• Hindistonda
  • Komputer haqida yangi ma’lumotlar. Yangi texnologiyalar




    Download 27.5 Kb.
    bet2/2
    Sana10.04.2017
    Hajmi27.5 Kb.
    1   2
    arab xalifaligida hayot o‘z iziga tusha boshlagan edi.

    Arab xalifaligi (632 - 1258) - Arabiston yarim oroli. Yaqin va O‘rta Sharq, Shimoliy Afrika, Ispaniya, Markaziy Osiyo va Kavkazortini o‘z ichiga olgan saltanat.7 - 8-asrlarda tashkil topgan. Arab Xalifati asoschisi payg‘ambar Muhammad(sav)ning eng yaqin safdoshi xalifa Abu Bakr - Arablar yuqorida zikr etilgan mamlakatlarni 633-715 yillar orasida bosib olganlar.

    Bog‘dodga turli kasb egalari, olimlar to‘plana boshlagan. Fanning rivojlanishi Xorun ar-Rashid (786-809) va uning o‘g‘li al-Mo‘min xalifalik qilgan (813-833) davrga to‘g‘ri keladi.
    Al-Ma’mun Bog‘dodda “Bayt al-hikmat” (”Donishmandlar uyi”)ni qurdiradi. “Donishmandlar uyi” qoshida yaxshi johozlangan rasadxona va boy kutubxona bo‘lgan.

    Rasadxona, observatoriya - astronomik, geofizik, meteorologik va boshqa tadqiqotlar uchun maxsus jihozlangan ilmiy muassasa va shu muassasa joylashgan bino. Dastlab, obʼyektlarni kuzatish bilan shugʻullanadigan joy sifatida paydo boʻlgan, keyin i.t.

    Uni o‘z davrining Fanlar Akademiyasi deb atash mumkin edi.
    Xorazmiy Bog‘dodga kelgach, ilmiy tekshirish ishlari bilan shug‘ullanadi. Qadimni yunon matematiklari Yevklid, Arximed va Apolloniylarning hamda qadimgi hind astronom va matematiklarining ishlarini qunt bilan o‘rganadi. Uning Bag‘doddagi dastlabki ishi hindlarning “Sindxanta” nomli astronomik asarining arabcha tarjimasini tahrir qilish bo‘lgan.
    Tez orada Xorazmiy matematika, astronomiya, geografiya, tarix va tabobat ilmi bo‘yicha butun O‘rta Sharqda shuhrat qozondi. U “Bayt al-hikmat”dagi kutubxona, rasadxona va barcha ilmiy tekshirish ishlariga rahbarlik qildi. Agar “Donishmandlar uyi” ni Fanlar Akademiyasi desak, u holda Xorazmiy o‘sha Akademiyaning prezidenti lavozimida edi.
    Ma’lumki, arablar zabt etgan mamlakatlardan chiqqan olimlar o‘z asarlarini arab tilida yozishgan.

    Asar (arab. - iz, qodsiq) - 1) bi-ror narsadan qolgan yoki undan darak beruvchi belgi; nishon, iz; 2) Muhammad (sav) dan qolgan barcha sunnatlar; 3) olim, yozuvchi, rassom, bastakor va boshqa ijodining mahsuli.

    Arab tili - Somiy tillar guruhining jan. tarmog‘iga mansub til. Yaqin va O‘rta Sharq hamda Afrika shim.586dagi yigirmadan ortiq mamlakatning rasmiy davlat tili hisoblanadi. Arab tili da 200 mln. dan ortiq aholi gaplashadi (1997).

    Xorazmiy ham o‘zining arifmetika, algebra, astronomiya, geografiya, tarix, tibbiyot va boshqa sohalarga doir asarlarini arab tilida yozgan, chunki bu davrda Yaqin va O‘rta Sharqda fan tili arab tili edi.
    Xorazmiyning matematikani rivojlantirishga qo‘shgan hissasi beqiyos. Uning “Hind hisobi” nomli risolasi o‘nli sistema raqamlari (0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9) ga bag‘ishlangan. Xorazmiy Hindistonda kashf etilgan bu raqamlarni soddalashtirgan va birinchi bor arab tilida bayon etgan. Bu raqamlar XI asrda Xorazmiyning risolasi tufayli hindlardan arablarga, keyinroq Yevropaga o‘tgan.

    Hindiston (hindcha Bharat), Hindiston Respublikasi - Jan. Osiyolagi davlat. Hududi shim.dan jan.ga 3214 km, garbdan sharqqa 2933 km ga choʻzilgan. Shim.da Himolay togʻlari, garbda Arabiston dengizi, sharqda Bengaliya qoʻltig'i bilan oʻralgan. H.

    Yevropa Yevropa (yun. Yeigore, osuriy tilida „ereb“ - gʻarb) - qitʼa, Yevrosiyo materigining gʻarbiy qismi. Maydoni 10507 ming km2; 730 ming km2 ni orollar tashkil etadi. Qitʼa Shimoliy yarim sharda joylashgan, Osiyo bilan chegarasi shartli ravishda Ural togʻlarining sharqiy etagi, Emba daryosi, Kaspiy dengizi, Kumamanich botigʻi orqali va Don daryosining quyilish joyidan oʻtkazilgan.


    Xorazmiy algebra fanining asoschisi hisoblanadi. “Algebra” termini uning “Al-jabr val-muqobala” nomli asaridagi “al-jabr” so‘zining lotincha yozilishidan kelib chiqqan.
    Bu asarida Xorazmiy birinchi bo‘lib, chiziqli va kvadratik tenglamalarni sinflarga ajratdi va ularni yechish usullarini ko‘rsatib berdi.
    Matematikadagi “algoritm” termini ham Xorazmiyning nomi bilan bog‘liq, u “al-Xorazmiy” yoki lotincha “Algoritm” so‘zidan kelib chiqqan.
    Xorazmiy o‘rta asr Sharqida yaratilgan eng birinchi zij — matematik va astronomik jadvallarning muallifi. U geografiyaga doir “Yer surati” nomli asar yozgan. Bu asar Xorazmiy tomonidan chizilgan bir nechta karta va unga yozilgan sharhlardan iborat. Amerikalik sharqshunos D.Sarton Xorazmiyning “Barcha zamonlarning eng buyuk matematiklaridan biridir” deb ta’riflagan.

    www.UzReferat.ucoz.net

    1   2


    Download 27.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa


    Komputer haqida yangi ma’lumotlar. Yangi texnologiyalar

    Download 27.5 Kb.