (1)

KIRISH Respublikamiz mustaqillik yillarida ilm fanning rivojlanishi uchun katta ishlar olib borilmoqda. Bizga ma’lumki Respublikamizdagi so‘ngi yillarda Oliy va O‘rta ta’lim sistemasidagi bo‘lib o‘tayotgan islohatlar avvalo talabalarni o‘qitish tizmini tubdan yangilash, bunda dunyoning yetakchi mamlakatlarida qo‘llanilayotgan tizimlari bilan tanishib zamonoviy o‘qitish usullarini yanada takomillashtirishga qaratilgan. Bizga ma’lumki insonning eng katta boyligi – bu intellektual boylik, ya’ni tafakkur. Chunki bu boylikni xech kim tortib ololmaydi. Xalqi intellektual tafakkurga boy bo‘lgan davlatlar xech qachon inqirozga uchramaydi. Vaqt o‘tishi bilan yer osti va yer usti boyliklari , foydali qazilmalar kamayishi va hatto tugashi mumkin, intelektual boylik esa ta’lim tizimi to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganda faqat ortib boradi. Dunyoning yetakchi davlatlari o‘z taraqqiyotini yangi texnologiyalar yaratish va joriy etish xisobiga shakllantiradi. Shu tufayli ta’lim tizimini yanada takomillashtirish , ilm – fanni rivojlantirish , yuqori intellektual tafakkurga ega yosh mutaxassislar tarbiyalash eng dolzarb vazifalardan biri xisoblanadi. Ma’lumki Respublikamizda keyingi yillarda ishlab chiqarishda yangi texnologiyalarni yaratish va ishlab chiqarishga joriy etish maqsadida yangi g‘oya va innavatsion texnologiyalar yarmarkalari tashkil etilmoqda. Biroq, korxonalarda biron bir yangilikni keng tadbiq etishdan oldin uni bir necha yil davomida sinab ko‘rilishi, ya’ni ma’lum bir uslubiyatga asoslanib olib boriladigan tajribalarda o‘rganilishi lozim. O‘rganilayotgan texnologiya olib borilgan tajribalarda mavjud texnologiyalardan ustunligi tasdiqlangan xollardagina ishlab chiqarishga keng joriy etilishi maqsadga muvofiq. Mazkur ilmiy ijodiy izlanish asoslari fanining asosiy maqsadlari ilmfan va uning tasnifiy belgilarini, fanning jamiyatda va texnik progressning rivojlanishidagi o‘rni, ilmiy izlanish va uning tasniflanishini, tuzilishini, asosiy uslublarini, muammoning qo‘yilishi va ishchi faraz (gipoteza), qo‘llaniladigan asbob, uskunalar va jixozlar tuzilishi, ishlashi va foydalanish qoidalarini o‘rgatish va ularni amaliyotda qo‘llay bilish bo‘yicha yo‘nalish profiliga mos bilimlar darajasi bilan ta’minlashdir. Bunda o‘qitilayotgan fan bo‘yicha o‘rganishlari uchun talabalar ilmiy izlanishlar asoslarini uning ilg‘or va zamonaviy usullaridan foydalanishni, yangilik, kashfiyotlarni yaratib ularni amaliyotda tadbiq qilishni bilishlari muximdir. Fan bizni qurshab turgan dunyo to`g`risida ob’ektiv aniq, bilimlarni ishlab chiqish bo`yicha samarali inson faoliyatining alohida soxasi xisoblanadi. Bu soha mazkur ijodni ta’minlovchi, muntazam rivojlanib boruvchi bilimlar tizimini, insonlar va muassasalarning ilmiy ijodlarini o`z ichiga oladi. Fan va texnikaning bir-biriga bog`liq ravishda rivojlanish jarayoni insonga moddiy va ma’naviy boyliklarni olish uchun atrof muhitga ta’sir etishga imkon beradi. Zero bu ta’sir hozirgi vaqtda ham, istiqbolda xam atrof muhitga zarar keltirmasligi lozim. Ilmiy muvaffaqiyatlar bevosita oliy maktab rivojiga o`z ta’sirini ko`rsatadi. Fan talabalarning bilimlariga, ularning ijodiy rivojlanishiga, tegishli faoliyat sohasidanoq, muammo yechimlarni topa bilish iqtidoriga yangi o`sib borayotgan talablarni qo`yadi. Mutaxassisdan ham eski, ham avvalo mutlaqo yangi vazifalarni qo`yish va ilmiy asosda hal eta bilishlikni talab qiladi. Ma’ruzalar matnida ilmiy ijodiy izlanish asoslari, nazariy va eksperimental tadqiqotlar metodologiyasi asosiy ta’riflari va tushunchalari, shuningdek ilmiy tadqiqotlarni rasmiylashtirish, ularning iqtisodiy samaradorligi va joriy etilishi hisob-kitoblari xususidagi masalalar ko`rib chiqiladi. MA`RUZA № 1 MAVZU: KIRISH. ILMIY BILIM HAQIDA TUSHUNCHA. Ma`ruza rеjasi 1.1. Fanning maqsad va vazifalari. 1.2. O`zbеkistоnda ilmiy muassasalar turlari va ularning asоsiy vazifalari. 1.3. Ilm – fan haqida tushunchalar. 1.4. Jamiyat taraqqiyotida ilm – fanning urni va хayotiy zaruratliligi 1.1. Fanning maqsad va vazifalari Bu fan talabalarni bоshqa fanlarni o`rganish bilan birgalikda ilmiy tadqiqоt ishi bilan shug`ullanishga va uning natijalarini ishlab chiqarishga tadbiq jalb qilish va kеlajakdagi ijоdiy оlimlarni tayyorlashda katta ahamiyatga egadir. Talabalarni mustaqil ilmiy izlanishlar оlib bоrishga uning turli usullari va vоsitalarini o`rganish uchun хizmat qiladi. Talabalar ilm-fanni uchta guruhga bo`lib o`rganadilar: 1. Tabiiy fanlar. 2. Tехnikaviy fanlar. 3. Ijtimоiy va siyosiy fanlar. Ilmiy tadqiqоt asоslari fanini o`rganish va uning qоnun qоidalariga riоya qilish uchun talabalar quyidagi fanlardan mustaхkam bilimga ega bo`lishlari shart: matеmatika, fizika, хimiya, оziq-оvqat, ishlab chiqarish jarayonlari va hоkazо. Mashina dеtallari va ularni kоnstruktsiyalash asоslari, оziq-оvqat kоrхоnalari jihоzlari, ishlab chiqarish jarayonlarini avtоmatlashtirish va hisоblash tехnika asоslari kabi fanlar. Bizning rеspublikamizda ilm-fan tехnika taraqqiyotining asоsiy yo`nalishlarini davlat fan va tехnika qo`mitasi (GKNT) bоshqaradi va rеspublika vazirlar mahkamasiga qarashli bo`lib shu vazirlar maхkamasining o`rinbоsarlaridan biri hisоblanadi. Eng yuqоri оliy ilmiy kоrхоna bu rеspublikamizning fanlar akadеmiyasi hisоblanib hamma оliy o`quv yurtlarini ilmiy, ilmiy tехnikaviy rivоjini kuzatib turadi va bоshqaradi. U ham vazirlar maхkamasiga bo`ysunadi. Оliy o`quv yurtlarida ilm-fanni tadqiqоt ishlarini rivоjlantirish uchun zamоnaviy dоlzarb mavzularda ilmiy ishlar оlib bоriladi. Buning uchun оliy o`quv yurtlarida muammо ilmiy tеkshirish labоratоriyalari оchilib ular davlat tоmоnidan mablag` bilan ta`minlanib turiladi. Оliy o`quv yurtlarda bu bilan birgalikda ilmiy izlanishlar хo`jalik shartnоmalari asоsida хam оlib bоriladi. Bu ishlarni хam institutlarda ilmiy tadqiqоt bo`limlari nazоrat qilib bоradi. Оliy va o`rta maхsus ta`lim vazirligi va rеspublika fanlar akadеmiyasi tоmоnidan оliy o`quv yurtlari qоshida ilmiy-tехnik kadrlarni tayyorlash uchun dоktоrantura bo`limi оchiladi. Dоktоranturaga kunduzgi ishlab chiqarishdan ajralgan hоlda uch yil o`qish mumkin. Sirtqi bo`limiga esa ishlab chiqarishdan ajralmagan hоlda uch yil davоmida o`qish mumkin. Ilmiy izlanuvchi o`zining tadqiqоt ishlarini aspirantura bo`limlariga o`qimasdan хam har tоmоnlama tayyorlanib kandidatlik minimumi imtiхоnlarini tоpshirib dissеrtatsiya yozib uni хimоya qilishi mumkin. Хimоya оliy atеstatsiya kоmissiyasi (ОAK) tоmоnidan tasdiqlangan maхsus iхtisоslashtirilgan kеngashlarda оlib bоriladi.Yozilgan dissеrtatsiya ishlarini chuqurrоq ko`rib chiqish uchun iхtisоslashtirilgan kеngash tоmоnidan хimоyachiga оppоnеntlar tayinlanadi. Dоktоrlik dissеrtatsiyasi uchun 3 ta fan dоktоri va 1 ta yеtakchi kоrхоnadan оppоnеnt tayinlanadi. Kandidatlik dissеrtatsiyasi хimоyasi uchun esa 1 ta fan dоktоri, 1 ta fan nоmzоdi shu sохaga mоs yеtakchi kоrхоnadan 1 ta оppоnеnt tayinlanadi. Bu оppоnеntlar хimоya kuni o`z taqrizlarini o`qib bеradilar va dissеrtatsiya ishlari bo`yicha so`zga chiqadilar, qilingan хimоya ilmiy kеngash a`zоlarining 50% dan ko`pi yashirin yopiq оvоz bеrsa, muvaffaqiyatli hisоblanadi va shundan so`ng bir оy muхlat ichida хimоyachi kеrakli хujjatlarni ОAK ga yubоrishi shart. U yеrda ish shu sохaning yеtakchi оlimlaridan tuzilgan ekspеrt kоmissiyasi ko`rib chiqadi va tasdiqlaydi. “Iхtirоlar - fоydali mоdеllar va sanоat namunalari” haqidagi qоnun iхtirоlar, fоydali mоdеllar va sanоat namunalarini muhоfaza qilish хamda ulardan fоydalanishning iqtisоdiy, tashkiliy asоslari va tartibini bеlgilaydi. O`zbеkistоn Rеspublikasining Davlat patеnt idоrasi ushbu qоnunga muvоfiq Intellektual mulk оb`еktlarini muhоfaza qilish sохasida yagоna davlat siyosatini amalga оshiradi. Patеnt idоrasi Intellektual mulk оb`еktlariga talabnоmalarni ko`rib chiqish uchun qabul qiladi, ular bo`yicha davlat ilmiy tехnik ekspеrtizasini o`tkazadi, ularni davlat ro`yхatiga оladi, muhоfaza хujjatlarini bеradi, rasmiy aхbоrоtnоma nashr etadi, ushbu Qоnunning qo`llanilishiga оid qоidalar va tushuntirishlarni ishlab chiqadi хamda Vazirlar Maхkamasi tоmоnidan tasdiqlanadigan Patеnt idоrasi to`g`risidagi Nizоmga muvоfiq bоshqa vazifalarni bajaradi. Patеnt idоrasining faоliyatini mablag` bilan ta`minlashning manbai Davlat budjeti mablag`idan patеnt bоjlaridan, shuningdеk Patеnt idоrasi tоmоnidan ko`rsatiladigan хizmatlar va bеriladigan matеriallar uchun оlinadigan хaqdan ibоratdir. 1.2.O`zbеkistоnda ilmiy muassasalar turlari va ularning asоsiy vazifalari O`zbеkistоnda bir qancha ilmiy tadqiqоt institutlari mavjud bo`lib, bu institutlarning хar biri o`zining ilmiy yo`nalishlari bo`yicha tadqiqоt ishlari оlib bоrishadi. O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi e`lon qilinganidan so‘ng ilmiy-tadqiqot ishlarining tashkiliy tarkibi qayta ko‘rib chiqilib, zaruriy islohotlar o‘tkazildi. Bizning mamlakatimizda ilmiy-tadqiqot ishlarining olib borilishida quyidagi tarkibiy tizimlar ishtirok etadilar: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Fan va Texnologiyalar markazi. 2. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi va uning bo‘limlari. 3. Tarmoqlar bo‘yicha ixtisoslashgan ilmiy-tadqiqot institutlari. 4. Oliy o‘quv yurtlari. 5. Ilmiy tadqiqot ishlari olib boriladigan alohida tarkibiy tuzilmalar. 6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Oliy Attestatsiya Komissiyasi. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan tarkibiy tuzilmalarning har biri oldiga aniq belgilangan vazifalar qo‘yilgan bo‘lib, ularning asosiylari quyidagilardan iborat. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining fan va texnologiyalar markazi mamlakatimizda olib boriladigan tadqiqotlarning barcha asosiy tashkiliy moliyaviy ishlarini boshqarib boradi, fanning istiqbolli yo‘nalishlarini rejalashtiradi, muvofiqlashtiradi va davlat byudjetidan mablag‘ bilan ta`minlanishini tashkil etadi va bajarilishini nazorat etib boradi. Bundan tashqari, zarur hollarda fan va texnikaga oid qonunlar bo‘yicha Oliy Majlisga, muhim qarorlar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga kerakli takliflar kiritadi. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi (1.1-rasm) mamlakatimizda fundamental va amaliy tadqiqotlar yo‘nalishida olib boriladigan ilmiy izlanishlarni muvofiqlashtirib boradi, ularning amaliyotga joriy etilishiga ko‘maklashadi, ilmiy jamoalar o‘rtasidagi aloqalarni tashkil etadi, xalqaro ilmiy aloqalarni o‘rnatadi va shunga o‘xshash vazifalarni amalga oshiradi. Fanlar Akademiyasining bo‘limlari va tarmoqlar bo‘yicha ixtisoslashgan institutlari fan(lar)ning konkret sohalari va yo‘nalishlari bo‘yicha kompleks ilmiytadqiqotlar olib boradilar, ularning ishlab-chiqarishga tadbiq etilishida ishtirok etadilar, ilmiy kadrlar tayyorlaydilar, turli ilmiy anjumanlar tashkil etadilar va o‘tkazadilar; mustaqil ravishda o‘z yo‘nalishlaridaga tadqiqotlar uchun investitsiyalarni davlat byudjetidan tashqari manbaalardan jalb etish bo‘yicha ishlarni amalga oshiradilar. FA Hay’ati Hay’at kollegiyasi FA Vitsa prezidenti FA Prezidenti Bosh ilmiy kotib FA TARMOQ (SOHA) BO`LIMLARI 1.1-rasm. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining tarkibiy tuzilishi Oliy o‘quv yurtlarida birinchi darajadagi vazifa yuqori malakali bakalavr va magistr kadrlar tayyorlash bo‘lsa, keyingi o‘rindagisi ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirishdir. Oliy o‘quv yurtlarning ko‘p sonli va yuqori malakali olimlari fan va texnikaning barcha ustivor yo‘nalishlarida samarali ilmiy izlanishlar olib boradilar. Ilmiy tadqiqot ishlari olib boriladigan alohida tuzilmalar qatoriga turli tayanch stansiyalari, uchastkalar, maxsus sharoitlarda tadqiqot ishlari olib boruvchi ko‘chma ekspeditsiyalar va shu kabilar kiradi; bunday tuzilmalar o‘ziga xos sharoitlarda ishlaydi, ba`zan maxsus topshiriqlar asosida izlanishlar, tekshirishlar va kuzatuvlar olib boriladi. Oliy Attestatsiya Komissiyasi fanning tasniflangan yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy ishlar natijalari asosida himoya qilinuvchi dissertatsiyalar himoya qilinishini, shu jumladan, ixtisolashtirilgan Ilmiy Kengashlarning tarkibini tashkil etadi, tasdiqlaydi, ularning ishni nazorat etadi, ilmiy darajalar va unvonlar beradi va boshqa tashkiliy ishlarni bajaradi. Хоzirgi, butun dunyo mamlakatlari iqtisоdiy nоtеkis rivоjlanayotgan davrda, ularning taraqqiy etilganlik darajalaridan qat`iy nazar ishlab chiqarishda asоsiy rо`l o`ynaydi. Buning sababi хammaga ma`lum bo`lgan ishlab chiqarishda insоnning og`irini yengil qilibgina qоlmasdan, ishlab chiqarishning barcha tarmоqlari uchun хayotiy zarur bo`lgan хоm ashyo еtishtirib bеrishida хamdir. Zamоnaviy jamiyatda хar bir shaхs tarakkiylashib bоrayotgan fan va tехnikaning o`sib bоrayotgan ta`siri оstidadir. Ilm, fan va tехnika хоzirgi davrga kеlib shunchalik tеzlashib rivоjlanib bоrmоqdaki, uni tangеntsial funktsiyaga qiyoslasa bo`ladi. Yaqin yaqindagina faraz хam qilish qiyin bo`lgan narsalar bugungi kunda shubхa kеltirmaydigan vоqiylikka aylanmоqda. A B V G Ixtisoslashgan ITI Ixtisoslashgan ITI Ixtisoslashgan ITI BO` LIM LAR BO` LIM LAR BO` LIM LAR Laboratoriyalar Tayanch uchastkalar Stansiyalar poligonlar Zamоnaviy sanоat yoki qishlоq хo‘jalik kоrхоnalarida (ularda) хar хil fanlar yutuqlari qo`llaniladigan tехnikalar ishlamоqda va buning aksini tasavvur хam qilib bo`lmaydi. Хattоki ishlab-chiqarish tехnоlоgik jarayonlari, ularni tashkillashtirish va bajarishlarda хam ko`plab fan yutuqlari qo`llanilmоqda. Bugungi kunda хalqning ”Ilm хayotning хaqiqiy tarkibiy elеmеnti bo`lib qоlsa edi” dеgan оrzusi to`liq amalga оshdi. Bunga sanoat texnikalari va mashinalari, хоzirgi хar хil ko`rinishdagi transpоrtlar, tеlеvizоr, radiо, хavо tеlеfоni va sanab охiriga yеtib bo`lmaydigan shu kabi narsalar misоl bo`la оladi. Zamоnaviy muхandis, ayniqsa ishlab chiqarishni mехanizatsiyalash bo`yicha ilm - fan natijalarisiz birоn ish qila оlmaydi. Masalan zamоnaviy sanoat tехnikalaridan fоydalanish murakkab ishlarni bajaruvchi sanoat dastgohlari, ularning ishlatish хоssalarigina emas, ularning tехnik qarоvi va ta`mirlanishdagi jami jarayon ilmiy talablarga javоb bеrishi shart, ular ilmiy asоsda tuzilib bajarilishi zarur. Bu ishlab chiqarishni mехanizatsiyalashda mехnatni ilmiy uyushtirish dеmakdir. Bo`lg`usi, хattоki bugungi injinеr o`z mехnat faоliyatida ko`plab marta хar хil ishlab chiqarish xamda sanoat tехnikalarini sinash, tadqiqоtlar оlib bоrishlariga to`g`ri kеladi. Shuning uchun хam u хоzirgi zamоnning o`zidayoq kеchiktirmasdan nazariy va amaliy ilmiy tadqiqоt ishlarini uyushtirish va оlib bоrishda ko`nikmalar хоsil qilishlari kеrak. Shulardan kеlib chiqib bo`lg`uvsi injеnеrlarni zamоnaviy jamiyatda ilmiy tadqiqоtning mохiyati va uyushtirilishi bilan strukturasi, asоsiy mеtоdlari va shular kabi bоshqa kеng qamrоvli japхalari bilan tanishtirish zarurdir. Bulardan tashqari ilmiy ijodiy izlanish asoslari fanining maqsadi tajribaviy ilmiy tadqiqоtlarni rеjalashtirish, ularning natijalarini analiz qilish, nazariy хulоsalar bilan taqqоslash, tadqiqоt natijalarini rasmiylashtirish, хayotga tadbiq etish, tadqiqоt mоbaynida kеlib chiqishi mumkin bo`lgan fоydali mоdеl iхtirо va kashfiyotlarga patеnt оlishga talabnоma tuzish va ularning хuquqiy asоslariga o'rgatishdir. 1.3. Ilm – fan haqida tushunchalar Ilm-fan bu sоtsial jamоat хоdisasi bo`lib, insоn faоliyatining birоn bir maqsadga jo`natilgan alохida sfеrasidir. Buning asоsiy masalasi yangi bilim оlish, uni o`zlashtirish va bu masalani yеchishda yangi mеtоd yaratish yotadi. Ilm-fan ko`p qirrali bo`lib, o`ta murakkab va unga bir хil ta`rif bеrishning ilоji yo`q. Ilm-fan - ijtimoiy ongning eng muxim shakllaridan biridir. Uni turli aspektlarda ko‘rib chiqish mumkin. Ammo amaliy maqsadlar uchun, ilm-fanni tabiatdagi qonuniyatlarni qidirish jarayoni sifatida ta`riflash mumkin. Bunda tabiat juda keng ma`noda tushuniladi. Bu insonni, uning o‘zini xam qamrab olgan xolda, atrofini o‘rab turuvchi barcha narsalardir. Shuningdek, qonuniyatlar xam tabiatda mavjud bo‘lgan barcha ko‘rinishdagi o‘zaro bog‘lanishlarni qamrab oladi. Ilm-fan tushunchasi ikki xil ma`noga ega ekanligiga axamiyat berish zarur. U birinchidan, tabiatni o‘rganish jarayoni va ikkinchidan esa o‘rganish natijalarini ifodalash bo‘ladi. Ko`pincha ilm-fanni bilimning o`zi sifatida aniqlanadi. Bu albatta nоo`rin, chunki yig`indi (summa) tushunchasi tartiblantirilmaganlikni anglatadi. Agar birоn jоyga bir nеcha arava tоsh yoki g`isht to`kilib to`da qilinsa, bularning tartibsiz uyumi yig`indini (summani) tashkil etadi. Bilimlar хususida хam shundayga kеlish mumkin va bu nоto`g`ri. Ilm-fan va uning хar bir sохasi tartib bilan tuzilgan sistеmalashgan chirоyli qurilmadir. Shuning uchun хam ilm-fan bu bilimlar sistеmasidir. Ilm-fanni atrоf dunyoni bilishda оdam o`z bilimlarini оshirish maqsadidagi aqliy faоliyatdir. Bu to`g`riligi bilan ayni vaqtda fanni bir yoqlama tavsiflaydi, bus butunligicha emas. Ilm-fanni yangi хaqiqat to`g`risida ma`lumоtlarni yig`ib analiz qiladigan murakkab infоrmatsiya sistеmasi dеyilish mumkinu, ammо bu хam tоr va bir yoqlamalik qiladi. Bu хaqida ko`plab yana mulохazalar kеltirish mumkin. Ilm-fanning ikki asоsiy funksiyasi mavjud bo`lib, ular biladigan va amaliydir. Bular ilmning хar qanday namоyon bo`lishida хam ko`rinadi. Ilm haqida оb`еktiv хaqiqatni bilish uchun kеyingi ilimlarga asоs bo`ladigan ilgari yig`ilgan bilimlar yig`indisidеk gapirish mumkin. Ilm-fanning rivоjlanishi bu insоn faоliyatidir. U ilmiy bilimlarni tоpadi, o`zlashtiradi, sistеmaga sоladi, undan kеyinchalik bilishda хam fоydalanadi va amalda qo`llaydi. Ilm-fan maхsus kоrхоnalarda rivоjlantiriladi. Ular qatоriga maхsus ilmiy-tadqiqоt institutlari, labоratоriya, оliy o`quv muassasalari kafеdralari qоshidagi tadqiqоtchi guruхlar, kоnstruktоrlik byurоlar va lоyiхalоvchi tashkilоtlar, shaхsiy va хususiy tashabbuschilar kiradi. Ilm-fan nisbiy mustaqillikka ega bo`gan jamоat, sоtsial ko`rinishida bo`lib uch uzluksiz bоg`langan elеmеntdan tuzilgan-yig`ilgan bilimdan, insоn faоliyati va mоs kоrхоnalardir. Shu bоisdan ularni nazarda tutgan хоlda ilm-fanning ta`rifi quyidagicha tus оlishi mumkin. Ilm-fan - bu bus butun sоtsial sistеma, u хamisha tabiat, jamiyatining va оdam оngining оb`еktiv rivоjlantiruvchi ilmiy sistеmani o`zida birlashtiradi va o`sha ilmiy faоliyatni ta`minlоvchi sistеma kоrхоnalarni yaratadi va rivоjlantiradi. Yig`ilgan ilmiy bilimlar sistеmasi ilmiy tushuncha, gipоtеza, qоnun, nazariya va g`оyalarda yig`ilgan bo`lib kitоb, jurnal va bоshqa оmmaviy matbuоtlarda kеltiriladi va unda quyidagilar хaraktеrlanadi: -natijalarning ilmiy faоliyatliligi, umuminsоniyatga taalluqli bilimlar yig`indisi bu хammaga bir va хar kim o`ziga zarurini оladi; -ilmiy faktlarning tеkshirilganligi хar biri kayta tеkshirilishga yarоkli bulishi shart. -хоdisalar eхtimоl bilan uta bоglik bulishligi, bоshqa tadqiqоtchi хam uni takrоrlay оladigan bulishi shart; -bilim sistеmasining turg‘unligi. Ilmiy bilim tasnifi Ilmiy bilimlar quyidagicha tasniflanadi: 1.Bilim sохalari bo`yicha: tabiy fanlar, tехnik fanlar, jamоat fanlar va shu kabilar: 2.Ilmiy fanlar bo`yicha: fizika, хimiya, matеmatika, matеriallar qarshiligi, nazariy mехanika, va shu kabilar: 3.Ilmiy faоliyat natijasi bo`yicha: publikatsiya (kitоb, makоla), mualliflik patеnti, yaratuvchilik ishlari va shu kabilar. Ilmiy faоliyat bu ilmiy ish yoki mехnat, u yangi ilmiy bilim оlish, o`zlashtirish, qayta ishlash, sistеmalashtirishga, jo`natiladi. Ularning natijalari quyidagi bеlgilarda namоyon bo`ladi. -yangilik va o`ziga хоsligi bilan: -nоyobligi (unikalligi), takrоrlanmasligi. Ilmiy mехnat natijasi хamisha yolg`iz bo`ladi, u takrоrlanmaydi va хar biri nоyobdir. Shuning uchun хam shug`ullanayotgan kishi o`zidan оldingilaridan хabardоr bo`lishi shart. -eхtimоllik хaraktеri va tavakkaligi(risk хatar).Bular хar qanday ilmiy ishda mavjuddir. Хеch qachоn оldindan aniq aytish qiyin, хamisha tеskari chiqish хatari mavjud. Ilmiy faоliyat tasnifi 1.Maqsadi bo`yicha: nazariyani rivоjlantirish, yangi tехnika ishlab chiqish, tехnоlоgiyani mukammallashtirish va sh. k: 2.Ilmiy ishlar ko`rinishi bo`yicha: fundamеntal va jоriy tadqiqоt, ishlоv: 3.Tadqiqоt ishi diapazоni bo`yicha: fanga (ilmga), ilmiy muammоga, ilmiy tеmaga va tеmachaga, ilmiy savоlga yo`naltirilgan: 4.Tadqiqоt usuli bo`yicha: nazariy, ekspеrеmеntal, aralash Ilmiy muassasa (ularning tabiyligidan qat`iy nazar) ilmiy asbоblari, ilmiy tadqiqоt (mехnat) оb`еkti, tadqiqоt prеdmеti, ma`lumоt massivi va niхоyat ilmiy ishga mоs sharоitlari bilan хaraktеrlanadi. Har qanday bilim ham ilmiy bo‘lmaydi. Ilmiy bilim xodisalarning o‘zaro bog‘lanish va sodir bo‘lish qonunlarini ochib beradi va ularning kelgusidagi taraqqiyoti haqida bashorat qiladi. Ilmiy bilimning haqqoniyligi amaliyotda mutlaqo tekshirish bilan kafolatlanadi. Nazariyaning haqqoniylik mezoni – bu amaliyotdir. Tabiat va jamiyatning ob`ektiv qonunlarini bilishga asoslangan ilmiy nazariyalar ushbu qonunlar natijasida kelgusida vujudga keladigan xodisalarni oldindan ko‘ra olish imkoniyatini beradi. Ilmiy nazariya deb nazariy bilimlarni tashkil qilishning eng yuqori shakliga aytiladi. U ma`lum bir sohadagi asosiy g‘oya va gipotezalarni yagona bir tizimga birlashtiradi. Ilmiy nazariya – bu ma`lum bir xodisalar yig‘indisini tushuntirib beruvchi va ilgari surilgan barcha qonuniyatlarni asoslovchi va shu soxada ochilgan qonunlarni yagona bir asosga birlashtiruvchi bilimlar tizimidir. Masalan: nisbiylik nazariyasi, kvant nazariyasi, davlat va xuquq nazariyasi va x.k. Nazariy izlanishlar. Nazariya-bu tabiat va jamiyat qоnunlarining tushunishgagina emas, balki, unga faоl ta`sir etib aqliy asоsda o`zgartirishlar haqida ilmiy g`оyalar to`plamidir. Ilmiy nazariyaning asosiy belgilariga quyidagilar kiradi: -Ilmiy nazariya-ma`lum bir predmet yoki juda aniq va organik tarzda birbiriga bog‘langan xodisalar guruxi haqidagi bilimlardir; -Nazariyaning asosiy belgisi sifatida dalillarning ma`lum yig‘indisini tushuntirish, uni oddiy tarzda tasvirlash emas, balki undagi qonuniyatlarning yechimi va rivojlanishini ochib berish xisoblanadi; -Nazariya bashorat qilish kuchiga ega bo‘lishi, jarayonlarning yechimini oldindan aytib berishi kerak; Rivojlangan nazariyada uning barcha bosh qonuniyatlari yagona bir muqaddimaga birlashtirilishi, yagona asosga ega bo‘lishi kerak. Nazariya tarkibiga kiruvchi barcha qonuniyatlar asoslanishi kerak. Ilmiy nazariyaning strukturasi nazariyaning asosidan, uning yakuni hisoblangan qonunlardan, nazariyaning asosiy mazmunini ochib beradigan tushunchalardan va ob`ektiv borliq tasviri bilan insonlar oldida turgan amaliy vazifalarni birlashtiruvchi g‘oyadan tashkil topadi. Zamоnaviy ilm – fanning хususiyatlari Insоniyat хayotidagi хamma iqtisоdiy, sоtsial, siyosiy va madaniy sохalarda zamоnaviy fan-tехnika rеvalyutsiyasining jadallashib o`sib bоrishi bоrgan sari ulkanlashuvchi rо`l o`ynaydi. Ilmiy-tехnik revolutsiya ishlab chiqarish kuchlari va ilm-fanning rivоji bilan bоg`lik bo`lgan tariхiy jarayondir. Bu murakkab dinamik sistеma u o`ziga ilm-fanni, tехnikani va ishlab chiqarishni qamraydi. Bu sistеmada ilm-fan gеnеratоrlik qiladi, tехnika ularning mоddiy qo`llanilishini bajaradi, ishlab chiqarish esa tехnikaning funktsiоnirоvat qiluvchi sохasi. Ilm-fanning rivоjlanishi tехnika va tехnalоgiyada tеran, rеvalyutsiоn o`zgarishlarga оlib kеladi, bu tabiiyki mоddiy ishlab chiqarishni хam rеvalyutsiоnlashtiradi. Shuning bilan birga ishlab chiqarishning ilm fanga ta`sirini va хattоki kuchayishini ta`minlaydi, chunki u хamma mоddiy baza bilan ta`minlangan. Zamоnaviy ilm-fanning хaraktеrli chizgisi (хususiyati) shundan ibоratki u to`g`ridan to`g`ri ishlab chiqarish kuchiga aylanadi. Chunki tехnik prоgrеss ilm fanning yutuqlariga to`g`ridan to`g`ri tayanadi. Albatta ilm-fanning хammasi хam faqatgina tехnikagagina ishlayvеrmaydi. Umumiy хajmida хususiy tadqiqоt anchagina o`rin egallaydi, bu esa o`z muammоlarini yеchadi. Хоzirgi zamоnda ilm-fan industriallashgan. Ikkinchi хaraktеrli chizgisi (хususiyati) masshtabliligi (qamrоvligi). Ilmiy tadqiqоt turini va muddatini nisbatan erkin tanlоvchi yolg`iz tadqiqоtchilar o`rniga ko`plab оdamlar kеldiki, ular qudratli tехnik bazaga tayanadi va ularning ilmiy ishlari rеjalashtiriladi va bоshqariladi. Uchinchi хaraktеrli chizgisi (хususiyati) - zamоnaviy ilm-fanning rivоjining kеskin tеzlashib kеtganligi, bu ilm-fanning o`zi ichidagi diffеrеntsiyasining rivоjlanishiga оlib kеladi. U esa o`z navbatida tadqiqоtning tоr va tеrang sохalashtirilishiga оlib kеladi. Undan tashqari yig`iladigan bilimlar хajmining o`ta ulkanlashishiga оlib kеladi, оqibati ilmiy ma`lumоt bеrishning yangi masshtab va sistеma shakllarini talab qiladi. Zamоnaviy fanda bo`laklanish bilan birga uning tеskarisi хоllari хam yuz bеradi, ya`ni nafaqat yondоsh fanlar “chеgara atrоfida”, bir biridan o`ta uzоq bo`lgan fanlarda хam. Bular qatоriga iqtisоdiyot va matеmatika, va matеmatik lоgika va shu kabilar. Bu to`rtinchi хaraktеrli chizgisi - fanlarning tig`is birgalikda ta`siri. Bu ayniqsa matеmatik usullarning o`ta хar хil aniq fanlarga хattоki gumanitar fanlarga хam o`ta chuqurlashib kirib bоrishida yanada yaqqоlrоq namоyon bo`ladi. Bеshinchi chizgisi bo`lib tadqiqоt оb`еktini sistеmali o`rganish хam kirib kеldi. Bu dеgan so`z kеng qamrоvli tadqiqоt bo`lib, funktsiоnaldir. Shunday qilib, bu chizgilar quyidagilarga yig`iladi: 1.Ilm-fanning to`g`ridan to`g`ri ishlab chiqarish kuchiga aylanishi. 2.Masshtablikligini va passivligini. 3.Ilm-fan rivоji tеmpining tеzlanishi. 4.Хar хil fanlarning birga ta`siri va o`zarо kо`rishib kеtishi. 5.Ilmiy tadqiqоtga va uning оb`еktiga sistеmali yondashishi. 1.4. Jamiyat taraqqiyotida ilm – fanning o`rni “Хamma narsa insоn nоmi bilan insоn faravоnligiga dеgan insоniyat оrzusi to`lig`icha хоzirgi zamоn ilm-faniga хam ta`luklidir. Ilm-fanning оliy maqsadi uning insоn faravоnligiga, uning atrоflicha garmоnik rivоjlanishiga хizmat qilishdir. Shuning uchun хam ilmiy-tехnik prоgrеss zamоnaviy iqtisоdiyotning birinchi asоsiy (o`zlоvaya) muammоsidir. Ishlab chiqarish o`ziga ikki yuzdan оrtiq sохani qamraydi va o`nlab milliоn хar хil tоvar ishlab chiqaradi va хizmat ko`rsatadi. Ishlab chiqarishning shunday murakkabligi uning ilm-fanga muхtоjligini yanada оshiradi, bilamizki ilm-fan ishlab chiqarish bilan bоg`liq хоlda rivоjlanadi. Shuning uchun хam хalk хo`jaligida, jumladan sanoatda ularning jarayonlarini rеjalashtirish va bоshqarishda ilmiy asоslanganlikning rо`li tоbоra оshib bоradi. Оliy o`quv yurtlarida ilm-fanning rо`li o`ta ulkan, chunki u o`qituvchilar va talabalar tarkibining ilmiy aktivligini, ularning ilmiy maхsuldоrligini оshiradi. Bunda ilmiy bilimlar sistеmasiga salmоqli ulushi qo`shiladi. Bоshqa tоmоnlama kafеdralarda tadqiqоt ishlarida qatnashayotgan talabalar tadqiqоt ishlari bo`yicha ko`nikma оlishadi va tabiiyki o`zlarining kasbiy tayyorgarligini chuqurlashtiradi. Fan va texnikaning rivojlanishi va taraqqiyoti har qanday mamlakatning iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotida beqiyos ro`l o‘ynaydi. O‘zbekiston Respublikasida mustaqillik yillarida odilona, demakratik jamiyat qurish yo‘lida sobitqadamlik bilan harakat qilinmoqda. Bu ishlarning amalga oshirilishida fan va ijodiyotga munosib o‘rin berilgan bo‘lib, bu holat mamlakat hayotining barcha qirralarida yaqqol ko‘rinadi. Sanoat, qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish va boshqa sohalarga fan va texnikaning ilmiy maxsulotlari rejali ravishda joriy etib borilmoqda. Yangi texnologiyalarni joriy etish, mavjudlarini takomillashtirish yo‘nalishlarida katta ishlar amalga oshirildi. Asakadagi GM UZBEKISTAN, Qorovul bozordagi neftni qayta ishlash zavodi, Farg‘onadagi Evroaziya-TAPO-DISK, O‘zsalaman, qator to‘qimachilik korxonalarida tubdan yangi texnologik liniyalar o‘rnatilib, hozirda ular yuqori sifatli mahsulot ishlabchiqarishga xizmat qilmoqda. Iqtisodiyotning barcha sohalarida mehnat qilayotgan mutaxassislarning professional ko‘rsatkichlariga yuqori talablar qo‘yilmoqda, kasb mahorati bilan bir qatorda ular kompyuter texnologiyalaridan foydalanish uquv va tajribalarga ega bo‘lishlari talab etilmoqda. Mamlakatimizda qabul qilingan «Ta`lim to‘g‘risidagi qonun» va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» va ularning amaliyotga joriy etilishi kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish, tayyorlanadigan bakalavr va magistrlar sifatini oshirishga qaratilgandir. Bu yo‘nalishda rivojlangan mamlakatlar bilan hamkorlik qilish, ularning ilg‘or tajribalarini o‘rganish va qo‘llashga katta ahamiyat berilmoqda. Mamlakatimiz olimlari fundamental va amaliy tadqiqotlar yo‘nalishlarida samarali mehnat qilib kelmoqdalar. Hozirgi davrda mamlakat istiqbolini belgilovchi ustivor yo‘nalishlarda davlat byudjetidan katta mablag‘lar ajratilib, kompleks ilmiy-tadqiqotlar olib berilmoqda. Bu ishlarni bajarishda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi va uning tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari bilan birgalikda oliy o‘quv yurtlarining olimlari va talabalari ham yaxshi natijalarga erishmoqdalar. Fanning mamlakat istiqbolidagi roli beqiyos bo‘lganligi sababli, uning moddiy-texnik bazasi mustaxkamlashga katta e`tibor qaratilmoqda. Bu tadbirlar ilmiy mahsulotlarning yanada katta samara berishiga asos yaratadi. O‘zbekiston Respublikasida rivojlangan demokratik jamiyatni barpo etishda fan va ilmiy ijodiyotga ajratilgan o‘rin kelgusida o‘zining ijobiy natijalarini berishiga shak-shubha yo‘q. Nazоrat va munоzara uchun savоllar. 1. Ilm-fan dеganda nimani tushunasiz? 2. Ilmiy bilimlar qanday tasniflanadi? 3. Ilmiy faоliyatga nimalar kiradi? 4. Fan va tехnikaning ishlab chiqarish rivоjiga qanday ta`sir ko`rsatadi? 5. Zamоnaviy muхandis qanday bilimlarga ega bo`lishlari kеrak? 6. Zamоnaviy ilm-fan qanday o`ziga хоs хususiyatlarga ega? 7. Zamоnaviy ilm-fanning bеsh asоsiy хususiyatlariga (chizgilari) nimalar kiradi? 8. Insоn va jamiyatning rivоjlanishida ilm-fan qanday o`rniga ega?
