500
borada, Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 30 dekabrdagi, №378 «Interaktiv davlat
xizmatlari ko’rsatishni hisobga olgan holda internet tarmog’ida O’zbekiston
Respublikasining hukumat portali faoliyatini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to'g'risida» qarori bilan, elektron hukumatni yanada rivojlantirish va
davlat boshqaruviga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishda
ko’maklashish maqsadida, Yagona davlat interaktiv xizmatlari portali (Yagona
portal) tashkil etish va uning texnik va texnologik asoslari bayon qilingan nizom
qabul qilindi.
Sohadagi bosh me’yori-huquqiy baza sifatida 2015 yil 9-dekabrda qabul
qilingan
O’zbekiston
Respublikasining
“Elektron hukumat to’g’risidagi
Qonuni”ning qabul qilinishini yaqqol ko’rsatish mumkin. Mazkur Qonun e’lon
qilingan kundan e’tiboran 6 oy o’tgach kuchga kirdi.
Yuqorida eslab o’tilgan barcha me’yoriy-huquqiy qonunchilik hujjatlari,
O’zbekistonda interaktiv davlat xizmatlari hamda elektron hukumatni joriy qilish,
uni rivojlantirish borasida bosqichma-bosqich, evolyutsion huquqiy poydevorni
yaratishga xizmat qildi. 2013 yilda ham bu boradagi mantiqiy izchillik davom etib,
aytish mumkinki, haqiqiy ma’noda O’zbek elektron hukumatining huquqiy
poydevorini mustahkamlagan muhim qonun hujjatlarining qabul qilinishi bilan
ahamiyatli bo'ldi. Xususan, bu borada, Vazirlar Mahkamasining 25-yanvar, 2013
yil, 18-sonli qarori bilan, davlat boshqaruvining samaradorligi va yuridik hamda
jismoniy shaxslarga interaktiv davlat xizmatlari ko’rsatish sifatining oshirilishini
ta’minlovchi «Elektron hukumat» tizimini shakllantirish alohida ustuvor vazifa
qilib belgilandi.