• PICKLE FAYLGA YOZISH
  • PICKLE FAYLDAN OQISH
  • Kirish ushbu bo'limda katta hajmdagi ma'lumotlarni fayldan yuklab olish va dastur yakunida kerakli ma'lumotlarni va dastur natijasini faylga saqlashni o'rganamiz




    Download 55.84 Kb.
    bet4/4
    Sana22.10.2022
    Hajmi55.84 Kb.
    #27773
    1   2   3   4
    Bog'liq
    Pythonda fayllar bilan ishlash
    “Chig`atoy gurungi” tashkiloti, 1898-yil Andijon qo‘zg‘oloni, Amaliy masalalarni modellash ,,,,,, Idrokning psixologik mohiyati, fiziologiyasi., 11-sinf-2.-Environmental-problems-1A, kundalik ru, Boshlang`ich kurs ishi, Abdurahim 2, Aholining bo`sh turgan mablag`larini tijorat banklariga jalb etish masalalari, ARXIV MANBALARINING O`LKA TARIXIXNI O`RGANISHDAGI AHAMIYATI, atrabotka 1 , 6-sinf Qadimgi Dunyo tarixi mavzulashitrilgan testi. (1), algebra-8, AMALIY MASHGULOT 1
    O'ZGARUVCHILARNI FAYLDA SAQLASH
    Yuqorida biz ma'lumotlarni matn ko'rinishida saqlashni ko'rdik. Agar dastur davomida turli o'zgaruvchilarni faylda saqlash talab qilinsa pickle modulidan foydalanamiz. Pickle ma'lumotlarni biz qanday ko'rinishda bersak, shunday ko'rinishda faylga yozadi. Yuqoridagi usuldan farqli ravishda, pickle yordamida yozilgan fayllarning tarkibini Pythondan tashqarida ko'rib bo'lmaydi.
    PICKLE FAYLGA YOZISH
    Pickle dan foydalanish uchun biz avval bu modilni import qilamiz. Faylno ochishda esa, open() funksiyasiga ikkinchi argument sifatida 'wb' (write binary) beramiz, ya'ni ikkilik sanoq tizimida yozishni ko'rsatamiz. Faylga yozish uchun esa pickle.dump() metodidan foydalanamiz:
    import pickle
    talaba1 = {'ism':'hasan', 'familiya':'husanov', 'tyil':2003, 'kurs': 2}
    talaba2 = {'ism':'alijon', 'familiya':'valiyev', 'tyil':2004, 'kurs': 1}
    with open('info','wb') as file:
    pickle.dump(talaba1,file)
    pickle.dump(talaba2,file)
    E'tibor bering, yuqorida fayl nomini yozishda uning turini ko'rsatmadik, sababi, avval aytganimizdek bu fayllar Pythondan tashqarida ochilmaydi va biz buning oldini olishimiz kerak. Aslida fayl nomiga .txt qo'shimchasini ham qo'shishimiz mumkin, bu bilan dastur xato ishlamaydi, lekin bu bizni kelajakda chalg'itishi mumkin. Istasangiz faylga .dat (data so'zidan olingan) qo'shimchasini qo'shib qo'yishingiz mumkin (info.dat).
    PICKLE FAYLDAN O'QISH
    Pickle fayldan o'qish uchun open() funksiyasini 'rb' (read binary) argumenti bilan chaqiramiz. O'zgaruvchilarni bitta faylga yozganimizda, har bir o'zgaruvchi alohida qatordan yoziladi. Fayldan o'qishda ham har bir qatorni alohida o'qishimiz kerak bo'ladi:
    with open('info','rb') as file:
    talaba1 = pickle.load(file)
    talaba2 = pickle.load(file)
    O'zgaruvchilar tarkibini ko'ramiz:
    print(talaba1)
    Natija: {'ism': 'hasan', 'familiya': 'husanov', 'tyil': 2003, 'kurs': 2}
    print(talaba2)
    Natija:{'ism': 'alijon', 'familiya': 'valiyev', 'tyil': 2004, 'kurs': 1}
    Adashib ketmaslik uchun, alohida o'zgaruvchilarni alohida fayllarga saqlash tavsiya qilinadi.
    Download 55.84 Kb.
    1   2   3   4




    Download 55.84 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kirish ushbu bo'limda katta hajmdagi ma'lumotlarni fayldan yuklab olish va dastur yakunida kerakli ma'lumotlarni va dastur natijasini faylga saqlashni o'rganamiz

    Download 55.84 Kb.