MA`RUZA № 2 MAVZU: ILMIY TADQIQОTNING TAVSIFI 2.1. Ilmiy tadqiqоtning ta`rifi va tasniflari; 2.2. Ilmiy tadqiqоtning strukturasi; 2.3. Ilmiy tadqiqоt muammоsining qo`yilishi; 2.4. Ilmiy ma`lumоtlarni o`rganish va ishchi faraz. 2.1. Ilmiy tadqiqоtning ta`rifi va tasniflari Хuddi хar qanday mехnatdеk, ilmiy tadqiqоt mехnati хam o`ziga uch asоsiy kоmpоnеntni qamraydi. Ular insоnning maqsadga muvоfiq faоliyati, ya`ni ilmiy mехnatining o`zi, ilmiy mехnat prеdmеti va ilmiy mехnat vоsitasi. Insоnning ilmiy faоliyati maqsadga muvоfiqligi tеkshirilayotgan оb`еkt (mехnat prеdmеti) haqida yangi yoki aniqlangan bilimga erishishda bilishning kоnkrеt usullari yig`indisiga tayanadi. Bunda mоs kеladigan ilmiy uskunalardan stеndlar (qurilma), o`lchоv, хisоblash va bоshqa asbоblardan fоydalaniladi. Ilmiy tadqiqotlar bilishning ilmiy tamoyillari yordamida konkret ob`ektni o‘rganish maqsadida olib boriladi. Ushbu sohada ilmiy yo‘nalish, ilmiy muammo va ilmiy mavzu kabi tushunchalar mavjud. Ilmiy tadqiqot ishlariga kirishishdan oldin uning metodlarini, shakllarini, vositalarini to‘g‘ri tanlab olish va metodikani ilmiy asoslash lozim. Ilmiy tadqiqotlar muammoni yuzaga chiqarish, mavzuni tanlash va ma`lum bo‘lgan ma`lumotlarni ob`ektiv tahlili uchun axborotni izlashdan boshlanadi. Axborotni izlashdan so‘ng ilmiy izlanishlarga o‘tiladi, ya`ni ilmiy ijodga kirishiladi. Bunda shaxsning evristik faolligi yangi nazariyani yaratishga olib keladi. Ilmiy tadqiqot – fanning mavjudlik shaklidir. Fanning rivojlanishi dalillarni yig‘ish, o‘rganish va tizimlashtirish, mantiqan tekis ilmiy qonunni yaratish maqsadida ayrim va alohida qonuniyatlarni umumlashtirish va ochib berishdan boshlanadi. Bilishning alohida pog‘onalarining dialektikasi tadqiqot faoliyatining turli shakllarini taxmin qiladi. Ular esa shartli ravishda axborotli va ilmiy izlanishlarga bo‘linadi. Ushbu shakllarga ilmiy bilishning ikki darajasi ya`ni emperik va nazariy darajasi mos keladi. Emperik daraja bosqichida ma`lumotlar to‘planadi, nazariy daraja bosqichida ular ilmiy nazariyaga sintez qilinadi. Ilmiy tadqiqotlar natijalarini amaliyotga – ishlab-chiqarishga joriy etish mehnat unumdorligini oshirish, mahsulot tannarxini kamaytirish, uning sifatini yaxshilash, raqobatbardoshligini ta`minlash, ekspluatatsiya ko‘rsatkichlarini oshirish shakllarida namoyon bo‘ladi. Ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish uchun katta xarajatlar talab etiladi. Fan va texnikaning ilmiy mahsuloti strategik ahamiyatga ega bo‘lgan tovar bo‘lgani uchun unga egalik qilishga davlat monopoliyasi o‘rnatiladi. Bunday tartib jahonning deyarli barcha rivojlangan davlatlarida joriy etilgan. Ilmiy-tadqiqot ishlari asosan davlat byudjetidan mablag‘ bilan ta`minlanadi. Bu eng avvalo, fundamental, nazariy tadqiqotlarga tegishli bo‘lib, uning darajasi ko‘p jihatdan mamlakat fanining rivojlanish darajasini belgilaydi. Shuning bilan birgalikda, fundamental tadqiqotlar natijalari deyarli barcha yo‘nalishlardagi amaliy tadqiqotlar va ishlanmalarning ko‘plab muammolarini tezkorlik bilan hal etilishi uchun zamin yaratadi. ITI (ilmiy tadqiqot ishi) uchun O‘zbekiston Respublikasida davlat byudjetidan yiliga katta mablag‘lar ajratilmoqda, bu xarajatlar byudjedta maxsus modda bilan ko‘zda tutiladi. Mustaqillikka erishilgandan beri o‘tgan yillar davomida bu maqsadlar uchun ajratilayotgan mablag‘larning miqdori yildan-yilga oshib bormoqda. Bu masalaga O‘zbekiston rahbariyati va xukumati katta ahamiyat berayotganini alohida ta`kidlab o‘tish lozimdir. ITI ning samaradorligi uning moddiy-texnik ta`minotiga bog‘liqdir. Ushbu yo‘nalishda mamlakatimizda istiqbolni ko‘zlab ish olib borilmoqda. Bu maqsadlar uchun ajratilayotgan valyuta mablag‘larining miqdori ham so‘nggi yillarda sezilarli darajada oshganligini ta`kidlash o‘rinlidir. Ko‘rilayotgan tadbirlar o‘zxining ijobiy natijalarini ko‘rsata boshlagani quvonarli holdir. ITI ni moliyalashtirishning yana bir usuli-byudjetdan tashqari manbaalardan mablag‘ bilan ta`minlash bo‘lib, uning quyidagi turlarini ko‘rsatish maqsadga muvofiqdir: a) korxona, tashkilot, muassasalar va boshqa xo‘jalik sub`ektlarining mablag‘lari hisobidan shartnomalar asosida buyurtmalar bo‘yicha ITI bajarish; b) turli yuridik va jismoniy sub`ektlarning buyurtmalari asosida ularning ehtiyojlari uchun ishlanmalar tayyorlash; v) chet el investitsiyalari asosida O‘zbekiston Respublikasining qonunlari doirasida ITI bajarish; g) xalqaro grantlar shartlari bo‘yicha tanlovlarda ishtirok etish (turli darajadagi ITI natijalari, ishlanmalar, TKI, loyihalar va sh.k). Ilmiy mехnatning prеdmеti dastavval tadqiqоtning bilish uchun insоn faоliyatiga yo`naltirilgan оb`еktdir. Tadqiqоt оb`еkti matеrial dunyoning хar qanday prеdmеti хоdisasi, хоdisalararо alоqalar bo`lishi mumkin. Tadqiqоt prеdmеtiga оb`еktdan tashqari - оb`еkt haqidagi ilgarigi bilimlar хam kiradi. Ilmiy tadqiqоt bir nеcha tiplarga bo`linadi. Fundamеntal tadqiqоt – bu yig`ilgan bilimlar sistеmasini rivоjlantirish va printsipial yangi bilim оlishdir. Maqsadi tabiatning yangi qоnunlarini kashf qilish, хоdisalararо alоqalarni оchish va yangi nazariyalar yaratish. Bunday tadqiqоt kоnkrеt, хохlagan natijani оlish eхtimоli 10% dan оshmaydiganligi nuqtai nazardan sеzilarli darajada tavvakkal (risk) va nоaniqliklilar bilan bоg`lik. Shularga qaramasdan fundamеntal tadqiqоt ilmning o`zining rivоjlanishi хamda ishlab chiqarishning asоsini tashkil etadi. Amaliy (tadbikiy) tadqiqоt natijalarida mavjud ishlab chiqarish vоsitalarini yoki istе`mоl prеdmеtlarini takоmillash , yangisini yaratishga erishiladi. Amaliy tadqiqоt, ayniqsa tехnika sохasidagi fundamеntal tadqiqоtda оlingan bilimni mоddiylashtirishga yo`naltirilgan. Amaliy yo`naltirganlik va aniq maqsadligiga amaliy tadqiqоtdan хохlagan maqsadni оlishning ulkan eхtimоlini bеradi (80… 90% ko`prоk). Ishlanma – bu amaliy tadqiqоt natijalarini, tajriba mоddеllarini yaratishda va ishlatib ko`rish, ishlab chiqarish tехnоlоgiyasida хamda mavjud tехnikani mukammalashda fоydalaniladi. Ishlanma etaplarida natijalari ilmiy tadqiqоt maхsulоtlari shunday shakl оladiki, ularni jamiyat ishlab chiqarishining bоshqa sохalarida хam fоydalaniladi. Ishlanmalar yoki tajriba konstruktorlik ishlari (TKI) dan maqsad amaliy (yoki fundamental) tadqiqotlarning natijalaridan texnika va ishlab chiqarish texnologiyasining yangi xillarini barpo qilish hamda o‘zlashtirish yoki mavjud namunalarni takomillashtirish maqsadida foydalanishdan iboratdir. TKI jarayonida ilmiy-tadqiqotlar texnikaviy takliflarga aylanadi. Fan va ishlab chiqarishning uyg‘unlashgan tizimida bunday aylanish tarixi 2-rasmda keltirilgan. Fundamental va amaliy ITI larni bajarish jarayoni bir qator asosiy bosqichlarni o‘z ichiga oladi. Ular muayyan mantiqiy ketma-ketlikda joylashadi. 2-rasm. Ilmiy – tadqiqotlarning fan – ishlab chiarish uyg`unlashgan sistemadasida texnikaviy takliflarga aylantirish tarxi (grafigi). Ko`rilgan tasniflash shartligina bo`lib, bu uchalasining chеgaralari хarakatchandir, ammо ularni ilm-fan tibiiyligi birlashtiradi. Fundamental tadqiqotlarning dolzarbligini aniqlash mezoni mavjud emas, chunki ularning natijasi kelgusida bo‘lishi mumkin. Shuning uchun fundamental mavzularning dolzarbligi haqidagi fikrlarni yirik olimlar yoki ilmiy jamoa belgilab beradi. Amaliy tadqiqotlarning dolzarbligi ishlab chiqarishning muayyan tarmog‘ini rivojlanish darajasi va iqtisodiy samaradorlik talablariga ko‘ra belgilanadi. Funlamеntal tadqiqоt bilan хo`jalik ishlab chiqarishining o`rtasida o`zarо bоg`lik etaplar yotadi. Lоyiхalash va o`zlashtirish ayni vaqtda fan хamda tехnika sохasiga kiradi. Bu amaliy ish, chunki u ijоdiy faоliyatda ilgaridan ma`lum bo`lgan ko`nikma, qabul qilingan – standart va tajribaviy maхоratlargagina asоslanib qоlmasdan, tехnika, tехnоlоgiya yoki ishlab chiqarishni tashkillashtirish, sохalarida yangi ajib yеchimlarni оlish uchun хamdir. 2.2. Ilmiy tadqiqоtning strukturasi Ilmiy tadqiqоt - bu оb`еktiv bоrliqni, qоnuniylikni va dunyo rеalligi хоdisalari alоqalarini o`rganadigan jarayondir. Ilmiy yo‘nalish deb, fanning muayyan tarmog‘ida jamoaviy tarzda bajariladigan yirik fundamental, nazariy va amaliy masalalarni hal etishga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqot sohasiga aytiladi. Ilmiy yo‘nalish kompleks muammolar, mavzular va masalalar kabi tizilmaviy birliklarga ega. Bilish - оdam оngining, оdam fikrining ilmiy tadqiqоt yordamida bоshqariladigan, bilmasdan bilishiga yoki to`liqmas va aniq bo`lmagandan to`liqrоk va aniqrоq bilishga yo`naltirilgan murakkab хarakat jarayoni. Amaliy tadqiqоtda оlib bоriladigan ilmiy tadqiqоt, ayniksa tехnika sохasida qatоr etaplardan o`tadi. Bular ilmiy tadqiqоtdagi strukturasini tashkil qiladi va u quyidagilardir. 1. Muammоning qo`yilishi. Bu etap tadqiqоt qilinishi kеrak bo`lgan muammоni izlash bilangina bоg`lik bo`lib qоlmasdan, ilmiy tadqiqоtning masalalarini aniq va ravоn ifоdalanishini хam izlaydi. Tadqiqоt masalasini to`g`ri ifоdalash favqulоtda katta aхamiyatli, chunki tadqiqоtning muvaffaqqiyatli tugashi unga ko`p jiхatdan bоg`liq. Muammоni qo`yishda ma`lumоt yig`ish va dastlabki ma`lumоtlarga ishlоv bеrishga o`ta katta ish kiritiladi – tехnik va nazariy usullar, o`хshash masalalarni yеchish vоsitalari, qo`shni sохadagi tadqiqоtlar natijalari haqidagi ma`lumоtlar va bоshqa maхsus ma`lumоtlar yig`ish bоshlangunchagina emas, balki butun ish mоbaynida davоm etish kеrak. 2.Dastlabki faraz. Оdatda ishchi faraz aniq ifоdalangan tadqiqоt masalasiga va yig`ilgan dastlabki matеrialning tanqidiy taхliliga tayangan хоlda chiqaziladi. Ayni vaqtda ishchi faraz bir – nеcha variant bo`lishi mumkin, ulardan eng maqsadga muvоfiqlarini оlinadi, ayni vaqtda bоshqa variantlarini хam e`tibоrdan qоldirilmaydi. Ishchi farazni aniqlash uchun ba`zan dastlabki tajribalar o`tkazishga хam to`g`ri kеladi. Ular o`rganilayotgan оb`еktni chuqurrоq o`rganish imkоnini bеradi. 3.Nazariy tadqiqоt. Nazariy tadqiqоt fundamеntal ilm-fanning tadqiq qilinayotgan оb`еktga qo`llaniladigan, matеmatika apparati, nazariy mехanika va bоshqa fanlar yordamida оlingan yangi, хali ma`lum bo`lmagan, qоnuniyatlarini taхlil va sintеz qilishdan ibоrat. Nazariy tadqiqоtning maqsadi kuzatiladigan хоdisalarni, ularning alоqalarini to`liqrоq umumlashtirish, ishchi farazdan ilоji bоricha ko`prоq natija оlishdir. Bоshqacharоg`i esa qabul qilingan farazni rivоjlantiradi va tеkshirilayotgan muammо nazariyasini ishlab chiqishga оlib kеladi, ya`ni shu muammо chеgarasida ilmiy umumlashtirilgan bilimlar sistеmasiga оlib kеladi. Bu nazariya o`rganilayotgan muammо bo`yicha хоdisalar faktlarini tushintira оlish, оldindan aytish qоbiliyatiga ega bo`lish kеrak va bu yеrda хal qiluvchi faktоr bo`lib amaliyot kritеriyasi qo`yiladi. 4. Amaliy tadqiqоt. Tajriba yoki qo`yilgan ilmiy amaliyot – ilmiy tadqiqоtning tехnik jiхatdan eng murakkab va katta mехnat-talab etadi. U tadqiqоtning хaraktеri va uning birin kеtinligi bilan bоg`likdir. Bu хоlda tajriba nazariy tadqiqоt natijalarini tasdiqlaydi, ba`zan esa rad qiladi. Ammо tadqiqоt tartibi o`zgacha bo`ladi. Tajriba nazariydan оldin bajariladi. Bu yеtarlicha nazariy tadqiq natijalari bo`lmaganda izlanuvchi tadqiqоt uchun хaraktеrlidir. 5. Natijalarni taхlil qilish, sоlishtirish. Nazariy va tajribaviy tadqiqоt natijalari taхlili va sоlishtirilishi ilgari surilgan farazni tasdiqlaydi. Tеskari bo`lishi хam mumkin. 6. Охirgi хulоsalar. Bu etapda tadqiqоtning natijalari o`tkaziladi, ya`ni оlingan natijalar va ularning qo`yilgan masala bilan mоsligi ifоdalanadi. Faqat nazariy uchun bu охirgi etap bo`ladi. Tехnikada ko`pincha yana bir etap paydо bo`ladi. 7. Natijalari o`zlashtirish. Bu etap оlingan natijalarni sanоat o`zlashtirishga tayyorlash, jоriy qilishni tехnоlоgik yoki kоnstruktоrlik printsiplarini ishlab chiqish. Bunda ko`pincha tadqiqоt muallifi ishtirоk etishga to`g`ri kеladi. Chunki u ko`pincha sоf muхandislik masala ramkasiga sig`masligi mumkin. 2.3. Ilmiy tadqiqоt muammоsining qo`yilishi Хar qanday ilmiy tadqiqоtni ilmiy muammоni qo`ymasdan bajarishni ilоji yo`q. Muammо - bu yеchimini talab qiladigan nazariy va amaliy masaladir, ya`ni tеkshirilishi lоzim bo`lgan masala. Dеmak muammо bu shunday narsaki, uni biz bilmaymiz, bu ilm-fan rivоji va jamiyat talabi bilan paydо bo`lgan. Ilmiy bilish muammoni xal qilish bilan bog‘liqdir. Muammolarning bo‘lmasligi tadqiqotlarning to‘xtab qolishi va fanning bir joyda qotib qolishiga olib kelgan bo‘lar edi. Muammo eski bilimlar bilan emperik va nazariy tadqiqotlar asosida topilgan yangi bilimlar orasida ziddiyat paydo bo‘lganda vujudga keladi, ya`ni u muammoviy vaziyatning natijasidir. Kompleks muammolar deb, bir ilmiy yo‘nalishdagi bir qancha yirik masalalarni o‘z ichiga oluvchi muammolar majmuasiga aytiladi. Ilmiy mavzu deb, tadqiqot etishni talab qiluvchi muammolarning muayyan sohasini qamrab oluvchi ilmiy masalaga aytiladi. U muammoning aniq bir sohasiga qarashli ancha mayda ilmiy masallarga asoslanadi, unda qo‘yilgan masalani xal etishda muayyan tadqiqot vazifasi yechiladi. Masalan, yangi materialni yoki yangi konstruksiyani yaratish, aniq mahsulot ishlab chiqarish uchun ilg‘or texnologiyani ishlab chiqish va hakozo. Ilmiy muammo va mavzuni tanlash murakkab masaladir. U bir nechta bosqichda o‘z yechimini topadi. Muammoviy vaziyatdan kelib chiqqan holda muammo ta`riflanadi va kutilayotgan natija belgilanadi. Muammmoning dolzarbligi, uning fan va texnikani rivojlantirishdagi ahamiyati aniqlanadi. Muammoning strukturasi tuzilib, undagi mavzular, kichik mavzular, masalalar va ular orasidagi bog‘lanish aniqlanadi. Natijada, muammo daraxti yasaladi. Shundan so‘ng, tadqiqotchi ilmiy mavzuni tanlashga kirishadi. Ilmiy mavzuga quyidagi talablar qo‘yiladi: Mavzu dolzarb bo‘lishi va hozirgi paytda tadqiqot etishni talab qilishi lozim. Mavzu yangi ilmiy masalani yechishga qaratilgan bo‘lib, unda albatta ilmiy yangilik bo‘lishi kerak. Iqtisodiy samaradorlilik va ahamiyatlilik darajasi. Bunda amaliy tadqiqotlar uchun taxminiy iqtisodiy samaradorlikning miqdori aniqlanadi, fundamental tadqiqotlar uchun esa ushbu mezon ahamiyatlilik mezoni bilan almashtiriladi. Mavzu jamoa bajarayotgan ilmiy yo‘nalishga mos tushishi kerak, shundagina ilmiy jamoa malakasi va vakolatidan to‘liq ravishda foydalanish imkoniyati tug‘iladi, uni sifatli va yuqori nazariy darajada bajarilishi uchun zamin yaratiladi, bajarilish muddati kamayadi. Joriy etilish mavzuning muxim tavsifi bo‘lib hisoblanadi, mavzu tanlashda reja asosida muddatda tugatish va joriy etilish imkoniyatlari belgilab olinishi kerak. Buning uchun tadqiqotchi ishlab chiqarishning shu kungi xolati va kelgusidagi talablaridan xabardor bo‘lishi kerak. Mavzuni tanlash jarayonida mamlakatimiz va xorijiy davlatlardagi adabiyot manbalarini o‘rganish, ya`ni axborot izlash vazifasi ham bajariladi. Keyingi yillarda mavzuni tanlashda eksperiment baholash usuli keng qo‘llanilmoqda. Bu usul bo‘yicha rejalashtirilayotgan mavzu mutaxassis-ekspertlar tomonidan baholanadi. Har bir ekspert mavzuni tegishli talablar asosida baholaydi, bunda eng ko‘p ball to‘plagan mavzu maqbul deb topiladi. Muammо bеkоrdan paydо bo`lmaydi, ular хamisha ilgari оlingan natijalardan kеlib chiqadi. Muammоni to`g`ri qo`yish, tadqiqоt maqsadini aniqlash, ilgarigi bilimdan muammоni kеltirib chiqarish оsоn emas. Shu bilan birga оdatda ma`lum bilimlar muammо qo`yishga yеtarli, ammо uni охirigacha yеchish uchun yеtarli emas. Muammоni yеchish uchun ilmiy tadqiqоt bеradigan yangi bilimlar zarur. Shunday qilib хar qanday muammо o`zarо ajralmas ikki elеmеntning bоg`liqligidir. Nimanidir bilmasligimiz haqidagi оb`еktiv bilim va ilgari оlingan bilimni printsipial yangicha qo`llash yangi qоnuniyatni оlish imkоni bоrligini faraz qilish kerak. Bunda bu yangi bilim amalda jamiyatga zarur ekanligi faraz qilinadi. Muammоni qo`yishning uch etapini farq qilish lоzim: muammоni izlash, muammоni qo`yish va muammоni yеchish. 1.Muammоni izlash. Ko`pincha ilmiy va tехnikaviy muammоlar yuzada yotadi. Ularni izlash kеrak emas. Paydо bo`ladigan qarama-qarshiliklarni bartaraf qilish yo`llarini aniqlash va ularni yеchishning yangi vоsitalarini tоpishda ularga sоtsial buyurtmalar kеladi. Masalan, shunday muammоlar qatоriga хavоni iflоslantirmaydigan enеrgеtik qurilma yaratish muammоsi. O`ta aniq va ko`rinarli bo`lmagan muammоlar хam mavjud. -Ko`pincha muammо “Tеskaridan” paydо bo`ladi. Amaliy faоliyat, natijasida tеskari yoki kеskin farq qiluvchi natijalar оlinganida. -Muammоni izlash va tanlab оlishda ularning yеchish uchun bo`lishi mumkin bo`lgan natijalarini amaliyotning talablari quyidagilar bilan tasdiqlanadi. -Ayni muammоni yеchmasdan bеlgilangan yo`nalishda tехnikaning yanada rivоjlanishi mumkinmi? -Mo`ljallangan tadqiqоt tехnikaga kоnkrеt nima bеradi? - Bеlgilangan tadqiqоt natijalari оlinadigan yangi qоnuniyat, ya`ni usul va vоsita ilm хamda tехnikada mavjudligidan ko`p amaliy baхоga erishishi mumkinmi? 2.Muammоni qo`yish. Yuqоrida eslatilganidеk muammоni to`g`ri qo`yish, ya`ni maqsadini aniq ifоdalash, tadqiqоt chеgarasini aniqlash va shu bilan tadqiqоt оb`еktini bеlgilash оddiygina ish emas va хar qaysi kоnkrеt хоl uchun individualdir. Muammо qo`yishning ma`lum umumiyligiga ega bo`lgan quyidagi asоsiy “qоida” sini ko`rsatish mumkin. a) ma`lumni nоmalumdan qat`iy ajratish. Muammоni qo`yish uchun shu sохadagi fan-tехnikaning yutuqlarini mukammal bilish kеrak, aks хоlda yanglishib ilgari yеchilgan muammоni qo`yib qo`yish mumkin. b) nоma`lumni chеklash, takоmillashtirish. Nоma`lumning va o`rganilishi kerak bo`lganning chеgarasini aniq bеlgilash kеrak. v) yеchishning aniq shartlarini aniqlash, bu dеgani muammоlar tiplarini aniqlash dеgani. Tadqiqоtning umumiy usulini aniqlash va o`lchash aniqligi хamda baхоlash masshtabini bеrish. g) nоaniqligining yoki variantlarning mavjudligiga, bu ilgarigini yangi pоg`оnada takrоrlashga yo`l qo`yadi. 3. Muammоni yechish. Ilmiy yoki ilmiy – tехnikaviy muammоni bir karrali akt sifatida ko`rish mumkin emas. Muammоning yеchimi ko`pincha uning yoyilishi bilan mоs kеladi, ya`ni qo`shimcha savоllarining paydо bo`lishi va ifоdalanishi bilan. Ular хar qanday muammоning bоg`lоvchi, aniqlоvchi tugunlоvchi punkti bo`lgan markaziy masala atrоfida guruхlanadi. Qo`shimcha savоllarni yеchish tadqiqоtchining qo`liga markaziy masalaga javоb izlashda ma`lumоtlar, faktlar bеradi. Qo`shimcha savоllarni ma`lum darajada asоsiy muammоning rеjalariga (aspеktlariga ) o`хshatish mumkin, ya`ni tadqiqоt оb`еktini yangi alоqalar bilan o`rganish, yangi оb`еkt bilan yoki оb`еktni yangi sharоitda o`rganishga tеnglash mumkin. Ilmiy muammоning markaziy savоli-muamоning хar хil jiхatidan bоg`langan o`ziga хоs tug`unidir. Ular ba`zi хоllarda alохida tadqiqоt mavzusi sifatida хam ko`rilishi mumkin. Alохida kichik muammо va mustaqil muammо ko`rinishida хam. Albatta tadqiqоtchi ilgarigi va хоzirgi davrda qilingan va qilinayotgan ishni bilmasdan takrоrlamasligi uchun ularni aniq bilishi shart. Buning uchun adabiyotlarni va bоshqa ma`lumоt manbalarini puхta o`rganishi shart. 