Kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti




Download 11,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet165/213
Sana16.05.2024
Hajmi11,41 Mb.
#238365
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   213
Bog'liq
Internet tarmoqlari va xizmatlari

 
 
 
 
 


382 
 
 
 
 
 
 
28-BOB. REAL VAQT MASSHTABIDA MULTIMEDIYA 
PROTOKOLLARI 
 
Real-vaqt aloqa ilovasi VoIP va video konferensiyani qo‘shib hisoblaganda 
takrorlanmas va juda ham mashhurdir. Buning hayratlanarli joyi yo‘q, chunki IETF 
va ITU kabi standartlashtirish uyushmalari shu klass ilovalari uchun standartlar 
ishlab chiqishda ko‘p yillar davomida band bo‘lishdi (hozir ham band bo‘lishda 
davom etishmoqda). Turli joylarda mustaqil kompaniyalar Real-vaqt aloqa ilovasi 
standartlariga mos keluvchi va o‘zaro birgalikda ishlay oluvchi ilovalarni 
yaratishmoqda. 
 
28.1. Real vaqt protokoli (RTP) 
 
VoIP ilovasining jo‘natuvchi qismi audio qismlarini transport pog‘onasiga 
jo‘natishdan oldin ularga sarlavha maydonini qo‘shishini bildik. Bu sarlavha 
qismlari o‘zida tartib raqami va vaqtni bildiruvchi belgini mujassam etadi. Ko‘p 
mul’timediya tarmoq ilovalari tartib raqami va vaqtni bildiruvchi belgini ishlata 
boshlagandan so‘ng o‘zida audio/video ma’lumotlari tartib raqami va vaqtni 
bildiruvchi belgini mujassam etgan maydonni o‘z ichiga oluvchi 
standartlashtirilgan paketlarga ega bo‘lish juda qulay. RTP standart sifatida RFC 
3550 da aniqlangan. RTP ovoz uchun PCM, ACC va MP3 va video uchun MPEG 
va H.263 kabi odatiy formatdagi ma’lumotlarni jo‘nata oladi. Shu bilan birga u 
patentlangan ovoz va video formatlarini jo‘natishi ham mumkin.


383 
RTP ni, ovozni jo‘natish misolida ko‘rib chiqamiz. Ovoz chiqaruvchi manba 
64 Kb/s lik IKM (Impuls Kodli Modulyatsiya) – kodlovchi deb tasavvur qilamiz 
(kavantlash va raqamliga o‘tkazishning namunasi). Ilova 20 ms va 160 bayt 
hajmda kodlangan bo‘lakli ma’lumotlarni qabul qiladi deb faraz qilamiz. 
Jo‘natuvchi qism har bir audio bo‘lagidan oldin audioni kodlash tipni o‘zida 
mujassam etgan RTP sarlavhasini qo‘shib jo‘natadi, tartib raqami va vaqt belgisi. 
RTP sarlavhasi odatda 12 bayt bo‘ladi. Qabul qilish qismida ilova RTP paketni 
inetrfeys uyasidan qabul qiladi. Ilova RTP paketdan ovoz bo‘lagini ajratib olib 
RTP paket sarlavha maydoni ozov bo‘lagini dekoderlash va ovozni o‘qish uchun 
ishlatadi. Foydali qo‘shimcha yuklamalar sxemasi – ketma-ketlik yoki vaqt belgisi 
o‘rniga ilova RTP ni yaxlitligicha o‘z ichiga olganda ilovani boshqa tarmoq 
multimedia ilovalari bilan birgalikda ishlatish osonroq bo‘lardi.

Download 11,41 Mb.
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   213




Download 11,41 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti

Download 11,41 Mb.
Pdf ko'rish