22-rasm Misol tariqasida 23,a-rasmda ko‘rsatilgan chizmani chizish
ketma-ketligini keltiramiz. Avval radiusi 26, 25, 5 va 3 ga teng
bo‘lgan aylanalar chizib olinadi. So‘ngra radiusi 3 ga teng bo‘lgan
aylana katta aylana markaziga nisbatan ko‘paytirish orqali teng
taqsimlanib 8 ta aylana chizib olinadi. Bu ketma-ketlikni batafisilroq
keltirib o‘tamiz.
1.
-
Круг (aylana) buyrug‘i tanlanib ekranning ixtiyoriy yeriga
sichqonchani bosib aylana markazini ko‘rsatiladi va klaviaturadan
aylana radiusi 26 raqami kiritilib
Enter bosilagach, radiusi 26 ga teng
bo‘lgan aylana chiziladi.
2. Radiusi 25 ga teng bo‘lgan aylanani chizish uchun aylana
chizish buyrug‘i takror tanlanadi va sichqoncha bilan radiusi 26 ga
teng bo‘lgan aylanaga yaqin boriladi. Shunda aylananing markazini
ko‘rsatuvchi sariq marker paydo bo‘ladi (23,a-rasm). Bu markerga
yaqinlashganda
Центр yozuvi paydo bo‘lgach, sichqoncha chap
tugmasi chertiladi va klaviaturadan aylana radiusi 25 raqami
kiritiladi.
3. Xuddi shu usulda radiusi 5 ga teng aylana ham chiziladi.
4. Markazdan 20 birlik masofada bo‘lgan radiusi 3 ga teng
bo‘lgan aylanani chizish uchun aylana buyrig‘i tanlanadi va
sichqoncha bilan aylana markaziga yaqin boriladi. Nishon yonida
Центр yozuvi paydo bo‘lgach, u yerda bir oz to‘xtab olamiz va
chapga tomon yura boshlaymiz. Nishon yonida yurayotgan yo‘nalish
bo‘yicha cheksiz nuqtali chiziq va yurilgan masofa ko‘rinadi (23,b-
rasm). Shunda klaviaturadan 20 raqami kiritilib,
Enter tugmasi
Massiv elementi Markaziy nuqta а) б) Massiv elementi ustunlar oralig’i q a to tlar or ali g’i ko’paygan elementlar
23
bosiladi (bu bilan aylana markazi topiladi) va yana 3 raqami ya’ni
aylana radiusi kiritilib