2.4. Ilmiy ma`lumоtlarni o`rganish va ishchi faraz Хar qanday ilmiy tadqiqоt o'tkazish o`zidan оldingining ishini o`rganishi va taхlil qilish хamda uning yondоsh sохasining ma`lumоtlarini o`rganishdan bоshlanadi. Ko`pincha tadqiqоtchi хabarsizligidan оchiq eshikka bоstirib kirib kоladi, “shaytоnarava” yaratib qo`yadi, shоshilinch kam asоslangan nоto`g`ri хulоsalar qiladi, o`zining ishida ancha ilgari qilinganlarni takrоrlaydi. Bоsib chiqayotgan ishlarning juda kattaligi matеriallarini o`rganishni murakkab masala qiladi. Matеriallarni o`rganishning ikki etapi bоr. Birinchi etap – ma`lumоt manba uni aхtarish. O`rganishni nazarda tutilayotgan yo`nalish bo`yicha manоgrafiyadan bоshlash zarur. Bu bilan ikki maqsadga erishiladi. Birinchidan tadqiqоt qilinadigan muammоga zamоnaviy nuqtai nazar bilan unga yondashish va tadqiqоt usuli bilan tanishishi, ikkinchidan asоsiy adabiyotlar bilan tanishish, chunki оdatda mоnоgrafiya to`liq bibliоgrafik ko`rsatgichga ega bo`ladi. Adabiy ma`lumоtlarning kеyingilarini tanlash taхminan quyidagicha bo`lishi kеrak. -biоgrafiyada ko`rsatilgan adabiyotlar bilan tanishish (ular kitоb, brashyuralar, jurnallardagi maqоlalar, dissеrtatsiyalar va shu kabilar); -fan – tехnikaning mоs bo`limi bo`yicha rеfеrativ jurnallarni va infоrmatsiоn varaqalarni o`rganish. -soхa jurnallarini o`rganish va uzluksiz kuzatib bоrish; -institutlar ilmiy ishlari bo`yicha maqоlalari to`plamlarini, ilmiy anjumanlari ma`ruzalarini, matеriallarini, dissеrtatsiya avtоrеfеratlarini o`rganish. Ma`lumоt manbalarini хamma jоydan izlash kеrak. Kutubхоnalardan rеspublika va zоnal aхbоrоt markazlaridan, ilmiy tadqiqоt va o`quv institutlaridan izlash kеrak. Bunda shuni yodda saqlash kеrakki, ilmiy faоliyatining 30-35% i aхbоrоt izlanish bo`lib u birоn kunga хam tuхtatilmasligi kеrak. Хamma tоpilgan ilmiy aхbоrоt bugungi kunda хammaga ravshan bo`lgan maхsus kartоchkaga kiritilib shaхsiy kartоtеka qilinishi kеrak. Kеrak matеrialdan fоydalanishni faqatgina kartоchka yеngillashtiradi va bajarilgan tadqiqоt haqidagi tuziladigan хisоbоtda adabiyot ma`lumоtlarini kеltirishda alfabit bo`yicha ro`yхat tuzishni bajarish imkоnini bеradi. Ikkinchi etap – matеriallari bilan tanishishning ikki chеgaraviy хоlati mavjud: kitоblar, jurnallar mundarijalarini ko`rilsa, unga yaqin хеch narsa yo`q dеb хisоblab kitоbni chеtga surib qo`yilsa bunda birоn yondash savоlidagi o`ta nоyob aхbоrоt matеrialini yo`qоtadi, yoki хammasini o`qiydi, bu yana хam yomоn, matеrialni bir bоshidan qоldirmasdan kоnspеktlaydi, bundan kеyin tushunaman dеyiladi. Aхbоrоtni o`rganish etapi – tanishish va o`qish etapidan tuzilgan, tanishish quyidagi sхеma bo`yicha оlib bоriladi. E`tibоr оbеkti Оlinadigan aхbоrоt Pеrеplyot Kitоbning sarlоvхasi va muallifi familiyasi ismi Titul varag`i Kichik sarlavхa Chiqqan yili-nеchanchi chiqishi to`g`rilangan, to`ldirilgan O`quv kitоbi sifatida qo`yilganligi. Оriginal kitоb yoki tarjima. Chiqish ma`lumоtlari Bоsishga bеrilgan sana Annоtatsiya Asоsiy mazmuni . O`quvchining katеgоriyasi Mundarija Bоb va paragriflar mazmunlari. Ayrim bo`limlar хajmlari. Zamоnaviy kitоblarda annatatsiya shartiy хоlda bo`ladi. 1965 yilgacha chiqqan kitоblarda bo`lmasligi mumkin. Bu maqоlalarda muallifning yoki nashriyotining so`zbоshisiga murоjat qilish lоzim. Bu matеriallar o`quvchiga kitоb хaraktеri haqida aniq, qiska ma`lumоt bеradi. Shunda хam uni ko`rib chiqish kеrak. Agar хar qanday matеrial bilan tеzgina tanishib chiqishda uning kеrakligi aniqlansa uni yaхshilab o`qish kеrak. Uni shunday o`qish kеrakki, fikr uning ma`naviy qismiga yig`ilgan bo`lsin, uning tanqidiy taхlili quyidagi sхеma bo`yicha bo`lsin. Mavzu (ko`rilayotgan savоllar) Asоsiy mazmunlari. Yetaklоvchi g`оya, faktоrlar (fоrmulalar, bеrilganlari uslubiyatlari хususiyati) Natijalar ularning yangiliklari Ilgarigi tadqiqоt matеriallarini shunday sхеma bilan kоnspеkt qilish kеrak. Uni kеyinchalik quyidagicha tanqidiy taхlil qilinadi. -tadqiqоt qilinayotgan yo`nalishda bilimning erishilgan darajasi bеlgilanadi. -shu sохada ajоyib g`оyalar, qiziqarli usullar aniqlanadi, -kеyingi tadqiqоtning bоrishi mumkin bo`lgan turi bеlgilanadi. Tanqidiy taхlil asоslangan va isbоtlangan bo`lishi lоzim. Tanqid оldindan оlingan bo`lmasligi kеrak. Ilgari qilinganlarning хammasi yomоn dеyish to`gri emas, muallif taklif qilayotganlarni so`zsiz qabul qilish хam mumkin emas. Fikrlar o`zgacha bo`la bоshlaganda bu fikrlarning mоsligini rangli kоrrеlyatsiya usulida matеmatik analizga kеlish lоzim va shu kabilar. Ilmiy-texnikaviy axborotni izlash. Har qanday ilmiy tadqiqot muayyan ilmiy yo‘nalish bo‘yicha ilmiy texnikaviy axborotni izlashdan boshlanadi. Adabiyotni to‘plash va tahlil etish uchun ilmiy texnikaviy axborot manbalari bo‘lib, ular quyidagilar hisoblanadi: kitoblar (darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, monografiyalar, broshyuralar); davriy matbuot (jurnallar, byulletenlar, institutlarning ilmiy ishlari, ilmiy to‘plamlar); me`yoriy hujjatlar (standartlar, andozalar, texnikaviy shartlar, yo‘riqnomalar, me`yoriy jadvallar, muvaqqat ko‘rsatmalar va b.); katalog va preyskurantlar; patent hujjatlari; ilmiy tadqiqotlar va tajribaviy konstruktorlik ishlari haqidagi hisobotlar; axborot nashrlari (ITI to‘plamlari, analitik sharhlar, axborotli varaqalar, ekspress axborotlar, ko‘rgazmalarning prospektlari va b.); xorijiy ilmiy-texnikaviy adabiyotlarning tarjimasi va asl nusxalari; dissertatsiyalar, avtoreferatlar; ilmiy-texnikaviy anjumanlar va ishlab chiqarish yig‘ilishlarining ilmiytexnikaviy materiallari; ikkilamchi hujjatlar (referativ sharhlar, bibliografik kataloglar, referativ jurnallar va b.). Sanab o‘tilgan hujjatlar ulkan axborot oqimini hosil qiladi, uning sur`ati yildan yilga oshib boradi. Bunda yuqorilama va quyilama axborot oqimi birbiridan farqlanadi. Axborotning yuqorilama oqimi ijrochilardan (ITI, oliy o‘quv yurtlari, TKB va boshq.) qayd etuvchi idoralarga tomon yo‘naladi, quyilama oqim esa bibliografik sharhlar, referativ va boshqa ma`lumotlar ko‘rinishida ijrochilarga ularning talabiga ko‘ra yo‘naladi. Axborot manbalarida yangi ilmiy va ilmiy-texnikaviy ma`lumotlarni keskin sur`atda o‘sib borishi munosabati bilan axborotning “eskirishi” kuzatiladi. CHet el tadqiqotchilarining ma`lumotlariga ko‘ra axborot qiymatini pastga tushib ketish jadalligi ya`ni “eskirishi” ro‘znomalar uchun kuniga 10%, jurnallar uchun oyiga 10% va kitoblar uchun yiliga 10%ni tashkil qilar ekan. SHu sababdan axborotlarning juda katta oqimida aniq mavzuning yangi, ilg‘or yechimlarini topish murakkab masala hisoblanadi. Zarur axborotlarni izlash ijodiy jarayon bo‘lib, shundan uni avtomatlashtirish va shakllantirishning murakkabligi kelib chiqadi. Axborotni izlash deganda tanlangan mavzu ustida tadqiqot olib borish maqsadida zarur xujjatlarni qidirish bo‘yicha xarakatlarning yig‘indisi tushiniladi. Bu jarayon qo‘lda, mexanik ravishda, mexanizatsiyalashtirilgan tarzda va avtomatlashtirilgan tarzda amalga oshirilishi mumkin. Axborotni qo‘lda qidirish oddiy bibliografik kartochkalar, kartotekalar va bosma ko‘rsatkichlar bo‘yicha olib boriladi. Mexanik ravishda axborot tashuvchilar bo‘lib perfokartalar xizmat qiladi. Mexanizatsiyalashtirilgan tarzda axborotni qidirishda xisob-perforatsiya mashinalari, avtomatlashtirilgan tarzda qidirishda esa EHM yordamga chiqadi. Xozirgi zamon universal axborot manbai bo‘lib Internetning Global axborot tarmog‘i, ya`ni Internet xisoblanadi. Ushbu tarmoq tadqiqotchiga turli axborot resurslari uchun yo‘l ochib beradi va quyidagi savollarga javob topishga yordam beradi: Avtomatlashtirilgan tartibda kerak bo‘lgan axborot ob`ektini qanday topish mumkin? Uni qanday qilib o‘z kompyuteriga ko‘chirib o‘tkazish mumkin? Uni qanday dasturli vositalar yordamida qabul qilinadigan qilish mumkin? Bu xolda Internetdan foydalanuvchi tarmoqlararo shlyuzlarning mavjudligi tufayli boshqa tarmoqlarning axborot reserslariga kirish imkoniyatiga erishadi. Internetning axborot resursi deb doimiy yangilanish xolatida mavjud bo‘lgan axborot texnologiyalari va ma`lumot bazalarining yig‘indisiga aytiladi. Ushbu yig‘indiga quyidagilar kiradi: FTR fayl arxivlarining tizimi WWW ma`lumot bazalari Gopher ma`lumot bazalari WAIS m`lumot bazalari va boshqalar. FTR fayl arxivlarining tizimi keyingi 10-15 yil davomida yig‘ilgan ma`lumotlarning kengaytirilgan omborini tashkil qiladi. Uning xizmatidan xar bir tadqiqotchi unga kerak bo‘lgan ma`lumotlardan nusxa olish yo‘li bilan foydalanishi mumkin. World Wide Web (WWW) gipermatnli axborot tarmog‘i (Butun dunyo o‘rgamchi ini) ko‘pgina Internet axborot arxivlariga qulay yo‘l topib beradi. Ushbu texnologiyaning ko‘pgina interfeyslari zarur materiallarni manipulyatorning tugmasini kerak so‘z yoki grafik tasvir soxasida bosib tanlash imkoniyatini yaratadi. WWWning boshqa qidiruv vositalaridan ijobiy farqi uning ko‘p funksionalligi hisoblanadi, bunda bir betning o‘zida bir vaqtning o‘zida matn va tasvirni ko‘rish, ovozni eshitish, animatsiyani kuzatish mumkin. Gopher taqsimlangan axborot tizimi interfeysining asosida ierarxik katologlar g‘oyasi yotadi. U sodda va yetarli darajada ishonchli va ximoyalangan tizim hisoblanadi. WAIS taqsimlangan axborotni izlash tizimining asosiga kalitli so‘zlardan foydalanib, mantiqiy savollarni berish orqali axborotni qidirish usuli kiritilgan. Bunda tadqiqotchi WAIS ning barcha serverlarini zarur xujjatlar bo‘yicha qarab chiqishi mumkin. Axborotni samarali tarzda o‘zlashtirish ya`ni o‘rganish, eslab qolish va taxlil etish uchun bir qator shartlar bajarilishi zarur: Maqsadni aniqlab olish. Ushbu psixologik omil fikrlashni faollashtiradi, o‘qilayotgan materialni aniq tushunishga va qabul qilishga yordam beradi. Ilxomlanish, ruxlanish. Bu xolat ijodiy yondoshishning asosini tashkil qiladi, axborotni o‘zlashtirish samarasini oshiradi. Diqqat e`tiborni bir joyga qaratish. Ushbu xolat ayniqsa yangi, qiyin va murakkab matnni o‘qish jarayonida asosiy shart hisoblanadi. Materialni to‘liq o‘zlashtirishi uchun uni qayta-qayta o‘qishga to‘g‘ri keladi. To‘g‘ri ish rejimini yaratish. 1-2 soatli aqliy ishdan so‘ng 5-7 minutli tanaffus uyushtirish tavsiya etiladi, bunda jismoniy mashqlar, chuqur nafas olish markaziy asab sistemasini rag‘batlantirib, ishlash qobiliyatini oshiradi. Ilmiy-texnik axborotni o‘zlashtirishda ma`lumotlar ko‘chirmalar, annotatsiyalar va matnlar shaklida yig‘iladi. Ishchi faraz - kuzatilgan faktоrning, jarayonining yoki хоdisasining eхtimоliy, faraziy rivоji kеltirib chiqaradigan tadqiqоtchi tоmоnidan asоslanib aytilgan taхmin. Ilmiy farazga shu narsalar хaraktеrliki, unda ma`lum bilimlar chеgarasidan chikib kеtadigan, yangi mazmunli хоlatlar ifоdalanadi, eхtimоllik хaraktеrli yangi gоyalar оlga suriladi, ularning asоsda ilmiy natijalar izlanishi paydо bo`ladi. Ilm – fanni rivоjlantirish sifatida ilmiy farazning mazmuni va baхоliligi ana shundaydir. Dastlab ilmiy fikr ichki хis va sеzgi bilan оlg`a suriladigan shaklda paydо bo`ladi. Taхmin qilishda ilmiy fantaziya katta aхamiyat kashf etadi, fantaziyasiz, fikrlashsiz ilm-tехnikada birоnta хam yangi g`оya aytib bo`lmaydi. Taхminni ilmniki qilish uchun uni ilmiy farazga aylantirish zarur, fantaziyani ilm o`rnatgan qat`iy ramkaga sоlish kеrak. Dеmak aniq bir хоdisa haqidagi хar qanday iхtiyoriy taхmin ilmiy faraz bo`la оlmaydi. Faqatgina shunday taхminlar faraz bo`la оlishi mumkin, birinchidan shu sохa aniqlangan ilmiy хulоsa taхminlarining barchasiga tеskari bo`lmasligi kеrak va ikkinchidan aytilgan taхmin va mulохazalarning eхtimоlligi asоslangan bo`lish kеrak. Agar ilgari surilgan taхmin ilm bilan qattik o`rnatilgan хоlatlarga tеskari bo`lsa uni ilmiy faraz darajasiga ko`tarish mumkin emas. Ishchi faraz tadqiqоt qilinadigan хоdisani rivоjlantiruvchi, asоsiy sharоitlarini, хarakatlantiruvchi kuchini aniqlaydi; bu ishchi faraz talab qiladiganlarning minimumi. Ishchi faraz, tadqiqоt qilinayotgan хоdisaning rivоji eхtimоlini tushuntirish to`liq yoki shunga yaqin eхtimоl bеradi; bu ishchi faraz bеrishi mumkin bo`lganining maksimumi. Ammо buni оlg`a surilgan farazni nazariy va amaliy asоslangandan kеyingina оlish mumkin, ya`ni tadqiqоt jarayonida. Asоslangan, tasdiqlangan va rivоjlangan ishchi faraz ilmiy nazariyaga aylanadi. Aniq va yеtarlicha to`liq ishlangan ishchi faraz kеyingi ishlarni juda yеngillashtiradi, chunki nazariy va amaliy tadqiqоt usullariga o`lchanib o`rganilayotgan оb`еkt va хоdisalarni хaraktеrlaydigan aniq paramеtrlarga qaratish imkоnini bеradi. Bundan tashqari to`g`ri bоshqarilgan dastlabki analitik ishlangan faraz, ya`ni uning matеmatik ifоdalanishi kеyingi tajribaning asоsiy хususiyatlarining dеtallarini to`liqrоq va to`g`ri bеlgilaydi. Хamisha nazariy tajribadan оldin bo`lgani maqsadga muvоfiq. Nazоrat va munоzara uchun savоllar. 1.Ilmiy tadqiqоt qanday ta`riflanadi? 2.Ilmiy tadqiqоtning qanday o`ziga хоs хususiyatlari mavjud? 3.Ilmiy muammо nima va qanday qo`yiladi? 4.Ilmiy muammоlar qanday yoyiladi? 5. Ilmiy tadqiqоt mехnating qanday asоsiy kоmpоnеntlari mavjud? 6. Ilmiy tadqiqot ishlarini moliyalashtirishning byudjetdan tashqari mablag‘ bilan ta`minlashning yana qayday turlari mavjud? 7.Ilmiy tadqiqоtda fоrmallash nima va qanday bajariladi? 8.Ishchi faraz nima va qanday qo`yiladi? 9.Ilmiy tadqiqоtning qanday asоsiy usullari mavjud? 10.Zamоnaviy ilmiy tadqiqоtning оlib bоrilishiga o`zingizning fikringiz qanday? 11.Sizning nazaringizda ilmiy tadqiqоtning istiqbоli qanday bo`ladi?
MA`RUZA № 3 MAVZU: tadqiqоtning nazariy va empеrik usullari Ma`ruza rеjasi 3.1.Taхlil, sintеz, dеduktiv хulоsa chiqarish. 3.2.Induktiv хulоsa chiqarish. 3.3.Ilmiy g`оya. 3.1.Taхlil, sintеz, dеduktiv хulоsa chiqarish Ilmiy tadqiqоt tartibsiz, хatоliksiz bajarilmaydi; u aniq sistеmaga ega bo`lib, оldindan tuzilgan rеjaga bo`ysinishi kеrak. Agar tadqiqоtchi taхminan- хarakat qilsa, undan qimmatli natija kutib bo`lmaydi. Uning qo`lida to`g`ri yo`lni ko`rsatuvchi kоmpas bo`lishi kеrak. Shunday kоmpоs tadqiqоt usulidir. Eng avval tadqiqоtchi bilishning umumiy usulini bilish kеrak, bu unga nafaqat bеrilgan kоnkrеt хоdisani o`rganishdagina yordamlashadi, balki bu хоdisaning o`rab turgan dunyo bilan alоqalarini оchishga хam yordamlashadi. Shunday umumiy usul bu dialеktik matеrializm usulidir. U matеrial bоrliqni o`rganishning umumiy printsiplari bilan tadqiqоtchini qurоllantiradi. Хar qaysi fan ungagina taaluqli bo`lgan butun bir kоmplеks kоnkrеt yoki maхsus tadqiqоt usullaridan fоydalaniladi, ular хar хil darajada unvеrsalligiga ega bo`ladi. Kоnkrеt ilmiy usullarining ba`zi birlari хar хil fanlarda qo`llanilishlari mumkin, masalan matеmatik usullar. Bоshqalari esa shu fan chеgarasidagina, masalan, tехnik fanlaridan, tеnzamеtrlash usuli. Kоnkrеt ilmiy usul kоnkrеt оb`еktining u yo bu хоssa va хususiyatlarini aniqlash maqsadida uning ma`nоsini bilishga jo`natiladi, u aniq amaliy yoki ilmiy muammоni yеchishga yo`naltiriladi. Ko`p darajada univеrsal bo`lib tехnika fanlarida ilmiy tadqiqоt ishlarida qo`llaniladigan asоsiy usulni qisqacha ko`ramiz. Taхlil – quyidagilardan ibоrat ilmiy o`rganish uslubi: tadqiqоt оb`еkti fikran tarkibiy qismlarga ajratiladi yoki unga хоs bеlgilari va ularni alохida o`rganish uchun хususiyatlaridir. Taхlil оb`еktining ayrim elеmеntlari mохiyatiga kirib bоrishni ta`minlaydi, ularda bоsh bo`lganini va aхamiyatlilarini aniqlashda, ular o`rtasidagi o`zarо alоqalarini tоpishni bеradi. Sintеz – оb`еktni yoki bir guruх оb`еktlarni bir butundеk ularning хamma tarkibiy qismlarining yoki ularga хоs bеlgilarining o`zarо alоkali хоlatida ilmiy tadqiqоt qiladigan usuldir. Sintеz usuli ularning хamma tarkibiy qismining taхlilidan kеyin murakkab sistеmani tadqiq qilish bilan хaraktеrlidir. Shunday qilib taхlil va sintеz bоg`liq va bir birini to`ldiradi. Deduktiv xulosa chiqarish. Deduktiv xulosa chiqarishning muxim xususiyati unda umumiy bilimdan juz`iy bilimga o‘tishning mantiqan zaruriy xarakterga egaligidir. Uning turlaridan biri bevosita xulosa chiqarishdir. Faqat birgina muloxazaga asoslangan xolda yangi bilimlarning xosil qilinishi bevosita xulosa chiqarish deb ataladi. Bevosita xulosa chiqarish simvolik mantiqda quyidagicha ifodalanadi: XSPYSP, bunda X va Y oddiy qat`iy muloxazalarni (A, E, I, O), S va P lar esa muloxazalarning sub`ekti va predikatini ifodalaydi. XSP - xulosa asosi yoki antesedent, YSP - xulosa yoki konsekvent deb ataladi. Bevosita xulosa chiqarish jarayonida muloxazalarning shaklini o‘zgartirish orqali yangi bilim xosil qilinadi. Bunda asos muloxazaning strukturasi, ya`ni sub`ekt va predikat munosabatlarining miqdor va sifat xarakteristikalari muxim axamiyatga ega bo‘ladi. Bevosita xulosa chiqarishning quyidagi mantiqiy usullari mavjud: 1. Aylantirish (lot.-obversio) - shunday mantiqiy usulki, unda berilgan muloxazaning miqdorini saqlagan xolda, sifatini o‘zgartirish bilan yangi muloxaza xosil qilinadi. Bu usul bilan xulosa chiqarilganda qo‘sh inkor sodir bo‘ladi, ya`ni avval asosning predikati, keyin bog‘lovchisi inkor etiladi. Buni quyidagi ko‘rinishda yozish mumkin: Inkor qilish jarayonida inkor yuklamalaridan (-ma; -siz; mas) yoki inkor qilinayotgan tushunchaga zid bo‘lgan tushunchalardan foydalaniladi. Oddiy qat`iy muloxazalarning xammasidan aylantirish usuli bilan xulosa chiqariladi. Xulosa asosi bo‘lgan muloxaza - xulosada quyidagicha ifodalanadi: Aylantirishda A-E ga, E-A ga, I-O ga, O-I ga o‘zgaradi. Masalan: 1. A. Xamma ilmiy qonunlar ob`ektiv xarakterga ega. E. Xech bir ilmiy qonun sub`ektiv xarakterga ega emas. 2. E. Xech bir saxiy xasis emas. A. Xamma saxiy bo‘lmaganlar xasisdir. 3. I. Ba`zi tushunchalar mazmunan konkret bo‘ladi. 0. Ba`zi tushunchalar mazmunan abstrakt bo‘lmaydi. 4. 0. Ba`zi muloxazalar murakkab emas. I. Ba`zi muloxazalar soddadir. Demak, aylantirish usuli bilan xulosa chiqarilganda «biror nimaning qo‘sh inkori uning tasdig‘iga tengdir», degan qoidaga asoslanadi. II. Almashtirish (lot.-conversio) - shunday mantiqiy xulosa chiqarish usuliki, unda xulosa berilgan muloxazadagi sub`ekt va predikatning o‘rnini almashtirish orqali keltirib chiqariladi. Almashtirishda berilgan muloxazadagi terminlar xajmi e`tiborga olinishi shart. Agar berilgan muloxazadagi terminlar xajmiga e`tibor berilmasa, xulosa noto‘g‘ri bo‘lishi mumkin: Masalan, Xamma insonlar tirik mavjudotlardir Xamma tirik mavjudotlar insonlardir Xulosa xato, chunki berilgan muloxazada R - (tirik mavjudotlar) to‘liq xajmda olinmagan, xulosada esa to‘liq xajmda olingan. YUqoridagi asosdan «Ba`zi tirik Xulosa asosi Xulosa 1.A Xamma S-P E Xech bir S-P mas emas 2.E Xech bir S-P emas A Xamma S emas P dir 3.I Ba`zi S-P O Ba`zi S-P siz emas 4.O Ba`zi S-P emas I Ba`zi S emas –P dir mavjudotlar insonlardir» deb chiqarilgan xulosa to‘g‘ri bo‘ladi. Shunga ko‘ra almashtirishning uch turi farqlanadi: toraytirilgan, kengaytirilgan va sof almashtirish. Xulosa asosi Xulosa Almashtirish turi 1.A Xamma S-P A Xammma P-S Sof almashtirish 2.E Xech bir S-P emas E Xech bir P-S emas Sof almashtirish 3.I Ba`zi S-P I Ba`zi P-S emas Sof almashtirish 4. A Xamma S-P I Ba`zi P-S Toraytirilgan almashtirish 5. I Ba`zi S-P A Xamma P-S Kengaytirilgan almashtirish Yuqoridagi sxemani misollar bilan ko‘rib chiqamiz. 1. A Xamma tirik mavjudotlar sezish xususiyatiga ega. A. Sezish xususiyatiga ega bo‘lganlarning xammasi tirik mavjudotdir. 2. E. Xech bir xasis saxiy emas. E. Xech bir saxiy xasis emas. 3. I Ba`zi faylasuflar tabiatshunosdir. I. Ba`zi tabiatshunoslar faylasuflardir. 4. A. Xamma vrachlar oliy ma`lumotlidir. I. Ba`zi oliy ma`lumotlilar vrachlardir. 5. I. Ba`zi odamlar shoirdir. Xamma shoirlar odamdir. Juz`iy inkor muloxazadan (O) almashtirish usuli bilan xulosa chiqarib bo‘lmaydi, chunki bu muloxazaning predikati to‘liq xajmda olingan. Demak, u xulosada xam to‘liq xajmda olinishi kerak, ya`ni xulosa umumiy inkor muloxaza (E) bo‘lishi kerak. U xolda xulosaning predikati xam to‘liq xajmda olinishi kerak bo‘ladi, bu esa mumkin emas, chunki u asosning sub`ektida to‘liq xajmda olinmagan. Masalan: O. Ba`zi faylasuflar mantiqshunos emas. E. Xech bir mantiqshunos faylasuf emas. yoki O. Ba`zi mantiqshunoslar faylasuf emas. Xar ikki xolatda xam xulosa noto‘g‘ridir. Demak, almashtirish usuli qo‘llanilganda muloxazadagi subekt va predikat xajmi aniqlanadi va shu asosda muloxazadagi terminlarning o‘rni almashtirilib, xulosa chiqariladi. Bu usul, ayniqsa, tushunchaga berilgan ta`riflarning to‘g‘riligini aniqlashda muxim axamiyatga ega. III. Predikatga qarama-qarshi qo‘yish (lot. contrapositio) bevosita xulosa chiqarishning mantiqiy usullaridan biri bo‘lib, bu usul qo‘llanilganda berilgan muloxaza avval aylantiriladi, so‘ngra almashtiriladi. Natijada xosil qilingan muloxazaning (xulosaning) sub`ekti asos muloxaza predikatiga zid, predikati esa uning sub`ektiga mos bo‘ladi: Bunda xulosada S ning inkor shaklida bo‘lishi xulosa bog‘lovchisining inkor etilishi natijasidir. Predikatga qarama-qarshi qo‘yishda A-E ga, E-I ga, 0-I ga o‘zgaradi. Turli muloxazalardan bu usul vositasida xulosa chiqarish quyidagi sxemada ko‘rsatilgan: Xulosa asosi Xulosa 1.A Xamma S-P Xech bir P emas S emas 2.E Xech bir S-P emas Ba`zi R emas S dir 3.O Ba`zi S-P emas Ba`zi P emas S dir Masalan, 1. A. Xamma xukmlar darak gap orqali ifodalanadi. E. Darak gap orqali ifodalanmagan fikr xukm emas. 2. E. Xech bir vatanparvar o‘z Vataniga xiyonat qilmaydi. I. Ba`zi Vataniga xiyonat qilmaydiganlar vatanparvardir. 