• 2. Mustaqillikning ilk davrida davlat suverenitetini mustahkamlash yo‘lidagi sa’y-harakatlar. 3. Mustaqil O‘zbekiston davlatining yuzaga kelishi va
  • Кириш.“Ўзбекистоннинг энг янги тарихи” ўқув фанининг предмети, мақсади ва вазифалари, назарий-методологик тамойиллари




    Download 1.54 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/2
    Sana26.01.2023
    Hajmi1.54 Mb.
    #39689
      1   2
    Bog'liq
    7PNucLDhJlsHXBHzHmYRy1Pfo1a52KVVqv90Nd5M (3)
    Work and studies, phpP86yIn Impuls-2, 6-sinf Mahliyo, 1-topshiriq Eldor, Elmurodov Bahron 105-g. 1-labarotoriya, @talim markazi 3- sinf 1- chorak Ona tili, 12.Решение специализированных задач с помощью прикладной программы MathCad, 4-Ma'ruza, 3. АХ Маьруза матни, portal.guldu.uz-ishchi oquv dastur, Maǵlıwmatlar strukturası hám algoritmlari qq (4), Maǵlıwmatlar strukturası hám algoritmlari qq (3), Ургут тарихи тўғрисида қисқача


    "Gumanitar fanlar“ kafedrasi katta o’qituvchsi
    Xakimova Mahruya
    Abdulhayovna
    Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining 
    tashkil topishi va uning tarixiy ahamiyati. 
    MAVZU 
    03
    «O’ZBEKISTONNING YANGI TARIXI»
    FAN:
    1


    MUSTAQIL O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING 
    TASHKIL TOPISHI VA UNING TARIXIY AHAMIYATI

    1. 
    Siyosiy tizimdagi o‘zgarishlar. Mustaqillikning e’lon 
    qilinishi. O‘zbekiston Respublikasining tashkil etilishi. 
    2. Mustaqillikning ilk davrida davlat suverenitetini 
    mustahkamlash yo‘lidagi sa’y-harakatlar. 
    3. Mustaqil O‘zbekiston davlatining yuzaga kelishi va 
    mustahkamlanishida I.Karimovning tarixiy xizmatlari.
    2


    XX asrning 90-yillari boshidagi
    O'zbekiston uchun “Kommunistik
    partiyadan halos bo'lish", degan so'z
    milliy mustaqillikka erishishning asosiy
    sharti bo'lib qolgan edi. Shuning uchun
    ham 1991 yilning 14 sentyabrida
    O'zbekiston kompartiyasining XXIII 
    s'ezdi chaqirilib, unda Respublika 
    partiya tashkilotini tugatish masalasi
    hal etildi.
    Lekin bu jarayonlar ham silliq kechgani
    yo'q. Bu paytda hali ko'plab rahbarlar, 
    partiya a'zolarining aksariyat qismida
    eski jamiyatning kuchli ta'siri sezilib
    turmoqda edi. Ular milliy mustaqillik
    g'oyasini anglashga yetilmagan, yangi
    demokratik jamiyat qurishni esa o'z
    tasavvurlarida ―kapitalizmga - eng
    yomon tuzumga qaytish, deb tushunar
    va talqin etar edilar.


    O'zbekiston hali ittifoq tarkibida bo'la turib, 
    boshqa Respublikalar rahbarlari o'z
    mamlakatlarini konfederativ ittifoqqa kirishiga
    ko'z tutib turgan bir paytda Birinchi Prezident
    I.A.Karimov 1991 yil 31 avgustda Oliy
    kengash sessiyasi minbaridan O'zbekiston
    Respublikasining davlat mustaqilligini e'lon
    qildi. Shu kuni Oliy kengash "O'zbekiston
    Respublikasining davlat mustaqilligi
    to'g'risidagi bayonoti"ni e'lon qildi.


