M T statik xarakteristikalari.
Statik stok xarakteristikalar oilasi deb zatvor - istok kuchlanishi Uzi ning o‘zgarmas
qiymatlarida stok toki Ic ning stok-istok kuchlanish Usi ga bogiiqliklari ga aytiladi. Stok-istok
kuchlanishining oralig’ida ortishi kanal toki qiymatiga qarshi ta’sir etuvchi ikkita effektni hosil
qiladi. Bir tomondan Usi ortishi bilan elektronlaming kanaldagi dreyf tezligi ortadi, tok kuchi
qiymati esa dreyf tezlikka chiziqli bogiiq, demak, tok qiymati ortishi kerak. Ikkinchi tomondan
esa Usi ning ortishi kanalning «ponasimonligini» orttiradi, ya’ni kanal qarshiligi ortadi. Natijada
USi ortishi bilan bu ikki omilning birgalikdagi ta’sirida stok toki chiziqli o‘zgarishga nisbatan
sustroq ortadi. Stok - istok kuchlanishi qiymatga yetganda stok tokining ortishi to‘xtaydi (6.4b-
rasmda N nuqtalar).
Bu stok xarakteristikalaming gorizontal sohalariga mos keladi va to‘yinish sohasi deb yuritiladi.
Zatvor-istok kuchlanish Uzi qanchalik katta qiymatga ega boNsa, (/S/kuchlanishning shunchalik
kichik qiymatlarida to‘yinish sodir bo‘ladi. Stok xarakteristikalarda mustaqil sohalami farqlash
kerak. Xarakteristikaning shtrixlangan chiziqdan chaproq qismida (tekis o‘zgaruvchan kanal
rejimi, I soha) tranzistor o‘zini oddiy rezistordek tutadi, bunda rezistor qarshiligi zatvor-istok
kuchlanish Uzi ga bog‘liq. MTning ushbu xususiyatidan, masalan, boshqariluvchi potensiometr
hosil qilish uchun ishlatiladi. Xarakteristikaning shtrix chiziqdan o‘ngroqda joylashgan sohasida
(fazoviy zaryad rejimi yoki to finish rejimi yuzaga keladi, II soha) tranzistoming asosiy
funksiyasi - kanal tokini boshqarish amalga oshiriladi. To‘yinish rejimida Usi kuchlanish ortishi
bilan kanal uzunligi biroz kamayadi (kanal uzunligining modulatsiyasi hodisasi). Buning
natijasida kanal qarshiligi kamayib, stok toki ortadi. Stok-istok kuchlanishi USi ning katta
qiymatlarida (III soha) stok yaqinida zatvor-kanal o‘tishning ko‘chkili teshilishi sodir bo‘Iadi. 0
‘tishdagi teskari kuchlanish USi -U zi ga teng bo‘lgani sababli, Uzi kuchlanish kamayganda
teshilish kuchlanishi Usltesh ham kamayadi.
6.4-rasm. n - kanalli MTning stok-zatvor (a) va stok (b) VAXlari oilasi.
MTning statik stok-zatvor xarakteristikalar oilasi yoki o‘tish xarakteristikasi deb stok-istok
kuchlanishi USi ning o‘zgarmas qiymatlarida stok toki Is ning zatvor-istok kuchlanish Uzi ga
bogMiqliklari Is =f(Uzi) ga aytiladi. Stok-zatvor xarakteristikalami stok xarakteristikalardan
foydalangan holda hosil qilish mumkin. Buning uchun Usi kuchlanishning biror qiymatida
zatvor-istok kuchlanishi Uzi ning turli qiymatlari uchun stok toki Zoning qiymatlarini stok
xarakteristikalardan aniqlash yetarli boiadi. Agar USi > UZi.berk boisa. Is = / (Uzi) bogiiqlik Usi
ning barcha qiymatlari uchun amalda bir xil boiadi, chunki bunda to‘yinish rejimi o‘rinIi
|