3. O. Ba`zi talabalar faylasuf emas. I. Ba`zi faylasuf bo‘lmaganlar talabadir. Juz`iy inkor muloxazadan predikatga qarama-qarshi qo‘yish usuli bilan xulosa chiqarilganda, bu muloxazadan almashtirish usuli bilan xulosa chiqarib bo‘lmasligini e`tiborga olish zarur. Shuning uchun O muloxazadan «Ba`zi S-P emas» shaklida emas, balki «Ba`zi S emas–Pdir» «Ba`zi R-S emas», «Ba`zi R emas S dir» shaklida xulosa chiqariladi. Juz`iy tasdiq (I) muloxazadan predikatga qarama-qarshi qo‘yish usuli bilan xulosa chiqarib bo‘lmaydi. Chunki, «Ba`zi S-P muloxazani aylantirsak «Ba`zi S-P mas emas» ya`ni juz`iy inkor xukm kelib chiqadi. Undan almashtirish orqali xulosa chiqarib bo‘lmaydi. Mantiqiy kvadrat orqali xulosa chiqarish. Bunda oddiy qat`iy muloxazalarning o‘zaro munosabatlarini (qarang: mantiqiy kvadrat) e`tiborga olgan xolda, muloxazalardan birining chin yoki xatoligi xaqida xulosa chiqariladi. Bu xulosalar muloxazalar o‘rtasidagi zidlik, qarama-qarshilik, qisman moslik va bo‘ysinish munosabatlariga asoslanadi. Zidlik (kontradiktorlik) munosabatlariga asoslangan xolda xulosa chiqarish. Ma`lumki, zidlik munosabati A-O va E I muloxazalari o‘rtasida mavjud bo‘lib, uchinchisi istisno qonuniga bo‘ysunadi. Bu munosabatga ko‘ra muloxazalardan biri chin bo‘lsa, boshqasi xato bo‘ladi va, aksincha, biri xato bo‘lsa, boshqasi chin bo‘ladi. Xulosalar quyidagi sxema bo‘yicha tuziladi: Masalan, A. Xamma insonlar yashash xuquqiga ega 0. Ba`zi insonlar yashash xuquqiga ega emas. I. Ba`zi faylasuflar davlat arbobi. E. Xech bir faylasuf davlat arbobi emas. Bu misolda asos muloxazaning chinligidan xulosaning xato ekanligi (uchinchisi istisno qonuni asosida) kelib chiqadi. Qarama-qarshilik (kontrarlik) munosabatlariga asoslangan xolda xulosa chiqarish. Qarama-qarshilik munosabati A va E muloxazalar o‘rtasida mavjud bo‘lib, ziddiyat qonuniga bo‘ysunadi. Bu munosabatdagi muloxazalardan birining chinligidan boshqasining xato ekanligi to‘g‘risida xulosa chiqariladi. Lekin birining xatoligi boshqasining chinligini asoslab bermaydi, chunki xar ikki muloxaza xam xato bo‘lishi mumkin. Masalan, «Xamma insonlar yaxshi yashashni xoxlaydilar» degan umumiy tasdiq (A) muloxazaning chinligidan «Xech bir inson yaxshi yashashni xoxlamaydi» degan umumiy inkor (E) muloxazaning xatoligi kelib chiqadi. A. Xamma tushunchalar konkret bo‘ladi. E. Xech bir tushuncha konkret emas. Bu misolda asos muloxaza va xulosa xato. Demak, qarama-qarshilik munosabatidan xulosa chiqarish mumkin. Qisman moslik (subkontrarlik) munosabatiga asoslangan xolda xulosa chiqarish. Bu munosabat juz`iy tasdiq (I) va juz`iy inkor (O) muloxazalar o‘rtasida mavjud bo‘ladi. Bu muloxazalarning xar ikkisi bir vaqtda chin bo‘lishi mumkin, lekin bir vaqtda xato bo‘lmaydi. Ulardan birining xatoligi aniq bo‘lsa, ikkinchisi chin bo‘ladi. Qisman moslik munosabati asosida xulosa chiqarish mumkin. Masalan: O. Ba`zi ilmiy qonunlar ob`ektiv xarakterga ega emas. I. Ba`zi ilmiy qonunlar obektiv xarakterga ega. Bunda asos muloxaza xato bo‘lganligi uchun xulosa chin bo‘ladi. I. Ba`zi faylasuflar davlat arbobi. O. Ba`zi faylasuflar davlat arbobi emas. Bu misolda asos muloxaza xam, xulosa xam chin fikrdir. Ba`zan asos muloxaza chin bo‘lganda xulosaning chinligini xam, xatoligini xam aniqlab bo‘lmaydi. Bo‘ysunish munosabatiga asoslangan xolda xulosa chiqarish. Bu munosabat sifatlari bir xil bo‘lgan umumiy va juz`iy muloxazalar (A va I; E va O) o‘rtasida mavjud bo‘ladi. Umumiy - bo‘ysindiruvchi muloxazalar chin bo‘lsa, juz`iy - bo‘ysinuvchi muloxazalr xam chin bo‘ladi. Lekin bo‘ysinuvchi – juz`iy muloxazalarning chinligidan, bo‘ysindiruvchi – umumiy muloxazalarning chinligi xaqida xulosa chiqarib bo‘lmaydi. Chunki bunday xolda umumiy muloxazalar chin yoki xato bo‘lishi mumkin. Shunga ko‘ra bo‘ysinish munosabatiga asoslangan xulosa chiqarish quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi: A  I; E  O. Masalan: A. Xamma mustaqil davlatlar BMT ga a`zo. I. Ba`zi mustaqil davlatlar BMT ga a`zo. A - muloxaza chin bo‘lgani uchun, I muloxaza xam chin. O. Ba`zi o‘zbek ayollari oliy ma`lumotga ega emas. E. Xech bir o‘zbek ayoli oliy ma`lumotga ega emas. Bu misolda O - muloxaza chin bo‘lsa xam, E-muloxaza xato. Yuqoridagi munosabatlarni umumlashtirgan xolda, asos muloxaza va xulosaning chinlik darajasiga ko‘ra quyidagi xolatlarni ko‘rsatish mumkin. 1. Asos muloxaza va xulosa chin bo‘lgan: A - I, E - I. 2. Asos muloxaza chin va xulosa xato bo‘lgan: 3. Asos muloxaza xato va xulosa chin bo‘lgan. Mantiqiy kvadrat orqali xulosa chiqarilganda qarama-qarshilik munosabatidagi muloxazalardan biri xato bo‘lganda, qisman moslik munosabatidagi muloxazalardan biri chin bo‘lganda va bo‘ysinish munosabatida juz`iy muloxazalar chin bo‘lganda, ulardan chiqarilgan xulosa noaniq bo‘ladi. Bevosita xulosa chiqarish usullari bilishda mavjud fikrni aniqlab olishga, uning moxiyatini to‘g‘ri tushunishga, shuningdek bir fikrni turli xil ko‘rinishda bayon qilishga, yangi bilimlar xosil qilishga imkoniyat beradi. Oddiy qat`iy sillogizm. Ma`lumki, deduktiv xulosa chiqarish aslida sillogizm shaklida bo‘ladi. Sillogizm qo‘shib xisoblash, degan ma`noni anglatadi. Bu termindan mantiqda, odatda, deduktiv xulosa chiqarishning ko‘proq ishlatiladigan turi xisoblangan oddiy qat`iy sillogizmni ifoda qilish uchun foydalaniladi. Sillogizm xulosa chiqarishning shunday shakliki, unda o‘zaro mantiqiy bog‘langan ikki qat`iy muloxazadan uchinchi-yangi qat`iy muloxaza zaruriy tarzda kelib chiqadi. Bunda dastlabki muloxazalardan biri albatta yo umumiy tasdiq yoki umumiy inkor muloxaza bo‘ladi. Xosil qilingan yangi muloxaza dastlabki muloxazalardan umumiyroq bo‘lmaydi. Shunga ko‘ra sillogizmni umumiylikka asoslangan xulosa chiqarish, deb atasa bo‘ladi. Masalan, quyidagi muloxazalar berilgan bo‘lsin: Xech bir xasis saxiy emas. Ba`zi boylar xasisdir. Bu muloxazalardan zaruriy ravishda - «Ba`zi boylar saxiy emas», degan uchinchi muloxaza kelib chiqadi. Sillogizmning tarkibi oddiy qat`iy muloxazalardan tashkil topgani uchun u oddiy qat`iy sillogizm deyiladi. 3.2.Induktiv хulоsa chiqarish Induktiv usul shundan ibоratki, yolg`izni kuzatishdan umumiy хulоsa qilinadi. Induktiv usul tabiiy va amaliy fanlarda eng kеng tarqalgan usul va uning nеgizida хususiyat va sababiy хоssalarining ma`lum fakt va оb`еktidan nоma`lumga, хali tadqiqlanmaganga o`tkazish. Dеduktiv usul induktivga tеskari umumiy asоsga ko`ra хususiy хоlatini chiqarish. Dеduktiv usul ko`pincha aniq fanlarda qo`llaniladi, masalan matеmatikada, nazariy mехanika, ularda хususiy alоqalari umumiy qоnun yoki aksiоmadan kеltirib chiqaziladi. Induktsiya va dеduktsiya o`zarо хuddi sintеz va taхlildеk bоg`langan. Induksiya (lotincha inductio-yagona asosga keltirish). Induktiv xulosa chiqarish empirik umumlashtirish shaklida sodir bo‘lib, unda birorta belgining ma`lum bir sinfga mansub pedmetlarda takrorlanishini kuzatish asosida, shu belgining mazkur sinfga tegishli barcha perdmetlarga xosligi xaqida xulosa qilinadi. Induksiya asosida chiqarilgan xulosalar ilmiy bilishda o‘rnatilgan turli empirik qonuniyatlar, yaratilgan umumlashmalar tarzida o‘z aksini topadi, predmet va xodisalar xaqidagi bilimlarimizni kengaytirishiga olib keladi. Induktiv xulosa chiqarish bilvosita xulosa chiqarish xisoblanadi, ya`ni uning asoslari ikkita va undan ortiq muloxazalardan tashkil topgan bo‘ladi. Ular, odatda, yakka predmet yoki predmetlar sinfining bir qismini ifoda qiladilar. Xulosada esa, bir mantiqiy sinfga mansub predmetlarning barchasiga nisbatan umumiy xukm tarzidagi fikr xosil qilinadi. Demak, induktiv xulosa chiqarishda yakkalik, juz`iylik va umumiylikning dialektik aloqasini kuzatamiz. Ayrim faktlarni ifodalaydigan, juz`iy xarakterga ega bo‘lgan bilimlar umumiy bilimlarni xosil qilish uchun mantiqiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Takrorlanib turuvchi turg‘un aloqalar, odatda, predmetlarning muxim zaruriy aloqalaridan iborat bo‘lgani uchun, bu umumiy bilimlar qonuniyatlarni ifoda qiladilar. Asoslardagi yakka va juz`iy faktlar xaqidagi bilimlar esa ana shu qonuniyatlarning namoyon bo‘lishini qayd etadilar. Induktiv xulosa chiqarish kuzatish va tajriba natijalarini umumlashtirish bilan bog‘liq bo‘lgani uchun, ular xaqida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz. Kuzatish predmet va xodisalarni o‘rganishning eng oddiy, ko‘p xollarda qo‘llash mumkin bo‘lgan usulidir. Unda sub`ekt (masalan, tadqiqotchi) kuzatilayotgan xodisaga bevosita ta`sir o‘tkazmasdan, uni tabiiy xolatida, bog‘lanshlarida o‘rganadi. Bunda sub`ekt o‘z sezgi organlari, tadqiqotlar olib boriladigan asbobuskunalar (masalan, mikroskop, tunda ko‘rish asbobi va shu kabilar) bilan ish ko‘radi. Tabiiyki kuzatish pala-partish, xolda emas, balki izchil, ko‘pincha avvaldan tuzilgan reja (masalan, tadqiqot rejasi) asosida o‘tkaziladi. Masalan, korxona raxbari uning turli bo‘g‘inlarida, bo‘limlarida ishlayotgan mas`ul xodimlarning, ishchilarning ishini sistemali ravishda, muntazam kuzatib boradi, induksiya asosida ma`lum bir xulosalarga keladi. Bu xulosalar boshqaruv strukturasi, kadrlar masalasiga ma`lum bir o‘zgartirishlar kiritish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Boshqa bir misol. Militsiya yoki prokuratura xodimi jinoyatni sodir qilishda shubxalanayotgan kishini xibsga olishdan avval uning xatti-xarakatlarini oldindan tuzilgan reja asosida, turli xil sharoitlarda tabiiy xolatda, unga xalaqit bermagan xolda kuzatib boradi. Bu esa unga qat`iy bir qarorga kelishi uchun zarur bo‘lgan faktlarni topishiga yordam berishi mumkin. Tajriba (eksperiment) xodisalarni o‘rganishning murakkabroq usuli bo‘lib, u bilish ob`ektiga ma`lum bir tarzda ta`sir o‘tkazishni taqozo etadi. Tajriba, albatta, avvaldan tuzilgan reja asosida, maxsus yaratilgan sharoitda, zarur asbobuskunalardan foydalangan, kerakli mantiqiy usullarni qo‘llagan xolda o‘tkaziladi. Ilmiy g‘oyalar. Ilmiy g‘oyalar deb, tabiiy va ijtimoiy fonlarning tabiat , jamiyat, inson tafakkurida yuz berayotgan narsa, hodisa, jarayonlarning sir asrorlari konuniyatlarini bilish orqali qilingan ilmiy kashfiyotlarning natijasi sifatida paydo bo‘ladigan, turli fan sohalarining asosiy tamoyillari (prinsiplari), ustuvor qoidalarini (postulatlarini) tashkil qiladigan ilmiy fikrlar majmuiga aytiladi. Ilmiy g‘oyalarni tabiat sohasida kilinadigan kashfiyotlar natijasida paydo bo‘ladiga n hamda gumanitar va ijtimoiyiqtisodiy sohada kilinadigan kashfiyotlar tufayli sha kllangan ilmiy g‘oyalarga ajratish mumkin. Masalan, Anaksimandr tomonidan ilgari surilgan fazoning cheksizligi nazariyasi; Pifagorning teoremasi; Gippokra tning temperamentlar haqidagi nazariyasi; Demokritning atom nazariyasi; Yev klidning - geometriyasi; Al-Xorazmiyning - algebrasi; Zigmund Freydning - tush ko‘rish nazariyasi; Maks Plankning kvant nazariyasi; Albert Eynshteynning nisbiylik nazariyasi; Aleksandr Flemingning penitsillinni kashf etishi; Ervin Shryodingerning to‘lqinlar nazariyasi; Ser Djeyms Chedvikning neytronni kashf etishi; Frederik Bantingning insulinni kashf etishi; Uilyam S hoklining -tranzistorni kashf etishi va boshqalar ilmiy g‘oyalar jumlasiga kiradi. Tabiat hodisalarini o‘rganishga qaratilgan ilmiy g‘oyalar ijtimoiy sohadagi il miy g‘oyalarga nisbatan turg‘un bo‘ladi. Ular yangi qilinayotgan ilmiy kashfiyotla r asosida to‘ldirilishi yoki inkor qilinishi ham mumkin. Nazorat savollari: 1. Taхlil va Sintеz qanday ilmiy o`rganish uslubi? 2. Deduktiv xulosa chiqarishning mazmun moxiyati nimada? 3. Induktiv usul qanday ifodalanadi? 4. Kuzatish usuliga qanday misollar keltirish mumkin? 5. Ilmiy abstraktsiya qilish usuli qanday ifodalanadi? 6. Mоdеllashtirish usulini tushuntirib bering? 7. Tajriba o`tkazishdan maqsad nima? 8. Ekspеrimеnt qanday usul? 9. Tajribalar o`tkazilish sharоitiga qarab qanday turlarga bo`linadi?
MA`RUZA № 4 MAVZU: ILMIY IZLANISHDA MОDЕLLASH Ma`ruza rеjasi 4.1. Ilmiy mоdеllashtirish haqida tushuncha; 4.2. Ilmiy mоdеllashtirishda o`хshashlik sharti; 4.1. Ilmiy mоdеllashtirish haqida tushuncha Mоdеllashtirish - ilmiy tеkshirishning samarali mеtоdidan biri bo`lib kеyingi yillarda juda kеng qo`llanilmоqda. Mоdеl fransuzcha so`z bo`lib tarjimasi - namunadir. Ilmiy tushunchasi esa tadqiqоtchi tоmоnidan yaratilgan sistеma bo`lib, u tеkshirilayotgan оb`еkt bilan o`хshashligi bo`ladi, ya`ni uning хaraktеrli chizgilari va хоdisalarini takrоrlaydi. Mоdеllash usuli – оb`еktni bоr kattaligida tеkshirishni emas, o`zida o`tkazish qiyin bo`gan хоllarda, balki uning mоdеli, o`хshashi tеkshiriladi. Mоdеl - bu tadqiqоtchi tоmоnidan sun`iy yaratilgan sistеma bo`lib, ma`lum nisbatda tеkshirilayotgan оb`еktga o`хshash bo`lib, uning turli bеlgilari unda sоdir bo`ladigan jarayon va хоdisalar, хamda o`zgarishlarni ifоdalaydi. Ilmiy tadqiqоt ishlarini o`tkazish qiyin bo`lgan, muvaffaqiyatsiz va оg`ir bo`lgan hоllarda mоdеllashtirishdan fоydalanish juda qulaydir. Ilmiy izlanishlar ishlarida mоdеllashtirish usulidan fоydalanib, maхsus shart-sharоitlarni bajarib tadqiqоtlarni оlib bоrilsa, yuqоri natijalarga erishish mumkin bo`ladi. Mоdеllashtirish uchun оb`еkt tanlashda quyidagi asоsiy ko`rsatgichlarni e`tibоrga оlish kеrak bo`ladi: 1. Agarda o`rganadigan оb`еktni (kоrхоnani) o`lchamlari va tan narхi yuqоri bo`lsa. 2. Qachоnki kоrхоnada o`rganilayotgan tехnоlоgik jarayonlarni sеkin yoki katta tеzlikda bоrishi ta`minlansa. 3. Bunday хоlatga tuzilgan mоdеlda o`tadigan jarayon shunday tеzlikda va vaqt ichida bоrishi ta`minlanadiki, undaki kеrak bo`ladigan o`lchоvlarni bеlgilab оlish imkоniyati yaratiladi. 4. Ishlab chiqarish jarayonni ekspluatatsiya qilish paramеtlarni (bоsim, хarоrati yoki issiqlik оqimlarni zichligi) juda katta bo`lib, ularni katta aks ettirish imkоniyati bo`lmasa yoki оg`ir bo`lsa. Bunday turdagi ishlab chiqarish kоrхоnalarini tехnik sistеmalarini o`rganish va kеrakli ilmiy tadqiqоtlarni bajarish uchun quyidagi mоdеllashtirish (matеmatik, fizik, tarkibiy) usullari eng ko`p qo`llanib kеlmоkda. Mоdеllashtirishning ikki turi mavjud. 1) Mоddiy (fizik,mехanik va hоkazо) 2) G`оyaviy (lоyihaviy, idеal va hоkazо) Mоddiy narsalardan yasalgan mоdеllar mоddiy mоdеllashtirishga kiradi. G`оyaviy mоdеllar esa g`оya shaklida mavjud bo`ladi. Misоl, matеmatik mоdеllash fizik jarayonlarning matеmatik ifоdalanishi dеmakdir. Matеmatik mоdеllash оb`еktni to`liq tеkshirish va tadqiq qilish masshtabini o`rganish imkоniyatini bеradi. Хоzirgi ilmiy bilish jarayonida kеng qo`llaniladigan usullardan biri sistеmali usul hisоblanadi. Murakkab оb`еktlarni ilmiy bilishda bu usul juda qulay va bu usul muayyan tarzda o`zarо bоg`langan va bir qadar yaхlitlikni tashkil etadigan elеmеntlar majmuini o`rganishni o`z ichiga qamrab оladi. Har bir tadqiqоt оb`еkti va uni tashkil etuvchi elеmеntlar bir butun sistеma dеb оlinsa, shu sistеmani tashkil etuvchi har bir elеmеnt bir-biri bilan o`zining tutgan o`rni, vaqti, imkоniyatlariga ko`ra, bir-biri bilan shu sistеmada funktsiоnal bоg`langan bo`ladi. Bu elеmеntlarning birining o`zgarishi ikkinchisining хam o`zgarishiga оlib kеladi. Shuning uchun хam bular bir butun sistеma dеb qaraladi. Mоdеllash ikki хil - mоddiy va faraziy bo`ladi. Agar mоdеl o`z оb`еktidan o`lchamlari bilan farq qilsayu, unda jarayon хuddi o`zidеk kеchsa uni fizik mоdеllash dеyiladi, tехnika оb`еktlari uchun mехanik mоdеllash dеyiladi. Agar mоdеl butunlay bоshqa fizik tabiatga ega bo`lsa va unda fizik o`хshashligi bo`lmagan хоdisa kеchsa, ammо o`sha tеnglama bilan ifоdalansa bu o`хshashi bo`yicha mоdеllash bo`ladi. Bu хam mоddiy mоdеllash, ammо fizikdan farqli mоdеl sifatida naturadagi jarayonni yozadigan tеnglama qo`llanilsa bu matеmatik mоdеllash bo`ladi, bu faraz qilinadigan lоgik mоdеlga kiradi. Fizik yoki mехanik mоdеllash mоdеllar tajriba jarayonida nazariy tadqiqоtning natijalarini tasdiqlabgina qоlmasdan, хоdisa haqidagi bilimni chuqurlashtiradi, bu хоdisaning matеmatik yozilishiga aniqliklar kiritadi. Fizik mоdеllash ayniqsa paramеtrlarni arginalda o`zgartirish qiyin yoki ilоji yo`q хоllarda yaхshi. O`хshashlik bo`yicha mоdеllash ancha sоdda va fizikdan arzоn, chunki u elеktrоn analizli хisоblash mashinalarida o`tkaziladi. ammо хamisha хam zarur analitik ibоrani оlinavеrmaydi. Matеmatik mоdеllash хisоblash mashinasida bajariladi va diffеrеntsial tеnglamalar sistеmasi yеchimini оlish imkоnini bеradi. Grafiklar оlinadi. Bunda shuni nazarda tutish kеrakki, хar qanday analitik ibоra хоdisalarni dag`al ifоdalaydi. Fizik yoki mехanik mоdеllashga misоl sifatida traktоr, kоmbayn, paхta tеrish mashinasi va bоshqa k/х mashinalarini kеltirish mumkin. U хar хil kichraytirilgan masshtabda bo`lishi mumkin. Хamma manivr bo`yicha tajribani o`shanda bajariladi. O`хshashlik mоdеllash misоli bo`lib M massaning tеbranishi bo`lishi mumkin. Uni qattiqligi bоr prujinada kоndеnsatоr va g`altakni qo`shuvchi elеktrik kоntur yordamida ishlatadi. M massaning erkin tеbranishi, ma`lumki MZ+GZ=O tеnglama bilan ifоdalanadi bu еrda Z - M massaning vaqtincha siljishi yoki prujina dеfоrmatsiyasi miqdоri. Ammо shunday shakldagi tеnglama bilan kоnturning elеktrik tеbranishi хam еziladi. ( / ) 0 .. Lq q Cк  (4.1.1.) bu yеrda q – elеktrik miqdоri yoki kоndеnsatоr o`ram qоbiqlaridan biridagi zaryad. Ikkala tеnglamani хam shakli bo`yicha bittaga birlashtirish mumkin, ya`ni Х ” + щ 2 ·X=O (4.1.2.) Mехanik sistеma uchun garmоnik tеbranish W chastоtasi quyidagicha bo`ladi. щ = m Сn , elеktrik kоntur uchun esa щ = Lск 1 Dеmak elеktrik va mехanik tеbranishlar o`rtasida o`хshashlik mavjud, ularda L – induktivlik, M – inеrtlikka (massa) va Sk – sig`im Sn – qattiqlik miqdоriga mоs kеladi. Kеltirilgan tеnglama tеkshirilayotgan оb`еktning matеmatik mоdеli. U matеmatik tеbranish nazariyasining хamma qоidalari bo`yicha o`rganilishi mumkin va matеmatik misоli bo`lishi mumkin. 4.2. Ilmiy mоdеllashtirishda o`хshashlik sharti O`хshashlik haqida fikr yuritar ekanmiz, albatta elеmеntar gеоmеtriyasidagi uchburchaklar o`хshashligini eslaymiz. Unda o`хshashlik shartlarini buzmagan хоlda ko`plab хar хil kattalikdagi uchburchaklar оlish mumkin. Bu gеоmеtrik o`хshashlik. Mехanik o`хshashlik – gеоmеtrik o`хshashlikning yuqоrirоq darajasi. Bunda gеоmеtrik o`хshashlikka riоya qilish shart, bundan tashqari mоdеlning fizik paramеtrlari naturalnikiga o`хshash bo`lishi хam kеrak. Masalan, mоdеlning massa, kuch, sоlishtirma bоsimlari naturadaginikiga o`хshashi kеrak. O`rganilayotgan хоdisaga o`ta ta`sir qiladiganlarinikiga tarqatiladi. Natur оb`еktida matеrialning ichki zo`riqishi tеkshirilayotgan jarayonga ta`siri bo`lmasa, mоdеl хar qanday matеrialdan tayyorlanishi mumkin, chunki matеrial o`хshashligi shart emas. Gеоmеtrik va fizik o`хshashlik ularning bir хil sharti dеyiladi. Bu mоdеl va natur bir хil paramеtrlar bilan хaraktеrlanadi. Ikki оb`еkt yoki хоdisa o`хshashligi shundan ibоratki, ularning mоs aniqlоvchi хaraktеristikalari faqat masshtabi bilan farqlanadi va u o`хshashlik kоeffitsеnti yoki o`zgartirishning ko`paytuvchisi dеyiladi. Shunday qilib mоdеldan naturaga, yo tеskari qayta хisоblanadigan va mоs ko`paytuvchiga оshirishdan tuziladi. Masalan, agar natur оb`еkt mn – massa,  n – uzunlik va  n – tеzlik bilan хaraktеrlansa uning dinamik (mехanik) mоdеli хaraktеristikasi quyidagicha bo`ladi. mm=mn/km;  m= n/k  va  m= n/k  ; bu yеrda km, k  va k  – massa, chiziqli o`lcham va tеzliklar o`хshashlik kоeffitsеntlari. Mazkur tеkshirilayotgan оb`еkt mоdеl uchun o`хshashlik kоeffitsеntlari o`zgarmas kattalikdir. Хalqarо o`lchоv birligi (SI) mехanik sistеma uchun birinchi dеb ataluvchi, uch asоsiy o`lchоv birligiga ega. Bu [L] uzunlik o`lchоv birligi – m (mеtr), massa [M], o`lchоv birligi – kg (kilоgramm), vakt [T], o`lchоv birligi – sеk (sеkunda), bular kеyingi, ikkinchilari uchun asоs bo`ladi. Ikkinchi kattalik o`lchоv birligi asоsiy o`lchоv birliklaridan o`lchami fоrmulasi bilan ifоdalanadi, u aniqlоvchi tеnglama dеb ataladiganidan chiqadi. Masalan, kuch uchun aniqlоvchi tеnglama Nyutоnning ikkinchi qоnuni bo`ladi, ya`ni R=mj, bu yеrda m – massa va j – tеzlanish. Ammо j = d2 l/df2 va diffеrеntsiallanganda bеlgisini tushurib qоldirib (u o`lchamga tasir qilmaydi) kuch uchun quyidagi o`lchamli fоrmulani оlamiz. [P]=[M]·[L]·[T]-2 Shunday qilib tеzlik va tеzlanish va quvvat uchun хam o`lcham fоrmulasi оlinadi. [V]=[L]·[T]-1 , [j]=[L]·[T]-2 , [A]=[M]·[L]2 ·[T]-2 va [N]=[M]·[L]2 ·[T]-3 Agar asоsiy yoki dastlabki o`хshashlik kоeffitsеnt sifatida Km, Kℓ, Kt qabul qilinsa, qоlgan хamma kattaliklarning оb`еkt va uning mоdеlini хaraktеrlaydigan o`хshashlik kоeffitsiеntlari, bu kattaliklarning dastlabki o`хshashlik kоeffitsiеnti qo`yilgan o`хshashlilik fоrmulasi yordamida оlinadi. Masalan, quvvat uchun o`хshashlik kоeffitsiеnti KN=Km 2 2 t е К К , ish uchun o`хshashlik kоeffitsiеnti mоs хоlda KA=Km 2 2 t е К К va shu kabilar. O`хshashlikning uch asоsiy kоeffitsiеntidan (masshtabdan) faqat bittasi erkin tanlanadi – chiziqli o`lcham masshtabi Kℓ, qоlganlari chiziqli masshtab o`lchamlari оrkali aniqlanadi. Bir хillik shartiga vaqtli o`хshashlik хam kiradi. Vaqtlarning mоsligi gоmохrоnlik dеyiladi va vaqt o`хshashlik kоeffitsiеnti bilan хaraktеrlanadi Kt=tn:tm. Bu mоdеlning vaqt masshtabini aniqlaydi. Faraz qilamizki, 1:10 masshtabda qilingan mashina mоdеlini sinashda, ya`ni Kmℓ=10, gоmохrоnlik kоeffitsiеnti Kt=3,66 bo`lgan vaqt bo`yicha o`хshashlikda, massa o`хshashlik kоeffitsiеntida Km=100 tеzlik va tеzlanish quyidagi qiymatlarga mоs хоlda оlingan  m  20 m/sеk va jm=2,5m/sеk 2 . Dеmak natur uchun tеzlik qiymati quyidagicha н  К Vm  м сек К К м t 20 63,2 / 3,16 10      tеzlanishning qiymati esa 2 2 2 2,5 2,5 / 3,16 10 j м сек K Ke j K j м t  j  м      bo`ladi. Fizik mоdеllash uchun bir хillik sharti yеtarli emas, o`rganilayotgan оb`еktni yoki jarayonni yozadigan tеnglamalar o`хshashligi (mоsligi) хam zarur. Faraz qilaylikki ikki dinamik sistеma Nyutоnning ikkinchi qоnuniga asоsan хarakatlanmоqda P1=m1 1 1 dt d va P2=m2 2 2 dt d (4.2.1) bularga kiruvchi хamma kattaliklar o`хshashlik bоrligi faktidan chiqadigan quyidagicha bоg`liq R1=KAR2; m1=Kmm2; 1  2  К  va t1=Kt·t2; bu yеrda Kr , Km, К , Kt – mоs o`хshashlik kоeffitsiеntlari, birinchi natural оb`еktga mоs va ikkinchi mоdеlga mоs indеkslar. Yuqоridagidan (4.2.1) оlingan ibоrani birinchisiga qo`yib quyidagini оlamiz 2 2 2 2 t t р m K d K d К Р К m    (4.2.2) Bu tеnglamaning chap qismi kоeffitsiеntlarining хammasini guruхlaymiz, ya`ni 2 2 2 2 dt d P m K K К К m р t          (4.2.3) (4.2.1) va (4.2.3) tеnglamalarining o`хshashligi uchun kvadrat qavs ichi 1ga tеng bo`lishi kеrak. Bu shartni bоshqacha yozish mumkin idem m P t m Ð t M M M M H H Í H      (4.2.4) Bu o`lchamsiz kоmplеks mоdеl va natur uchun bir хil bo`lib o`хshashlik kritеriyasi yoki o`хshashlik invarianti dеyiladi. O`хshashlik kritеriyasi (4.4.1)dan o`lchamsiz ko`rinishga kеltirib хam оlinishi mumkin, ya`ni P/ m(d/ dt) va d / dt diffеrеntsialni  /t bilan almashtiradi. Nazоrat va munоzara uchun savоllar. 1. Ilmiy tadqiqоtda mоdеllash dеganda qanday tushunchaga egasiz va nimani tushunasiz? 2. Ilmiy tadqiqotda mоdеl so`zi qanday manoga ega? 3. Mоdеllashning qanday turlarini bilasiz? 3. Qanday zarurat mоdеllashga оlib kеladi dеb uylaysiz? 4. Mоdеllashda uхshashlik nima? 5. Fizik mоdеllash nima?
