|
Ko'cha va yo'llarning qatnov qismidagi chiziqlar
|
Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 245,71 Kb. | | #138373 |
Bog'liq chiziqlar Yo‘l chiziqlari harakatlanishni tashkil etishda keng qo‘llanib, haydovchining asosiy ehtibori yo‘naltirilgan joylarga chiziladi. Yo‘l chiziqlari yotiq va tik chiziq guruhlariga bo‘linadi. Xar bir gurux o‘z raqami bilan belgilanadi. Birinchi raqam guruxni (1-yotiq va 2-tik chiziqlarni anglatadi), ikkinchi raqam guruxdagi yo‘l belgi chizig‘ining tartibini va uchinchi raqam yo‘l belgi chiziqning ko‘rinishlarini anglatadi. Yo‘l chiziqlari harakatlanishni tashkil etishda keng qo‘llanib, haydovchining asosiy ehtibori yo‘naltirilgan joylarga chiziladi. Yo‘l chiziqlari yotiq va tik chiziq guruhlariga bo‘linadi. Xar bir gurux o‘z raqami bilan belgilanadi. Birinchi raqam guruxni (1-yotiq va 2-tik chiziqlarni anglatadi), ikkinchi raqam guruxdagi yo‘l belgi chizig‘ining tartibini va uchinchi raqam yo‘l belgi chiziqning ko‘rinishlarini anglatadi.
Yo‘l belgi chizig‘i yo‘lning o’rtasiga chizilgan ensiz sidirg‘a oq chiziq harakatlanish qismining chegarasini bildiradi.
Yo‘l belgi chizig‘i avtomagistrallarda qatnov qismining chekkasiga chizilgan enli (20 sm ) uzluksiz sidirg’a chiziq qatnov qismining chegarasini bildiradi.
Yo‘l belgi chizig‘i yo‘lning o‘rtasida chizilgan parallel ikki sidirg‘a oq chiziq to‘rt va undan ko‘p bo‘lakli yo‘llarda qarama-qarshi yo‘nalishdagi transport vositalari oqimini ajratadi.
Yo‘l belgi chizig‘i yo‘lning harakatlanish qismi chetiga yoki yo‘l chetidagi to‘siqqa (bordyurga) chizilgan sariq chiziq transport vositalarining bu yo‘l bo‘lagida to‘xtashini taqiqlaydi. Belgilangan yo‘nalishli transport vositalariga dahli yo‘q.
Yo‘l belgi chizig‘i parallel chizilgan keng uzluksiz chiziqlar ("zebra") piyodalarning o‘tish joyini bildiradi. "Piyodalar o‘tish joyi" axborot-ishora belgisi bilan qo‘llanilishi mumkin. Yo’lning bunday joylarida, haydovchi shu yo‘nalishning qatnov qismida bo‘lgan piyodalarni o‘tkazib yuborish kerak.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!
|
| |