• DUNYO, MAMLAKAT VA TUMANLARNING KOMPLEKS ATLASLARI
  • XULOSA
  • FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
  • Kompleks kartografiyalashning mohiyati Sulaymonjonov Baxodir




    Download 1.41 Mb.
    Sana24.12.2022
    Hajmi1.41 Mb.
    #36947
    Bog'liq
    Kompleks kartografiyalashning mohiyati
    333333333333, texnologiya metodikasi, 9-sinf matematika, daraxtlar ro`yxati, TIZIMLI PLATALAR, ТЗ ЗЭП экпертиза(v1), Proksimal rivojlanish zonasi, Raqamli texnologiya (kunduzgi, PP) YANGI, Ta\'limda raqamli texnologiyalari Sillabus, Raqamli Texnologiyalar Fan dasturi, Raqamli Texnologiyalar O‘QUV DASTURI, Kalendar plan Ta\'limda RT

    Kompleks kartografiyalashning mohiyati

    Sulaymonjonov Baxodir

    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

    KOMPLEKS KARTALASHTIRISH

    Xorijiy mamlakatlardagi kartografik asarlar sistemali ravishda olib boriladigan kartografik yo‘nalishlarga bog‘liq. Masalan, geologik, tuproq, o‘rmonehilik va er kadastri kartalarini maxsus tashkilotlar yaratadi. Masalan, AQSHning har bir okrugi uchun 1:20 000 masshtabda maxsus tuproq atlaslari mavjud. Chuchuk suv muammosini echish maqsadida ba’zi mamlakatlarda, masalan Bolgariyada gidrogeologik va gidrologik kartalar hatto atlaslar ham nashr qilingan.


    Xorijiy mamlakatiarda dunyoning o‘ta yirik kompleks atlaslari kam uchraydi. Chunki karta va atlaslar tuzish va uni statistik manbalar bilan ta’minlash juda murakkab bo‘lib, katta mablaglar talab qiladi. Lekin alohida mamlakat va regionlaming milliy atlaslari etarlicha tuzilgan. Alohida davlatlar atlaslarida hamma geografik komponentlami to‘liq tasvirlab bo‘lmaydi. Shuning uchun atlasi tuzilayotgan hududning o‘ziga xos xususiyatlari va oldiga qo‘ygan maqsadiga e’tibor berilgan. Xalqaro kartografik assosiasiyaning bergan ma’lumotlariga ko'ra, 70 dan ortiq davlat o‘z milliy atlaslariga ega. Shundan Yevropa mamlakatlari (Albaniya, Irlandiya, Islandiya, Norvegiya va Yugoslaviyadan tashqari) milliy atlaslariga ega. So'nggi vaqtlarda chop etilgan xorijiy mamlakatlar atlaslarida kompleks kartalar, baholash va bashorat qilish kartalari, ayniqsa ekologik vaziyatni tasvirlovchi kartalarga ko'proq o‘rin berilgan.
    Umumiy kompleks - tabiiy, iqtisodiy va siyosiy geografiya bo‘yicha kartalami o‘z ichiga olgan va kartasi olinayotgan hududga har taraflama tavsif beruvchi atlaslar (masalan, turli mamlakatlaming milliy atlaslari). Kompleks sohali birorta tabiiy hodisaning har xil, lekin o‘zaro bir-birini to‘latadigan kartalaridan iborat bo'Igan atlaslar (masalan, alohida meteorologik elementlarni, kartalami ham o‘z ichiga olgan SSSR Iqlim atlasi). Kompleks — qator o‘zaro bog‘langan tabiiy hodisalarni ko‘rsatadigan atlaslar (masalan. iqlim va Dunyo okeani okeanografiyasini tasvirlovchi sovet Dengiz atlasining ikkinchi qismi) yoki tabiatning har tomonlama tavsifini beruvchi atlas.
    Hodisalarning bir qancha xususiyatlarini birgalikda yoki bir qancha o‘zaro bog'langan hodisalami, lekin ulami har birini alohida o‘zining ko‘rsatkichida ko’rsatadigan kompleks kartalar alohida toifani tashkil etadi. Bu, aytish mumkin, ko‘p sohaviy kartalardir.

    DUNYO, MAMLAKAT VA TUMANLARNING KOMPLEKS ATLASLARI


    Alohida davlatlar atlaslarida hamma geografik komponentlami to‘liq tasvirlab bo‘lmaydi. Shuning uchun atlasi tuzilayotgan hududning o‘ziga xos xususiyatlari va oldiga qo‘ygan maqsadiga e’tibor berilgan. Xalqaro kartografik assosiasiyaning bergan ma’lumotlariga ko'ra, 70 dan ortiq davlat o‘z milliy atlaslariga ega. Shundan Yevropa mamlakatlari (Albaniya, Irlandiya, Islandiya, Norvegiya va Yugoslaviyadan tashqari) milliy atlaslariga ega. So'nggi vaqtlarda chop etilgan xorijiy mamlakatlar atlaslarida kompleks kartalar, baholash va bashorat qilish kartalari, ayniqsa ekologik vaziyatni tasvirlovchi kartalarga ko'proq o‘rin berilgan.
    Xorijiy kompleks atlaslarida shahar atlaslarining mavqei ham oshib bormoqda, chunki shahar infrastrukturasini kartografik usulda ko‘rgazmali qilib tasvirlash katta ahamiyatga ega. Dastlabki shahar atlaslaridan «G‘arbiv Berlinni rejalashtirish atlasi» (1962), «Parij atlasi» (1967), «London va uning rayonlari atlasi» (1968) shular jumlasidandir. Xalqaro kartografik assotsiatsiyasining oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 63 ta shahaming atlaslari chop etilgan. Shu jumladan, 1983-yilgi Toshkent geografik atlasi, 2006-ylda chop etilgan «Toshkent atlasi» va boshqalarni ko‘rsatish mumkin.

    XULOSA


    Shunday qilib, kompleks atlasiarda asosiy geotizimlar modellashtirilib tasvirlanadi. Atlas geoinformatsion tizim makoni bo‘lib, GIS ning ikkinchi ko‘rinishi desa boladi. Shuning uchun ham ba’zi GISlar atlaslar asosida yaratiladi (GIS bo‘yicha ma’lumot XIV bobda berilgan). Kompleks — qator o‘zaro bog‘langan tabiiy hodisalarni ko‘rsatadigan atlaslar yoki tabiatning har tomonlama tavsifini beruvchi atlas.

    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:


    1. T.Mirzaliyev. E.Y.Safarov, A.Egamberdiyev, J.S.Qoraboyrev – “KARTASHUNOSLIK”
    2. Y.B.Alaev - “Социально-экономическая география”
    3. M.Asomov – “Topografiya asoslari va kartografiyadan laboratoriya mashg‘ulotlari”.

    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:


    Download 1.41 Mb.




    Download 1.41 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kompleks kartografiyalashning mohiyati Sulaymonjonov Baxodir

    Download 1.41 Mb.