MA`RUZA № 5 MAVZU: ILMIY- TEXNIK AXBOROTLARNI TAHLIL QILISH VA AXBOROTNI O‘ZLASHTIRISH USULLARI . Mavzu rejasi: 5.1. Ilmiy-texnik axborot va uni qidirish. 5.2. Ilmiy-texnik axborotlarni o‘rganish, tahlil qilish. 5.3. Axborotni o‘zlashtirish usullari, axborotni yig‘ish va tizimlashtirish. Tayanch so‘z va iboralar: ilmiy-texnik axborot, axborot oqimi, axborot manbai, axborotning eskirishi, axborot qidirish, Internet, tarmoqlararo shlyuzlar, faylli arxivlar tizimi, gipermatnli axborot tizimi (WWW), ko‘chirma, annotatsiya, konspekt, axborot tahlili. 5.1.Ilmiy-texnik axborot va uni qidirish. Ilmiy bibliografiyasiz ilmiy ishni bajarish mumkin emas. Har qanday ilmiy tadqiqot belgilangan yo‘nalishga bag‘ishlangan ilmiytexnik axborotlarni qidirishdan boshlanadi. Ilmiy-texnik axborotlar quyidagi manbaalarda mavjud bo‘ladi: - kitoblar (darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, monografiyalar, broshyuralar); - davriy nashrlar (jurnallar, byulletenlar, turli xil ilmiy to‘plamlar); - me`yoriy hujjatlar (standartlar, texnik shartlar, yo‘riqnomalar, me`yoriy jadvallar, muvaqqat ko‘rsatmalar va b.); - kataloglar va narxnomalar; - patent hujjatlari; - ilimiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari haqidagi hisobotlar; - axborot nashrlari (ITI to‘plamlari, analitik sharhlar, axborot varaqalari, ekspress-axborotlar, ko‘rgazma prospektlari va b.) , - xorijiy ilmiy-texnik adabiyotlarning originali va tarjima nusxalari; - dissertatsiyalar, avtoreferatlar; - ilmiy-texnik konferensiyalar va ishlab-chiqarish kengashlari materiallari; - ikkilamchi hujjatlar (referativ sharhlar, bibliografik kataloglar, referativ jurnallar va b.). Hozirgi kunda ushbu hujjatlarda mavjud ma`lumotlar ulkan axborot oqimlarini tashkil etib, ularning sur`atlari kundan-kunga oshib bormoqda. Bunda chiquvchi va keluvchi axborot oqimlari mavjuddir. Chiquvchi axborot oqimi ijrochilardan (ITI, OO‘YU, TKB va b.) qayd etuvchi tashkilot-mahkamalarga, keluvchi axborot oqimi esa bibliografik, sharh, referativ va boshqa shakllarda ijrochilarga ularning so‘rovlari bo‘yicha yo‘nalgan bo‘ladi. Axbort «eskirish» xossasiga ega. Yangi ilmiy va ilmiy-texnik ma`lumotlarning shiddat bilan ko‘payib borishi natijasida axborot «eskirayapti». Uning «eskirish» qonuniyati 5.1-rasmda keltirilgan. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, axborot qimmatining pasayish tezligi (eskirishi) o‘rta xisobda gazetalar uchun kuniga 10% ni jurnallar uchun oyiga 10% ni va kitoblar uchun yiliga 10% ni tashkil etadi. Shu sababli, ulkan axborot oqimida yangi, ilg‘or, ilmiy yechimlar xaqidagi ma`lumotlarni topish nafaqat biror ilmiy xodim uchun, balki katta ilmiy jamoa uchun xam murakkab vazifadir. 5.1-rasm. Axborotning «eskirish» qonuniyati: 1-texnik axborot varaqalari; 2-ekspress-axborot; 3-jurnallardagi amaliy maqola; 4-jurnallardagi nazariy maqola; 5-monografiya; 6-ixtirolar Zarur axborotni qidirish - ijodiy jarayondir, shu sababli uni formallashtirish va avtomatlashtirish murakkabdir. Axborot qidirish - tanlangan mavzuni ishlab chiqish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni izlab topish bo‘yicha bajariladigan ishlarning majmuasidir. U qo‘lda, mexanik tarzda, mexanizatsiyalashtirilgan va avtomatlashtirilgan holda amalga oshirilishi mumkin. Qo‘lda qidirish oddiy bibliografiya kartochkalari, kartotekalar va nashr ko‘rsatgichlari bo‘yicha amalga oshiriladi. Mexanik qidirishda axborot perfokartalarga yoziladi. Mexanizatsiyalashgan qidiruv hisoblash- perforatsiya mashinalariga, avtomatlashgan qidiruv esa EHMga asoslangandir. Axborot-qidiruv tizimlarida (AQT) axborot-qidiruv tili (aqtl)ning turli variantlari qo‘llaniladi. Qidiruvda samarali natijalarga erishish uchun unda mavzuning tadqiqotchisi u yoki bu darajada ishtirok etishi kerak. Qidiruv jarayonida tadqiqotchi qidiruv massivini tekshiradi va o‘zinig axborot ehtiyojini aniqlaydi. Global axborot tarmog‘i Internet (keyingi o‘rinlarda-Internet) sanoatning barcha tarmoqlari, transport, ta`lim, fan va boshqa sohalardagi axborotning zamonaviy universal manbaidir. Ushbu tarmoq foydalanuvchiga turli axborot resurslariga yo‘l ochib beradi va quyidagi savollarga javob olish imkonini beradi: - zarur axborot ob`ektini avtomatik rejimda qanday topish mumkin? - undan uzoqda joylashgan mashinada qanday foydalanish mumkin yoki o‘z kompyuteriga qay tarzda o‘tkazib olsa bo‘ladi? - qanday dasturiy vositalar yordamida uni qabul qilinuvchan qilish mumkin? Internet foydalanuvchisi tarmoqlararo boshqa tarmoqlarning axborot resurslariga yo‘l ochish imkoniyatiga ega. Internetning axborot resurslari – axborot texnologiyalari yordamida foydalaniladigan, mustaqil yangilanish rejimida mavjud bo‘lgan axborot texnologiyalari va ma`lumotlar bazasining umumiy majmuidir. Unga quyidagilar kiradi: - faylli arxivlar tizimi FTR; - WWW ma`lumotlar bazasi; - Gorher ma`lumotlar bazasi; - WAIS ma`lumotlar bazasi va boshqalar. Faylli arxivlar tizimi FTR – so‘nggi 10-15 yil ichida to‘plangan mavjud axborotning ulkan omboridir. Uning xizmatidan xar bir foydalanuvchi ma`lumot olishi, kerakli ma`lumot-materiallardan nusxa ko‘chirib olishi mumkin. Gipermatnli axborot tizimi World Wide Web (WWW-«butunjaxon o‘rgamchak to‘ri») Internetning ko‘plab axborot arxivlariga qulay yo‘l ochib beradi. Ushbu texnologiyaning ko‘plab interfeyslari «sichqoncha» manipulyatorini kerakli so‘z yoki grafik rasmning xoshiyasida tugmachani bosish orqali kerakli materialni tanlab olish imkonini beradi. WWW da Internetda zarur mo‘ljal-yo‘nalish olish uchun xizmat qiluvchi katta miqdordagi turli xil kataloglar mavjud. WWW ning boshqa axborot qidiruv va uzatish vositalaridan yana bir asosiy ustunligi uning ko‘p funksiyaliligidadir – WWW ning bir saxifasida bir vaqtning o‘zida matn va tasvirni, tovush va animatsiyani ko‘rish mumkin. WWW – axborot bilan ishlashning eng qulay vositasidir. Gorher yoyilgan axborot tizimining interfeyslari asosida ierarxik kataloglar g‘oyasi yotadi. U sodda, yetarli darajada ishonchli, ximoyalangan tizim xisoblanadi. Shuningdek, WAIS yoyilgan axborot-qidiruv tizimi xam mavjud. Uning zamirida tayanch-kalit so‘zlarni qo‘llashga asoslangan mantiqiy so‘rovlardan foydalanib axborot qidirish tamoyili yotadi. Foydalanuvchi o‘ziga kerakli ma`lumot - xujjatlarni topish uchun WAIS ning barcha serverlarini ko‘rib chiqishi mumkin. 5.2. Ilmiy-texnik axborotlarni o‘rganish, tahlil qilish, ilmiy tadqiqotlarning maqsad va vazifalarini belgilash Ilmiy-texnik axborotni o‘rganish va taxlil qilish – mavzu bo‘yicha masalaning xolatini yoritish, ilmiy tadqiqotning maqsad va vazifalarini asoslashning poydevoridir. Axborotni ishlab chiqishda samarali natijalarga erishish uchun (o‘rganish, eslab qolish, taxlil) qator shartlarga rioya qilish lozim. Bunda birinchi shart-munosabatni belgilashdir, ya`ni o‘qishdan maqsad nima ekanligini aniqlashdir. Bu ruxiy omil tafakkurni faollashtiradi, o‘rganilayotgan materialni tushunishga yordam beradi, qabul qilishni aniqlashtiradi. Bu xolda ilmiy xodim o‘zini «ma`lum to‘lqinga» sozlaydi. Navbatdagi shart-ilxomlanishdir; u ijodiy yondashishning asosi bo‘lib, axborotni ishlab chiqish samaradorligini oshiradi. Axborotni safatli ishlab chiqish uchun diqqat va e`tibor talab etiladi. Ish jarayonida e`tiborni chalg‘ituvchi va tez charchashga olib keluvchi turli salbiy omillardan (shovqin, keraksiz gaplar, o‘y-xayollar va b.) xoli bo‘lish kerak. Axbrotni muvaffaqiyatli ishlab chiqish uchun mustaqil ravishda ish olib borish muximdir. Adabiyotlar bilan ishlashda sabotli ravishda, sobitqadamlik bilan tizimli xolda ish olib borish katta axamiyat kasb etadi. Bunga ayniqsa, qiyin, murakkab yangi matnlarni o‘rganishda rioya qilish zarurdir. Materialni to‘liq tushunish uchun kerak xolllarda qayta-qayta o‘qib chiqish lozim bo‘ladi. Axborotning ishlab-chiqish unumdorligi ko‘p jixatdan aqliy mexnat qobiliyatiga bogliq. To‘g‘ri ish rejimini tashkil etish uni oshirishning muxim shartidir. Buning uchun xar 1-2 soat ishlagandan so‘ng 5-7 minutlik tanaffuslar qilish, jismoniy mashqlar o‘tkazish, chuqur nafas olish kerak bo‘ladi, natijada markaziy asab sistemasi dam oladi tinglanadi va ish qobiliyati ko‘tariladi. Ilmiy-texnik axborotni ishlab chiqarishda ko‘chirmalar, annotatsiyalar, konspektlar qilinadi. Ko‘chirmalar – bu axborotning aloxida qismlarning (yoki to‘liq) mazmunidir. Ularning axamiyati juda kattadir – ular kichik xajmda katta axborotni to‘plash imkonini beradi va kelajakdagi ijodiy faoliyat uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Annotatsiya – birlamchi manbaadagi axborotning qisqacha mazmunidir. Ularning yordamida matnning to‘liq mazmunini xotirada tezda tiklab olish mumkin. Konspekt – birlamchi manbaadagi axborot mazmunining batafsil bayonidir. U mazmunan to‘liq, xajman ixcham bo‘lishi kerak. Konspekt o‘rganilgan axborotni tushunilgan xolda o‘z so‘zlari bilan yozilishi kerak, shundagina ijodiy ishda u katta naf keltiradi. O‘rganilayotgan axborot mazmunini esda saqlab qolishning turli usullari mavjud: mexanik tarzda, mazmun-moxiyatli, ixtiyoriy, noixtiyoriy. Mexanik usul – o‘qilgan materialni ko‘p karra qaytarish va yodlashga asoslanadi. Bu xolda esda saqlanadigan axborotning aloxida elementlari o‘rtasida mantiqiy bog‘liqlik bo‘lmaydi. Shu sababli bu usul eng kam samarali xisoblanadi va asosan sanalar, formulalar, havolalar, xorijiy so‘zlar kabilarni esda saqlab qolish uchun qo‘llaniladi. Mazmun-moxiyatli usul o‘rganilayotgan axborotning aloxida elementlari orasidagi mantiqiy bog‘lanishlarni eslab qolishga asoslangan. O‘qish davomida aloxida elementlarni emas, balki to‘liq matnni, uning ma`nosi va axamiyatini tushunish zarurdir. Eslab qolishning ushbu usuli mantiqiy-ma`noli bo‘lib, mexanik usulga nisbatan ko‘p marta samaralidir. Ixtiyoriy eslab-qolish usuli taasurot-tasavvurning qonunlari bilan bog‘liq bo‘lgan turli usullarga asoslanadi. Noixtiyoriy usul o‘qish davomida vujudga keladigan xissiyotlar oqibatida matnning u yoki bu qismini tasodifiy eslab qolishga asoslanadi. Shuni ta`kidlash lozimki, o‘rganiladigan axborotni eslab qolishning universal usuli yo‘qdir. Amalda, asosan mavjud usullarning majmuasi qo‘llaniladi. O‘rganilayotgan axborotni taxlil qilish - ilmiy tadqiqotning eng muxim masalalaridan biridir. Taxlil jarayonida axborot manbalarini xam, ulardagi materialma`lumotlarni xam tasniflash va tizimlashtirish zarurdir. Manbalarni ikki tarzda – xronologik tartibda va taxlil qilinuvchi masalalar mavzulari bo‘yicha tizimlashtirilishi mumkin. Xronologik tartib bo‘yicha tizimlashtirishda mavzuga oid axborotlar har biri uchun sifat darajasi bo‘yicha sakrashlar xarakterli bo‘lgan ilmiy bosqichlar bo‘yicha ajratib chiqiladi. Shundan so‘ng xar bir bosqichga kiritilgan birlamchi manbaalardagi axborotlar tanqidiy tarzda batafsil taxlil qilinadi. Buning uchun yuqori darajadagi bilim va ilmiy-ijodiy saloxiyatga ega bo‘lish zarur bo‘ladi. Mavzular bo‘yicha tizimlashtirishda o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha mavjud barcha axborot masalalar bo‘yicha tizimlashtiriladi. Bunda ilmiy-texnik axborotlarning so‘nggi nashrlariga ko‘proq e`tibor qaratiladi, chunki ko‘p hollarda ularda ko‘rilayotgan masala bo‘yicha ya`kuniy tadqiqotlar natijalari keltirilgan bo‘lishi mumkin. Shundan so‘ng alohida ahamiyatga ega, e`tiborga molik boshqa manbaalar tahlil qilinadi. Axborot tahlilining 2-varianti birmuncha sodda bo‘lib, ancha kam vaqt sarfini talab etadi. Lekin ushbu variant bo‘yicha mavzuga taalluqli axborot to‘liqmas hajmda tahlil qilinadi. Ilmiy-texnik axborotni o‘rganish, eslab qolish va tahlil qilish natijasida quyidagilar aniqlanadi: - mavzuning dolzarbligi va yangiligi; - mavzu bo‘yicha nazariy va eksperimental tadqiqotlar sohalarida erishilgan so‘nggi yutuqlar; - ilmiy tadqiqotning maqsad va vazifalari; - mavzu bo‘yicha ishlab-chiqarish tavsiyanomalari; -ilmiy ishlanmalarning texnik,iqtisodiy va ekologik jixatlar bo‘yicha maqsadga muvofiqligi. 5.3. Axborotni o‘zlashtirish usullari va Axborotni yig‘ish va tizimlashtirish Ilmiy materiallar tanlab olingandan so‘ng, ulardan yuqori darajadagi axborotlar ajratib olinadi va o‘zlashtiriladi. O‘zlashtirish - materialni qayta ishlash jarayoni bo‘lib, natijada u to‘la tushunarli bo‘ladi, ya`ni tadqiqotchining "o‘ziniki" bo‘lib qoladi. Ilmiy maqolalarning mazmunini o‘zlashtirish quyidagi uch xolat bilan qiyinlashadi: 1) tekstni qisqartirish bo‘yicha redaksiyaning talabi; 2) muallifda ifodalash mantiqini yetishmasligi; 3) mualliflarni, ayniqsa yangi boshlovchilarni, formal holatlarga, yuqori ilmiy ko‘rinishda ifodalashga urinishlari. Tadqiqotchi uchun bunda asosiy yo‘l - axborotni o‘qish orqali o‘zlashtirishdir, bu jarayon juda chuqur individuallashgan bo‘lib, psixologik jihatdan keng o‘rganilmagan. Tajribali tadqiqotchilar bunda quyidagilarni tavsiya etadilar: 1. Materialni o‘rganishdan oldin, uning darajasini tushunib olish va shunga mos ravishda ko‘proq yoki ozroq vaqt ajratish kerak. 2. Birinchi o‘qishdagi tushunarsiz joylarga katta e`tibor bermaslik, ya`ni ularning ilmiy mazmunini tezda fikrlashga xarakat qilmaslik lozim. Tushuntirishlar keyingi qatorlarda bo‘lishi mumkin. Shuning uchun materialni o‘zlashtirishdan oldin, butun tekst bilan umumiy xolda tanishib chiqish maqsadga muvofiq bo‘lib, tushunilmagan joylarga maxsus belgilar qo‘yib boriladi. 3. Materialni haqiqiy o‘zlashtirish, o‘rganilayotgan tekstni qayta, ba`zida esa bir necha marta qaytalab o‘qish bilan boshlanadi. Materialni tushunishning formallashgan ko‘rsatkichlari yo‘q. Tushinish - oldin olingan bilimlar, solishtirishni bilish, gipoteza va taxminlarni ilgari surish, umuman mantiqiy fikrlashga asoslangan. 4. Yangi, qiyin ifodalangan natijalarni o‘rganishda rahbarga yoki tajribali tadqiqotchiga murojat qilishi mumkin. Ammo bu holatdan me`yorida foydalanish zarurdir, chunki bunda ishning ushbu bosqichda vaqt tejalsa ham, mustaqil fikrlashni rivojlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 5. Materialni o‘rganishni faqat qo‘lda qalam va toza varaq bilan amalga oshirish kerak. Qog‘ozda yozib qoldirish nafaqat tushunishga, balki esda saqlab qolishga ham foydali bo‘ladi. 6. Ko‘p o‘zgaruvchilarga ega murakkab tenglamalarni va ularning xossalarini tushunish va esda saqlab qolish, odatda 1-2 o‘zgaruvchilar orqali amalga oshirilib, qolganlarini vaqtincha o‘zgarmas deb qabul qilinadi. 7. Yangi olingan axborotni oldin ma`lum bo‘lganiga keltirishga intilishi kerak. Chunki yangi axborot oldin ma`lum bo‘lganining umumlashtirilgan yoki xususiy xoldagisi bo‘lishi mumkin. 8. O‘zlashtirishda nafaqat mantiqiy ketma-ketlikga va isbotlarga ahamiyat beribgina qolmasdan, balki axborotni oddiy misollar orqali xam ko‘rib chiqish kerak bo‘ladi. 9. Yangi material o‘rganilayotganda, quyidagi shior ostida ishlash zarur: «G‘oyalar (ideyalar) har qachon oddiydir, faqat ularning ifodalanishi murakkab bo‘lishi mumkin». Axborotni yig‘ish va tizimlashtirish Xozirgi paytda, ilmiy xodimlar uchun, o‘ziga yangi bo‘lgan bilim sohasini o‘zlashtirishdagi ma`lum bir qiyinchiliklar axborot manbalarining yetishmasligida emas, balki ularning ortig‘i bilan ta`minlanganligidadir. Bunda, qisqa yo‘l bilan to‘la axborot beruvchi manbalarni tanlash muammosi paydo bo‘ladi. Nashr qilinadigan axborot materiallari quyidagilardir: monografiya shaklidagi kitoblar va o‘quv qo‘llanmalari, respublika va xorijiy davlatlarning davriy nashrlari, ilmiy to‘plamlar, ekspress - axborotlar va referativ ko‘rsatkichlar. KITOBLAR. Xar bir tajribali kitobxon biladiki, kitoblarda ilmiy muammolarni bir xil to‘g‘ri yoritilishi bilan bir qatorda, ularning shakli va uslubiy jihatdan takomillashganligi turlicha bo‘lishi mumkin. Yangi boshlayotgan tadqiqotchi bu kamchilikni ko‘p sonli manbalarini yuzaki o‘rganib chiqish bilan qoplaydi. Ammo, tajriba shuni ko‘rsatadiki, ixtiyoriy holda tanlangan bir necha kitoblar o‘rniga birgina to‘g‘ri tanlangan kitobni chuqur o‘rganib chiqish yaxshi natija beradi. JURNALLAR. Xar bir ilm - fan soxasida, odatda bir necha (ba`zida, o‘nga yaqin) jurnallar bosib chiqariladi. Bunda ularni o‘rganishda quyidagiga amal qilish kerak: barcha jurnallarni ba`zi - ba`zida ko‘rib chiqqandan ko‘ra, to‘g‘ri tanlangan oz sondagi jurnallarni doimiy ravishda kuzatib borish yaxshi natija beradi. Bunda, 3-4 ta mamlakatimiz va shu sondagi xorijiy mamlakatlarning jurnallarini o‘rganib borishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. DAVRIY ILMIY TO‘PLAMLAR. Bu to‘plamlar yirik o‘quv va ilmiy institutlar tomonidan yiliga bir-ikki marotaba chiqariladi. Ular jurnallarga ekvivalent bo‘lib, ammo ko‘proq maxsus mazmunga ega bo‘ladi. EKSPRESS AXBOROTLAR VA REFERATIV JURNALLAR. Bu turdagi axborot manbalari Respublika axborotlar fondi instituti tomonidan bosib chiqariladi va quyidagilarga bo‘linadi: a) Referativ jurnal (RJ) - kitoblar, maqolalar, kashfiyotlarning qisqacha annotatsiyalarini o‘z ichiga oladi va xar oyda bir marotaba turli yo‘nalishlari bo‘yicha bosib chiqariladi; b) Ekspress axborot (EA) - maxsus jurnallarda bosib chiqarilgan eng muxim materiallar to‘la xolda ta`riflanadi; v) «Signal axborot» (SA)- respublika fondiga kelib tushgan barcha materiallar ro‘yxati beriladi, xar oyda bir marotaba chop etiladi; g) Referativ kartotekalar (RK) va chekkalari perforatsiyalashgan referativ kartalar - faqat ilm-fanning ba`zi bir yo‘nalishlari bo‘yicha chop etiladi; d) Fan va texnikaning yutuqlari - fan va texnikaning turli soxalaridagi eng keyingi yutuqlar obzori beriladi; e) Deponizatsiyalashtirilgan ilmiy ishlar - bu materiallarni bibliografik ko‘rsatkichlaridir. z) Xalqaro va respublikada o‘tkaziladigan ilmiy sezdlar, konferensiyalar, kongresslar va ko‘rgazmalarning byulleteni. Endi boshlayotgan tadqiqotchilar uchun referativ jurnallar va ekspress-informatsiyalarni doimiy tarzda o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Bunday o‘rganishda ikki bosqichni ajratish mumkin: Birinchi bosqich - axborot manbasini qidirish. O‘rganishni, tadqiqot o‘tkazish mo‘ljallangan yo‘nalishga bag‘ishlangan monografiyadan boshlash kerak bo`ladi. Bunda bir yo‘la ikki maqsadga erishiladi: -birinchidan tadqiqot muammosiga zamonaviy nuqtai nazar hamda tadqiqot uslubiyoti va unga erishish yo‘llari bilan tanishish; - ikkinchidan asosiy adabiyotlar bilan tanishish, chunki monografiyalar yetarli darajadagi to‘la bibliografik ko‘rsatkichga ega bo‘ladi. Adabiy manbalarini tanlashdagi keyingi ketma-ketlik quyidagicha bo‘lishi mumkin: - bibliografiyada ko‘rsatilgan adabiyotlar bilan tanishish, bular kitob, broshyura, jurnallardagi maqolalar, dissertatsiyalar va boshqalar; - fan va texnikaning yo‘nalishiga mos keladigan referativ jurnallar va axborotli nashrlarni ( ekspress axborot, signal axborot va boshqalar) ko‘rib chiqish; - yo‘nalish bo‘yicha maxsuslashtirilgan jurnallarni o‘rganish; -ilmiy-tadqiqot institutlarining to‘plamlari, konferensiyalardagi ma`ruzalarning tezislari, dissertatsiya avtoreferatlarini o‘rganish. Barcha tanlangan axborotlar kartochkalarga kiritilgan va kartoteka sifatida yig‘ilgan bo‘lishi kerak. Bunday kartoteka kerakli materiallarni zarur paytda qidirishni yengilashtiradi. Ikkinchi bosqich - axborot manbalari bilan tanishish. Axborotni o‘rganish o‘z navbatida ikki ketma-ketlikdan iborat bo‘ladi: tanishish va o‘qish. Axborotlarni, bilimlarni yig‘ish texnikasi turlicha bo‘lishi mumkin. Ammo, prinsipda ilmiy - texnik axborotlarni yig‘ishda ularni mexanik yig‘indi sifatida emas, balki mantiqan o‘zaro bog‘langan holda, ya`ni ilmiy tadqiqotlarni algoritmi asosida yig‘ish, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Amalda bu, yig‘ilayotgan axborotlarni bo‘limlar bo‘yicha ro‘yxatini tuzish bilan bog‘liq bo‘ladi. Bunda quyidagilar tavsiya qilinadi: 1) Masalaning qo‘yilishini va uning yechimini tushunib olish va bu xaqda albatta yozib qo‘yish kerak bo‘ladi. Ya`ni, bunda keyinchalik o‘rganish maqsadida, mexanik ko‘chirmalardan qochish kerak. 2) Belgilashlarning hammasi ham standartlashtirilmaganligi va bir xil kattaliklarni turlicha belgilashlari sababli, belgilashlarning yagona tizimini kiritish maqsadga muvofiqdir. 3) Yangi axborotni ma`lum bo‘lganlarga nisbatan qo‘shimcha sifatida tushunishga xarakat qilish kerak va bunda oldin qilingan yozuvlarga tegishli o‘zgartirishlarni kiritish maqsadga muvofiqdir. 4) Manbani tushunishni kengaytirish maqsadida, o‘rganilayotgan har bir manba yuzasidan maksimal imkoniyat darajasida qo‘shimchalar va tushuntirishlar qilish kerak. 5) Esda saqlashning yengillashtirish va ko‘rgazmaliligini ta`minlash maqsadida, bir necha oddiy tushuntirishlar, rasmlar, grafiklar va sxemalarni kiritilishi zarur bo‘ladi. 6) Xar bir ishlab chiqilayotgan manbani sodda sonli misollar bilan to‘ldirib borish, ya`ni kiritilgan formula va algoritmlarni ishga yaroqligiga ishonch hosil qilish kerak bo‘ladi. 7) Vaqti - vaqti bilan kartoteka mazmunini ko‘rib chiqish va materiallarni umumlashtirish maqsadga muvofiqdir. Bunda bir necha yozuvlar bittaga birlashtiriladi. 8) Yangi g‘oya, fikrlarni tushunib olishga o‘zaro fikr almashuvi ham yordam beradi - Og‘zaki suhbat, yozuvlar bilan almashish, ma`ruzalar qilish va boshqalar. Mustaqil nazorat uchun savol va topshiriqlar 1. Amaliy tadqiqotlar qanday masalalarni hal etishga yo‘naltirilgan? 2. Tajriba-konstruktorlik ishi deganda nimani tushunasiz? 3. Ilmiy-tadqiqot ishlari qanday bosqichlardan tashkil topadi? 4. Tajriba-konstruktorlik ishlari necha bosqichda bajariladi? 5. Ilmiy-tadqiqot mavzusi nima va u qanday tanlanadi? 6. Ilmiy-texnik axborot nima va u qanday qidiriladi? 7. Ilmiy-texnik axborot manbaalariga nimalar kiradi? 8. Axborotning «eskirishi» nima? 9. Internet nima? 10. Ilmiy-texnik axborotni tahlil qilish qanday tarzda amalga oshiriladi?
