Kompton effekti




Download 44.74 Kb.
bet1/2
Sana12.06.2022
Hajmi44.74 Kb.
#23520
  1   2
Bog'liq
Kompton effekti
1521-2023 MENDEZ

Aim.uz

Kompton effekti

Mikrozarralarning korpuskulyar xususiyatga ega ekanligini tasdiqlaydigan hodisalardan biri 1923-yilda amerikalik fizik A.X.Kompton tomonidan kashf etildi va uning nomi bilan Kompton effekti deb ataldi. Kompton effekti hodisasi rentgen nurlarining sochilishi ustida Kompton tomonidan o‘tkazilgan tajribalarda


aniqlandi. Kompton tajribasi rentgen nurlarining yadro bilan elektronlari kuchsiz bog‘langan moddalarda (grafit, parafin va b.) sochilishini kuzatish orqali amalga oshirildi.

Tajriba sxemasi 2.9a-rasmda tasvirlangan. T – rentgen trubkasida hosil qilingan rentgen nurlanishlari F – filtr va D – diafragma yordamida ingichka monoxromatik dasta shakliga keltirilgan holda sochuvchi modda kristall P ga tushadi. K – kristallda ma’lum θ


burchak ostida sochilgan rentgen nurlanishining to‘lqin uzunligi SP spektrograf yordamida aniqlanadi. Tajriba natijalari asosida Kompton sochilgan rentgen nurlari dastasida ikkita to‘lqin uzunligi mavjudligini aniqladi: dastlabki rentgen nurlari to‘lqin uzunligi va qo‘shimcha to‘lqin uzunligi '. ' to‘lqin uzunlik to‘lqin uzunlikka qaraganda katta


(′>). ′ ning qiymati sochilish burchagi θ ga bog‘liq bo‘lib, sochuvchi modda tabiatiga bog‘liq emas (θ – dastlabki va sochilgan rentgen nurlari dastalari yo‘nalishlari orasidagi burchak). Tushayotgan dastlabki va sochilgan rentgen nurlari to‘lqin uzunliklari farqi ( =′–) ning sochilish burchagiga bog‘liqligi quyidagi munosabat orqali aniqlanadi:








2









 2K sin 2

(2.14)










Bunda K – Kompton doimiysi.

Kompton 1923-yilda Dj.Djensining matematik hisoblashlariga asoslanib, rentgen nurlari haqida quyidagi g‘oyani ilgari surdi: rentgen nurlari fotonlar oqimidan iborat bo‘lib, boshqa zarralar kabi aniq impulsga ega. Fotonlarning elektronlarda sochilishi foton bilan elektron orasidagi elastik to‘qnashuvdir (foton – tinchlikdagi massasi nolga teng bo‘lgan zarra). Fotonlarning elektronlarda elastik sochilishi sababli rentgen nurlari to‘lqin uzunligining o‘zgarishiga


Kompton effekti deyiladi.

Kompton effekti shu vaqtda yuz beradiki, elektronga tushayotgan rentgen nurlarining energiyasi elektronning atomdagi bog‘lanish energiyasidan katta bo‘lganda. Bunday holda elektron erkin deb hisoblanishi mumkin. Rentgen nurlari elektron bilan elastik to‘qnashganda o‘z energiyasi va impulsining ma’lum qismini elektronga beradi. Kompton sochilishining energetik va burchak xarakteristikalari elastik to‘qnashuv uchun energiya va impuls saqlanish qonunlari orqali aniqlanadi.


Energiyasi h bo‘lgan rentgen fotoni elektron bilan elastik to‘qnashib energiyasining bir qismini elektronga berganda, energiyasi h' ga kamayadi, to‘lqin uzunligi esa ' ga ortadi, harakat yo‘nalishi ham o‘zgaradi. Bunday hodisani klassik to‘lqin nazariyasi asosida tushuntirib bo‘lmaydi. Agar foton kvant mexanikasi nuqtai


nazaridan impulsi Ph bo‘lgan zarra deb va uning elektron bilan


ta’sirlashuvi elastik to‘qnashuv qonunlari asosida qaralsa, Kompton effekti to‘g‘ri tushuntiriladi. Foton tinch holatdagi erkin elektronda elastik sochilayotgan bo‘lsin. Bunday to‘qnashuv sxemasi 2.9b-rasmda keltirilgan. Fotonning elektron bilan to‘qnashuvgacha





energiyasi


Download 44.74 Kb.
  1   2




Download 44.74 Kb.