• Tekshirdi
  • Kommunikatsiya rivojlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalari universiteti




    Download 428.76 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/8
    Sana23.03.2023
    Hajmi428.76 Kb.
    #46292
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    axborot kutubxona muassasalarida axborot kutubxona fondlarini saqlash
    bellashuv uz - 11-sinf-tarbiya, Тема реферат 2023 (узб), hisobot, GURUH RAHBARINING, IJTIMOIY PEDAGOGIKA IJTIMOIY ZARURAT SIFATIDA222222, 88 (33), 88 (14), 88 (59), 5- 6-Mavzular-www.hozir.org, 2 kurs amaliyotchilar uchun zaochniy yangisi 2024, 400910860124017094100079003 06.01.2023 07:12:06, хасан, 1523440605 70960, 15-ma\'ruza (1)


    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA 
    KOMMUNIKATSIYA RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI 
    TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI 
     
     
     
    “Axborot- kutubxona tizimlari” kafedrasi 
    “Kutubxona katalogi va fondi” fanidan 
     
    KURS ISHI 
    Mavzu: 
    “Axborot-kutubxona muassasalarida axborot- kutubxona 
    fondlarini 

    saqlash”
     
     
     
    Bajardi: 690-14 guruh talabasi 
    Farmonova Gulchehra
    Tekshirdi: Rahimova Sh 
    TOSHKENT 2016 
     



     


    Reja 
    I. 
    Kirish………………………………………………………………………..………………..3 
    II. 
    Asosiy qism 
    1. Umumiy qoidalar…………………………………………………..……………….5 
    2. Hujjatlarni saqlash tartibi……………………………………….……………...6 
    3. Hujjatlarni stabilizatsiya va restavratsiya qilish………….……………8 
    4. Favqulodda vaziyatlar holatida hatti-harakatlar 
    rejasi……………………………………………………………………………………..11 
    5. Xavfsizlik texnikasi………………………………………………………………….16 
    III. 
    Xulosa…………………………………………………………………………………………19 
    IV. 
    Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………………………21 
    KIRISH 



    Respublikamizda axborot asrida yuz berayotgan o’zgarishlar, kishilarimizning 
    dunyo axborot olamiga kirishga bo’lgan intilishlari, qiziqish va talablarning tobora ortib 
    borishi tasirida milliy axborot tizimini shakllantirish, axborotga bo’lgan talab va 
    ehtiyojlarni qondirish jarayonini sifat jihatdan yanada takomillashtirish borasida 
    davlatimizning bir qator qonuniy hujjatlari e’lon qilindi va hayotga tadbiq etildi.
    Kutubxonachilik ishi sohasini tubdan o’zgartirishga asos bo’lgan O’zbekiston 
    Respublikasi Prezidentining 2006-yil 20-iyundagi “Respublika aholisini axborot-
    kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish to’g’risida”gi Qarorining maqsadi o’sib 
    kelayotgan yosh avlodning intellectual ehtiyojlarini qondirishga, ma’daniy, ma’naviy, 
    axloqiy qadriyatlarni saqlab qolishga yo’naltirilgan yangi axborot-kutubxona 
    muassasalarini barpo etish bilan aholini yanada kengroq va tizimli axborot bilan 
    ta’minlash uchun shart sharoitlar yaratishga qaratildi. Qarorda mavjud kutubxonalar 
    negizida yangidan tashkil etilgan axborot-kutubxona va axborot-resurs markazlarining 
    vazifalari belgilab berildi. Ta’lim muassasalarining o’quv kutubxonalari negizida tashkil 
    topgan axborot-resurs markazlarinig vazifasi o’quvchilarning hamda aholi turli 
    qatlamlarining muntazam ta’lim olishini va mustaqil o’qishni tashkil etishda zamonaviy 
    axborot texnologiyalaridan unumli foydalanish, milliy, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni 
    keng ko’lamda targ’ib qilish, xalqning ma’daniy tarixiy merosidan bahramand bo’lishni 
    taminlash, yangi axborot texnologiyalari asosida yaratilgan electron malumotlar 
    bazalari, internet resurslari bilan aholiga axborot kutubxona xizmati ko’rsatish, barcha 
    talim tarbiya, axborot organlari bilan hamkorlikda ish olib boorish deb belgilandi. 
    Bundan tashqari milliy kutubxonani ham yanada shakllantirish, kitoblarni, kutubxonada 
    mavjud barcha resurslarni to’g’ri saqlash, ularni joylashtirish, fondda qulayliklar 
    yaratish, kutubxonada mavjud resurslarni belgilagan muddatda ko’zdan kechirib ularni 
    restavratsiya qilish kabi muammolar ham ko’rib chiqildi. Quyida kutubxonada mavjud 
    hujjatlar(resusrslar)ni qanday saqlash, fondni to’g’ri himoya qila olish shartlarini 
    keltirib o’tiladi. Fondni saqlashda davlatlararo standartlar belgilangan. Ushbu 
    standartdan foydalangan holda fondni qanday saqlash kerakligi haqida ma’lumotga 



    ega bo’lamiz. Kutubxona fondi bilan ishlash va o‘rganish uchun fond tuzilma sifatida 
    olinib, umumiy va xususiy (muhim) tomonlarga, ya’ni bo‘limlar yoki bo‘laklarga 
    bo‘linadi. Kutubxona fondi ancha qiyin tushuncha bo‘lib, uning mohiyatini kuzatish 
    orqali bilib bo‘lmaydi, mohiyatini bilmasdan turib fondni jamg‘arish va boshqarish 
    mumkin emas. Fondni faqatgina tuzilma sifatida o‘rganish orqali boshqarish mumkin. 
    Kutubxona fondi bilan ishlash va o‘rganish uchun fond tuzilma sifatida olinib, umumiy 
    va xususiy (muhim) tomonlarga, ya’ni bo‘limlar yoki bo‘laklarga bo‘linadi. 
    Kutubxona fondlari nodir ma’naviy-moddiy boylikka ega. Shuning uchun ham 
    fondni saqlash kutubxonaning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Ajdodlarimiz 
    tomonidan asrlar davomida to‘plangan kitob kitob boyliklarini uzoq vaqt asl holida 
    saqlab, avlodlarga yetkazish bizning burchimiz sanaladi. 
    Kitob boyligini saqlash jahonning barcha xalqlari uchun katta ijtimoiy-madaniy 
    ahamiyatga ega. 1954-yilda YuNYeSKO tashabbusi bilan Gaaga shahrida chaqirilgan 
    hukumatlararo konferensiyada madaniy boylikni asrash bo‘yicha konvensiya qabul 
    qildi. Ana shu konvensiyaga muvofiq boshqa madaniy boyliklar qatori kutubxona 
    fondlari ham ularni yo‘qotib yuborish yoki biron-bir shaklda qonunsiz o‘zlashtirish 
    xavfi tug‘ilgan hollarda xalqaro himoyaga olinadi. Fondlarning to‘kisligiga ularni 
    asrash, to‘gri saqlash hamda shikastlanish omillarini bartaraf qilish orqali erishiladi. 

    Download 428.76 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 428.76 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kommunikatsiya rivojlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalari universiteti

    Download 428.76 Kb.
    Pdf ko'rish