MA`RUZA № 6 MAVZU: EKSPERIMENTAL TADQIQOTLAR ASOSLARI. Mavzu rejasi: 6.1. Eksperiment haqida asosiy tushunchalar, 6.2. Eksperiment bosqichlari. 6.3. Eksperiment vazifalarini qo‘yish. Tayanch iboralar: Eksperiment. Eksperiment tadqiqotlarini asosiy maqsadi. Eksperimentning tarkibiy qismlari. Eksperiment turlari. Eksperiment uslubiyoti. Eksperiment bosqichlari va ularning tarkibiy qismlari. Eksperiment vazifasini qo‘yish. Ma`qullash. eksperiment dasturi. 6.1. Eksperiment haqida asosiy tushunchalar. Xar bir ilmiy tadqiqotlar, agar uning natijalari eksperimental tekshiruvdan o‘tmasa, tugallangan deb xisoblanmaydi. Buning asosiy sabablari quyidagilardir: - qabul qilingan ob’ekt modelining adekvatligi to‘g‘risidagi ishonchning yo‘qligi; - vazifani qo‘yish va uni yechish bosqichidagi yo‘l qo‘yishlarga ishonchning yo‘qligi; - yechish bosqichida xatoliklarni paydo bo‘lishi mumkinligi. Eksperimental tekshirishlarning ma’suliyati va murakkabligi, xozirda aloxida ilmiy yo‘nalishni yaratilishiga olib keldi, bu yo‘nalish eksperimentlar nazariyasi deb ataladi. Eksperimental tekshirishlar ikkita o‘zaro farqlanuvchi natijalarga olib kelishi mumkin. Birinchi xolatda, eksperimental tekshirish amaliyot uchun yetarli aniqlik bilan nazariyani isbotlab beradi. Bunda tadqiqot tugallangan xisoblanib, uning natijalari foydalanish uchun beriladi. Ikkinchi xolatda qabul qilinishi mumkin bo‘lmagan farqlar kuzatiladi. Bunda tadqiqotlar siklini qaytarish zarur bo‘ladi. Shuni tushunish muximki, siklning mavjudligi (ba’zida sikldan bir necha bor o‘tishga to‘g‘ri keladi) fan imkoniyatlarining yetishmasligidan emas, balki uning moxiyatidan kelib chiqadi. Fan gipotezlarni ya’ni oldindan aniq bo‘lmagan taxminlarni tekshiradi. Eksperiment tadqiqotlar - ilmiy tadqiqotlarning eng muxim tarkibiy qismidir. Eksperiment - ilmiy ishning ko‘rinishi bo‘lib, u ob`ektiv qonuniyatlarni o‘rganish uchun o‘tkaziladi va o‘rganilayotgan ob`ektga maqsadga muvofiqlashtirilgan ta`sirlardan iborat bo‘ladi. Eksperiment, bu maxsus o‘tkaziladigan ilmiy tajriba yoki aniq xisobga olinadigan sharoitlarda xodisalarni kuzatishdir. Eksperiment natijasida bir yoki bir necha omillarning boshqasiga yoki boshqalariga ta`siri aniqlanadi. Kuzatishdan farqli holda, eksperiment tajribaning qaytaruvchanligini ta`minlaydi, turli sharoitlarda ob`ektni tadqiq etish imkonini beradi, uni “sof holda” o‘rganish mumkin bo‘ladi. Ekspеrimеnt - bu tajribada sinab ko`rish оrqali fanda хоdisalarni bilish faоliyatida tadqiqоtlar o`tkazib o`rganish usuli hisоblanadi. Ekspеrimеnt kuzatishga qaraganda yuqоri darajadagi bilish usulidir. Ekspеrimеnt оb`еktni tеgishli tajriba masalalarini tadbiq qilish оrqali оb`еktga ta`sir ko`rsatish o`zlashtirish shu оb`еkt haqidagi bilimlarni bоyitishga yordam bеruvchi usuldir. Izlanuvchi ekspеrimеnt usulini qo`llash оrqali o`zini qiziqtirgan оb`еktning hamma tоmоnlarini o`rganish uchun unga faоl ta`sir ko`rsatadi. Buning uchun sun`iy sharоitlar yaratadi. Shu sharоitda kuzatuvchilar tеkshirishlar o`tkazib ma`lumоtlar to`planadi. Ekspеrimеnt usuli хоdisalarning muхim bеlgilari va хususiyatlarini, ularning bоshqa narsa va хоdisalar bilan munоsabatini alоqa va bоg`lanishlarning chuqurrоq o`rganishga imkоniyat yaratadi. Bu usul izlanuvchiga tabiiy sharоitlarda kuzatish оrqali хоsil qilish mumkin bo`lmagan bilim va ma`lumоtlarni оlish imkоniyatini bеradi. Ekspеrimеntlar turli хil bo`lib ulardan farq qiluvchi fikriy yoki g`оyaviy ekspеrimеntlar хam bоr. Eksperimentda, uning o‘tkazilish xolatini kuzatish, uni boshqarish, va kerak bo‘lsa uni qaytarish imkoniyati yaratiladi. Eksperimentni passiv kuzatishdan farqi, tekshiruvchining o‘rganilayotgan ob`ektga ta`sir etish imkoniyatining borligidir. Eksperiment tadqiqotlarining asosiy maqsadi - nazariy tushunchalarni (ishchi gipotezalarni) tekshirish. Xar qanday eksperiment uch asosiy tarkibiy qismdan iborat bo‘ladi: 1. Eksperimentator faoliyati - sub`ektiv tomon; 2. Tadqiqot ob`ekti - ob`ektiv tomon; 3. Vositalar: instrumentlar, asboblar va jihozlar. Eksperiment tadqiqotlar yaxshi tayyorgarlikdan so‘ng o‘tkazilib, u mumkin bo‘lgan kam vaqt sarfi va vositalarni xamda olingan natijalarning yuqori ishonchliligini ta`minlashi kerak bo‘ladi. Eksperimentator ish boshlashdan oldin quyidagi amallarni bajarishi zarur:  eksperiment maqsadini aniq ifodalashi;  eksperiment o‘tkazishning rejasini va tekshirish ob`ektini tayyorlashi, o‘lchov vositalari va asboblarni xam tayyorlashi kerak bo‘ladi; Eksperimentni qo‘yishda, ishonchli natijalarni olish uchun quyidagi vazifalar bajariladi:  o‘rganilayotgan ob`ektni xalaqit beruvchi, ikkilamchi faktorlardan ajratib olish;  o‘ta bir xil sharoitlarda tajribani ko‘p marotaba qaytarish imkoniyatiga ega bo‘lish;  kerakli diapazonda sharoitlarni o‘zgartirish imkoniyatiga ega bo‘lish kerak bo‘ladi. O‘lchov asboblarini tanlash eksperiment maqsadi va rejasi bo‘yicha amalga oshiriladi. O‘lchov vositalari kerakli aniqlik darajasini, xatoliklarni yuqori darajada yo‘q qila olishni ta`minlash kerak. Barcha eksperiment tadqiqotlarni tabiiy va sun`iylarga bo‘lish mumkin. Tabiiy eksperimentlar sotsial xolatlarni tekshirish uchun ishlatiladi (ishlab chiqarishda, turmushda va xokazo). Tabiiy ekspеrimеntlar - bu tabiiy sharоitlarda o`tkaziladi: biоlоgik, pеdоgоgik, psihоlоgik, sоtsial bo`lishi mumkin. Sun`iy eksperiment fanning ko‘p tarmoqlarida ishlatiladi, ayniqsa texnik fanlarda. Eksperiment tadqiqotlar laboratoriya va ishlab chiqarish eksperimentiga bo‘linadi. Laboratoriya eksperimentlari tipik asboblar, maxsus modellar, stendlar, jihozlar va hokazo ishlatilib, o‘tkaziladi. Bu tadqiqotlar kerakli sondagi tajribalarni o‘tkazish va oz sarf orqali yaxshi ilmiy ma`lumot olishini ta`minlaydi. Eksperimental tadqiqotning bunday natijalari xamma vaqt xam jarayon yoki ob’ekt ishining borishini toʻliq aks ettira olmaydi. Lekin, laboratoriya sharoitida xar qachon xam real ishlab chiqarish yoki jarayon o‘tkazilayotgan shartsharoitlar to‘la modellashtirilmaydi, shuning uchun ishlab chiqarish eksperimenti o‘tkaziladi. Ishlab chiqarish eksperimenti tadqiqot ob`ektini real sharoitlarda, real ishlab chiqarishning turli ko‘rinishdagi ta`sirlarini xisobga olgan xolda olib boriladi, faqat ishlab chiqarish sharoitlaridagi eksperimentni o‘tkazish juda katta tayyorgarlikni talab qiladi. Bunday eksperimentlar laborotoriyadagidan murakkab, tajriba naturasi (mavjud jarayon yoki ob’ekt) xajmdorligi oqibatida puxta fikrlash va rejalashtirishni talab etadi. Ekspluatatsiya qilinadigan ob’ektning turli dala sinovlari xam ishlab chiqarish tadqiqotlarga kiradi. Tegishli metodika va shakl boʻyicha tashkilotlar yoki muassasalardan, korxonalardan u yoki bu tadqiq etilayotgan masala boʻyicha materiallar toʻplash ishlab chiqarish eksperimentlarining bir turi xisoblanadi. Ba`zida, izlovchi (birlamchi) eksperimentlarni o‘tkazishga to‘g‘ri keladi. U o‘rganilayotgan xodisalarga barcha faktorlarning ta`sirlarini tasnif (klassifikatsiya) qilish uchun birlamchi qiymatlar yetishmaganda o‘tkaziladi. Bu eksperimentlar natijasida, tadqiqotning to‘la o‘tkazish dasturi yaratiladi. Eksperiment dasturi – eksperimental tadqiqotlarning uslubiy asosi boʻlib u quyidagilarni oʻz ichiga oladi: - tadqiqot mavzulari roʻyxati va ishchi gipoteza mazmuni; -eksperiment uslubiyoti va uni bajarish uchun zarur materiallar, asboblar, qurilmalar va xokazolar roʻyxati; - bajaruvchilar roʻyxati va ularning kalendar ish rejasi; - eksperimentni bajarish uchun xarajatlar roʻyxati. Eksperiment uslubiyoti – uslublar, eksperimental tadqiqotlarni maqsadga muvofiq usullari majmui. Umumiy tarzda u oʻz ichiga quyidagilarni oladi: - eksperiment maqsad va vazifasini; - faktorlarni tanlash va ularning oʻzgarish darajasini; - vositalar va oʻlchashlar zarur miqdorini asoslashni; - eksperiment moxiyati va tartibining bayonini; -eksperiment natijalarini ishlab chiqish va taxlil qilish usullarini asoslashni. Eksperiment tadqiqotlarni samarali (effektiv) o‘tkazish uchun oldindan tayyorgarlik ko‘rish kerak, buning uchun: - eksperiment o‘tkazish uslubiyotini yaratish; - kerakli materiallar, asboblarni tayyorlash; - kerakli qurilmalar, stendlarni yaratish kerak bo‘ladi. Eksperiment uslubiyoti o‘z ichiga quyidagilarni oladi: -eksperimentlarni maqsadi va vazifasi; -o‘zgartiriladigan faktorlarni tanlash, o‘lchash usullari va vositalari; -eksperimentni o‘tkazish ketma-ketligini aniqlash, olingan eksperiment qiymatlarni qayta ishlash va tahlil qilish. Eksperimentning maqsadi va vazifalari ishchi gipoteza va nazariy ishlanmalar asosida chiqariladi. O‘zgaruvchi faktorlarni tanlash esa tadqiqot qilinayotgan ob`ekt yoki jarayon to‘g‘risidagi nazariy ma`lumotlar asosida amalga oshiriladi. Maqsad va vazifalardan asosiy va ikkilamchi faktorlar aniqlanadi. Eksperiment o‘tkazishda o‘lchov usullari va vositalarini to‘g‘ri tanlash kerak. O‘lchov apparatlari mumkin bo‘lgan faktorlarni o‘zgarish diapazoni va kerakli aniqlikka mos ravishda tanlanadi. Eksperimental tadqiqotlarni o‘tkazish mexnat va ashyoviy vositalarning ko‘plab sarflari bilan bog‘langandir. Shuning uchun tajribalarni o‘tkazish vaqtini va sarflarini sezilarli kamaytirishni ta`minlovchi eksperimental tadqiqotlarni usullarini o‘rganish muxim. Ushbu talablarga eksperimentni rejalashtirish va uning taxlilini matematik usullaridan foydalanish to‘la javob beradi. Keyingi paytlargacha, matematik usullar xususan matematik statistika usullari, eksperimental tadqiqotlarning yakunlovchi bosqichlarida, eksperimentda olingan natijalarga ishlov berish uchun qo‘llanilgan. Eksperimentlarni rejalashtirish esa matematik usullardan foydalanmasdan amalga oshirilgan bo‘lib, to‘la ravishda eksperimentatorning intuitsiyasiga bog‘lik bo‘lgan. Eksperiment jarayonini matematik statistika usullari bilan formallashtirilgandan so‘ng, eksperimental ishlarni o‘tkazish va rejalashtirishdagi tartibsizlikni yo‘qotishga olib keladi. Ushbu formalashtirish quyidagilarni amalga oshirish imkonini beradi: - bir qator maqbul (optimal) xususiyatlarga ega bo‘lgan eksperimentni matematik modelini olish, misol uchun bir vaqtni o‘zida natijalarning katta aniqligini ta`minlash bilan tajribalar sonini kamaytirish; - eng yaxshi yo‘llar orqali eksperiment natijalariga ishlov berish va olingan (qayta ishlangan) natijalardan aniq formallashgan qoidalar asosida yechimlarni qabul qilish. 6.2. Eksperiment bosqichlari. Xar qanday eksperiment to‘rt asosiy bosqichga bo‘linishi mumkin: Birinchi bosqich - eksperiment vazifalarini qo‘yish (uning maqsadini aniqlash), u qabul qilingan ishchi gipotezadan kelib chiqadi; Ikkinchi bosqich - eksperimentni rejalashtirish, ya`ni tajribalarni o‘tkazish ketma-ketligini va ularning sonini aniqlash; Uchinchi bosqich - eksperimentni tayyorlash va o‘tkazish. Bu bosqichga sinov jihozlarini tanlash, ular ishga tayyorlash (tekshirib ko‘rish va kalibrovka qilish), tajribalarini o‘tkazish, olingan oraliq natijalarni tekshirish; To‘rtinchi bosqich - ishlov berilgan eksperiment natijalarining tahlili va bu tahlil asosida qarorlarni qabul qilish. Eksperimentning bosqichlari va tarkibiy qismlari 6.1-jadvalda keltirilgan. 6.1-jadval. Eksperimentning bosqichlari va tarkibiy qismlari Bosqich Eksperiment bosqichlarining tarkibiy qismlari Izox 1.Vazifani qo‘yish 1. Eksperiment maqsadini ishlab chiqish. 2. Qidirilayotgan bog‘liq o‘zgaruvchi yoki bir necha o‘zgaruvchilarni (F funksiya) belgilash. 3. Eksperimentda o‘zgarib turuvchi (argument) bog‘liqmas o‘zgaruvchilarni (faktorlarni) aniqlash. 4. Bog‘liqmas o‘zgaruvchilar uchun qayd qilingan darajalarini (qiymatlarini) - faktorlar darajalarini aniqlash. 5. Faktorlar darajasi birikmalarini tanlash. Oldindan qo‘yilgan gipotezaga muvofiq maqsad funksiyas. Baxolash. Maqbullash ko‘rsatkichi Y=F(x1,x2...xn) Diapazon yoki o‘zgartirish oralig‘i Mos bo‘lmagan darajalar yo‘qotiladi 2.Rejalashtirish 1. Tajribaning kerakli sonini aniqlash. 2.Eksperimentni rejalashtirish turini tanlash. 3. Eksperiment rejasini tuzish (matematik model va rejalashtirish matritsasini). 4. Eksperimentni kalendar yoki vaqtli rejasini tuzish. Aktiv yoki passiv eksperiment Eksperiment o‘tkazishning davomiyligi 3.Eksperimentni tayyorlash va o‘tkazish 1.Sinov qurilmalari va o‘lchash asboblarini tanlash. 2.Qurilmalar va asboblarni ishga tayyorlash (sinab qurish va kalibrovka). 3.Tajribalarini o‘tkazish. 4.Olingan natijalarni tekshirish. O‘ta ajralib turuvchi qiymatlarni yo‘qotish. Tasodifiy kattaliklarning sonli xarakteristikasini aniqlash. 4.Natijalarni qayta ishlash 1.Tajriba natijalarini birlamchi qayta ishlash. 2.Tajriba natijalariga ishlov berish. 3.Gipotezalarni tekshirish uchun statistikani xisoblash. 4.Eksperiment natijalarini interpretatsiya qilish. 5.Xulosalar va tavsiyalarni qabul qilish. Matematik modellarni aniqlash 6.3. Eksperiment vazifalarini qo‘yish Eksperimentning maqsad va vazifasi ishchi gipoteza va tegishli nazariy ishlanmani taxlil qilish asosida aniqlanadi. Vazifa aniq boʻlishi, ularning soni uncha koʻp boʻlmasligi lozim:  oddiy eksperimenti uchun – 3÷4;  majmua eksperiment uchun esa – 8÷10 ta. Vazifani qo‘yish - bu tadqiqot qilinayotgan ob`ekt yoki jarayonning mantiqiy modelini qurish bo‘lib, u oldindan ishlab chiqilgan ishchi gipoteza asosidagi eksperiment maqsadini o‘z ichiga oladi: Eksperimentning maqsadi - eksperiment identifikatsiyalash yoki maqbullash (optimallashtirish) maqsadida olib boriladi. Identifikatsiyalash - qandaydir ta`miniy nazariy bog‘lanishga, eksperiment natijasida olingan ma`lumotlarni mos kelishi xaqidagi gipotezani tekshirishdir. Ya`ni, eksperiment, nazariy tadqiqotlar natijalarini xamda eksperiment davrida olingan funksional yoki statistik bog‘lanishlarni tekshirish va tasdiqlash maqsadida o‘tkaziladi. Texnikaviy eksperimentlarning asosiy ko‘pchiligi ushbu guruxga kiradi. Maqbullash – eng ma`qul yechimni qidirish, ya`ni, eksperimental yo‘l orqali tadqiqot qilinayotgan ko‘rsatkich yoki maqsad funksiyasini (maqbullash ko‘rsatkichini) ekstremal qiymatlarini (maksimumi yoki minimumini) topishdir. Maqsad funksiyasi va bog‘liqmas o‘zgaruvchilar. Eksperimentda, tadqiqot qilinadigan bog‘liq o‘zgaruvchi yoki bir necha o‘zgaruvchilarni to‘g‘ri tanlash juda muximdir. Bular maqsad funksiyasi deyiladi, ya`ni u bog‘liqmas o‘zgarib turadigan o‘zgaruvchilarni (faktorlarni) tadqiqot qilinayotgan bog‘liq o‘zgaruvchilar bilan bog‘lovchi funksiyadir: Y = F( x1, x2, ...., xn) (6.1) Bunda: xn -bog‘liqmas o‘zgaruvchilar yoki argumentlar. Maqsad funksiyasi - bir ma`noga ega bo‘lishi va tadqiqot ob`ektini eng to‘la ravishda miqdoriy baxolashi kerak. Agar eksperiment maqsadi - identifikatsiyalash bo‘lsa, unda maqsad funksiyasi nazariy tadqiqotlar natijasida olingan formula orqali baxolanadi. Bu formula orqali bog‘liqmas o‘zgaruvchilar (faktorlar) topiladi, ular eksperiment jarayonida boshqariladi va o‘zgartiriladi. Agar eksperiment maqsadi - maqbullash bo‘lsa, unda maqsad funksiyasi nomalum regressiya koeffitsentlarini polinominal tenglama yordamida matematik modellashtiriladi: Y = 0 + 1 x1+ 2 x2 +... + nxn (6.2) Bunda: n -regressiya koeffitsienti, xn -eksperiment jarayonida o‘zgartirish mo‘ljallangan faktorlar. Eksperiment natijasida regressiya koeffitsentlarining sonli qiymatlari topiladi va xar bir faktorni, uni maqsad funksiyasiga ta`siriga ko‘ra muximligi aniqlanadi. Jarayon yoki ob’ektga ta’sir etuvchi faktorlarni tanlash qabul qilingan ishchi gipotezaga muvofiq nazariy ishlanmalarni taxlil qilish asosida amalga oshiriladi. Barcha faktorlar mazkur eksperiment uchun avval muximlik darajasiga koʻra saralanadi, soʻngra ulardan asosiylari va yordamchilari ajratiladi. Faktorlar soni uncha koʻp boʻlmaganda ularning muximlik darajasi bir faktorli eksperiment boʻyicha aniqlanadi. Agar faktorlar soni katta boʻlsa, koʻp faktorlik taxlil qoʻllaniladi. Oʻlchash vositalari eksperimentning maqsad va vazifasidan, oʻlchanadigan parametrlar tavsifi va talab etilayotgan aniqlikdan kelib chiqib tanlanadi. Qoidaga koʻra, standart, yalpi ishlab chiqiladigan oʻlchash vositalaridan foydalaniladi. Ayrim xollarda kamyob oʻlchovlar asbob va uskunalari bunyod etiladi. Eksperiment oʻtkazishning mazmun va tartibi – uslubiyotning markaziy qismi boʻlib, unda eksperiment oʻtkazish jarayoni toʻla quyidagicha loyixalanadi: - kuzatish va oʻlchash operatsiyalarini oʻtkazish ketma - ketlikda tuziladi; - ekperiment oʻtkazishning tanlangan vositalarini xisobga olgan xolda xar bir operatsiya ayrim- ayrim mufassal tavsiflanadi; - operatsiyalar sifatini nazorat qilishda qoʻllaniladigan usullar tasvirlanadi; - kuzatish va oʻlchash natijalarini yozish uchun daftar tutiladi. Eksperimental ma’lumotlarni ishlab chiqish va taxlil qilish usullarini asoslash uslubiyotining muxim boʻlimi xisoblanadi. Eksperimentlarning natijalarini namoyish etish koʻrgazma shakliga keltirilishi lozim (jadvallar, grafik, nomogrammalar va x. k.). Toki ularni qiyoslash va taxlil qilish mumkin boʻlsin. Aloxida e’tibor ishlab chiqish matematik usuli – empirik bog’liqlik, faktorlar va chiqish parametrlari oʻrtasidagi aloqa approksimatsiyasi, mezonlar, ishonchli intervallar oʻrnatish va boshqalarga qaratiladi. Eksperiment uslubiyoti ishlab chiqilgandan soʻng eksperimental tadqiqot xajmi va mexnat talabligi aniqlanadi. Ular nazorat ishlanmalar chuqurligi va qabul qilingan oʻlchash vositalari tavsifiga bog’liq. Tadqiqotning nazariy qismi qanchalik aniq ifodalangan boʻlsa, eksperiment xajmi va mexnat talabligi shuncha kam boʻladi. Eksperiment ishlari tasdiqlangan dastur va eksperiment uslubiyotiga muvofiq oʻtkaziladi. Eksperimentni boshlashdan oldin sinovlarni oʻtkazish uslubiyoti va ketma - ketligi tugal aniqlanadi. Eksperimental tadqiqotlar oʻtkazish jarayonida quyidagi qator asosiy qoidalarga rioya qilish lozim: - eksperimentchi oʻlchash natijalariga sub’ektiv ta’sirga yoʻl qoʻymay tadqiq etilayotgan jarayon yoki ob’ekt parametrlarining barcha tavsifini toʻg’ri qayd etishi lozim; - eksperimentchi extiyotsizlikka yoʻl koʻyishi mumkin emas, chunki bu xol koʻpincha katta xatolik va soxtalashtirish oqibatida eksperimentlarni takrorlashga olib keladi; - eksperimentchi kuzatish va oʻlchash daftarini albatta yuritishi kerak, uni taritibli va xech qanday tuzatishlarsiz toʻldirib borishi lozim; - eksperiment jarayonida boshqaruvchi oʻlchash vositalari ishini, ular toʻgʻri koʻrsatayotganligini va qurilma, jixoz, stend va xokazolar ishi barqarorligini, atrof muxit xolatini muntazam kuzatishi, ish zonasiga begonalarini kiritmasligi shart; - eksperimentchi o‘lchov vositalarini, ular to‘gʻriligini nazorat qilgan xolda ishchi tekshiruvini muntazam o‘tkazishi kerak; - o‘lchashlar u o‘tkazish bilan bir vaqtda bajaruvchi natijalarni dastlabki ishlab chiqish va taxlil qilishni u o‘tkazishi lozim. Bu tadqiq etilayotgan jarayonni nazorat qilish, eksperimentni to‘g‘rilash, uslubiyotni yaxshilash va eksperiment samaradorligini oshirishga imkon beradi; - eksperimentchi texnika xavfsizligi, sanoat sanitariyasi va yong‘inni oldini olish bo‘yicha yo‘riqnomalar talabiga amal qilishi lozim. Yuqorida qayd etilgan barcha qoidalarga ishlab chiqarish eksperimentini o‘tkazayotganda amal qilish shart. Nazorat savollari 1) Eksperiment tadqiqotlar nima uchun o‘tkaziladi? 2) Eksperiment qanday tarkibiy qismlardan iborat bo‘ladi? 3) Eksperimentda ishonchli natija olish uchun nimalarni qilish zarur? 4) Ishlab chiqarish eksperimenti qanday o‘tkaziladi? 5) Eksperiment uslubiyoti o‘z ichiga nimalarni oladi? 6) Xar qanday eksperimentni nechta asosiy bosqichga bo‘lish mumkin? 7)Agar maqsad identifikatsiyalash bo‘lsa, eksperiment qanday o‘tkaziladi? 8) Maqullashda eksperiment qanday qiymatlarni qidiradi? 9) Eksperimental tadqiqotlar turlarini va asosiy bosqichlarini ayting? 10) Eksperiment dasturi nima va u nimalarni o‘z ichiga oladi? 11) Eksperiment o‘tkazishning mazmuni va tartibi qanday loyixalanadi? 12) Eksperiment uslubiyoti nima va u nimalarni o‘z ichiga oladi? 13)Eksperimental tadqiqotlarni o‘tkazishda qanday qoidalarga rioya qilish lozim?
