|
Kodd relyatsion algebrasi. Relyatsion hisoblash
|
bet | 2/2 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 15,07 Kb. | | #255411 |
Bog'liq Boburjon TezisMa’lumotlarning bayonini
Ifodani bayonini
Ma’lumotlarni manipulyatsiyalashni
Maqsadni chegaralanganligini
Tranzaksiya chegarasini”.
SQL-92 tili ushbu qoidalarga to’la javob beradi.
Koddaning 6-qoidasi. Ifodani yangilash qoidasi.
Bir qancha ifodalar ma’lumotlarni yangilash uchun qo’llanilishi mumkin. Boshqa- bir qancha yaratilgan asosiy jadvallar va ifodalar, birlamchi kalitdan iborat bo’lmagan asosiy jadvallar va b.q larni yangilash imkonsiz. Koddaning 6-qoidasi aynan shu xaqda:
“Barcha ifodalar yangilanishi mumkin, xatto sistemalar ham”.
Koddaning 7-qoidasi. Ma’lumotlarni yuqori darajada kiritish, o’chirish va yangilash.
“Ma’lumotlar bazasi bilan ishlashda bitta operand nafaqat hisoblashi, balki kiritish, o’chirsh va yangilash imkoniga ega bo’lishi kerak”.
Koddaning 8-qoidasi. Ma’lumotlarni fizik mustaqilligi haqidagi qoida.
“Amaliy dastur va terminal amallarga axborotlarning istalgan to’plami yoki kirish usuli o’zgartirilganda mantiqiy jihatdan putur yetmasligi kerak”.
Koddaning 9-qoidasi. Ma’lumotlarni fizik mustaqilligi haqidagi qoida.
Ma’lumotlarning mantiqiy mustaqilligi – fizik mustaqilliga qaraganda nozik masala hisoblanadi.
“Amaliy dastur va terminal amallarga asosiy jadvalga o’zgartirish kiritilganda ham mantiqiy jihatdan putur yetmasligi kerak”.
Koddaning 10-qoidasi. Butunlikning mustaqilligi haqidagi qoida.
“Butunlikni konkret relyatsion MB uchun chegaralash imkoniyati ma’lumotlar bazasining tili orqali amalga oshiriladi, amaliy dastur orqali emas”.
Koddaning 11-qoidasi. Taqsimlanishning mustaqilligi haqidagi qoida.
Taqsimlanish deganda ushbu ma’lumotlar bazasining bir qancha komputerlarda taqsimlanishi tushuniladi. Ushbu holatda, MB ning barcha qismlarini birlashtirish talab etiladi.
“Relyatsion MBBT mustaqil tarqatiladi”.
Koddaning 12-qoidasi. Qoidani saqlash haqidagi qoida.
Oxirgi qoida “Aldovni ta’qiqlash” deyiladi.
“Agar relyatsion tizim quyi darajadagi tilga ega bo’lsa (“bir yo’la bir marta yoziladigan”), u holda yuqori darajadagi relyatsion til qoidalarini inobatga olmaslik yoki undan xato foydalanish mumkin emas”
Ma’lumotlarning relyatsion bazasi - bu o’zaro bog’langan munosabatlar to’plamidir. Har qanday munosabat (jadval) kompyuterlarning xotirasida fayl ko’rinishda joylashadi.
|
| |