Parallel dasturlash tillarning kengayishi




Download 49,34 Kb.
bet8/9
Sana13.05.2024
Hajmi49,34 Kb.
#230309
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1 (2)

Parallel dasturlash tillarning kengayishi
Mahsuslashtirilgan parallel tillar va mavjud tillami kengaytirish.
•NORMA - hisoblash vazifalari mahsuslashtirilishining uslubsiz tili.
• ABCL (An object -Based Concurrent Language) - ob'ektga yo'naltirilgan dasturlash elementlari va xabarlar yuborish vositalarini birlashtiradigan parallel tili.
• Adl - parallel dasturlash uchun mo'ljallangan, ma'lumotlarning bir gancha turlari va konstrukstiyalariga ega funktsional tili. Bu tarqalgan xotirali abstract mashinani dasturlashga qaratilgan.
• Ada -Parallel dasturlarni yaratishga mo’ljallangan vositalarni o'z ichiga olgan universal dasturlash tili. AQSh Mudofaa vazirligining rasmiy dasturlash tili. Ko’pgina turli platformalar uchun turli xil kompilyatorlar mavjud.
• Concurrent Clean - ketma ket va parallel dasturlarni yaratish imkonini beruvchi oliy darajadagi ko'p maqsadi dasturlash tili. Ko'p platformalar uchun tadbiq qilish mumkin.
• MC # - klaster va GRID -arxitekturalarga qaratilgan va parallel dasturlashda C # tilining barcha avzalliklarini ishlatishga imkon beradigan MC # dasturlashning asinhron parallel tilini yaratish bo’yicha yangi loyiha. Ushbu til local va tarqoq tartibda bajarilishi mumkin bo’lgan oson o’qiladigan va samarali dasturlash kodini yaratish imkonini beradi.
• DVM - turli arxitekturali parallel kompyuterlar uchun C-DVM va Fortran - DVM tillarda ko'chma va samarali hisoblash ilovalarini yaratish uchun mo'ljallangan tizim.
• Qisqartma DVM ikki tushunchalariga mos keladi: Tarqatish Virtual Xotira va tarqatish Virtual Machine. Birinchisi yagona manzil maydon mavjudligini aks ettiradi. Ikkinchisi virtual mashinalarini malumotlarni tasvirlash va real parallel mashinada hisoblashni ikki bosqichli sxemada foydalanishni aks ettiradi
• DVM tizimi ham LIB -DVM, DVM otladchik , DVM dasturlarini ishini bashoratlovchi, DVM dasturlarini maxsuldorligini qo'llab quvvatlovchi kutubxonalar qatoriga kiradi.
•Erlang - turli xilda taqsimlangan tizimlar uchun dasturlar yozish imkonini beruvchi dasturlash tili. Ushbu til parallel jarayonlarni ko'paytirish va asinxron xabarlar orqali aloqa qiluvchi vositalarni o'z ichiga oladi.
• Modula -3 - universal dasturlash tili, Bu til ko'p oqimli dasturlar ishlab chiqish imkoniyatini o'z ichiga oladi.
• NESL - parallel dasturlash tili bo'lib, bir xil tipdagi malumotlar ustida istalgan funksiyani parallel bajarish imkoniyatiga ega. Bundan tashqari kompyuter unumdorligini analiz qiluvchi vositasini ham o'z ichiga oladi.
•Occam - parallel dasturlash tili, ko'proq transputer tizimlari uchun parallel dasturlar yozishga qaratilgan.
•Orca - taqsimlangan xotiraga ega kompyuterlar uchun parallel dasturlash tili. Dinamik jarayonlarni paydo qilish, va ularni protsessorda aks ettirish vositalarini, shuningdek, alohida obektlar o'rtasida aloqani o'rnatishni o'z ichiga oladi.
• Parallaxis - Modula -2 tiliga asoslangan strukturali parallel dasturlash tili. Foydalanuvchiga dastur ishlashi lozim bo'lgan virtual mashina konfiguratsiyalarini sozlash imkoniyatini beradi.
• Phantom - kata taqsimlangan interaktiv ilovalarni yaratishga mo'ljallangan dasturlash tili.
• Sisal - funktsional dasturlash tili. Dasturchi yaratayotgan dasturining parallel xususiyatlari haqida qayg'urmasa ham bo'ladi, chunki kompilyator o'zi barcha bo'g'liq bo'lmagan qismlarni topadi hamda protsessorlarga taqsimlab beradi.
• SR - parallel dasturlash tili. Tilning asosiy tuzilmalar: resurslar(CPU va ma'lumotlar) va operatsiyalar. Turli ko'rinishdagi sinxronlashtirishni, xabar uzatish, dinamik jarayon yaratish, bo'linuvchi o'zgaruvchilardan foydalanishni qo'llab –quvvatlaydi.
•ZPL - parallel dasturlash tili. Bu massivlar va massivlar seksiyasi ustida amallar bajarish imkoniyatini o'z ishiga oladi. Dasturchi parallelism haqida buyruq bermaydi, barcha parallel xususiyatlar kompilyator tomonidan aniqlanadi.

Download 49,34 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 49,34 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Parallel dasturlash tillarning kengayishi

Download 49,34 Kb.