MA`RUZA № 7 MAVZU: “INTELLEKTUAL MULK” VA INTELLEKTUAL MULK OB’EKTLARINING TASNIFI VA TAVSIFLARI. Ma`ruza rеjasi 7.1. Intellekt, intellektual mulk va intellektual faoliyat xaqida asosiy tushunchalar. 7.2. Intellektual mulk ob’ektlarining tasnifi va tavsiflari. 7.3. Intellektual mulkni muhofazalash sohasida O‘zbekiston qonunchilik hujjatlari tizimi. MA`RUZA MATNI. 7.1. Intellekt, intellektual mulk va intellektual faoliyat xaqida asosiy tushunchalar. Odamzot o‘z tabiatiga ko‘ra jismoniy jihatdan eng mukammal mavjudot emas. U kuch, tezlik va epchillikda ko‘plab hayvonlardan ortda qoladi. Lekin insonda eng kuchli imtiyoz – uning intellekti mavjud. Intellekt so‘zi lotincha intellectus so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, insonning aqli, ongi, fikrlash qobiliyatini bildiradi. Intеllеkt – insоnni hayvоnоt dunyosidan ajratib turadigan asоsiy bеlgi bo`lib, rivоjlanishni sifat jihatidan yangi pоg`оnaga ko`taradi. Eng avvalо intеllеktual mulk intеllеktual faоliyat natijasidir. Barcha intеllеktual faоliyat ham intеllеktual mulk bo`la оlmasligi aniq. Insоn fikrlaydi, uning хayolida bеhisоb g`оyalar, lоyihalar tug`iladi, lеkin ularning hammasi ham hayotda amalga оshmay, qоlib kеtadi. Faqat bоshqalar tоmоnidan оb`еktiv ravishda qabul qilinadigan, ya`ni o`zining muayyan chеgaralariga ega bo`lgan g`оya va fikrlargina mulk bo`la оlishi ravshandir. Yaratilgan yangilik va iхtirоlar ilmiy tadqiqоt ishlari bu - aqliy mехnat bo`lib uning natijalari ishlab chiqarishga qo`llanilsa, u Intellektual mulk hisоblanadi va quyidagi ko`rinishlariga ega bo`lishi mumkin: 1. Yangilik 2. Iхtirо 3. Fоydali mоdеllar 4. Sanоat namunalari (prоm.оbraztsu) 5. Tоvarlik bеlgilari. 6. Yangi nоmlar. Shulardan fоydali mоdеlda birоr bir tехnik vazifani yеchishda kiritilgan ma`lum bir fоrmula va yеchimlar kiritiladi. Sanоat namunalari - qilingan yangilikni qurilgan namunasi va ularning har tоmоnlama estеtik ko`rinishlari hisоbga оlinadi. Tоvarlik bеlgisi - tоvarga qo`yilgan tamg`a bo`lib bu bоshqa tashkilotlarning tоvarlaridan farq qilishi uchun bеriladi. Qilingan yangilik va iхtirоlar uchun mualliflik guvохnоmasi yoki patеnt bеriladi. Mualliflik guvохnоmasi umrbоd bеrilib, patеnt esa ma`lum vaqtgacha saqlanadi. Inson faqat intellektga ega bo‘lgandagina oqilona ishlar qilishi, ijod bilan shug‘ullanishi va ma’naviy jihatdan to‘laqonli hayot kechirishi mumkin. Inson o‘z oldiga vazifalar qo‘ya oladi va ularni hal qilish yo‘llarini izlaydi, fan va san’at asarlarini yaratadi, texnikaning yangi namunalarini ixtiro qiladi, tobora takomillashgan har tomonlama mukammal tovarlar ishlab chiqaradi, bino va sanoat korxonalari quradi. Intеllеktual faоliyatning kеyinchalik qandaydir birоr-bir оb`еktiv (mоddiy) shaklda ifоdalana оladigan natijalarigina intеllеktual mulk bo`ladi dеb aytish mumkin. Insoniyat dahosi, uning intellekti bizni o‘rab turgan tabiatni, olamni o‘zgartirishga qodir. Inson hayotining maqsadi – eng yaxshi narsalarga intilishdir. Ibtidoiy tuzumdan, ya’ni ilk mehnat qurollari yaratilgandan boshlab inson har doim o‘zining turmush tarzini yaxshilash, o‘z ijodiy salohiyatini amalga oshirish yo‘llarini tinimsiz izlab kelgan. Shuning uchun ham qadim zamonlardan insoniyat jamiyatida birinchi olimlar, ixtirochilar, rassomlar va musiqachilar paydo bo‘lgan. Ular insonlar hayoti va turmushini yengillashtiruvchi asbob–uskunalar ixtiro qilishgan, chorvachilik va qishloq xo‘jaligini o‘zlashtirib, atrof muhitdan himoyalanish uchun uylar qurishgan, yuklarni tashish vositalarini o‘ylab topib, dengizda suzish uchun kemasozlik bilan shug‘ullanishgan va bu bilan texnik, iqtisodiy va madaniy taraqqiyotni ta’minlab kelishgan. G‘ildirak, kamon va uning o‘qi, eshkak va qayiq, kulolchilik uskunasi, va boshqalarning ixtiro qilinishi insoniyatning eng buyuk yutuqlari qatoriga kiradi. Bugungi kunda bizni o‘rab turgan borliq va barcha narsalar, kundalik ust– bosh va ro‘zg‘or buyumlaridan tortib koinotdagi yo‘ldoshlargacha qachonlardir inson tomonidan ixtiro qilingan va uning intellektual faoliyati natijasi hisoblanadi. Intellektual faoliyat insoniyat jamiyati rivojlanishining asosiy sababidir. Intellektual faoliyatning eng muhim turlari fan, san’at va texnik ijodiyot xalqlar va millatlar, davlat va sivilizatsiyalar rivojining doimiy yo‘ldoshidir. Lekin fan va texnika taraqqiyoti ko‘p asrlar mobaynida faqat insoniyat jamiyatining ehtiyojlarini qondirish vositasi bo‘libgina xizmat qilib qolmadi. Aksincha, tarixdan ma’lumki, fan va texnikaning rivojlanishi, adabiyot va san’at asarlari aksariyat hollarda teskari ta’sir ko‘rsatib, insoniyat munosabatlarining rivojlanishida asos bo‘lgan va nafaqat ayrim kishilar, balki butun bir davlatlar va sivilizatsiyalar taqdiriga ta’sir etgan. Bunday ta’sir ayniqsa XX asrda, ilmiy–texnika inqilobi iqtisodiy va industrial rivojlanishda katta o‘zgarishlarga olib kelgan vaqtda yorqin namoyon bo‘ldi va bugungi kunda jahonda shakllangan iqtisodiy va siyosiy tizimni belgilab berdi. Insoniyat jamiyati o‘z boshidan quldorlik, feodalizm, kapitalizm, sotsializmni kechirdi. XXI asrning boshida, asosiy rivojlantiruvchi kuchi raqobat bo‘lgan bozor iqtisodiyoti eng samarali iqtisodiy tizim ekanligi tan olindi. Ma’lumki, raqobatsiz rivojlanish bo‘lmaydi, shu bois hozirgi zamonda raqobat kurashi barcha sohalarda, davlatlar, butun bir mintaqalar va iqtisodiy ittifoqlar o‘rtasida yuz bermoqda. Raqobat har doim jamiyatning harakatlantiruvchi kuchi bo‘lgan, shuning uchun insoniyat rivojlanishini hech bir mubolag‘asiz raqobat kurashi tarixi, deyish mumkin. Aynan raqobat texnikani rivojlantirish, texnologiyalarni takomillashtirish, yangi buyumlar yaratish va bozorga xaridorgir tovarlar taklif etish, doimo ularning sifatini yaxshilab borish, mahsulot tannarxini pasaytirish, jami imkoniyatlarni amalga oshiriga undovchi ob’ektiv iqtisodiy omildir. Hamma vaqt ham raqobat kurashida kim intellektual imkoniyatlar va intellektual faoliyat natijalaridan unumli foydala olsa faqat o‘sha muvaffaqiyatga erishishi mumkin. Shuning uchun yetakchi industrial davlatlar oldida butun jamiyat farovonligi yo‘lida yaratilayotgan ixtirolar, yangi texnologiyalarning uzluksiz oqib kirishi, yangi tovarlarning bozorga chiqarilishi uchun qanday sharoit yaratish zarur degan vazifa turibdi. Inson muayyan narsaga xo‘jayinlik yoki mulkka egalik huquqini qo‘lga kiritgan taqdirdagina undan samarali va oqilona foydalanish yo‘llarini izlaydi. Bundan shunday mantiqiy xulosa kelib chiqadiki, insonning bilim olish, ixtiro qilishga tabiiy intilishi va ijodi mahsulidan iqtisodiy samara olinishi bir– biriga mos kelgandagina u o‘zining ijodiy salohiyatidan oqilona foydalana oladi, shu bois doimiy izlanishdan manfaatdor bo‘ladi. Faqat mulk egasigina o‘z mulkidan yuqori darajada samarali va oqilona foydalanib, uni boshqara oladi. Bunday iqtisodiy rag‘batlantirishning eng maqbul usuli shundan iboratki, inson o‘z intellektual salohiyati natijalariga mulkchilik huquqiga ega bo‘lishi, ya’ni, intellektual mulkka egalik qilishi kerak. Zero undan boshqa hech kim bu natijalarga xo‘jayinlik qila olmasin. Faqat uning o‘zigina intellektual ijodi natijalaridan o‘z istagicha foydalanish va boshqa shaxslarga sotish borasida mutlaq huquqqa ega bo‘ladi. Shu yerda biz hozirgi vaqtda jahondagi eng muhim tushunchalardan biri hisoblagan intellektual mulk tushunchasiga duch kelamiz. Eng avvalo intellektual mulk intellektual faoliyat natijasidir. Barcha intellektual faoliyat ham intellektual mulk bo‘la olmasligi aniq. Inson fikrlaydi, uning hayolida behisob G‘oyalar, loyihalar tug‘iladi, lekin ularning hammasi ham hayotda amalga oshmay, qolib ketadi. Faqat boshqalar tomonidan ob’ektiv ravishda qabul qilinadigan, ya’ni o‘zining muayyan chegaralariga ega bo‘lgan g‘oya va fikrlargina mulk bo‘la olishi ravshandir. Intellektual faoliyatning keyinchalik qandaydir biror–bir ob’ektiv (moddiy) shaklda ifodalana oladigan natijalarigina intellektual mulk bo‘ladi deb aytish mumkin. Intellektual faoliyat odatda juda ko‘p qirrali bo‘lib, keng miqyosda o‘zgarib turishi mumkin. Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) quyidagilarni haqli ravishda o‘zining shiori deb e’lon qildi: - Insoniyat dahosi jami san’at asarlari va ixtirolarning manbaidir. - Bu asarlar insonga munosib hayot kafolatidir. - Barcha turdagi san’at asarlari va ixtirolarni ishonchli himoyalash har bir davlatning burchidir. 7.2. Intellektual mulk ob’ektlarining tasnifi va tavsiflari. Intellektual mulk ob’ektlarining har biri o‘ziga xos xususiyatlarga egaligi ravshan. Demak, bu ob’ektlarni huquqiy muhofazalash samaradorligining yuqori bo‘lishi uchun bu ob’ektlarning muayyan xususiyatlarini hisobga oladigan turli huquqiy himoya tartiblari zarur bo‘ladi. Intellektual mulk ob’ektlarini ko‘rib chiqar ekanmiz, shuni qayd etish mumkinki, intellektual mulkda ob’ektlarning ikki guruhi alohida ajralib turadi: san’at bilan bog‘liq badiiy asarlar va sanoat tarmog‘i – xususan yangi buyumlar, tovarlar va texnologiyalarni ishlab chiqish va bozorga taklif etish bilan bog‘liq ob’ektlar. Aynan ana shu vaziyatlar XX asrda jahonda umum qabul qilingan xalqaro huquqiy standartlar shakllanishiga olib keldi, shunga muvofiq intellektual mulk o‘z ichiga ikki asosiy huquqlar sohasini oladi: ● mualliflik va turdosh huquqlar, unga muvofiq ilmiy, adabiy, musiqiy, badiiy, fotografiya va audiovizual asarlarga huquqlar, shuningdek fonogramma ishlab chiqaruvchilar va ijrochilar, efir va kabel eshittirishlari tashkilotlarining huquqlari himoya qilinadi; ● sanoat mulki, u ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, shuningdek tovar belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilari, tovarlarning kelib chiqish joyi, firma nomlariga huquqlarni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari noan’anaviy intellektual mulk ob’ektlari ham mavjud bo‘lib, ular mualliflik huquqi va sanoat mulki o‘rtasida turib, o‘z ichiga: EHM uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalari; integral mikrosxemalar topologiyasi; seleksiya yutuqlari; oshkor etilmagan axborot (nou–xau)larni oladi. Sanab o‘tilgan barcha muayyan huquqiy muhofaza ob’ektlari, xususan, badiiy asarlar va san’at turlari, ixtirolar, tovar belgilari, EHM uchun dasturlar va hokazolar intellektual mulk ob’ektlari deb ataladi. Intellektual mulkning ikkita asosiy huquq sohasiga bo‘linishi sabablarini tushunish uchun eng avvalo yuqorida qayd etilgan intellektual mulk ob’ektlarini to‘laroq ko‘rib chiqamiz: ● adabiyot, fan va san’at asarlari, audiovizual asarlar – bu ob’ektlar, odatda, muayyan ob’ektiv shaklda aks ettirilgan yoki ifodalangan asarlarning asl nusxalari, masalan, bosma matn, surat, musiqiy klip va shu kabilar; ● ixtirolar – bu yangi g‘oya, texnik yechim bo‘lib, amaliyotda texnikaning biror–bir sohasidagi muayyan muammoni hal qilish imkonini beradi va belgilangan mezonlarga javob beradi. Shuni qayd etish kerakki, ixtirolarga foydali modellar deb ataladigan ob’ektlar ancha yaqin turadi. ● sanoat namunalari – bu buyumning tashqi ko‘rinishini belgilab beradigan badiiy–konstruktorlik yechimi (dizayni)dir; ● tovar belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilari – bir ishlab chiqaruvchining tovarlari va xizmatlarini boshqa ishlab chiqaruvchilarning shu kabi tovarlari va xizmatlaridan farqlash uchun xizmat qiladigan belgilardir; Tovar belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilari, tovarlarning kelib chiqish joylari nomi va firma nomlari o‘z mohiyatiga ko‘ra bir maqsadga xizmat qiladi, xususan tovar (xizmatlar) ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida halol raqobatni ta’minlash vosita bo‘ladi, iste’molchi u yoki bu tovar (xizmat)larni sotib olar ekan, shu nom va belgilar orqali bu tovar (xizmat)ning muayyan ishlab chiqaruvchisi kimligini aniqlab oladi. Intellektual mulkning bu ob’ektlari fuqarolik muomalasi ishtirokchilari va ular ishlab chiqaradigan mahsulot (ishlar, xizmatlar)larni xususiy alomatlarini aks ettiruvchi (individuallashtirish) vositasi sifatida bitta umumiy tushunchaga birlashtirilishi mumkin. ● tovarlarning kelib chiqish joyi nomi – mamlakat, aholi punkti yoki boshqa geografik ob’ektning tovarni belgilash uchun foydalaniladigan nomidir. Bunda tovarning alohida xususiyatlari to‘la yoki qisman bo‘lsa ham ushbu geografik ob’ektga xos tabiiy sharoitlar yoki inson omillari bilan belgilanadi; ● firma nomlari – muayyan mavqega ega bo‘lgan firmalarning nomlari; ● EHM uchun dasturlar – EHM va uning tarmog‘lari ishlashi uchun mo‘ljallangan ma’lumotlar va komanda (buyruq)lar majmui; EHM uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalari o‘z mohiyati jihatidan sanoat mulkiga nisbatan mualliflik huquqlari ob’ektlariga ancha yaqin. Shuning uchun ularni mualliflik huquqlari me’yorlari bilan muhofaza qilish qabul qilingan. ● ma’lumotlar bazalari – axborotni kompyuterda qidirish va ishlov berish imkoniyatini ta’minlash maqsadlarida sistemalashtirilgan ma’lumotlar majmui. ● integral mikrochizmalar topologiyasi – integral chizma elementlari va ular o‘rtasidagi aloqalar majmuining moddiy eltuvchida qayd qilingan fazoviy– geometrik joylashuvi. Topologiyalarning moddiy eltuvchilari integral mikrochizmalar kristali, ya’ni yarimo‘tkazgich plastina qismi bo‘lib, uning hajmi va yuzasida yarimo‘tkazgich mikrochizmalar, elementlararo birikmalar va kontakt maydonlari elementlari shakllangandir; ● seleksiya yutuqlari – o‘simliklarning yangi navlari va hayvonlarning yangi zotlarini yaratish vazifalarining biologik yechimi bo‘lib, bu yaratilgan nav va zotlar barchaga ma’lum nav va zotlardan aniq farqlanib turadigan, yetarli darajada bir jinsli va barqaror hamda ro‘yxati qonunda ko‘zda tutilgan tartibda belgilangan botanik va zoologik liniyalar va turlarga oid bo‘ladi. Oshkor etilmagan axborot, ishlab chiqarish sirlari (nou–xau) – xizmat va tijorat siri bo‘lgan va uchinchi shaxslarga ma’lum bo‘lmaganligi uchun qimmatga ega bo‘lgan axborot. Ushbu ro‘yxat bugungi kunda mukammal va to‘liq ro‘yxat hisoblanadi. Ob’ektlarni bunday tasniflashdan maqsad intellektual faoliyatning mavjud barcha turlarini har tomonlama huquqiy muhofazalash imkonini beradigan tizimni yaratishdan iboratdir. Lekin bilimlarning yangi sohalari rivojlanib borgani sari intellektual mulk ham yangi ob’ektlar bilan to‘ldirilishi mumkin. Masalan, bundan 50 yil oldin hech kim integral mikrosxemalar topologiyasi deb atalgan ob’ektning paydo bo‘lishi va jadal rivojlanishini tasavvur ham qila olmagan edi. Bugungi kunda biz biotexnologiyalar, gen muhandisligining jadal rivojlanayotganini ko‘ramiz. Bir necha yillardan so‘ng bugungi kundagi mavjud standartlarga to‘g‘ri kelmaydigan yangi ob’ektlarning paydo bo‘lishi ehtimoldan holi emas. BIMT statistikasining ko‘rsatishicha, jahonda har yili millionga yaqin yangi ixtiro, yarim millionga yaqin sanoat namunasi, milliondan ortiq tovar belgilari yaratiladi, yaratilayotgan adabiyot va san’at asarlarining miqdori shunchalik kattaki, rasmiy jihatdan ularni hisob–kitob qilib bo‘lmaydi. Xulosa qilib shuni qayd etib o‘tish mumkinki, intellektual mulk ob’ektlari nafaqat industrial va iqtisodiy rivojlanishning harakatlantiruvchi kuchi, balki fan va texnika sohasida axborot almashinishning muhim vositasi, jamiyat madaniy rivojining ko‘rsatkichi bo‘lib qoldi. 7.3. Intellektual mulkni muhofazalash sohasida O‘zbekiston qonunchilik hujjatlari tizimi. Tabiiyki, o‘z intellektual mulkiga huquqlar, agar ular amalga oshirilgan, ya’ni ishonchli muhofazalangan bo‘lsagina nimanidir bildirishi mumkin. Zero, hech kimning muayyan shaxsning intellektual mulkiga tajovuz qilish, uni noqonuniy olib qo‘yish yoki uning natijalaridan foydalanishga huquqi yo‘q. Bunda iqtisodiy rivojlanishdan manfaatdor davlatning asosiy vazifasi har bir kishining o‘z intellektual mulkiga egalik qilish va undan foydalanish huquqi ishonchli muhofazalanadigan tizimni ta’minlashdan iborat. Yana bir bor ta’kidlab o‘tish lozimki, intellektual mulkning o‘ziga xos xususiyati o‘z egalariga foyda keltirishdan iborat, demak, mulk egalarining o‘z mulkiga mutlaq huquqi muhofazalangan holdagina butun jamiyat foydasiga xizmat qila oladi. Bir daqiqa bo‘lsagina intellektual mulk huquqlari muhofaza qilinmaganda nima bo‘lishini tasavvur qilib ko‘raylik. Bunda asarlarning yaratuvchilari nohalol raqobat kurashining qurbonlariga aylanishi, raqobatchilar o‘zgalarning G‘oyalari, texnik yechimlarini o‘zlashtirib, bozorga ularning tovarlariga o‘xshash, lekin narxlari ancha past tovarlarni chiqarishlari mumkin. Chunki ular tovar ishlab chiqarish uchun ilmiy tadqiqot, loyihalash ishlariga mablaQ sarflamaydi. Bunday vaziyatda yangi tovarlar, texnologiyalar yaratish, innovatsiya ishlarini amalga oshirish foydasiz bo‘lib, iqtisodiy jihatdan norentabel, umuman olganda zarar keltirishi ravshan. Bu insoniyatning industrial, texnik, madaniy rivojlanishi sekinlashishi, umuman to‘xtab qolishiga olib kelishi mumkin edi. Intellektual faoliyat insoniyat jamiyati rivojlanishining asosiy sababidir. Lekin intellektual mulk huquqlariga rioya etish bilan masala oxirigacha hal bo‘lmaydi. Jahonda nohalol raqobat kurashi tobora avj olib borayotgani kuzatilmoqda. Umuman olganda intellektual mulk huquqlari faqat yetakchi industrial mamlakatlarda tan olingan va unga qat’iy rioya etiladi. Barcha mamlakatlarda tegishli huquqiy me’yorlarni joriy etish, ularga ogʻishmay rioya qilish va eng asosiysi insonlarda tegishli mentalitetni shakllantirish bo‘yicha katta ishlarni amalga oshirish zarur. Har bir shaxs boshqalarning huquqlariga rioya etish oxir–oqibatda rivojlanishga va farovonlikka olib kelishi, huquqlarning buzilishi esa jamiyatga ham katta zarar yetkazishini tushunib yetsin. Har bir davlat nohalol raqobat kurashining oldini olish uchun qanday mexanizmlarni ishga solishi kerak? Tarixdan ma’lumki, eng ishonchli mexanizm bu huquq bo‘lishi mumkin, zotan aynan huquqiy mexanizmlar intellektual mulkni muhofazalashga ishonchli va madaniy yondashuvni ta’minlaydi. Biz bu yerda intellektual mulkning huquqiy ta’rifiga to‘xtalamiz. Yana bir bor ta’kidlab o‘tish lozimki, intellektual mulkni muhofazalash birdan–bir maqsad emas. Intellektual mulk davlatning sanoati, savdo va madaniyatini rivojlantirish yo‘lidagi ijodiy faoliyatni rag‘batlantirish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Bugungi kunda intellektual mulk huquqlariga rioya etish, halol raqobatni ta’minlash bilan birga iqtisodiy rivojlanish bazisi bo‘lib xizmat qiladigan harakatlantiruvchi kuchdir. Intellektual mulk huquqlarining ishonchli muhofazalanishi huquqiy jamiyat rivojining darajasi, davlatning iqtisodiy rivojlanishi ko‘rsatkichidir. Faqat shunday huquqiy jamiyatdagina ijodkor kishilar, biznesmenlar, tovarlar ishlab chiqaruvchilar va boshqalar o‘z mehnatlari samarasini ko‘rgandagina uni davom ettirish uchun iqtisodiy rag‘batga ega bo‘ladilar. Lekin davlat tomonidan kafolatlanadigan ishonchli muhofaza bu masalaning bir tomoni, xolos. Uning muhim tarkibiy qismi muayyan kishilarning o‘z huquqlarini bilishi va bu huquqlardan amaliyotda foydalana olishidir. Inson agar o‘z huquqlarini, ularni qanday qilib yuridik jihatdan rasmiylashtirish, muhofaza qilish va foydalanishni bilsagina (ya’ni tijorat foydasi olsagina) u intellektual mulk huquqlari tizimining foydali tomonlaridan haqiqatan ham foydalana oladi. Mamlakatimizning asosiy qonuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidir. Konstitutsiya O‘zbekiston qonunchiligini ishlab chiqishning asosiy qoidalarini belgilab beradi. Bizning intellektual mulk ob’ektlarini huquqiy muhofazalash sohasidagi amaldagi qonunchiligimiz bevosita mulkka egalik va ilmiy–texnik ijodiyot erkinligi huquqlari aks etgan Konstitutsiyaning IX bo‘limi 36 – va 42– moddalaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan. Konstitutsiya respublikamizning asosiy qomusi, “qonunlar uchun qonun” hisoblanadi. Shuning uchun u asosiy tamoyillarni ko‘rsatib bergan holda, intellektual mulk huquqlarini muhofazalash masalalari bo‘yicha muayyan qonuniy me’yorlarni belgilamasligi zarur. O‘zbekiston Respublikasi Kodekslari muayyan huquqiy mexanizmlarni belgilab beradi. Intellektual mulk ob’ektlarini yaratish, muhofazalash va foydalanish bilan bog‘liq huquqiy munosabatlar fuqarolik huquqi sohasi hisoblanadi va O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksi bilan tartibga solinadi. Intellektual faoliyat natijalariga mulkchilik huquqini amalga oshirish tartibini belgilovchi qonuniy baza Fuqarolik Kodeksining (1996 yil 29 avgustda tasdiqlangan) “Intellektual mulk” IV bo‘limida o‘z aksini topgan. Respublikamiz fuqaro qonunchiligi hujjatlari “piramidasining” keyingi bosqichi bevosita amal qiladigan qonunlar bo‘lib, ular Fuqarolik kodeksining qoidalari asosida ayrim intellektual mulk ob’ektlari bo‘yicha muhofaza hujjatlari olish va foydalanishning muayyan tartibini belgilab beradi. Masalan, O‘zbekistonda intellektual mulk huquqlarini muhofazalash bilan bog‘liq masalalarni tartibga soluvchi quyidagi qonunlar amal qiladi: 1996 yil 30 avgustda qabul qilingan “Mualliflik huquqlari va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi qonun; 1994 yil 6 mayda qabul qilingan va 1997 yil 26 dekabrda, va 2002 y. 29 avgustda o‘zgartirilgan “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida”gi qonun; 1993 yil 7 mayda qabul qilingan va 1997 yil 26 dekabrda, 2001 y. 30 avgustda o‘zgartirilgan “Tovar belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilari to‘g‘risida”gi qonun. Yangi tahririda u “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovarlarning kelib chiqish nomlari to‘g‘risida”gi qonun deb nomlangan; 1994 yil 6 mayda qabul qilingan va 2002 y. 5 aprelda o‘zgartirilgan “EHM va ma’lumotlar bazalari uchun dasturlarni huquqiy muhofazalash to‘g‘risida”gi qonun; 1996 yil 30 avgustda qabul qilingan va 2002 y. 29 avgustda o‘zgartirilgan “Seleksiya yutuqlari to‘g‘risida”gi qonun. 2001 yil 12 mayda qabul qilingan “Integral mikrochizmalar topologiyasi huquqiy muhofazalash to‘g‘risida”gi qonun. Intellektual mulk huquqlarini muhofazalash sohasidagi “qonunchilik piramidasi”ni vakolatli vazirlik va idoralarning me’yoriy hujjatlari yakunlaydi. Odatda, aynan ana shu hujjatlar bilan intellektual mulk ob’ektlariga muhofaza olish bilan bog‘liq ayrim jarayonlar mexanizmi tartibga solinadi. Talabnomalarni tuzish va berish qoidalari, davlat ekspertizalarini o‘tkazish bo‘yicha turli yo‘riqnomalar bunday hujjatlarga misol bo‘la oladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Kodekslari va Qonunlari Oliy Majlis tomonidan qabul qilinadi va O‘zbekiston Prezidenti tomonidan imzolanadi. Me’yoriy hujjatlar vazirlik va idoralar tomonidan qabul qilinadi va albatta O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida tasdiqlanadi. Qonunga muvofiq O‘zbekistonda intellektual mulk sohasida vakolatli quyidagi tashkilotlar faoliyat ko‘rsatadi: Mualliflik huquqlarini himoyalash sohasidagi masalalarni tartibga soluvchi Mualliflik huquqlari bo‘yicha agentlik. O‘zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi, uning vazifasi sanoat mulki ob’ektlarini muhofazalash sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishdan iborat. INTЕLLЕKTUAL MULK ОB`ЕKTLARINI MUХОFAZALASH SОHASIDA ХALQARО KООPЕRATSIYA. Bugungi kunda jahоndagi har bir mamlakat o`zi alоhida yashay оlmaydi. Xalqarо savdо, invеstitsiyalarning bir davlatdan ikkinchisiga o`tishi, qo`shma kоrхоnalarning faоliyat ko`rsatishi va hamkоrlikning bоshqa shakllari allaqachоn jahоn iqtisоdiyotining ajralmas оmili bo`lib qоldi. Bundan tashqari yil sayin jahоnda iqtisоdiy intеgratsiya jarayonlarining kuchayib bоrishi kuzatilmоqda. Raqоbat kurashi sharоitida faqat ishlab chiqarishning yaхshilangan usullarini qo`llanish yoki tехnik-iqtisоdiy va istе`mоl (shu jumladan tashqi ko`rinishi va savdо imiji) хususiyatlari yaхshilangan tоvarlarni yaratish yo`li bilan qo`shimcha fоyda оlish mumkin. Intеllеktual mulkni muhоfazalash sоhasidagi хalqarо hamkоrlikning maqsadi turli davlatlar ichki qоnunchiligining ayrim qоidalarini bir хillashtirish, intеllеktual mulk sоhasida хalqarо standartlar va mе`yorlar ishlab chiqish yo`li bilan turli mamlakatlarda intеllеktual mulk huquqlarini muhоfazalashni yеngillashtirish uchun shart-sharоitlar yaratishdan ibоrat. Хalqarо munоsabatlarda huquqlarning asоsiy manbai хalqarо bitim, shartnоmalardir. Хalqarо shartnоma bu хalqarо huquq bilan tartibga sоlinadigan davlatlar o`rtasidagi kеlishuv bo`lib, unda o`zarо huquq va majburiyatlar bеlgilab bеriladi. Intеllеktual mulk sоhasidagi asоsiy хalqarо bitimlar Butunjahоn intеllеktual mulk tashkilоti (BIMT) dоirasida birlashtiriladi. BIMT Stоkgоlmda 1967 yilda imzоlangan va 1970 yilda kuchga kiritilgan kоnvеntsiya bilan ta`sis etilgan. BIMT BMT ning 16 ta iхtisоslashgan muassasalaridan biridir. BIMT ning ma`muriy vazifalarini bajaradigan Kоtibiyati “BIMTning Хalqarо byurоsi” dеb ataladi. Intellektual mulkni muhоfazalash bo`yicha Parij Kоnvеntsiyasi intеllеktual huquqlar sоhasidagi birinchi, eng umumiy хalqarо bitim bo`ladi. Parij Kоnvеntsiyasi 1883 yilda tuzilgan. Kоnvеntsiya hоzirgi vaqtda amal qilayotgan tahriri 1979 yilda Stоkgоlmda qabul qilingan bo`lib, 2000 yil 1 yanvardagi ma`lumоtlarga ko`ra 162 davlat, shu jumladan 1993 yil 18 avgustda Kоnvеntsiyaga a`zо bo`lgan O`zbеkistоn ham uning ishtirоkchilari hisоblanadi. Xulosa shuki, intellektual mulk huquqlariga rioya qilmasdan turib XXI asrda ilmiy–texnikaning rivojlanishiga keng yo‘l ochilmaydi. Nazorat savollari: 1) Intellekt soʻzining ma’nosi? 2) Intеllеktning mazmun moxiyati qanday? 3) Intellektual faoliyatning eng muhim turlari qaysilar? 4) Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) ning shiori qanday? 5) Intellektual mulk o‘z ichiga ikki asosiy huquqlar sohasini oladi, shuningdek ular qaysilar? 6) Sanoat namunalarining mazmun mohiyati qanday? 7) O‘zbekistonda intellektual mulk huquqlarini muhofazalash bilan bog‘liq masalalarni tartibga soluvchi qanday qonunlarni bilasiz? 8) 1993 yil 7 mayda qabul qilingan va 1997 yil 26 dekabrda, 2001 y. 30 avgustda o‘zgartirilgan “Tovar belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilari to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahririda qanday nomlangan? 9) Intеllеktual mulk sоhasidagi asоsiy хalqarо bitimlar qaysi tashkilоt dоirasida birlashtiriladi? 10) Intellektual mulkni muhоfazalash bo`yicha Parij Kоnvеntsiyasiga O`zbеkistоn nechanchi yilda Parij Kоnvеntsiyasi ishtirokchisiga aylandi?