    O'zbekistonda milliy mustaqillik uchun
    harakat bir tomondan kommunistik totalitar
    tuzum asoratlaridan halos bo'lish, poklanish
    jarayonlari bilan uyg'un ravishda kechgan
    bo'lsa, ikkinchi tomondan, jahondagi ilg'or
    mamlakatlar tajribasi asosidagi mahalliy
    xalq mentalitetidan kelib chiqib jamiyatni
    demokratlashtirish bilan hamohang bordi.
    Milliy mustaqillik arafasidayoq ko'ppartiyaviylik
    tizimini joriy etish, davlat va hukumatdan ayrim
    jamoat birlashmalari tuzulmalarini erkin faoliyat
    ko'rsatishi uchun huquqiy shart-sharoitlar
    yaratishga intilish Respublika rahbariyatining XX 
    asrning 90-yillari boshidagi strategik siyosiy
    islohotlarining bosh maqsadlaridan biri edi


    Mustaqillikning dastlabki
    kunlaridayoq prezident I.A.Karimov
    quyidagi maqsadni ilgari surdi: 
    “Respublikada sobitqadamlik bilan
    xalqchil adolatli jamiyatni bunyod
    etish - bosh vazifadir... Yangilangan
    jamiyatning siyosiy va davlat tuzilishi
    insonga uning siyosiy, iqtisodiy va
    ijtimoiy turmush tarzini erkin tanlab
    olishini kafolatlashi kerak»
    Mustaqillik davrida fuqarolik jamiyati
    qurish stregiyasiyani shakllanishida
    Prezident I.A.Karimov tomonidan ilgari
    surilgan “Kuchli davlatdan - kuchli
    fuqarolik jamiyati sari" kontseptual
    tamoyil muhim ahamiyat kasb etdi. Bu 
    tamoyilning asosiy mazmun-mohiyati, 
    yo'nalishlari, umuminsoniy va milliy
    jihatlari uning ma'ruzalari va asarlarida
    mujassamlashdi.


    O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning Oliy Majlis 
    Qonunchilik Palatasi va Senatining qo'shma majlisidagi (2005 yil 28 yanvar) 
    “Bizning bosh maqsadimiz - jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, 
    mamlakatni modernizasiya va isloh etishdir" nomli ma'ruzasida mamlakat
    jamiyatini demokratlashtirish va yangilash kontsepsiyasining, shuningdek, 
    mamlakatimizni 2005 yil va kelgusi davrda modernizasiya va isloh etish bo'yicha
    asosiy vazifalarning dasturiy kontseptual yo'nalishlari belgilab berildi. Mazkur
    ma'ruzada mamlakatni modernizasiya qilish borasida uzoqni ko'zlaydigan "kuchli
    davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyati sari", degan tamoyilga asoslangan
    islohotlarni yanada chuqurlashtirishning barcha yo'nalishlarida amalga oshirilishi
    lozim bo'lgan maqsad va vazifalar aniq va Ravshan ifoda etildi.


    "Biz uchun fuqarolik jamiyati - ijtimoiy makon. Bu makonda
    qonun ustuvor bo'lib, u insonning o'z-o'zini kamol toptirishga
    monelik qilmaydi, aksincha, yordam beradi. Shaxs
    manfaatlari, uning huquq va erkinliklari to'la darajada
    ro'yobga chiqishiga ko'maklashadi. Ayni vaqtda boshqa
    odamlarning huquq va erkinliklari kamsitilishiga yo'l
    quyilmaydi. Ya'ni erkinlik va qonunga bo'ysunish bir vaqtning
    o'zida amal qiladi, bir-birini to'ldiradi va bir-birini taqozo etadi. 
    Boshqacha aytganda, davlatning qonunlari inson va fuqaro
    huquqlarini kamsitmasligi lozim. Shuning barobarida barcha
    odamlar qonunlarga so'zsiz rioya qilishlari shart". 

    Download 1.54 Mb.
      1   2




    Download 1.54 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Кириш.“Ўзбекистоннинг энг янги тарихи” ўқув фанининг предмети, мақсади ва вазифалари, назарий-методологик тамойиллари

    Download 1.54 Mb.
    Pdf ko'rish