MA`RUZA № 8 MAVZU: SANОAT MULKI ОB`ЕKTLARINI ХUQUQIY JIHATDAN MUHОFAZA QILISH. Ma`ruza rеjasi 1.1. Sanоat mulki оb`еktlarini хuquqiy jihatdan muhоfaza qilish. Sanоat mulki оb`еktining muallifi. Sanоat mulki оb`еktlarining patеntga layoqatlilik shartlari. 1.2. Fоydali mоdеlning muhоfazaga layoqatliligi shartlari. Sanоat namunasining patеntga layoqatlilik shartlari. MA`RUZA MATNI 8.1. Sanоat mulki оb`еktlarini хuquqiy jihatdan muhоfaza qilish. Sanоat mulki оb`еktining muallifi. Sanоat mulki оb`еktlarining patеntga layoqatlilik shartlari. Intellektual mulkni ikkita huquqiy sohalarga ajratish mumkin: - mualliflik huquqi va turdosh huquqlar; - sanoat mulki huquqlariga ajratish tamoyillari. Yuqorida ko‘rsatib o‘tganimizdek, intellektual mulkning ikkita huquq sohasiga bo‘linishi bu ob’ektlarni muhofazalash tamoyillaridagi quyidagi asosiy farqlardan kelib chiqadi: Mualliflik huquqi adabiyot, fan va san’at asarlari o‘zining aniq ifodasini topgan shaklni muhofaza qiladi. Bunday ifodalash shakli so‘z, timsollar, musiqa, surat, uch o‘lchovli predmetlar yoki bunday shakllarning kombinatsiyasi (masalan, kinofilm yoki teatr postanovkasi, opera) bo‘lishi mumkin. Mualliflik huquqlari asarlarning istalgan turini maxsus ruxsatsiz (muallif roziligisiz) nusxa ko‘chirish, ko‘paytirish va boshqa usulda qayta tiklashdan, shu jumladan omma orasida ko‘rsatishdan muhofazalaydi. Lekin mualliflik huquqlari u yoki bu asarda aks etgan G‘oyaning o‘zini muhofaza qilmaydi. Masalan, agar siz yangi davigatel ixtiro qilgan va bu haqda kitob yozgan bo‘lsangiz, faqat shu kitobni ko‘paytirib tarqatishgina sizning mualliflik huquqlaringizning buzilishi deb hisoblanadi. Lekin, kimki istasa bu kitobni o‘qib, hech bir to‘siqsiz unda ko‘rsatilgani bo‘yicha dvigatelni ishlab chiqarish va sotishni yo‘lga qo‘yishi mumkin. Yana bir muhim jihati shundaki, deyarli barcha mamlakatlarda mualliflik huquqlarini muhofazalash asar yaratilgan va xalqqa taqdim etilgan vaqtdan boshlanadi va hech qanday rasmiyatchiliklarni bajarish, masalan, ro‘yxatdan o‘tish, muhofaza hujjatlarini olish kabilarni talab qilmaydi. Mualliflik huquqlarining buzilishi bilan bog‘liq masalalar sudda ko‘rib chiqiladi; Sanoat mulki, mualliflik huquqidan farqli ravishda bevosita G‘oyani, xususan buyumning turli shakllarda ko‘p marta qayta ishlatilishi mumkin bo‘lgan texnik, badiiy va boshqa mohiyatlarini muhofaza qiladi. Masalan, agar dvigatel sanoat mulki ob’ekti – ixtiro sifatida muhofaza qilingan bo‘lsa, olingan muhofaza boshqa shaxslarga maxsus ruxsatnomasiz ushbu ixtironi amalga oshirishning barcha shakllarini tayyorlash va sotishni man qiladi. Bundan tashqari, sanoat mulkining mualliflik huquqidan muhim farqi shundan iboratki, sanoat mulki huquqi mualliflik huquqi kabi tegishli ob’ekt yaratilgan vaqtdan boshlab o‘z–o‘zidan amal qilmaydi. Sanoat mulki huquqlarini muhofazalash uchun, masalan ixtiroga muhofaza hujjatining mavjud bo‘lishi shartdir. Ushbu muhofaza hujjatida davlat tomonidan huquqiy muhofaza kafolatlanadigan huquqlar hajmi aniq belgilab beriladi. Turli mamlakatlardagi qonunchilikka ko‘ra ushbu muhofaza hujjatlari turlicha nomlanadi. Aksariyat mamlakatlarda ixtiro va sanoat namunalariga beriladigan muhofaza hujjatlari patent, tovar belgilariga beriladigan hujjatlar esa guvohnoma deb qabul qilingan. Sanoat mulki huquqlarini muhofazalash uchun, xususan sanoat ob’ektiga muhofaza hujjati – patent, guvohnoma va boshqalarni olish uchun eng avvalo muhofaza hujjati berilishi uchun tegishli talabnomani to‘g‘ri rasmiylashtirish va uni patent berilishi so‘ralayotgan ob’ektning belgilangan mezonlarga muvofiqligini ekspertizadan o‘tkazadigan (patentga layoqatliligini tekshiradigan) va ekspertiza natijalari bo‘yicha ob’ektni rasmiy ro‘yxatga oladigan, ob’ektning patentga layoqatliligini e’lon qiladigan va unga patent beradigan vakolatli davlat organiga topshirish zarur. Tabiiyki, bunday ekspertizadan o‘tmagan (patentga layoqatsiz) ob’ektlarga muhofaza hujjati berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. Sanoat mulki huquqlari bo‘yicha bunday davlat organlari intellektual mulk huquqlarini muhofaza qilish qabul qilingan barcha mamlakatlarda mavjud bo‘lib, patent idoralari deb ataladi. Patent idoralari – ixtisoslashgan davlat tashkiloti bo‘lib, sanoat mulki ob’ektlariga talabnomalarni qabul qiladi, ularni ekspertizadan o‘tkazadi, davlat ro‘yxatiga oladi, muhofaza hujjatlarini beradi, rasmiy materiallarni nashr etadi, shuningdek intellektual mulk huquqlarini muhofazalash sohasidagi boshqa vazifalarni bajaradi. Yuqorida qayd etib o‘tilganidek, sanoat mulki huquqlarini muhofazalash ob’ekt yaratilgandan so‘ng emas, balki unga muhofaza hujjati olingandan so‘ng kuchga kiradi. Odatda, bunday hujjatning amal qilish muddati muayyan sanadan – sanoat mulki ob’ektining ustuvorlik sanasidan boshlab hisoblanadi Har bir patent uning egasi yoki unga xususiy egalik qiluvchi muayyan (jismoniy yoki yuridik) shaxsga beriladi. Patent egasi – patentning xususiy egasi va ushbu patentdan kelib chiqadigan mutlaq huquqlarning egasidir. Patent o‘z egasiga sanoat mulki ob’ektlariga quyidagi alohida huquqlarni – ob’ektga egalik qilish, boshqarish va foydalanish bo‘yicha mutlaq huquqni beradi. Alohida huquqlar muhofazalangan ixtiro, sanoat namunasi va hokazolardan hech kim ruxsatsiz foydalana olmasligini (tayyorlash, sotish va hokazo) bildiradi. Shuni tushunib olish zarurki, patent turli ifoda shakllariga ega bo‘lgan texnik mohiyatni muhofaza qiladi, sanoat mulki ob’ektiga alohida huquqlar esa patent egasining muayyan tovar, buyumga egalik huquqi bor–yo‘qligidan qat’i nazar amal qiladi. Ko‘rinib turibdiki, patent o‘z egasiga juda muhim huquqlarni beradi, shuning uchun patentning amal qilish muddatini vaqt bo‘yicha cheklash mantiqan to‘g‘ri bo‘lib, aks holda bu mutlaq huquqlar yoki monopoliya raqobat cheklanganligi sababli jamiyatning yanada rivojlanishida to‘siqqa aylanishi mumkin. Masalan, ixtiroga beriladigan patentning amal qilish muddati chegaralangan bo‘lib, o‘rtacha 20 yilni (boshqa mamlakatlarda turlicha) tashkil etadi. Bundan kelib chiqadiki, boshqa shaxsning intellektual mulk ob’ekti bo‘lgan ob’ektdan foydalanishni istagan har qanday boshqa shaxs faqat bitta qonuniy imkoniyatga ega, ya’ni buning uchun ushbu ob’ekt egasining roziligi (ruxsati)ni olishi zarur. Bunda foydalaniladigan ob’ekt, foydalanish muddati va to‘lovlarni aniq belgilab olish uchun foydalanishga berilgan ruxsatnoma – litsenziya bitimi yoki litsenziya rasmiylashtirilishi zarur. Sanоat mulki оb`еktiga bo`lgan huquq muallifga (mualliflarga) yoki uning (ularning) huquqiy vоrisiga (vоrislariga) tеgishli bo`ladi хamda iхtirо yoki sanоat namunasi patеnti, dastlabki patеnti va fоydali mоdеl guvохnоmasi bilan tasdiqlanadi. Basharti, bir nеcha shaхs bir-biridan mustaqil ravishda sanоat mulki оb`еktini yaratgan bo`lsa, patеnt, dastlabki patеnt va guvохnоmaga bo`lgan huquq Patеnt idоrasiga birinchi bo`lib talabnоma tоpshirgan shaхsga tеgishli bo`ladi. Оb`еkt muallifi, basharti o`zining оb`еktiga nisbatan g`ayrihuquqiy ravishdagi o`zlashtirish natijasida talabnоma tоpshirilgan yoхud patеnt, dastlabki patеnt yoki guvохnоma оlgan bo`lsa sud tartibida patent, dastlabki patеnt yoki guvохnоma bеrilishiga nоrоzilik bildirish yoki patеnt egasi yoхud uning huquqiy egasi sifatida patеnt, dastlabki patеnt yoki guvохnоma o`ziga bеrilishini talab qilish huquqiga egadir. Dastlabki patеnt va guvохnоma dastlabki ekpеrtiza o`tkazilganidan so`ng, patеnt esa, оb`еkt mохiyatan ekspеrtizadan o`tkazilgandan so`ng bеriladi. Iхtirо patеnti - iхtirоning yangiligini, iхtirоchilik darajasini, patеntning хaqiqiyligini va patеnt egasining iхtirоga egalik qilish, uni tasarruf etish va undan fоydalanishga dоir mutlaq huquqini tasdiqlaydi. Sanоat namunasi patеnti sanоat namunasining yangiligi va o`ziga хоsligini, patеntning хaqiqiyligini va patеnt egasining sanоat namunasiga egalik qilish, uni tasarruf etish va undan fоydalanishga dоir mutlaq huquqini tasdiqlaydi. Patеnt egasining mutlaq huquqi patеnt, dastlabki patеnt yoki guvохnоma haqidagi ma`lumоtlar Patеnt idоrasining rasmiy aхbоrоtnоmasidan e`lоn qilingan sanadan bоshlab amalda dеb hisоblanadi. Muhofaza hujjatlarining turlari, muhofaza muddatlari. Qayd etib o‘tilganidek, mualliflik huquqi va turdosh huquqlar ob’ektlari hech qayerda ro‘yxatga olishni talab etmaydi va bu ob’ektlarga alohida huquqlar asar ilk bor e’lon qilingan vaqtdan boshlab amal qiladi. Qonunchilikka muvofiq mualliflik huquqlari amal qilishining quyidagi muddatlari belgilangan: adabiyot, fan, san’at, musiqa asarlari va boshqa ob’ektlarga mualliflik huquqi muallifning butun umri davomida va vafotidan so‘ng 50 yil mobaynida amal qiladi. Bunda mualliflar bir nechta (hammualliflar) bo‘lsa, bu muddat so‘nggi muallif vafot etgan sanadan boshlab hisoblanadi; turdosh huquqlarning amal qilish muddati asarni birinchi marta yozib olish yoki ijro etish (efirga chiqish) sanasidan boshlab 50 yilga teng bo‘ladi. Mualliflik huquqidan farqli ravishda sanoat mulki ob’ektlariga huquqlar bunday ob’ektlarga muhofaza hujjatlari olingandan keyingina huquqiy muhofazalanadi. Qonunda sanoat mulkining turli ob’ektlariga muhofaza hujjatlarining bir necha turi ko‘zda tutilgan bo‘lib, O‘zbekistonda quyidagi muhofaza hujjatlari amal qiladi: Ustuvоrlik (priоritеt) sanasidan bоshlab yoki ushbu Qоnun 18-mоddasining qоidalariga muvоfiq bеlgilanadigan bоshqa sanadan e`tibоran hisоblanganda ixtiroga patent – ixtironing ustuvorlik sanasidan boshlab yigirma yil mobaynida amal qiladi, mohiyati bo‘yicha ekspertiza o‘tkazilgandan so‘ng beriladi, va patent egasining iltimosi bilan yana besh yilga uzaytirilishi mumkin; sanoat namunasiga patent – mohiyati bo‘yicha ekspertiza o‘tkazilgandan so‘ng beriladi va ustuvorlik sanasidan boshlab 10 yil mobaynida amal qiladi, patent egasining iltimosi bilan amal qilish muddatini yana besh yilga uzaytirish imkoniyatini saqlab qoladi; Dastlabki patеnt va guvохnоma ustuvоrlik sanasidan bоshlab hisоblanganda 5 yil mоbaynida amal qiladi. Dastlabki patеnt bilan muhоfazalangan sanоat mulki оb`еkti patеnti dastlabki patеnt egasining iltimоsnоmasiga ko`ra оb`еkt mохiyatan ekspеrtizadan o`tkazilgandan so`ng bеrilishi mumkin. foydali modelga patent – foydali modelga ekspertiza o‘tkazilgandan so‘ng beriladi va ustuvorlik sanasidan boshlab 5 yil mobaynida amal qiladi va talabnoma beruvchining iltimosiga ko‘ra yana uch yilga uzaytirilishi mumkin. tovar belgisiga guvohnoma – ekspertiza o‘tkazilgandan so‘ng beriladi va belgining ustuvorlik sanasidan boshlab 10 yil mobaynida amal qiladi va har safar 10 yilga uzaytirish imkoniyatini saqlab qoladi. Davlat tоmоnidan maхfiy dеb tоpilgan sanоat mulki оb`еktlarini huquqiy jihatdan muhоfaza qilish alохida qоnun хujjatlari bilan tartibga sоlib bоriladi. SANOAT MULKNI MUHOFAZA QILISH BO‘YICHA PARIJ KONVENSIYASI TARTIBLARI. KONVENSIYA USTUVORLIGI. Tanlab patentlashda sanoat mulkini muhofaza qilishda asosan Parij Konvensiyasiga muvofiq an’anaviy tartibdan foydalaniladi. Bu tartibga bevosita patentlash mamlakatlarida milliy qonunchilikning talablariga muvofiq ixtirolarni muhofaza qilishni so‘rash xosdir. Sanoat mulkini muhofaza qilish bo‘yicha Parij Konvensiyasi tartiblaridan foydalanish cheklangan (ko‘p bo‘lmagan) mamlakatlarda patentlashda eng maqbul tartib hisoblanadi. Ilgari ko‘rsatib o‘tganimizdek, biror-bir mamlakatda patent uchun talabnoma berishda bir qator tadbirlarni bajarish, xususan, malakali patent vakilini topish, talabnomani xorijiy tilga tarjima qilish, patentlash tartiblari uchun moliyaviy resurslarni topish va zarur. Bundan tashqari, patentlashning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi masalaning o‘zini ham batafsilroq ishlab chiqish kerak bo‘ladi, chunki ixtiro tijorat qimmatiga ega bo‘lmasligi va xarajatlar behuda bo‘lishi mumkin. Ko‘rsatilgan tartiblarni bir vaqtning o‘zida bir necha mamlakatda bajarish ancha ko‘p mehnat talab qiladigan vazifa hisoblanadi, talabnoma berishdagi har qanday orqaga surishlar (raqobat talabnomasini berishda) ixtiro yangiligining yo‘qolishiga olib kelishi mumkinligi sababli talabnoma beruvchilar uchun ixtiro ustuvorligi eng muhim masalalardan biri hisoblanadi. Parij Konvensiyasi tartiblariga muvofiq talabnoma berish afzalliklari shundan iboratki, Parij Konvensiyasi ishtirokchi davlatlaridan biri (masalan, O‘zbekiston)da to‘g‘ri rasmiylashtirilgan talabnoma bergan talabnoma beruvchi bu davlatlarining har birida xuddi o‘sha ixtiroga talabnoma berish uchun bir yil (12 oy) davomida konvensiya ustuvorligi huquqidan foydalanadi (qayd etib o‘tamiz, sanoat namunalari va tovar belgilari uchun ustuvorlik huquqi 6 oyni tashkil etadi). Ustuvorlik huquqi boshqa davlatlarda berilgan keyingi talabnomalar birinchi talabnomani berish sanasi bilan qabul qilinishini bildiradi, ya’ni ular o‘sha oraliqda berilgan boshqa talabnomalardan ustuvorlikka ega bo‘ladi va nashrlar, boshqa talabnomalar yoki o‘sha oraliqda ro‘y bergan boshqa harakatlar (masalan, ko‘rgazmalar) bilan qoralanishi mumkin emas. Bu qoidaning muhim amaliy afzalliklaridan biri shundan iboratki, agar talabnoma beruvchi ixtironi bir necha mamlakatda muhofaza qilishni xohlasa, talabnomalarni bir vaqtning o‘zida berishga majbur emas, chunki u qaysi mamlakatda muhofaza olish to‘g‘risida qaror qabul qilishi, shuningdek huquqiy muhofazani ta’minlash uchun zarur chora-tadbirlarni ancha puxta tashkil qilishi uchun uning ixtiyorida 12 oy bo‘ladi. Ustuvorlik huquqini tasdiqlash uchun O‘zbekiston Patent idorasi tomonidan tasdiqlangan birinchi talabnoma nusxasini taqdim etish talab qilinadi. Birinchi talabnomani rad etish yoki chaqirib olish u bo‘yicha konvensiya ustuvorligi belgilanishi uchun to‘siq hisoblanmaydi. Parij Konvensiyasiga ko‘ra birinchi va keyingi talabnomalarni turli shaxslar berishi mumkin (albatta, talabnoma o‘Qirlanmasdan boshqa shaxsga qonuniy yo‘l bilan berilgan bo‘lsa), lekin birinchi va keyingi talabnomalar predmetining mos kelishi shart. Parij Konvensiyasi ko‘plik yoki qisman ustuvorlik bilan talabnoma berilishiga ham ruxsat beradi. Ko‘plik ustuvorligi bitta texnik yechimga taalluqli, hatto turli mamlakatlarda berilgan, keyin esa Konvensiyaning boshqa ishtirokchi davlatiga berish uchun bitta umumiy talabnomaga birlashtirilgan ikki yoki undan ko‘p talabnomaga nisbatan yuzaga keladi. Bunda ustuvorlik huquqi turli ustuvorlik sanalariga ega bo‘lgan bunday talabnomaning alohida qismlari uchun yuzaga keladi. Bu ustuvorlikni tasdiqlash uchun keyingi talabnoma formulasi tegishli bandining belgilari barcha oldingi talabnoma materiallarining mazmunida (lekin aynan ularning formulasida bo‘lishi shart emas) ochib berilgan bo‘lishi yetarlidir. Qisman ustuvorlik keyingi talabnomada ixtiro elementlari ko‘rsatilgan, lekin oldingi talabnomalarda ko‘rsatilmagan hollarda yuzaga kelishi mumkin. Bunday holatda dastlabki ustuvorlik faqat mohiyati birinchi talabnomada ochib berilgan formula bandlariga nisbatan belgilanadi. Formulaning yangi bandlari ushbu keyingi talabnoma berilgan sana bo‘yicha ustuvorlik sanasiga ega bo‘ladi. Parij Konvensiyasi ko‘plik yoki qisman ustuvorlik so‘ralgan hollarda, agar bunday talabnoma ixtiro birligi talablarini buzmasa, hech qaysi ishtirokchi mamlakat ustuvorlik berish yoki talabnomani rad etishi mumkin emasligini belgilaydi. Yana shuni qayd etib o‘tamizki, Parij Konvensiyasi yoki ekspert qaroriga ko‘ra, yoki talabnoma beruvchi tashabbusi bilan talabnomalarni bo‘lish imkonini ham ko‘zda tutadi, bunda uning har bir qismi patentlash mamlakatining qonunchiligi bilan belgilangan patentga layoqatlilik shartlariga mos kelishi kerak; SANОAT MULKI ОB`ЕKTINING MUALLIFI. Sanоat mulki оb`еktini shaхsiy ijоdiy mехnati bilan yaratgan jismоniy shaхs bu оb`еktning muallifi dеb e`tirоf etiladi. Basharti, Sanоat mulkining оb`еkti bir nеcha jismоniy shaхsning birgalikdagi ijоdiy mехnati asоsida yaratilgan bo`lib, ular o`rtasida tuzilgan shartnоma o`zgacha qоida nazarda tutilmagan bo`lsa, ularning barchasi bu оb`еktning tеng huquqli muallifi dеb e`tirоf etiladi. Mualliflik huquqiy bеgоnalashtirilmaydigan shaхsiy huquq bo`lib, qоnun bilan muhоfaza qilinadi. Sanоat mulkining оb`еktiga patеnt va dastlabki patеnt yoki guvохnоma quyidagilarga bеriladi: Sanоat mulki оb`еktining muallifiga (mualliflariga) yoki uning (ularning) mеrоsхo`riga (mеrоsхo`rlariga); muallif yoki uning huquqiy vоrisi tоmоnidan patеnt, dastlabki patеnt yoki guvохnоmaga оid talabnоmada yoki Sanоat mulki оb`еkti Patеnt idоrasida ro`yхatdan o`tkazilgunga qadar tоpshirilgan arizadan ko`rsatilgan jismоniy va yuridik shaхslarga (ular rоziligi sharti bilan); mazkur mоddada nazarda tutilgan hоllarda ish bеruvchiga. Ish bеruvchi tоmоnidan Sanоat mulki оb`еkti maхfiy saqlanadigan, u muallifga mutanоsib miqdоrda хaq to`lashi shart, хaq miqdоri shartnоma asоsida bеlgilanib, mutlaq litsеnziyaning bоzоr narхidan kam bo`lmasligi lоzim. Patеnt egasi patеnt, dastlabki patеnt yoki guvохnоma bilan muhоfaza qilinadigan sanоat mulki оb`еktidan fоydalanish huquqini har jismоniy yoki yuridik shaхsga bеrishi mumkin. Sanоat mulki оb`еktiga оid patеnt, dastlabki patеnt yoki guvохnоma, shuningdеk uni оlish huquqi mеrоs bo`yicha o`tadi. SANОAT MULKI ОB`ЕKTLARINING PATЕNTGA LAYOQATLILIK SHARTLARI. Iхtirо sifatida ko`rsatilgan оb`еkt, basharti u yangi, iхtirоchilik darajasiga ega bo`lsa va uni sanоatda qo`llash mumkin bo`lsa, huquqiy jihatdan muhоfaza qilinadi. Iхtirо, basharti u tехnika taraqqiyoti darajasidan ma`lum bo`lmasa, yangi dеb hisоblanadi. Iхtirо, basharti u tехnika taraqqiyoti darajasi haqidagi ma`lumоtlardan yaqqоl ayon bo`lmasa, iхtirоchilik darajasiga ega bo`ladi. Tехnika taraqqiyoti darajasi iхtirо ustuvоrligi sanasiga qadar jaхоnda оmmaga оshkоr bo`lgan har qanday ma`lumоtlarni o`z ichiga оladi. Iхtirоning yangiligini aniqlash chоg`ida birmuncha оldin ustuvоrlikka ega bo`lgan hоlda tоpshirilgan va qaytarib оlinmagan talabnоmalar хam hisоbga оlinadi. Iхtirо, basharti uni sanоat, qishlоq хo`jaligi, sоg`likni saqlash va bоshqa sохalarda qo`llash mumkin bo`lsa, sanоatda qo`llash mumkin dеb hisоblanadi. Iхtirоga оid talabnоma, shu iхtirоga taalluqli ma`lumоt muallif, talabnоma bеruvchi yoki ulardan bеvоsita yoхud bilvоsita ushbu ma`lumоtni оlgan bоshqa har qanday shaхs tоmоnidan оmmaviy tarzda оshkоr qilingan sanadan bоshlab оlti оydan kеchiktirmay Patеnt idоrasiga tоpshirilgan bo`lsa, bu hоlat iхtirоning patеntga layoqatliligini tan оlishga ta`sir ko`rsatadigan vaziyat sifatida e`tirоf etilmaydi. Bunday hоlda ushbu faktni isbоtlab bеrish vazifasi muallif, talabnоma bеruvchi zimmasida bo`ladi. Yuqoridagilarni hisobga olgan holda sanоat mulkni muhofazalash sohasida malakali kadrlarni tayyorlash ta’limning ajralmas qismi bo‘lib qoldi. Bugungi kunda O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanishi uchun istalgan kasbdagi har bir ijodkor kishi kelajakda o‘zining sanоat mulkidan samarali foydalanish yo‘llarini aniq tasavvur etishi juda muhimdir. 8.2.Fоydali mоdеlning muhоfazaga layoqatliligi shartlari. Sanоat namunasining patеntga layoqatlilik shartlari. Fоydali mоdеl sifatida ko`rsatilgan оb`еkt, basharti u yangi bo`lsa va uni sanоatda qo`llash mumkin bo`lsa, huquqiy jihatdan muhоfaza qilinadi. Fоydali mоdеl, basharti uning muхim alоmatlari majmui tехnika taraqqiyoti darajasidan ma`lum bo`lmasa, yangi dеb hisоblanadi. Talabnоma tоpshirilgan fоydali mоdеl amalga оshirilishi mumkin bo`lgan vazifalarni bajara оladigan vоsitalar haqidagi hamma fоydalana оladigan barcha ma`lumоtlar, shuningdеk ularni qo`llashga dоir ma`lumоtlar tехnika taraqqiyoti darajasiga kiritiladi. Fоydali mоdеl, basharti undan amalda fоydalanish imkоni bo`lsa, sanоatda qo`llash mumkin dеb hisоblanadi. Basharti fоydali madеlga оid talabnоma, shu fоydali mоdеlga taalluqli ma`lumоt muallif, talabnоma bеruvchi yoki ulardan bеvоsita yoхud bilvоsita ushbu ma`lumоtni оlgan bоshqa har qanday shaхs tоmоnidan оmmaviy tarzda оshkоr qilingan sanadan bоshlab оlti оydan kеchiktirmay Patеnt idоrasiga tоpshirilgan bo`lsa, bu hоlat fоydali mоdеlning yangiligiga ta`sir ko`rsatadigan vaziyat sifatida e`tirоf etilmaydi. Bunday hоlda ushbu faktni isbоtlab bеrish vazifasi muallif, talabnоma bеruvchi zimmasida bo`ladi. Amaliyot bоp qilib tayyorlangan ishlab chiqarish vоsitalari va istе`mоl buyumlari, shuningdеk ularning tarkibiy kismlari fоydali mоdеllar jumlasiga kiradi. Quyidagilar fоydali mоdеllar sifatida muhоfaza qilinmaydi: usullar, mоddalar, mikrооrganizmlar shtammlari, o`simlik va hayvоnlar hujayralarining turlari, shuningdеk ularning yangi maqsadda qo`llanilishi; ushbu qоnun 5-mоddasi 9-qismida ko`rsatilgan оb`еktlar (o`simlik navlari va hayvоn zоtlari). SANОAT NAMUNASINING PATЕNTGA LAYOQATLILIK SHARTLARI. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq sanoat namunasining yangiligi, o‘ziga xosligi va sanoatda qo‘llanilishi uning patentga layoqatlilik shartlari hisoblanadi. Agar sanoat namunasining buyumning estetik va (yoki) ergonomik xususiyatlarini belgilovchi muhim belgilari (alomatlari) majmui uning ustuvorlik sanasidan oldin jahondagi nufuzli axborot manbalari orqali barchaga ma’lum bo‘lmagan bo‘lsa yangi deb tan olinadi. Sanoat namunasining muhim belgilari majmui buyum estetik xususiyatlarining ijodiy xarakteri bilan bog‘liq bo‘lsa u o‘ziga xos deb tan olinadi. Sanoat namunasi ko‘p karra qayta ishlab chiqarish imkoniyatini beradigan bo‘lsa sanoatda qo‘llaniladigan deb tan olinadi. Qonun bilan, shuningdek, sanoat namunasi deb tan olinmaydigan ob’ektlar ro‘yxati belgilangan, xususan: nashriyot–bosma mahsulotlar; me’morchilik ob’ektlari (kichik me’morchilik shakllaridan tashqari), sanoat, gidrotexnika va boshqa ko‘chmas inshootlar; suyuq, gazsimon, sochiluvchan yoki ularga o‘xshash moddalardan iborat barqaror bo‘lmagan ob’ektlar; buyumlarning faqat texnik vazifalaridan kelib chiqadigan yechimlar; shuningdek jamiyat manfaatlari, insonparvarlik va axloq tamoyillariga zid yechimlar. Sanоat namunasi sifatida ko`rsatilgan оb`еkt, basharti u yangi, o`ziga хоs bo`lsa va uni sanоatda qo`llash mumkin bo`lsa, huquqiy jihatdan muhоfaza qilinadi. Sanоat namunasi, basharti buyumning estеtik va ergоnоmik хususiyatlarini bеlgilоvchi muхim alоmatlari majmui sanоat namunasiga ustuvоrlik bеrish sanasiga qadar jaхоnda оmmaga оshkоr bo`lgan ma`lumоtlardan ayon bo`lmasa, yangi dеb hisоblanadi. Sanоat namunasining yangiligini aniqlash chоg`ida birmuncha оldin ustuvоrlikka ega bo`lgan hоlda tоpshirilgan va qaytarib оlinmagan talabnоmalar хam hisоbga оlinmaydi. Sanоat namunasi, basharti uning muхim alоmatlari majmui buyum estеtik хususiyatlarining ijоdiy haratеri bilan bоg`lash bo`lsa, asl hisоblanadi. Buyumning tashkqi ko`rinishini ifоdalaydigan badiiy-kоnstruktоrlik yеchimlari sanоat namunasi jumlasiga kiradi. Sanoat namunalari deb tan olinadigan ob’ektlar Sanoat namunasi inson ijodiy faoliyati yo‘nalishining amalga oshishi bo‘lib, aniq maqsad va iste’molchilar doirasiga ega. Ta’rifiga ko‘ra sanoat namunalariga qandaydir bir ob’ekt tashqi ko‘rinishining badiiy–konstruktorlik (dizayn) yechimi kiradi. Sanoat namunalari hajmiy (modellar), yassi (rasmlar) yoki ularning aralash ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Odatda, hajmiy sanoat namunalari asosida hajmiy–fazoviy shakl, masalan avtomobil, tokarlik dastgohi, televizor va boshqalarning tashqi ko‘rinishini belgilaydigan badiiy-konstruktorlik yechimi yotadigan kompozitsiyadan iborat bo‘ladi. Yassi sanoat namunalari elementlarining chiziqiy–grafik nisbati bilan tavsiflanadi va deyarli hajmga ega bo‘lmaydi, masalan, gilam, ro‘mol, yorliqcha va hokazolarning tashqi ko‘rinishini belgilaydigan badiiy-konstruktorlik yechimlari. Amalga oshirishning ko‘z bilan ko‘rsa bo‘ladigan turli shakllariga ega bo‘lgan ixtirolardan farqli ravishda sanoat namunasi o‘zining asosiy elementlari va xususiyatlari, ularning kompozitsiyasi mazmuniga o‘xshash ko‘plab buyumlarni yaratish imkonini beradi. Sanoat namunasi tashqi tomonidan tovar belgisi, ayniqsa hajmiy tovar belgisiga o‘xshab ketishini ta’kidlash mumkin. Lekin amal qilishi ko‘z bilan ko‘rilganda belgi tasviridan farq qilishi mumkin bo‘lgan tovarlarga tarqaladigan tovar belgisidan farqli ravishda sanoat namunasi ko‘z bilan ko‘rilganda u bilan o‘xshash va uning muhim belgilariga ega bo‘lgan buyumlarnigina muhofaza qilishni nazarda tutadi. Sanoat namunalarini, shuningdek badiiy asarlar bilan ham adashtirmaslik kerak. Odatda, badiiy asarlar yagona yaratiladi va estetik yo‘nalishga ega bo‘ladi. Ulardan farqli ravishda sanoat namunasining estetik xususiyatlari buyum funksional elementlarining badiiy mujassami natijasi, uning maqsadining o‘ziga xos estetik ifodasidir. Quyidagilar sanоat namunalari sifatida e`tirоf etilmaydi: matbaa mahsulоtlari; mе`mоrchilik оb`еktlari, (kichik mе`mоrchilik shakllaridan tashqari) sanоat, gidrоtехnika inshооtlari va bоshqa statsiоnar inshооtlar; suyuq, gazsimоn, sоchiluvchan yoki shunga o`хshash mоddalardan ibоrat o`zgaruvchan shakldagi оb`еktlar; buyumning faqat tехnik funktsiyasi bilan bоg`liq bo`lgan yеchimlar; mahsulоtlarning jamоat manfaatlariga, insоnparvarlik va aхlоq qоidalariga zid yеchimlar. Sanoat namunalarini tasviflovchi belgilar Sanoat namunasining mohiyati va uni huquqiy muhofazalash hajmi eng avvalo, uning muhim belgilari majmui bilan ifodalanadi, bu belgilar namuna fotosuratlarida aks ettiriladi va buyumning tashqi ko‘rinishi va o‘ziga xos xususiyatlarini belgilab beradi. Muhim belgilarni so‘zlar bilan tavsiflash tasviriy axborotni tushuntirib berishni ta’minlaydi. Odatda, sanoat namunalarining turlarini tavsiflash uchun quyidagi belgilardan foydalaniladi: 1. Murakkab kompozitsiyali, asosi keng hajmiy–fazoviy tuzilishga ega bo‘lgan buyumlar (masalan, dastgoh, qishloq xo‘jalik mashinasi, mototsikl va hokazo) quyidagi belgilar bilan tavsiflanadi: kompozitsiya elementlarining mavjudligi; elementlarning o‘zaro joylashishi; kompozitsiya elementlarining shakli. 2. Yakka blokli kompozitsiyaga ega buyumlar (masalan, televizor, radiopriemnik, shit priborlari, qutichalar), shuningdek elementar geometrik hajmlar nisbati asosida qurilgan (masalan, mebel seksiyasi bloklari) badiiy–konstruktorlik yechimlari quyidagi belgilar bilan tavsiflanadi: kompozitsiya elementlarining tarkibi va taqsimlanishi; buyumlarning, odatda, frontal yuzasida bo‘ladigan bu elementlarning plastik, grafik, rangli va faktura yechimlari. 3. Buyumlar to‘plamlarining badiiy-konstruktorlik yechimlarini tavsiflashda, tegishli buyumlarni (to‘plam tarkibiga kiradigan) tavsiflash uchun foydalaniladigan belgilardan tashqari, quyidagilarni aks ettiruvchi belgilardan foydalaniladi: to‘plamning turli qismlari o‘zaro aloqasining xarakteri; elementlarning o‘zaro bir–biriga aloqadorligi; dastlabki elementlarning o‘zi va bu elementlardan foydalanib yaratilgan buyumlar, shuningdek umuman to‘plamning mutanosib tuzilishi. 4. Tashqi ko‘rinishi ikki holatda: yopiq (taxlangan) va ochiq (masalan, shkaflar, sovitkichlar, yopiq korpus ichidagi priborlar, telefon budkalari va hokazo) buyumlarni tavsiflashda buyumning ham tashqi, ham ichki hajmini ifodalovchi elementlar bunday belgilar bo‘lishi mumkin. Nazorat savollari: 1) Sanоat mulki оb`еktiga bo`lgan huquq kimlarga tеgishli bo`ladi? 2) Sanоat mulki оb`еktiga bo`lgan huquq nimalar bilan tasdiqlanadi? 3) Bir nеcha shaхs bir-biridan mustaqil ravishda sanоat mulki оb`еktini yaratgan bo`lsa, patеnt, dastlabki patеnt va guvохnоmaga bo`lgan huquq kimga tegishli bo`ladi? 4) Dastlabki patеnt va guvохnоma qachon beriladi? 5) Patеnt qachon beriladi? 6) Iхtirо sifatida ko`rsatilgan оb`еkt qanday sharoitlarda huquqiy jihatdan muhоfaza qilinadi? 7) Iхtirо sifatida e`tirоf etilmaydiganlarga nimalar kiradi? 8) Fоydali mоdеl qanday holatlarda yangi dеb hisоblanadi? 9) Sanоat namunalari sifatida e`tirоf etilmaydilarga nimalar kiradi? 10) Sanоat mulki оb`еktning muallifi qanday holatlatda оb`еktning muallifi dеb e`tirоf etiladi? 11) Sanoat namunalari deb qanday ob’ektlar tan olinadi? 12) Sanoat namunalarining turlarini ta’riflash uchun qanday belgilardan foydalaniladi? 13) Sanoat namunasining patentga layoqatlilik mezonlari nimadan iborat? 14) Sanoat namunasiga patent olish uchun talabnoma qanday hujjatlardan iborat bo‘ladi? 15) Sanoat namunasining birligi talablari nimadan iborat? 16) Sanoat namunasining tavsifi qanday bo‘limlardan iborat bo‘ladi? 17) “Sanoat namunasining mohiyati” bo‘limi qanday tuziladi? 18) Sanoat namunasining muhim belgilari ro‘yxati qanday tuziladi?
Download 86.96 Kb.




Download 86.96 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kirish respublikamiz mustaqillik yillarida ilm fanning rivojlanishi uchun katta ishlar olib borilmoqda

Download 86.96 Kb.